Ona tili va adabiyot fani audiyo darslari
17 subscribers
11 photos
1 file
6 links
Assalomu alaykum!
Bizlarda mavjud:
1 qoidalar
2 misollar
3 audiolar
Hamisha olgʻa intiling
Hechdan koʻra kech yaxshi😊
Download Telegram
⚡️Bo‘g‘in⚡️

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
⚡️Bo‘g‘in⚡️

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
⚡️Bo‘g‘in⚡️

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
⚡️Bo‘g‘in⚡️

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
⚡️Bo‘g‘in⚡️

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

https://t.me/Audio_darslar5
⚡️Bo‘g‘in ⚡️

❗️Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘in unli tovush asosida hosil qilinadi.
❗️Bo‘g‘in qanday tovush bilan tugallanganligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1⃣. Ochiq bo‘g‘in -- unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo‘ladi: o-i-la, o-na, da-la, o-ta

2⃣. Yopiq bo‘g‘in -- undosh bilan tugaydi: mak-tab, dard-dosh, man-sab

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

https://t.me/Audio_darslar5
⚡️ Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari ⚡️

➡️ ng tovushi ikki unli orasida kelganida ikkinchi unli bilan bo‘g‘in hosil qiladi va satrdan satrga birga ko‘chiriladi: si-ngil, de-ngiz

➡️ so‘zning boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yo‘lg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-ba- diy emas aba-diy

➡️ so‘zning oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yo‘lg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mu-do-fa-a emas mu-do-faa

➡️ o‘zlashma so‘zlarda bo‘g‘in chegarasida ikki undosh yonma-yon kelsa, keyingi satrga ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya

➡️ o‘zlashma so‘zlarda bo‘g‘in chegarasida uch undosh yonma-yon kelsa, birinchisi oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikkitasi keyingi satrga olinadi: kon-gres, slin-drik

➡️ harfiy birikmalar birgalikda ko‘chiriladi: pe-shay-von, pe-sho-na

➡️ ko‘p xonali raqamlar son bilan yozilganda satrdan satrga bo‘linib ko‘chirilmaydi: 2022-yil, XXI asr

➡️ bosh harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 20 m ( metr ) 100 t, (tonna)

➡️ bosh harfdan yoki bo‘g‘iniga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: FarDU, NATO, BMT

➡️ atoqli otlar tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilib keyingi satrga olinmaydi: " Navro‘z -- 2021", "Abuturiyent --2021", " Boing 777"

➡️ ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratilib ko‘chirilmaydi: A. N. Oripov

➡️ v. b ( va boshqalar ), sh. k ( shu kabilar ), v. h ( va hakozo) kabi qisqartmalar o‘zidan oldingi so‘zdan ajratilib ko‘chirilmaydi:
O‘quvchilar, sportchilar v. b. kelishdi

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇
https://t.me/Audio_darslar5
👍1
⚡️Bo‘g‘in va uning ahamiyati

🔖Rasmli qo‘llanma

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️URG'U⚡️


So'zdagi bo'g'inlardan birining, gapdagi so'zlardan birining boshqalarga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishi urg'u hisoblanadi.

Urg'u 2 xil bo'ladi:

1⃣ SO'Z URG'USI(leksik urg'u, lug'aviy urg'u)
So'zdagi bo'g'inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishidir. Masalan, maktáb
O'zbek tilida urg'u asosan oxirgi bo'g'inga tushadi. Qo'shimcha qo'shilishi bilan oxiriga ko'chib boradi. Shuning uchun dinamik urg'u hisoblanadi.
Masalan, uzúm;
uzumzór;
Uzumzorlár
Uzumzorlargá
So'z urg'usining asosiy vazifasi ma'no farqlashdir.
Olmá- ot (mazali olma)
Ólma-fe'l (gulni olma)
Tozá-sifat (toza ko'ylak)
Tóza-ravish (toza charchadim)


URG'U OLMAYDIGAN QO'SHIMCHALAR

1.- la fe'l yasovchi qo'shimchasi ; gúllar

2. Fe'lning bo'lishsizlik shakllari: -may, -mayin,-masdan, -maslik, -ma ;

3. Qo'shimcha holatidagi yuklamalar:--mi, -chi, -a(ya), -u, -yu, -da, -ku, -oq(yoq), -gina, -dir ;

4.O'xshatishni ifodalovchi shakllar:-day, -dek, -cha ;

5.Sonning ma'no turini hosil qiluvchi qo'shimchalar:-ta, -tacha, -larcha, -lab,-ala, -dan ;

6. Bog'lamalar: -man, -san, -miz, -siz, -dir ;

7. Zamon shakllari: -moqda, -yapti, -di, -gan, -moqchi :

8.Familiya oxiriga qo'shiluvchi qo'shimchalar: -ov, -ova, -yev, -yeva

9. Sof ko'makchilar: uchun, bilan, sari, kabi, sayin, haqida, singari ;

10. Fe'lning buyruq-istak mayli shakllari: -sin, -gin, -ay, -aylik ;

11. Qo'shma va ko'makchi fe'llarda urg'u oxirgi so'zga tushmaydi : boríb kelmoq, qaráb turmoq

12. Bo'lishsizlik belgilash gumon olmoshlarida urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi: hámma, qáchon

13. Tarkibi sonlarda urg'u oxiriga tushmaydi: yigirmá to'qqiz

14.Takror so'zlarda urg'u oxiriga tushmaydi: balánd-baland

15. Modal so'zlarda: afsúski, albátta


2⃣ MANTIQIY URG'U (gap urg'usi)
Gapdagi so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishidir.

Biz bugun kutubxonaga bordik.
Bugun kutubxonaga biz bordik.
Kutubxonaga biz bugun bordik.
Gap urg'usi kesim oldidagi bo'lakka tushadi.

Bordik biz bugun kutubxonaga.
Agar urg'uni kesimga tushurmoqchi bo'lsak, kesimni gap boshiga o'tkazamiz.

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
🔖Urg'u tushmaydigan so'z va qo'shimchalar:

📌Bo'lishsizlik qo'shimchasi - -ma;

📌Bog'lamalar - -man, -san, -miz, -siz, -dir;

📌Fe'lning shaxs-son qo'shimchalari: -man, -san, -miz, -siz, ay, -gin, -sin, -aylik, -ingiz, -sinlar kabi;

📌Ravish yasovchi qo'shimchalar: -cha, -dek, -day, -larcha kabi;

📌Qo'shimcha yuklamalar: -gina, -dir, -mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -oq, -yoq, -da, -ku kabi;

📌Sonning ma'no turini hosil qiluvchi qo'shimchalar: -ta,-tacha, -lar, -larcha, -lab, -nchi, -inchi, -tadan, -ov, -ala, ovlon;

📌Ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig', haqida, to'g'risida, tufayli, birga, holda;

📌Ota ismi va familiyaga qo'shiluvchi shakllar: -ov, -ova, yev, -yeva, -yevich, -yevna, -ovna.

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇
👍1
🔖QUYIDAGI SO’ZLARDA URGU SO’Z MA’NOSINI FARQLASHI MUMKIN
                                                                                                                                                             📍akade‌mik (ot) – akademi‌k (sifat)
📍bota‌nik (ot) – botani‌k (sifat)
📍bo‌g‘lar (fe’l) – bog‘la‌r (ot)
📍e‌tik (sifat) – eti‌k (ot)
📍gu‌llar (fe’l) – gulla‌r (ot)
📍ho‌zir (ravish) – hozi‌r (sifat)
📍kre‌dit (ot, kirim-chiqim yoziladigan daftarning o‘ng tomoni) – kredi‌t (ot, mablag‘)
📍kunda‌ (ot) – ku‌nda (ravish)
📍li‌rik (ot) – liri‌k (sifat)
📍lo‌gik (ot) – logi‌k (sifat)
📍mo‌da(ot, rasm, odat) – moda‌ (ot, jonivorning urg‘ochisi)
📍o‌lma(fe’l) – olma‌(ot)
📍o‌rgan (ot, tashkilot yoki a’zo) – orga‌n (ot, musiqa asbobi)
📍qayi‌sh (ot, taom yoki tasma) – qa‌yish (fe’l, harakat)
📍qo’‌llar (fe’l) – qo‘lla‌r (ot)
📍sino‌ptik (ot, ob-havoni kuzatuvchi) – sinopti‌k (sifat, ob-havo sharoitlariga oid)
📍so‌ya (ot, o‘simlik) – soya‌ (ot, ko‘lanka)
📍tu‌gma (fe’l) – tugma‌ (ot)
📍xoti‌ncha (ravish, xotinchasiga) – xotincha‌ (ot, kichkina xotin)
ya‌ngi(ravish) – yangi‌(sifat)
📍shaha‌rcha (ravish, shaharliklarga xos) – shaharcha‌ (ot, kichik shahar)
📍cho‌g‘lar (fe’l, harakatga da’vat qilish) – chog‘la‌r (ot, damlar, paytlar)
📍cho‌ra (ot, iloj) – chora‌ (ot, idish).

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇
🔖GAP URG'USI

💢Esda saqlang : gapda so'roq olmoshlari yoki ajratilgan bo'lak bo'lsa urg'u shu so'zga tushadi!

⛔️Masalan :

♻️ Kim(!) kecha darsini qilolmadi ?

♻️O'g'lim, toychog'im(!), darsingni qil.

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️⚡️FONETIK HODISALAR⚡️⚡️
3 GA BO'LINADI:

I.Tovush tushishi

Quyidagi hollarda tovush tushadi:

1. men,sen kishilik olmoshlariga

-ni,-ning,-niki qo'shimchalari qo'shilsa

Men+ni= meni

sen+niki= seniki kabi

2.past,sust, ulug',sariq sifatlariga -ay fe'l yasovchi qo'shimcha qo'shilsa

Past+ay= pasay

sust+ay= Susay kabi

3.Shahar,bag'ir,o'g'il,ko'ngil,singil,o'rin,qo'yin,qorin,burun,bo'yin,yarim kabi so'zlarga egalik qo'shimchalari -im,-ing,- ingiz,-imiz qo'shilganda

Shahar+im- shahrim

singil+ing singling kabi

4.ikki,olti,yeti sonlariga -ov,-ala,-ovlon jamlovchi son guruhini hosil qiluvchi qo'shimchalar qo'shilganda

Ikki+ovi=ikkovi

yetti+ovlon= yettovlon kabi
5.0'yin,qiyin,o'rin so'zlariga -a fe'l yasovchi qo'shimcha qo'shilganda

O'yin+a o'yna qiyin+a= qiyna kabi

6.gramm,metall kabi qo'sh undosh bilan tugovchi so'zlarga qo'shimcha

qo'shilganda

metall+li-metali kabi

Gramm+mi= grami

7.ayir,qayir fe'llariga nisbat hosil qiluvchi -il va sifat yasovchi -i va-im qo'shimchalari qo'shilganda

Ayir+il-ayril

qayir+il- qayril

ayir+i= ayri

ayir+im-ayrim kabi

8.To'liqsiz fe'llar: edi .ekan.emish.emas so'zlarining birinchi tovushi tushib qoladi. Asosa - ar va-gan zamon qo'shimchalaridan keyin kelganda. Masalan: O'qigan edi - o'qigandi. Kelar edi - kelardi

9. Agar yetakchi fe'l A tovushi bilan tugab, ko'makchi fe'l O tovushi bilan boshlansa, A tovushi tushib qoladi. Masalan, bora olmoq~ borolmoq Ushbu holatda qo'shib yoziladi.

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️⚡️Tovush o'zgarishi⚡️⚡️

O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda ba’zan o‘zakning tovush tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu tovush o‘zgarishlari (fonetik hodisalar) tovush tushishi, tovush almashishi va tovush orttirilishidan iborat. Tovush o‘zgarishlari 2 xil tarzda namoyon bo‘ladi:

1. YOZUVDA AKS ETADIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI
2. YOZUVDA AKS ETMAYDIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI

1. YOZUVDA AKS ETADIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI.

Tovush tushishi

shahar+i= shahri
yig‘i+la=yig‘la
qizil+ar=qizar
ulug‘+ay= ulg‘ay

Tovush almashishi
son+a=sana
sayla+v=saylov
ot+a=ata
chanqa+v=chanqov
yosh+a=yasha
Tovush ortishi

u+ga=unga
shu+da=shunda
obro‘+im=obro‘yim
shu+ga=shunga
achi+q=achchiq

2. YOZUVDA AKS ETMAYDIGAN TOVUSH O‘ZGARISHLARI

Assimilyatsiya (tovush moslashtirish)
Dissimilyatsiya (tovushni noo‘xshash qilish)
Metateza hodisasi (tovushning o'rin almashishi)

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️⚡️FONETIK HODISALAR.
SO‘ZLARDA TOVUSH ORTISHI⚡️⚡️


Tilimizda quyidagi kabi tovush orttirilishi hodisalari uchraydi. Bular yozuvda aks etadigan tovush orttirilishi hodisalaridir:
– bu, shu+-ga, -da, -danbunga, shundan ( n tovushi)
mavzu+ -ing mavzuying (y tovushi)
Ba’zi tovush orttirilishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‘ladi:
– orzu, insho kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda y tovushi qo‘shib aytiladi, yozilmaydi (orzuyim emas, orzum)
– yonma-yon kelgan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. Masalan: material, tabiat, biologiya, maishat, teatr, aeroport va hokazo.



📘 Manba: 5-sinf ona tili (2021)

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️⚡️FONETIK HODISALAR. SO‘ZLARDA TOVUSH TUSHISHI⚡️⚡️


Ayrim so‘zlarni talaffuz qilayotganimizda tovush tushishi hodisasiga duch kelamiz. Bu hodisaning ba’zilari yozuvda aks etadi, ya’ni talaffuz qilganimiz kabi yozamiz. Bu holat, ko‘pincha, so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda sodir bo‘ladi.
Masalan:
shahar, singil, burun, bag‘ir kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, ikkinchi bo‘g‘indagi unli tovush;
qayir, ayir fe’llariga -il qo‘shimchasi qo‘shilganda i tovushi;
ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari
qo‘shilganda i tovushi;
men, sen so‘zlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi;
past, sust so‘zlariga -ay qo‘shimchasi qo‘shilsa, t tovushi tushgan holatda yoziladi.
(shahrim, ayrilmoq, ikkovlon, sening, pasay va h.k.)




📘 Manba: 5-sinf ona tili (2020)

KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
⚡️⚡️FONETIK HODISALAR. SO‘ZLARDA TOVUSH ALMASHISHI⚡️⚡️

Nutqimizda
bir tovushning boshqa tovushga almashishi hodisasi ham ko‘p uchraydi.
Aytilgani kabi yoziladigan tovush almashishi hodisalari.
– k tovushi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi k tovushi g ga aylanadi: tirgak + - i → tirgagi;
– q tovushi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi q tovushi g‘ ga aylanadi: tomoq + - i → tomog‘i.
Ammo ba’zi so‘zlar bu qoidaga bo‘ysunmaydi, ya’ni o‘zgarishga uchramaydi: idrok, ishtirok, axloq, ravnaq, huquq, ittifoq va hokazo.
– ga, -gach, -gan, -gina kabi g tovushi bilan boshlanuvchi
qo‘shimchalar uch xil aytiladi va yoziladi: yurakkinam, oqqan,
quloqqa, bug‘ga
.
Eslatma: b va m tovushlaridan oldin kelgan n tovushi m shaklida aytilsa ham, n yoziladi: shamba-shanba, ko‘rimmas-ko‘rinmas.

📘 Manba: 5-sinf ona tili (2020)


KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@https://t.me/Audio_darslar5
⚡️⚡️Fonetik hodisalar⚡️⚡️

TOVUSH ALMASHINISHI
🖍 UNLILARDA
📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
🖇Son+a=sana
🖇Yosh+a=yasha
🖇Ishla+v=ishlov
🖇Ot+a=ata
🖇So'ra+q=so'roq
🖇Bo'ya+q=bo'yoq
🖇 Tara+q=taroq
🖇Qiyna+a=qiynoq
🖇Qayna+q=qaynoq
🖇Quvna+q=quvnoq
🖇O'yna+qi=o'ynoqi
🖇Sayra+qi=sayroqi
🖇Yig'la+qi=yig'loqi
🖇So'ra+v=so'rov
🖇Terga+v=tergov
🖇Sayla+v=saylov
🖇Sina+v=sinov
🖇O'qi+vchi=o'quvchi
🖇To'qi+vchi=to'quvchi
🖇Sayla+vchi=saylovchi
🖇Boshla+vchi=boshlovchi
🖇Tinti+v=tintuv

🖍 UNDOSHLARDA
📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
🖇Qishloq+i=qishlog'im
🖇Buloq+ing=bulog'ing
🖇Taroq+i=tarog'i
🖇Bo'yoq+ing=bo'yog'ing
🖇Terak+im=teragim
🖇Tilak+im=tilagim
🖇Yurak+im=yuragim
🖇Bilak+im=bilagim
🖇Bilak+ga=bilakka
🖇Tilak+ga=tilakka
🖇Yurak+ga=yurakka
🖇Axloq+ga=axloqqa
🖇Ek+gan=ekkan
🖇Buk+gan=bukkan
🖇Chiq+gan=chiqqan
🖇Ek+gach=ekkach
🖇Boq+gach=boqqach

🛑ESLATMA:Nok, chok, tok, tuk, oq, yuq kabi bir bo'g'inli hamda:ishtirok, idrok, huquq, ittifoq, axloq kabi so'zlarga
EGALIK QO'SHIMCHALARI
qo'shilganda hech qanday o'zgarish yuz bermaydi.

  KANALIMIZGA DO‘STLARINGIZNI TAKLIF QILISHNI UNUTMANG👇👇👇

@audio_darslar5
Bugun biz sizlar bilan fonetika boʻlimini yakunladik.