async.uz
1 subscriber
40 photos
24 links
Download Telegram
#mern #javascript #webdev

MERN to'plami - bu veb ilovalarni oson va tez ishlab chiqish imkonini beruvchi JavaScript to'plam hisoblanadi. MERN to'plami o'z ichiga 4 ta JavaScriptga asoslangan ochiq kodli texnologiyalarni qamrab oladi, bular MongoDB (M), Express JS (E), React JS (R) hamda Node JS (N).
Ushbu komponentalar birgalikda dasturchiga kompleks muhitni yaratadi.

@asyncuz
#electron #desktop #javascript #ui

Electron - HTML, CSS va JavaScriptdan foydalangan holda desktop dasturlar ishlab chiqish uchun mo'ljallangan "framework" hisoblanadi. Electronda yozilgan dasturlarni bir vaqtning o'zida Windows, MacOS va Linux kabi operatsion tizimlarda ishga tushurish mumkin.

Electron dasturlarning ishlashini ta'minlaydigan yagona muhitga birlashtirilgan Chromium va Node.js dan tashkil topgan. Bu desktop dasturlarni ishlab chiqishda veb-texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi.

Electron ko'plab mashhur dasturlarni yaratish uchun ishlatilgan jiddiy framewrok hisoblanadi. Ular orasida Skype, Whatsapp va Discord messenjerlari, Visual Studio Code va Atom kod muharrirlari, shuningdek, Electron veb-saytida e'lon qilingan 700 dan ortiq dasturlar mavjud.

@asyncuz
#javascript #object #shorthand

Javascriptda obyektlarni e'lon qilish jarayonida qisqartirilgan (shorthand) xususiyatlar hamda metodlardan foydalanishda bir qator qoidalarga amal qilish foydadan holi bo'lmaydi.

@asyncuz