ASTIR | official channel
222 subscribers
185 photos
40 videos
3 files
236 links
Download Telegram
📣 O‘zbek animatsion filmi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

🇺🇿O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, “ASTIR” va “Begim” studiyalari hamkorligida, rejissyor Abdulatif Haydarov tomonidan yaratilgan “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” hamda “To‘maris” nomli animatsion filmlar Hindistonning Noida shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Global Festival of Journalism & AVGC” kino-festivalida “Mukammallik uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆 Mazkur animatsion filmlar “Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” ko‘p qismli animatsion loyihasi doirasida yaratilgan bo‘lib, unda bosh qahramonlar — Salma, Amir va Zuhra afsonaviy davrga tushib qoladi. Ular film davomida Shiroq, Spitamen kabi jasur ajdodlarimiz bilan uchrashadi. Har bir qismda ularga Ruh bobo va Semurgh qushi hamrohlik qiladi.

🎬 Ikki qismlik “To‘maris” animatsion filmi esa qadimiy massagetlar malikasi — buyuk ayol siymosi To‘maris (miloddan avvalgi VI asr) hayotidan hikoya qiladi. U o‘tkir aql, jasorat va mustahkam iroda timsoli bo‘lib, fors podshosi Kir II ustidan qozongan buyuk g‘alabasi bilan tarixda nom qoldirgan.

📼 Kir II butun Osiyoni zabt etish niyatida massagetlar yurtiga bostirib kirganida, To‘maris avval uni diplomatik yo‘l bilan to‘xtatishga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz tugagan. Shundan so‘ng, u o‘z qo‘shinlari bilan jangga chiqib, Kir II ni tor-mor etadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, aynan shu jangda Kir II halok bo‘lgan.

🎉 O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ushbu animatsion filmni yaratilishida hissa qo‘shgan film muallifi va homiysi Gulchehrabegim Mahmudova, rejissyor Abdulatif Haydarov hamda butun ijodiy jamoani nufuzli xalqaro festivalda qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi.

Mazkur yutuq O‘zbekiston animatsiya san’atining xalqaro miqyosda tobora e’tirof etilayotganidan dalolatdir. Sizlarga kelgusi ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook
📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GAMEFEST.UZ
🎬 Tarix, madaniyat va animatsion mahorat: Astir Studio - GameFest 2025’da!

Astir Animation Studio - milliy tarix, qadriyatlar va afsonalarni jonlantiruvchi animatsiya loyihalari bilan tanilgan ijodiy jamoa.

🕌 Stendda sizni kutadi:
• Tarixiy va milliy motivlarga asoslangan animatsion lavhalar
• Yosh animatorlar bilan jonli muloqot
• Milliy animatsiya maktabini rivojlantirish bo‘yicha ilhomli fikrlar

📽 Astir Studio asarlari yosh avlodga o‘z tariximiz va madaniyatimizni yangi formatda yetkazishga xizmat qiladi.

📅 16–17 may | 📍 IT Park Complex
🔗 Batafsil: gamefest.uz

#GameFest2025 #AstirStudio #MilliyAnimatsiya #TarixiyMultfilmlar #DigitalUzbekistan
Forwarded from Aziza Zuparova
💡 Siz animatsiya va shunga yaqin sohalarda faoliyat olib borasiz yoki qiziqasizmi? Balki media olamining ijodkor vakilidirsiz? Unda siz uchun maxsus taklifimiz bor.

🏆 O‘zbekistonda ilk bor media va animatsiya sohasi vakillari va bu yo‘nalishga qiziqqan insonlarni bir yerda jamlash uchun "Pipeline community" tashkil qildik.

Pipeline — bu animatsion yoki kreativ loyiha yaratilishining bosqichma-bosqich jarayoni, ya’ni bir g‘oyaning ssenariyga aylanishidan tortib, yakuniy mahsulot bo‘lib tomoshabinga yetkazilishigacha bo‘lgan yo‘l.

⚡️ Ushbu jamiyatda ana shu yo'lni birgalikda bosib o'tish, bilan bevosita muloqot qilish, tajriba almashish va savollaringizga javob olishingiz mumkin. Va eng muhimi jamiyatga qo'shilish mutlaqo bepul.

😊 Agar siz ham "Pipeline communinty" ning bir qismiga aylanmoqchi bo'lsangiz, hoziroq quyidagi link orqali Telegram guruhimizga qo'shilib oling:

👉 Guruhga qo'shilish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bayram tuhfasi: “Musbatoy va Manfiybek” animatsion filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi!

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan joriy yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bolajonlarimiz uchun yangi animatsion film — “Musbatoy va Manfiybek”ning bayramona namoyishi o‘tkaziladi. Mazkur loyiha Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Renessans TV” bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, film tomoshabinlarga bepul taqdim etiladi.

Film asosiy qahramonlari — Musbatoy va Manfiybek xarakteri jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi, ammo hayotiy mazmuni chuqur obrazlar bo‘lib, ular orqali bolajonlar hayotda ijobiy va salbiy tomonlar, tanlov va muvozanat haqida muhim saboqlar olishadi.

🎬 Namoyishlar quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:
13:00 14:30
16:00 17:30

🎡 Shuningdek, film namoyishlari davomida bolalar uchun bayramona muhit, turli o‘yinlar, attraksionlar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.

📍 Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi
🎟 Kirish bepul!
📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 77 297-88-88

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz bilan birga kelib, unutilmas lahzalarga guvoh bo‘ling!


🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
🌐 Web-site ✈️Telegram
🌐Instagram 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM