📜 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun!
📅 Tug‘ilgan yili: 1441-yil 9-fevral
📍 Tug‘ilgan joyi: Hirot
🕊 Vafot etgan yili: 1501-yil 3-yanvar
Agar u hozir hayot bo‘lganida, 584 yoshda bo‘lardi!
📖 Navoiy butun umrini ilm-ma’rifat, adabiyot va xalq xizmatiga bag‘ishladi. U turkiy tilda bebaho asarlar yaratib, o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning "Xamsa" asari jahon adabiyoti durdonalaridan biri hisoblanadi.
✨ "Tilga e'tibor – elga e'tibor."
Bu hikmat bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan!
Keling, Navoiy merosini o‘qiylik, anglaylik va ulug‘laylik!
Sizga yoqadigan she’r yoki g‘azalini izohlarda bo‘lishing! 📝
#AlisherNavoiy #Adabiyot #ZarifaningKutubxonasi
@aslasar

🔥2👍1
#she'r
Навоий
(ўхшатма)
Замин айланади, чарх урар фалак,
Кўк тоқида ёниб-ўчар неча бор юлдуз.
Булар юлдуз эмас, дунёга тиргак
Бўлган не жаҳонгир, не соҳиби сўз.
Тарих саҳфасида мулки Хуросон
Уйғонар дардига топгандай нажот.
Селига ғарқ бўлиб замину осмон,
Тингла, нола қилар ўлмас “Муножот”:
“Кеча келгумдир дебон ул сарви гулрў келмади,
Кўзларимга кеча тонг отқунча уйқу келмади.
Лаҳза-лаҳза чиқдиму чекдим йўлида интизор,
Келди жон оғзимғаву ул шўхи бадхў келмади...”
Асрлар шиддати сўндиролмаган,
Маҳв эта олмаган бу буюк оҳанг.
Сеҳрли наволар чалиб толмаган
Муғанний қўлида танбурми ё чанг?
Эй, гулнинг ошуфта ошиғи булбул,
Тинглаб кўр бир нафас, бўлма навосоз.
Бу оқшом илҳомга йўғрилиб кўнгил,
Ғазал битаётир энг буюк Устоз:
“Жунун водийсиға мойил кўрармен жони зоримни,
Тилармен бир йўли бузмоқ бузулғон рўзиғоримни.
Фалак бедодидин гарчи мени хоки туроб ўлдум,
Тилармен, топмағайлар тўтиёлиқға ғуборимни...”
Дунёга устундир буюк фасоҳат,
Ғазал бу – мангулик демакдир асли.
Шеър бўлиб бағрига кирса нафосат,
Тебраниб олади Бойқаро қасри.
Сарой англай олмас қайдан бу нола,
Дилни сеҳрлаган бу қандайин сир?
Қайдадир кишандан вужуди пора,
Фарёд чекмоқдами ё занжирбанд Шер:
“Меҳр кўп кўргуздим, аммо меҳрибоне топмадим,
Жон басе қилдим фидо, оромижоне топмадим.
Ғам била жонимга еттим, ғамгусоре кўрмадим,
Ҳажр ила дилхаста бўлдум, дилситоне топмадим...”
Замин айланади, чарх урар фалак,
Кўк тоқида ёниб-ўчар неча бор юлдуз.
Булар юлдуз эмас, дунёга тиргак
Бўлган не жаҳонгир, не соҳиби сўз.
Юлдузлар бор, сўнар бир бора порлаб,
Юлдузлар бор – ўчмас, ёниқ абадий.
Шу тарих тоқида нурига чорлаб,
Яшар, яшайверар буюк Навоий.
2000 йил 9 февраль
©️Хуршида Абдуллаева
"Бахт бекати"дан

👍2
Forwarded from زريفة قيليتشيفا
Assalomu aleykum! Hammaga oramizda IT ga qiziqadiganlar bormi😊😊
Anonymous Quiz
20%
Yuq men qiziqmayman
80%
Ha albatta😊😊
زريفة قيليتشيفا
Assalomu aleykum! Hammaga oramizda IT ga qiziqadiganlar bormi😊😊
Qiziqadiganlar izohda ism familiyasini yozib yuborsin😉
Assalomu alaykum, do‘stlar!
Birinchi e'lonimdan keyin 10 kishi vebinar haqida qiziqish bildirganini ko‘rdim, bu juda xursand qildi!😊😊
Oramizda dasturlashga qiziqqanlar ko‘p ekan, shuning uchun 3 kun davomida vebinar o‘tkazmoqchiman!
Men, Zarifa, yosh dasturchiman. 5 oy davomida o‘rgangan IT bilimlarimni sizlar bilan bo‘lishaman. Hozirda HTML, CSS, Bootstrap va Wix platformalarida bir nechta web loyihalarni amalga oshirganman. Bu sohada o‘zimning kichik loyihalarimni yaratdim va hozirda yanada katta loyihalarga tayyorlanmoqdaman. Menimcha, har bir dasturchi o‘z bilimini boshqalar bilan bo‘lishishi va o‘rgatishi kerak, shuning uchun bu vebinarni tashkil qildim.
Vaqtlar:
1-may (Payshanba), soat 20:00
2-may (Juma), soat 20:00
3-may (Shanba), soat 20:00
Qayerda: Mana shu kanalimizda!
Hozirdan tayyorlaning, 3 kun davomida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz!😊😊

🔥6
Cyber Zarifa pinned «Assalomu alaykum, do‘stlar! Birinchi e'lonimdan keyin 10 kishi vebinar haqida qiziqish bildirganini ko‘rdim, bu juda xursand qildi!😊😊 Oramizda dasturlashga qiziqqanlar ko‘p ekan, shuning uchun 3 kun davomida vebinar o‘tkazmoqchiman! Men, Zarifa, yosh dasturchiman.…»
Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar!
Bugun 1-may — Sizlarga eslatib o‘tmoqchiman: bugun 20:00 da bizning navbatdagi vebinarimiz bo‘lib o‘tadi!
Mavzu: Dasturlash — bu safar yanada qiziqarli va amaliy!
Yangi bilimlar, foydali maslahatlar va motivatsion daqiqalar sizni kutmoqda.
Savollar ham taxlab qòying😉😉
Hammaning ishtirok etishini xohlayman!😊😊😊😊

🔥5👍1
Cyber Zarifa pinned «Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar! Bugun 1-may — Sizlarga eslatib o‘tmoqchiman: bugun 20:00 da bizning navbatdagi vebinarimiz bo‘lib o‘tadi! Mavzu: Dasturlash — bu safar yanada qiziqarli va amaliy! Yangi bilimlar, foydali maslahatlar va motivatsion daqiqalar…»