Bizim hikayemiz
2 subscribers
25 photos
12 videos
1 link
Alloh bilir Sen bilmassin
Download Telegram
Qachon sog'insang xabar yoz.Xatto birgina nuqta qo'yishingdan seza olaman:)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir kishiga yomon gap gapirdiz...
Haligi tushkunlikka tushib yomon bo'p qoldi.
Buni gunohi Ka'bani buzvorgan bilan barobarakan!
🍃


Xo'sh Ka'bani nechi marotaba vayron qilgansiz?
O'ylab ko'rganmisiz?

O'ylab ko'ring, eslang!!!
​​Bu so‘zlarim senga gulim!

"O‘zimni yolg‘iz his qilyapman, odamlardan uzoqlashyapman", deding. Bu uzoqlashish nega ekanligini o‘ylab ko‘rdingmi? Alloh har kimga ham bu ne'matni beravermaydi. Men tushundimki, bu uzoqlashish seni Robbingga qaytishing uchun. Alloh shuni xohlayaptimi, demak, sen bunga rozi bo‘lishing, bundan hech ham xafa bo‘lishing kerak emas. Aksincha, xursand bo‘l.

Senga bir qancha maslahatlar beraman. Buni to‘g‘ri qabul qil ho‘pmi?

• Qadringni bilganing naqadar yaxshi. Mayli, seni osmonda deb bilsinlar. Lekin seni maqsadingni, seni yo‘lingni faqat Alloh tushunsa bas.

• Aslida, sinovlar seni kuchli qiladi. Sen ortga boqma. O‘tgan narsalar bari o‘tdi. Oldinda seni ulkan ishlar kutmoqda.

• Qo‘llaringni seni tushunadiganlar tomon uzat. Lekin unutmaki, ular sensiz ham yashashgan, sensiz ham yashay olishadi. Shu sababdan, har kimga ishonma.

• Yuraging mahzunlikdan siqilsa, o‘ylab ko‘r. Nima uchun bu siqilishlar? Dunyo uchun bo‘lsa, qo‘y. Bularni hech biri arzimaydi. Sen oxiratingni o‘yla. Oxirat uchun, mazlum birodarlar uchun, vaqting bekorchi narsalar bilan o‘tayotgani uchun, ko‘p ishlarga ulgurolmayotganing uchun siqilsang arziydi.


Qadringni bilganing, Allohga qaytganing naqadar yaxshi. 🍃
👍2
Channel name was changed to «Bizim hikayemiz»
Safar bizdan, g'alaba Allohdan,
Amal bizdan, taqdir Allohdan
© Abdulkerim O'zbek
Avvallari:
– Deraza oldida sariq gul turgan boʻlsa,bu uyda kasal kishi bor...Uy oldida va hattoki bu koʻchada shovqin-soʻron qilma degan maʼnoni bildirgan.
– Deraza oldida qizil gul turgan boʻlsa,bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan,bokira qiz bor...Uy oldidan oʻtayotganingda gap-soʻzingga eʼtiborli boʻl,haqorat soʻzlarni gapirma degan maʼnoni bildirgan.
– Qizga sovchi boʻlib kelgan
yigitning namozxon ekanligini yoki benamoz ekanligini bilish uchun shimining tizzasiga eʼtibor berishgan...
–Mehmonga qahvaning yonida suv ham keltirilar edi...Agar
mehmon toʻq boʻlsa,avval qahvani,aksincha och boʻlsa,avval suvni olardi...Shunga qarab mehmonga dasturxon yozib taom tayyorlanardi yoki meva keltirilardi...
– Eshik ustida ikkita toʻqmoq
boʻlardi.Biri yoʻgʻon,ikkinchisi ingichka.Kelgan kishi ayol boʻlsa,eshikni ingichka toʻqmoq bilan
taqillatardi.Shundan kelib
chiqib,xonadon sohibasi eshikni ochardi.Agar erkak kishi boʻlsa,yoʻgʻon toʻqmoq bilan taqillatardi.Xonadon sohibasi eshikni parda bilan toʻsib ochardi yoki biror mahrami (eriva h.k.)ochardi.
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 63 yoshda vafot etganlari eʼtiboridan 63 yoshdan oshgan ulugʻlarimizdan yoshlari
soʻralganda:“Haddan oshdik”,
deyishardi...
– Yoʻlda kichiklar kattalarning oldiga tushib yurmas edi...
– Fitr sadaqasi,Zakot mollari Ramazondan avval – Shaʼbon oyida berilardi,“Faqiru fuqaro Ramazonga toʻqlik bilan kirsin”,deyishardi.
– Yigitlar kelishilgan,
unashtirilgan qizlar bilan uchrashuvga borganlarida hadiya sifatida oyna olib borishardi.Bu:“Senga oʻzingdan yanada goʻzalroq beriladigan hadya yoʻq”,degani edi.

Avvallarishunday edi....