Faqat men bilan doʻst boʻl!
Maktab davringizni eslaysizmi? Oʻsha bir-biridan umuman ajralmaydigan, oraga boshqa qiz qoʻshilsa, bir-biridan arazlaydigan, har doim bir partada oʻtirib, birga yuradigan qizlarni eslaysizmi? Yoki oʻzingiz shunday boʻlganmisiz?
Men taniganlarim dugonasini hatto yigitidan ham qizgʻonardi. Koʻrganlarim orasida har doim bir xil holat: bittasi oʻta "qizgʻanchiq", bittasi vaziyat qurboni. Ikkinchi qizga sabr tilayman.) Bugun shu haqida gaplashamiz.
Sabab nimada? Bunday holda sabab 4 xil boʻlishi mumkin. Keling, eng soddasidan boshlaymiz:
1. Platonic jealousy. (Doʻstlikdagi qizgʻanchiqlik) Eng keng tarqalgan sabab. Bu tushuncha romantik bo‘lmagan, lekin chuqur emotsional yaqinlikka asoslangan do‘stliklarda paydo bo‘ladi. Ayniqsa, ayollar orasidagi do‘stlikda bu holat ko‘proq uchraydi. Chunki ayollar har doim yagona va eʼtibor markazida boʻlishni (yaqin insonlari uchun) xohlashadi. Va kelib chiqadiki, agar orada III shaxs paydo boʻlsa, ularga boʻlgan eʼtibor kamayadi. Ayollar buni rad etilganlik sifatida qabul qilishadi.
2. Attachment theory (Bogʻlanib qolish nazariyasi). Bu nazariya dastlab bolalikdagi ota-ona bilan bo‘lgan munosabatlar asosida ishlab chiqilgan (John Bowlby va Mary Ainsworth tomonidan). Keyinchalik bu nazariya kattalar orasidagi do‘stlik va sevgi munosabatlarga ham tatbiq etilgan. Insonlar o‘zlarini xavfsiz his qilish uchun yaqin munosabatlarga muhtoj boʻladi. Agar dugona boshqa odam bilan koʻproq vaqt oʻtkazib, uni unutsa, bu xavfsizlik hissi yo‘qoladi. Bu esa rashk, xavotir va o‘zini tashlab ketilgan kabi his qilishga olib keladi. Buning ortidan emotsional muvozanat buziladi.
3. Interpersonal dependency (Shaxslararo qaramlik). Bu tushuncha psixologiyada shaxsning boshqalarga emotsional yoki ijtimoiy jihatdan qaram bo‘lish holatini ifodalaydi. Bu holat sog‘lom (adaptiv) yoki nosog‘lom (maladaptiv) bo‘lishi mumkin. Sogʻlom qaramlik moslashuvchan boʻladi, masalan, ota-onangiz yoki oʻrtogʻingizdan maslahat olishingiz va mustaqil qaror qabul qilishingiz. Nosogʻlomlari esa biz tahlil qilayotgan vaziyatni keltirib chiqaradi. Bunday odamlar "doʻstlik hayotdagi yagona tayanch" degan nazariyaga ishonishadi. Koʻpgina hollarda nosogʻlom qaramlik tufayli insonlar manipulyatsiya qilinadi.
Hozircha, bu holatga yechim topmadim. Ammo yana izlanib koʻraman.
Umumiy qilib, bu turdagi doʻstlik sogʻlom emas desak boʻladi. Ustozim aytganidek, odamlar bir-biridan narvon sifatida foydalanishadi. Uchratgan har bir odamimizdan hikmat olamiz. Oʻsha hikmatni oldingmi, boʻldi, u insonni "qoʻyib yubor". "Baribir hissiyotlarni boʻlishish uchun yaqin doʻst boʻlishi kerakku" demoqchimisiz? - Ha, toʻgʻri. Uning uchun sogʻlom aloqalar va yaxshi doʻst boʻla olishingiz kifoya. Bemalol xohlagan insoningiz bilan doʻstlashing. Lekin, ILTIMOS, uni oʻz hayotida yashashiga qoʻyib bering!
Obunachilarim orasida 2 jinslilar boʻlmagani uchun 4-sababni yozish kerak emas deb topdim.

After seeing this, my brain froze.
Please, put your hat&cap&scarf on your head before going out:)

"Olmaning tagiga olma tushadi"
Yetilgan daraxt oʻz ildizidan oʻsib chiqqan koʻchatidan soʻradi:
- Katta boʻlsang, kim boʻlmoqchisan, bolajonim?
- Biror bir uyga tom yoki koʻprik boʻlishni xohlayman.
- Nega? Men seni shirin mevalar beradigan olma daraxti boʻlishingni xohlayman. Axir aytishadiku, olmaning tagiga olma tushadi.
- Nima uchun olma daraxti? Biz hattoki mevali daraxt ham emasmiz. Biz terakmiz-ku.
- Bu mening yoshlikdagi ushalmagan orzuim. Sen mening kelajagimsan! Sen mening orzularimni roʻyobga chiqarishing kerak!

1 4 3👍2 1 1 1 1
"Xiyonat"mi?
Jamiyatda yozilmagan qonunlar bor. Ulardan biri: qarzdorlik hissi.
Nomlash juda qiyin boʻldi, lekin bu hissiyotni hammamiz bilamiz.
Avval kimdir sizga yaxshilik qiladi. Keyin esa berganidan kattaroq narsani soʻraydi. Sen "yoʻq" deya olmaysan, chunki ichingda bitta ovoz bor: "u menga yordam bergandi-ku!".
Baʼzan esa hech qanday yaxshilik boʻlmasa ham, "yoʻq" deyish xiyonatdek tuyuladi.
Masalan, hayotiy voqealardan birini olaylik; muhim uchrashuvga kechikyapsan, ustingdan kulgandek, avtobus ham kelavermadi, Yandex taksi chaqirding, lekin... avtobus kelib qoldi. Taksini bekor qilmoqchisan, ammo nimagadir oʻzingni aybdordek his qilasan. Haydovchi sening hayoting uchun masʼuldek goʻyo.
Sabab:
-Bolaligimizdan "yaxshilikka yaxshilik bilan javob ber" deb singdirishgan.
-Jamiyat “yoʻq” deyishni qoʻpollik bilan aralashtirib yuborgan.
-Biz boshqalarning his-tuygʻularini oʻzimiznikidan ustun qoʻyishga oʻrganib qolganmiz (yoki oʻrgatilganmiz).
Muammo:
-Yaxshilik — savdo emas. U majburiyat tugʻdirmaydi. Agar u majburiyatga aylansa, u endi yaxshilik emas.
Yechim:
-"Yoʻq" deyish yomonlik emas, chegara.
-Aybdorlik hissi har doim haqiqat belgisi emas.
-Sen birovning umidlari uchun yashashga majbur emassan.
Diqqat:
-Agar biror narsa ichingda majburiyat, siqilish yoki norozilik uygʻotsa — toʻxta!
-Ehtimol, sen allaqachon oʻzingni sotib boʻlgandirsan.
-Yemoq yoqimli.
Lekin qusmogʻi ham bor.

🤓2❤1🌚1 1 1 1
Taskin olishimni bilmasdan kimdan,
Tuni bo’yi daydib izladim farah,
Shunda qulog’imga chalindi zimdan..
Hayya a’las-solah, hayya a’las-solah..
✍🏽 Ravshan Haqmurod
Tuni bo’yi daydib izladim farah,
Shunda qulog’imga chalindi zimdan..
Hayya a’las-solah, hayya a’las-solah..
✍🏽 Ravshan Haqmurod
☃2 2❤🔥1 1 1
Forwarded from بدون اسم
- Bukchayib qolibsan deydi odamlar
Oshkora ta'nalar jonimga tegdi
Ular qaydan bilsin pinhona damlar
Qilgan gunohlarim qaddimni egdi..
Oshkora ta'nalar jonimga tegdi
Ular qaydan bilsin pinhona damlar
Qilgan gunohlarim qaddimni egdi..
Quldan farqim yoʻqdir:
ne istasangiz,
Jon deb bajo etgum,
bosh ustiga, jon.
Men —
nima eksangiz shu unar angʻiz,
Begona oʻtlardan xoli,
beisyon.
Evaz kutmagayman:
quvsangiz qochib,
Ursangiz oʻlaman,
yursangiz — sayr…
Qachondir kelsangiz —
eshigim ochiq,
Qachondir ketmoqchi boʻlsangiz —
xayr!
✍🏻 Nurmuhammad Abduzoir
ne istasangiz,
Jon deb bajo etgum,
bosh ustiga, jon.
Men —
nima eksangiz shu unar angʻiz,
Begona oʻtlardan xoli,
beisyon.
Evaz kutmagayman:
quvsangiz qochib,
Ursangiz oʻlaman,
yursangiz — sayr…
Qachondir kelsangiz —
eshigim ochiq,
Qachondir ketmoqchi boʻlsangiz —
xayr!
✍🏻 Nurmuhammad Abduzoir
Forwarded from EchoesOfMe🧃
Biram ijtimoiy bo‘lib boryapman...
Biram hayollarim moddiy, husnsiz.
Yo‘qolib ketyapti o‘sha yosumon,
Koʻk yomg‘irlarni orzulagan qiz...
Gul do’konga borib, hidini emas,
Narxini didimga moslashtiraman...
O‘zimga o‘zimni sarflagim kelmas,
O‘zimni o‘zimdan tejayman biram.
©
Biram hayollarim moddiy, husnsiz.
Yo‘qolib ketyapti o‘sha yosumon,
Koʻk yomg‘irlarni orzulagan qiz...
Gul do’konga borib, hidini emas,
Narxini didimga moslashtiraman...
O‘zimga o‘zimni sarflagim kelmas,
O‘zimni o‘zimdan tejayman biram.
©
Forwarded from PharmaNext 1.0
Esse tanlovi e’loni!
«Farmatsevtika va Tibbiyot Kelajagi: Yosh Mutaxassislar Nigohida»
Biz farmatsevtika va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarini O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, innovatsiyalar va kasbiy o‘sishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan esse tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz!
Ushbu tanlov — soha kelajagi haqidagi qarashlaringizni taqdim etish, tahliliy qobiliyatingizni namoyish etish va noyob karyera tajribasiga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🏆 Sovrinlar
Tanlov g‘oliblari o‘z g‘oyalari va martaba istiqbollarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direktori bilan biznes-lanchda (business brunch) ishtirok etishdek noyob imkoniyatni hamda Agentlikning maxsus eksklyuziv esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar.
📝 Esse Mavzulari
Ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlashlari mumkin:
1. Uzluksiz ta’lim (Lifelong learning): Farmatsevtika va tibbiyot talabalari o‘rtasida uzluksiz kasbiy rivojlanish madaniyatini shakllantirish.
2. Raqamli texnologiyalar asrida zamonaviy sog‘liqni saqlash mutaxassisining eng muhim bilim va ko‘nikmalari.
3. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining kelajagi: strategik vazifalar, imkoniyatlar va o‘sish nuqtalari.
4. Mamlakatning dori vositalari xavfsizligini ta’minlashda mahalliy farmatsevtika sanoatining roli.
5. Biotexnologiyalar va bioanaloglarni ishlab chiqarish: farmatsevtika bozori uchun istiqbollar.
📜 Talablar va Format
Til: Esselar o‘zbek yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
Hajm: 1000 dan 2000 tagacha so‘z (sarlavha varag‘ini ham hisobga olgan holda).
Format: Elektron hujjat (DOC/DOCX), shrift Times New Roman, o‘lchami 12, qatorlar oralig‘i 1.5.
O‘ziga xoslikni tekshirish: Barcha ishlar AI-detektorlar yordamida tekshiriladi. Ish plagiatdan holi va mutlaqo original bo‘lishi shart.
Tarkib: Sarlavha varag‘i (F.I.Sh., OTM nomi, kurs, aloqa ma’lumotlari), Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
🗓️ Muddatlar
Taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 31-yanvar (kun oxirigacha).
✉️ Esselaringizni va tegishli ma’lumotlarni quyidagi elektron manzilga yuboring: nauka@uzpharmagency.uz
Xatning mavzusida (Subject) quyidagini ko‘rsatish majburiydir: "Essay Competition – [Ism va Familiyangiz]"
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Sizning tahliliy ishlaringizni va yangi g‘oyalaringizni kutib qolamiz!

🏆2
Bir kishi Ibn Xaldundan soʻradi:
Farzandlarimizni qanday tarbiyalashimiz kerak?
Ibn Xaldun aytdi:
Farzandlaringizni tarbiyalashga urinmang. Chunki ular baribir sizga oʻxshab qolishadi. Faqat oʻzingizni tartibga soling.

🔥4❤2
Forwarded from Doniyor Nasriddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yilgi maqsadlar uchun BEPUL qo‘llanma
Azizlar, yaqinda “Sarchashma” loyihamizning 5-sonini taqdim etgan edik. Unda maqsadlarga erishishning aniq va ishlaydigan mexanizmini tushuntirgan bo'ldik.
Va’da qilganimizdek, yillik maqsadlarni tuzish bo‘yicha bepul qo‘llanmani sizlarga ulashmoqchimiz. Ushbu qo‘llanma orqali maqsadlaringizni tizimli rejalashtirib, doimiy nazorat qilishingiz mumkin.
Agar siz maqsadlarga erishishda samaradorlikda qiynalayotgan bo‘lsangiz, loyihaning 3-sonida eng samarali usullardan biri — GTD metodi batafsil tushuntirilgan.
Maqsadlarga olib boruvchi aniq tizim bilan hali tanish bo‘lmasangiz, yangi sonni tomosha qilishni tavsiya qilaman.
2026-yildagi maqsadlaringiz amalga oshishi tilakdoshiman!
@Doniyor_Nasriddinov

Forwarded from Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar
***
Derding:
yigʻlaydimi oʻgʻil bola ham,
Bu koyish edimi yo oddiy savol?
Javobin bilsaydim, koshki, oʻshal dam,
Aytardim,
artmasdan yoshimni, darhol.
Momo, yigʻlar ekan oʻgʻil bola ham,
Voh, nega yupatgan eding oʻshanda —
Arazlab, bor yoshim toʻkib olsaydim,
Dilda qolmasmidi hasrat — kushanda.
Yigʻlashi shart ekan oʻgʻil bola ham,
Toʻyib-toʻyib,
hoʻngrab-hoʻngrab,
ustma-ust.
Ayniqsa, bir shirin soʻz boʻlsa qahat,
Boʻlsa yo boʻlmasa yupatguvchi doʻst.
Ayniqsa, momosin yoʻqotganida,
Boshini urarga toshi qolmasa.
Ayniqsa, yuragi sovqotganida,
Oʻt tushsa,
yigʻlashga yoshi qolmasa.
Ayniqsa, oshiga qotilsa zahar,
Esidan ogʻdirsa qaysidir toshqalb.
Momo, yigʻlar ekan oʻgʻil bola ham,
Chora topolmasa yigʻlashdan boshqa.
Momo, koʻylagingga artib burnimni,
Toʻyib yigʻlar edim,
koshki, boshida
Bilsaydim,
sen bilan kechgan umrimni
Yigʻlab oʻtkazardim qoshingda.
Alahon boʻlmagin endi soʻzimdan,
Yigʻlamam,
endi bu qalbim — sovuq tosh.
Faqat moʻltillaydi ikki koʻzimda
Koʻylaging oʻngriga toʻkilmagan yosh.
Tizzangga bosh qoʻyib toʻkilmagan yosh…
Nurmuhammad Abduzoir
@Nurmuhammad_ZOIR
Derding:
yigʻlaydimi oʻgʻil bola ham,
Bu koyish edimi yo oddiy savol?
Javobin bilsaydim, koshki, oʻshal dam,
Aytardim,
artmasdan yoshimni, darhol.
Momo, yigʻlar ekan oʻgʻil bola ham,
Voh, nega yupatgan eding oʻshanda —
Arazlab, bor yoshim toʻkib olsaydim,
Dilda qolmasmidi hasrat — kushanda.
Yigʻlashi shart ekan oʻgʻil bola ham,
Toʻyib-toʻyib,
hoʻngrab-hoʻngrab,
ustma-ust.
Ayniqsa, bir shirin soʻz boʻlsa qahat,
Boʻlsa yo boʻlmasa yupatguvchi doʻst.
Ayniqsa, momosin yoʻqotganida,
Boshini urarga toshi qolmasa.
Ayniqsa, yuragi sovqotganida,
Oʻt tushsa,
yigʻlashga yoshi qolmasa.
Ayniqsa, oshiga qotilsa zahar,
Esidan ogʻdirsa qaysidir toshqalb.
Momo, yigʻlar ekan oʻgʻil bola ham,
Chora topolmasa yigʻlashdan boshqa.
Momo, koʻylagingga artib burnimni,
Toʻyib yigʻlar edim,
koshki, boshida
Bilsaydim,
sen bilan kechgan umrimni
Yigʻlab oʻtkazardim qoshingda.
Alahon boʻlmagin endi soʻzimdan,
Yigʻlamam,
endi bu qalbim — sovuq tosh.
Faqat moʻltillaydi ikki koʻzimda
Koʻylaging oʻngriga toʻkilmagan yosh.
Tizzangga bosh qoʻyib toʻkilmagan yosh…
Nurmuhammad Abduzoir
@Nurmuhammad_ZOIR
😢2