Asatullaev's notes
1 subscriber
12 photos
3 videos
2 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
burn*
Nol nuqtasi ≠ Mag’lubiyat nuqtasi

Birinchi yil ekkan ko’chatimiz hosil bermagan bo’lsa,

Shunchaki qishdan omon chiqib, tirik qolganiga xursand bo’laylik.

3 yildan beri biznes qilib ishlarimiz zo’r bo’lib ketmagan bo’lsa,

Shunchaki yomon bo’lib, qurib ketmaganimizga xursand bo’laylik.

25’ga kirib boy bo’lib ketmagan bo’lsak,

Shunchaki 22% aholiga o’xshab qarzga botib minusga kirib ketmaganligimizga xursand bo’laylik.

Noldaman deb o’zimizni yemirmaylik,

Chunki,

Nolga chiqib olishni o’zi katta muvaffaqiyat hisoblanadigan zamonda yashayapmiz.

Nol nuqtasini o’zi juda ko’p ishlar qilishga erkinlik beradi.

Yigirma yoshimda tushunganimda edi.
Ertaga gaplashaylik.

Ertaga ishlaylik.

Ertaga qaror qabul qilaylik.

Ertaga tanlaylik.

Ertaga uchrashaylik.

Bugun uyga borib o'zimizga dam beraylik, agar kayfiyatimiz yomon bo'lsa.

Chunki,

Yomon kayfiyatda aytilgan gaplardan, qilingan ishlardan, qarorlardan, tanlovlardan va o'tgan uchrashuvlardan afsuslanamiz baribir.

"Bugun qilsak bo'lmaydimi" deb so'rashadi hali.

Shunda hech uyalmay, "bugun kayfiyatim juda yomon, to'g'ri yondasha olmasligimi mumkin" deyaveraylik.

Yigirma yoshimda tushunganimda edi…..
Uzbekistan has become too tiny for me.

I need a bigger space for my fulfilment.

Even it has been just a month, comeback seems real.
2 soat

Yomon kayfiyatimizni 2 soat yurish orqali yo’q qilsak bo’lar ekan.

Siqilishdan 2 soat yurish orqali qutilsak bo’lar ekan.

Jahlimiz chiqib turgan payt 2 soat yurib kelsak ancha o’zimizga kelib olar ekanmiz.

Ilhom kelmagan payt 2 soat yurib kelsak miyamiz g’oyalarga to’lib kelar ekan.

Muammolarimiz ko’payib ketgan payt 2 soat yurib kelsak «ko’z oldimizda» yotgan yechimlarni ko’ra boshlar ekanmiz.

Ko’nglimiz xavotirlarga to’lgan payt 2 soat yurib kelsak ancha tinchlanar ekanmiz.

Barchamiz xotirjam, siqilmasdan va baxtli yashashni niyat qilamiz.

Yurishni boshlaylik, niyatimizga tezroq yetib boramiz.

Yigirma yoshimda tushunganimda edi…..
Harakatlarimizga ichki shijoat yetishmayotgan bo'lsa,

Tashqi majburiyatlarni ko'paytiraylik.

Chunki,

Orqamizdan it quvganida, krossovkamiz bormi-yo'qmi, baribir yuguramiz.

Yigirma yoshimda tushunganimda edi.
tired? who cares….