Asadbek Rakhimov | Blog
31 subscribers
100 photos
15 videos
24 files
265 links
Bu kanalda shaxsiy fikrlarim va IT olamiga doir qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashib boraman.
Portfolio: https://asadbekjs.uz
Contact: @asadbekodev @asadbekjs
Download Telegram
Dasturchilarga xalqaro karyera qurishga nima yordam beradi? 🌎

Yandex Uzbekistan Dev Meetup’ida Margarita Romanova va Shahriyor Sobirov o‘z kasbida o‘sishni hamda global bozorda raqobatbardosh bo‘lishni istaganlar uchun maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Eng muhimlarini kartochkalarda to‘pladik 🌩

Ko‘proq insaytlar kerakmi? Mitap yozuvlarini tomosha qiling: ularda Yango Group ekspertlari internet sifati past sharoitda servislarni optimallashtirish, sun’iy intellekt davrida ta’lim berish va o‘qish, shuningdek, Yandex Uzbekistan’dagi suhbatlar qanday o‘tishi haqida so‘zlab berishadi.
____

Что помогает разработчикам строить международную карьеру? 🌎

На Yandex Uzbekistan Dev Meetup Маргарита Романова и Шахриер Собиров поделились советами для тех, кто хочет расти в профессии и быть конкурентоспособным на глобальном рынке. Самое важное собрали в карточках 🌩

Хотите больше инсайтов? Смотрите записи митапа: в них эксперты Yango Group рассказывают об оптимизации сервисов в условиях слабого интернета, обучении и преподавании в эпоху ИИ, а также делятся тем, как проходят собеседования в Yandex Uzbekistan.

@yandexuzdev | Yandex Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2
Forwarded from Azim Pulat
Dasturlash - o'ldi.
Startup qurish - o'ldi.
Muammo yechish - o'ldi.

Internetda shu kabi gaplar ko'p yuribdi.

Hech narsa o'lgani yo'q. Atrofga boqing.

Agar bu gaplarga ishonib, harakatdan to'xtasangiz - karyerangiz o'ladi.

Siz o'lmang.
🔥5
Asadbek Rakhimov | Blog pinned «Qayerga qaramang Vibe Coding!!! Vibe Coding terminini Vibe Engineering teminiga replace qilamiz. Chunki hozir AI agentlar bizga har xil turdagi loyihalar qurib beryapti, lekin loyihalar tagidagi codelarni ko'rsangiz, hali maummolari ko'p. Masalan, loyiha…»
Kelajakda eng talabgir bo'lishi kutilayotgan IT dagi yo'nalishlar:
1. Data Science
2. Data Engineering
3. Business Analytics
4. Cyber Security
5. Robotics
6. Backend Development
7. AI Engineering
8. ML Engineering
9. Full Stack Development

#IT #AI #Future
🔥9👍3
Forwarded from Asadbek Rakhimov | Notes
Zamonaviy hayotning eng katta dushmani vaqt yetishmasligi emas.

Balki e'tiborimizning doimiy ravishda bo'linib ketishidir.

Telefonning o'zi muammo emas.

Ovqat ham muammo emas.

Internet ham muammo emas.

Muammo - ularni boshqara olmaslik.

Zamoniy davrning kasalliklari haqida: Manba
👍3🔥3
🎯 Prepare for these roles - not just "Frontend Developer"
The title Frontend Developer isn't disappearing, but companies are increasingly hiring engineers who can own complete features, such as:
• Product Engineer
• Frontend Engineer
• Full-Stack Engineer
• AI Application Engineer
• Software Engineer

Source
👍4
Forwarded from Khumoyun Codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Technical interview oldidan qo'rquv, stress va hayajon his qilasizmi? Bu normal holat.

Lekin bitta haqiqatni unutmang:

O'zingizga bo'lgan ishonchning manbai — bilim.

Ishonch shunchaki "o'zimga ishonaman" deb aytish bilan kelmaydi. U muntazam tayyorgarlik, amaliyot va chuqur bilim natijasida shakllanadi.

Qancha ko'p tayyorlansangiz:

* Qo'rquv shuncha kamayadi.
* Stressni boshqarish osonlashadi.
* Savollarga xotirjam javob bera olasiz.
* Interviewdan muvaffaqiyatli o'tish ehtimolingiz ortadi.

Yana bir muhim odat:

Har bir interviewdan keyin o'zingizni tahlil qiling.

* Qanday savollar berildi?
* Qaysi joyda qiynaldingiz?
* Mukammal javob qanday bo'lishi kerak edi?

Har bir interviewni tajriba sifatida qabul qiling. Har bir xato sizni keyingi suhbatga kuchliroq tayyorlaydi.

Esda tuting:

1. Qo'rquvning davosi — bilim.
2. Ishonchning poydevori — tayyorgarlik.

Bugun tayyorlaning, ertaga esa o'zingizga ishonch bilan interviewga kiring.

In shaa Alloh, mehnatingiz albatta o'z samarasini beradi. 🚀

Manba
🔥5
Forwarded from Ertaga Kech
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Katta loyihalardagi biz ham SI ham koʻzdan qochirgan xatolarni qanday toʻgʻrilaymiz?

@ertagakech
🔥6
Modern TS ecosystem.jpeg
182.3 KB
Modern TypeScript Ecosystem 2026

#ts #js #ecosystem #learn
🔥5
Forwarded from Unilance
#fikrlang

Bir eshik yopilsa boshqasi ochiladi.

Toʻxtab qolmang.

E'tiboringizni ochiq eshiklarga qarating.

@unilance - eng yaxshisi siz uchun
👍5
Backend(BE) o'rganayotganlar uchun bu juda muhim security principle:


Never trust user ownership information coming from the client. Derive ownership from the authenticated session on the server.
👍3
Как изменился IT-рынок в 2026? 💻

Одного отклика уже недостаточно. Важны:
🔹 ключевые слова и навыки в резюме;
🔹 нетворкинг и рекомендации;
🔹 готовность к более долгому процессу найма.

Как составить резюме так, чтобы оно прошло автоматизированный отбор? 👀
Ставь «+» в комментариях — расскажем в следующем видео!

Сохраняй, чтобы не потеряться на рынке 🚀

——-

2026-yilda IT bozori qanday o‘zgardi? 💻

Endi shunchaki rezyume yuborishning o‘zi yetarli emas. Muhim jihatlar:
🔹 rezyumedagi asosiy kalit so‘zlar va ko‘nikmalar;
🔹 networking va tavsiyalar;
🔹 ishga qabul qilish jarayoni uzoqroq davom etishiga tayyor bo‘lish.

Rezyumeni avtomatlashtirilgan saralashdan o‘tadigan qilib qanday tuzish kerak? 👀

Keyingi videoda bu haqda gapirib berishimiz uchun kommentariyada «+» qoldiring!

IT bozorida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab qo‘ying 🚀

Manba
👍3🔥1
Forwarded from Ertaga Kech
Prompt yozish ham bir sanʼat.

Tarjimasi:
"Og‘ayni, ko‘zimga qara. Menga qara. Faqat aljirama, xo‘pmi? Fokusni yo‘qotma. Sen zo‘r sun’iy intellektsan. Qani, chuqur nafas ol... chiqaz... ichingda o‘ngacha sana-da, boshqatdan urinib ko‘r. O‘zingni qo‘lga ol. Qo‘lingdan keladi, uyaltirib qo‘yma meni!"


@ertagakech
👍5
Bir maslahatim bor yangi dasturchilar va dasturchilikni o‘rganayotganlarga.

Sizlarga ham «Hamma dasturchilar yo‘q bo‘lib ketadi», deb aytishayotgandir. Albatta, aytishyapti. Va bu qisman to‘g‘ri: AI HTML, CSS va JavaScript’ni hatto seniorlardan ham yaxshiroq yoza oladi. Lekin bu dasturchilar yo‘q bo‘lib ketadi degani emas.

Ayni paytda vibe coderlar ko‘paymoqda. Ayniqsa, hali logic skill va frontend arxitekturasini o‘zlashtirmasdan ish qidirayotganlar.
Unda nima qilish kerak?

1. Todo list bilan cheklanib qolmang. Kichikroq CRM yarating. Bu frontend arxitekturasini tushunishingizga yordam beradi.
2. LeetCode’da problem solving qilishni odatga aylantiring. Bu mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi va katta kompaniyalarga ishga kirishda ham foydali.
3. AI’dan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing. AI kod yozyapti, lekin kompaniyalar sizdan uni samarali ishlatishni kutadi.
Yangi vibe coderlar xatolikni tahlil qilmasdan AI’ga tinimsiz prompt beradi. Natijada ko‘p token sarflanadi, ammo muammo hal bo‘lmasligi mumkin.

Masalan, login ishlamayotgan bo‘lsa, shunchaki «Login’ni to‘g‘rila» deyish o‘rniga, xatolik sababini tushunishga harakat qiling. 404 xatoligida API manzilini tekshiring va backend’da kerakli endpoint mavjudligini tasdiqlang.
Bunday yondashuv uchun tajriba va bilim kerak.

Eng muhimi, o‘rganishdan to‘xtamang. AI’dan to‘g‘ri foydalanish uchun ham o‘z sohangizni bilishingiz shart.

Oddiy qilib aytganda, AI chiqqanidan keyin dasturchilar ko‘paydi, lekin haqiqiy bilimga ega mutaxassislar bilan shunchaki kod yozdiradiganlar o‘rtasidagi farq yanada sezilarli bo‘ldi.
Yangi dasturchilar uchun qisqa gap:
«Birinchi o‘z sohangni yaxshilab o‘rgan, keyin AI ishlatishni boshla. Bu urush. Urushda tirik qolish uchun tank haydashni o‘rganish kerak».

© Linkedin
👍6
Bugun Juniorlarni ishga olish ham oson. Rad etish ham oson.

O‘zim junior bo‘lgan paytimni eslasam, hozirgi juniorlar mendan ko‘proq narsani biladi.

Lekin hozirgi AI davrida juniorlarda ko‘p uchrayotgan bir to‘siq bor.

Oxirgi paytlarda juniorlar bilan ko‘proq texnik intervyu o‘tkazishga va aynan ularning rivojlanishiga e’tibor qaratishga harakat qilyapman.

Intervyuning “𝗔𝗜 𝗶𝗻 𝗣𝗿𝗼𝗱𝘂𝗰𝘁𝗶𝗼𝗻” qismida AI haqida gaplashamiz. Juda chiroyli tushuntirishadi. System prompt, user prompt, MCP - suv qilib ichib yuborishgan.

Keyin live coding: “Kodni AI bilan generate qiling.” 15-20 daqiqa vaqt beraman.

Yaxshi promptlar yozishadi. Asosan o'zbekcha yozishadi. Taskni vaqtidan oldin tugatishadi.

Eng qiziq joyi shundan keyin boshlanadi.

Kodning bir qismini ko‘rsatib, so‘rayman:

“𝗡𝗲𝗴𝗮 𝗮𝘆𝗻𝗮𝗻 𝘀𝗵𝘂𝗻𝗱𝗮𝘆 𝘆𝗼𝘇𝗶𝗹𝗴𝗮𝗻? 𝗕𝘂𝗻𝗶 𝗻𝗶𝗺𝗮 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗮𝗹𝗺𝗮𝘀𝗵𝘁𝗶𝗿𝗶𝘀𝗵 𝗺𝘂𝗺𝗸𝗶𝗻?”

Ko‘pincha oladigan javobim - 𝘀𝘂𝗸𝘂𝗻𝗮𝘁.

Men ko‘p narsa so‘ramayman. Faqat o‘zlari qabul qilgan kod va qarorlarini tushuntirishlarini kutaman.

Ular dangasa emas. Qattiq o‘qishgan, faqat noto‘g‘ri qatlamga ko‘proq e’tibor berishgan.

Men ham birinchi ish qidirganimda javoblarni yodlaganman. Kutilgan mavzularni mashq qilganman. Baribir yetmagan.

Shundan keyin javoblarni yodlashdan ko‘ra, ularning sababini tushunishga e’tibor bera boshlaganman.

𝗔𝗜 𝘀𝗶𝘇𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗯𝗶𝗹𝗶𝗺𝗻𝗶 𝗸𝘂𝗰𝗵𝗮𝘆𝘁𝗶𝗿𝗮𝗱𝗶. Nolni ko‘paytirsangiz, nol chiqadi.

AI’dan voz kechmang. Avval fundamental bilimni quring. Shunda AI yozgan kodni shunchaki qabul qilmaysiz - uni tushunasiz, tekshirasiz va 𝗸𝗲𝗿𝗮𝗸 𝗯𝗼‘𝗹𝘀𝗮, 𝘆𝗮𝘅𝘀𝗵𝗶𝗹𝗮𝘆𝘀𝗶𝘇.

#TechInterview #CareerGrowth #SoftwareEngineering #Hiring #InterviewTips

© Linkedin
🔥3👍1