O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
3.19K subscribers
19.9K photos
2.09K videos
140 files
3.39K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#tashrif

Badiiy akademiya ishchi guruhi a'zolari xizmat safari doirasida bugun Navoiy ISMIda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi jarayonini o‘rganishdi hamda amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Navoiy ISMIda xizmat safarida bo'lgan Badiiy akademiya ishchi guruhi a'zolari maktab pedagog va o'qituvchi jamoasi bilan ham uchrasdi.

Jamoaga badiiy ta'limdagi islohotlar to'grisida atroflicha ma'lumot berildi.

Ishchi guruh sohaga oid qonun hujjatlari ijrosidan tashqari muammolar va takliflarni ham o'rganib borayapti.

Uchrashuvda maktab jamoasi tomonidan o'rtaga qo'yilgan masala va takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Badiiy akademiya ishchi guruhi Navoiy ISMI oshxonasi, o'quvchilar yotoqxonasi shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safari bilan jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Kemyong universiteti tashkil topganining 125 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 20-may kuni Kemyong universitetida mazkur oliygoh tashkil topganining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maʼruza qildi. Notiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalib o‘tdi va Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari hamda universiteti jamoasini 125 yillik yubileyi bilan tabrikladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi hamda Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Bundan 7 yil muqaddam o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qatʼiy intilish belgisi sifatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan Kemyong universiteti bog‘ida daraxt ekilgan edi.

Kemyong universitetining 125 yilligi tantanasi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda Qirg‘izistondan kelgan mehmonlar ishtirokida do‘stlik va hamjihatlik ramzi bo‘lgan ushbu daraxt sug‘orildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Janubiy Koreyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi Tegu shahrida joylashgan, 1899 yilda asos solingan Kemyong universitetida 68 yo‘nalishda saboq berilmoqda. Oliygohda 18 ta, jumladan, rassomlik fakulteti ham mavjud. Kemyong sohada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan ham izchil hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tashrifi doirasida Kemyong tarkibidagi Keisung xususiy оliy maktabи (Keisung High School)da ham bo‘ldi, taʼlim jarayoni bilan tanishdi. Mazkur oliy maktab 1906 yilda James E. Adams g‘oyasi bilan tashkil qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida  Kemyong universiteti muzeyining ochilish marosimida qatnashdi. Universitet mutasaddilari, muzey tashkilotchi va homiylari bilan suhbatlashdi, fikr almashdi. Universitetga estalik sifatida o‘z mo‘yqalamiga mansub  asarini topshirdi.

2023-yilda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalida Janubiy Koreyaning “Quvnoq garmoniya” nomli nogiron iqtidorli bolalar ansambli o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan edi. Badiiy akademiya raisi Kemyong universitetida ushbu ansambl aʼzolari bilan uchrashdi, kelgusi rejalar xususida suhbatlashildi.

“Quvnoq garmoniya” ansambli uchrashuvda ustoz Akmal Nurga “Fantaziya” kuyini ijro etib berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин 26–27 май кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Российской Федерации Владимир Путин 26–27 мая посетит нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўтказилган музокаралар якунлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Қўшма баёнот имзоладилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида муҳим икки томонлама битимларни алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам состоявшихся переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Российской Федерации Владимир Путин подписали Совместное заявление. В присутствии глав государств состоялась церемония обмена важными двусторонними соглашениями.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bugun
#tashrif

Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazining malaka oshirish
kurslariga jalb etilgan tinglovchilari Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi raisi O'zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Akmal Nur shaxsiy galereyasini borib ko‘rishdi.

Tinglovchilar professor Akmal Nurning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishish, uning eng sara asarlarini tomosha qilish va bevosita suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular rassomning ijodiy jarayoni, asarlarining tarixi va ularning yaratilish bosqichlari haqida batafsil ma'lumotlar olishdi. Bu tashrif tinglovchilar uchun nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba ham bo‘lib, ular o‘zlarining badiiy bilimlarini yanada boyitishdi.


🔰TELEGRAM🔰INSTAGRAM🔰FACEBOOK 🔰YOUTUBE🔰TWITTER🔰SAYT
Кўксарой қароргоҳида мамлакатимизга давлат ташрифини амалга ошираётган Корея Республикаси Президенти Юн Сок Ёлни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В резиденции «Куксарой» состоялась церемония торжественной встречи Президента Республики Корея Юн Сок Ёля, совершающего государственный визит в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш 30 июнь - 1 июль кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 30 июня – 1 июля состоится официальный визит Генерального секретаря Организации Объединенных Наций Антониу Гутерриша в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев Остона шаҳрида ўзбек халқининг буюк фарзанди, шоир ва мутафаккир Алишер Навоий ҳайкалини тантанали равишда очдилар.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев торжественно открыли памятник великому сыну узбекского народа, поэту и мыслителю Мир Алишеру Навои в городе Астане.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #Navoiy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X