Intizomli Arofatxon✨
84 subscribers
1.62K photos
27 videos
2 files
128 links
Intizomli boʻlib til oʻrganish va kitob oʻqish haqida oʻz shugʻullanishimni muntazam yozib boraman.
✨ 09.02.2023
Download Telegram
5-oktyabr✨

Duolingo va Mutolaa ilovasida muntazam shug'ullanaman. Sizchi hozirgi kunda qaysi foydali ilovalardan foydalanmoqdasiz?

@arofatxonwithin
❤3
Я учу английский на Duolingo! Это бесплатно, весело и эффективно.
❤2
Мне удалось пройти Октябрьский марафон быстрее, чем 98,2% всех учащихся на Duolingo!
❤1👍1🔥1
Я учу английский на Duolingo! Это бесплатно, весело и эффективно.
❤1🕊1
📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf — «Hadis va Hayot» 5-juz — «Namoz» kitobi

Kitob + audio
12.10.2026 12:00



#kitob_yakunlandi

Bu kitobni o‘qib, namoz masalasi naqadar ulug‘ va mas’uliyatli ekanini yana bir bor his qildim. 398 betdan iborat ushbu asar ham qog‘oz shaklida, ham uyda audiosini eshitish orqali mutolaa qilindi.

«Namoz» kitobida dinimizning ustuni bo‘lgan ulkan ibodatga oid barcha zarur mavzular hadislar asosida juda tushunarli tilda tushuntirilgan. Namozning farz bo‘lish tarixi, uning shartlari, arkonlari va qanday o‘qilishi kerakligi batafsil bayon qilingan.

O‘qib o‘tirib, kundalik hayotda namozni o‘qish jarayonida ba'zi narsalarga yetarlicha e'tibor bermasligimiz yoki xatoga yo‘l qo‘yayotganimizni tushunib yetdim. Ko‘p narsalarni o‘zim uchun qaytadan kashf qildim.

Menga eng kerakli bo‘lgan qismlaridan biri — namozning odoblari, xushu va xuzu bilan bog‘liq jihatlari bo‘ldi. Har bir harakatning o‘z hikmati borligi yanada oydinlashdi.

Umuman, bu kitobni faqat bir marta o‘qib qo‘yiladigan kitob deb o‘ylamadim. Chunki undagi masalalar har kuni, butun umr kerak bo‘ladigan narsalar. Ba’zi joylarini qayta-qayta ochib ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Har bir musulmonning uyida bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan mutolaa qilib turilishi kerak bo‘lgan eng muhim kitoblardan biri ekan.

Navbatdagi juzga ham davom qilamiz, inshaalloh. 🤍

#kitob_yakunlandi
#HadisVaHayot
#Namoz
#ShayxMuhammadSodiqMuhammadYusuf

@arofatxonwithin
❤‍🔥1🔥1
Siz hozirgi kunda qaysi kitobni o'qiyapsiz? Tassurotlaringiz qanday?

@arofatxonwithin
🕊2
Alhamdulillah 😍

Bugun xolam, tog'am, keneyimla Umra safaridan qaytishdi.
Barchamizga qayta qayta borish nasib qilsin, insha'Allah ✨

@arofatxonwithin
❤‍🔥5❤2🔥2
Ariza yozib keldim...

@arofatxonwithin
❤2👍1🕊1
📚 Masaru Ibuka — «Uchgacha ayni vaqti»
🎧 Audiobook
21.10.2026 16:50
#kitob_yakunlandi

Bolaning miyasi dastlabki uch yilda xuddi toza qog'ozdek bo'lar ekan — unga nima yozsak, o'sha qoladi. Yaponiyalik mashhur tadbirkor va pedagog Masaru Ibukaning ushbu mashhur asarini audio formatda tinglab, tarbiya borasidagi qarashlarimni yana bir bor tartiblab oldim.

Kitob "erta rivojlantirish" haqida bo'lsa-da, muallif eng muhim urg'uni mo'jizaviy metodikalarga emas, balki mehr, e'tibor va to'g'ri muhitga qaratadi. Bola uch yoshgacha bo'lgan davrda atrofdagi dunyoni, tilni, hissiyotlarni va hatto ota-onasining kayfiyatini xuddi gubka kabi so'rib oladi.
Ushbu kitobni eshitib o'tirib, o'zim uchun tushungan eng katta xulosalarim:
Erta ta'lim — bu yuklama emas, imkoniyat: Bolani majburlash yoki undan dahoni yasash emas, balki uning tug'ma qiziqishlarini to'g'ri yo'naltirish muhim.

Atrof-muhit va munosabat: Bola so'zlardan ko'ra ko'proq ota-onasining xatti-harakatlari va oiladagi muhitdan o'rganadi.
Cheklovlardan qochish: Bolaga "mumkin emas" deb taqiq qo'yavermasdan, unga xavfsiz va erkin izlanish makonini yaratib berish kerak.

Farzand tarbiyasida har bir kun, har bir lahza qanchalik g'animat ekanini yana bir bor his qildim. Ayni baby-brain davrida berilgan mehr va to'g'ri poydevor uning butun umrlik kelajagiga ta'sir qiladi.
Kichkintoyi bor yoki yaqin orada ota-ona bo'lishni kutayotgan har bir inson uchun mutolaa (yoki tinglash) qilishni tavsiya qilaman. 🤍

#kitob_yakunlandi
#UchgachaAyniVaqti
#MasaruIbuka
#Tarbiya
#Audiobook
@arofatxonwithin
🕊1
Kitobni oldin ham kitob holida o'qib chiqqan edim, lekin 2-marta o'zim ona bo'lib audiosini eshitgan holatimda bu kitobni yaxshiroq anglab yetganimni his qildim.
Sifatli audio kitob va oxirida o'rganganlarimni mustahkamlab beruvchi testlari uchun Mutolaa ilovasi xodimlariga minnatdorchilik bildiraman✨

@arofatxonwithin
❤‍🔥1❤1
📚 O‘tkir Hoshimov — «Qalbingga quloq sol»

🎧 Audio kitob

23.10.2026

#kitob_yakunlandi

Ba’zan hayot shovqinida to‘xtab, faqat bir narsani so‘raging keladi: "Inson o‘z qalbiga qarshi borib baxtli bo‘la oladimi?"

O‘tkir Hoshimovning ushbu asarini tinglab tugatarkanman, taqdirlar burilishi va insoniy tuyg‘ularning naqadar nozikligi haqida chuqur o‘yga toldim.

Markazda — Yodgor va Charosning bir-biriga bog‘langan beg‘ubor tuyg‘ulari, ularning boshidan kechirgan quvonch-u iztiroblari. Charosning pokiza muhabbati, Yodgorning ichki kechinmalari va ikki o‘t orasida qolgan taqdiri kishini befarq qoldirmaydi.

Ayniqsa, yosh va beozor Dilfuzaning fojiali o‘limi qalbingizning eng tub-tubigacha titratib yuboradi. Uning taqdiri — asardagi eng ta’sirli va iztirobli nuqtalardan biri bo‘ldi.

O‘ylatib qo‘yadigan, insoniy munosabatlar va sadoqat naqadar muhimligini eslatadigan asar. Qalbimizga quloq solishni unutmaylik... 🤍

#kitob_yakunlandi
#QalbinggaQuloqSol
#OtkirHoshimov
#Audiobook

@arofatxonwithin
❤1🕊1
Anchadan beri bunaqa go'zal tasvirlangan badiiy asar o'qimagan edim. O'tkir Hoshimovning uslubi shunday go'zalki, oddiy so'zlar bilan go'zal, takrorlanmas tasvir yaratib beradi, u tasvirni ichida beixtiyor kirib ketganingizni o'zingiz ham sezmay qolasin. Umumiy olib qaraganda, kitob menga juda yoqdi. Barcha inson ichki kechinmalariga befarq bo'lmaganlarga tavsiya qilaman.

@arofatxonwithin
❤1🔥1
Ulug'bek Hamdamni o'zim uchun kashf qildim.

@arofatxonwithin
❤3
Ulug‘bek Hamdam — “Muvozanat”
26.10.2026 | 11:11

#kitob_yakunlandi

“Muvozanat”ni o‘qib, hayotda muvozanatni saqlash qanchalik qiyinligi haqida o‘ylab qoldim. Ba’zan moddiy tomondan qiynalmaslik uchun ma’naviy ehtiyojlarimizni unutamiz, ba’zan esa o‘zimiz istagan hayot bilan yashayotgan hayotimiz orasida qolib ketamiz.

Asarda insonning ichki kechinmalari, hayotiy tanlovlari, jamiyat va zamon bilan munosabatlari haqida so‘z boradi. Qahramonlarning qarashlari va boshidan kechirganlari orqali o‘zingizga ham savollar berib qolasiz. Axir hammamizning hayotimizda ham tanlovlar, ikkilanishlar va o‘zimiz bilan ichki kurashlar bo‘ladi.

Menga asarning nomi ham juda ma’noli tuyuldi. Muvozanat — faqat yaxshi-yomonning, moddiy-ma’naviy narsalarning o‘rtasini topish emas, balki hayotda nimani birinchi o‘ringa qo‘yishni bilish hamdir.Kitobni o‘qib, ba’zi narsalar haqida yana bir bor o‘yladim. Inson hayotda nimagadir erishaman deb, aslida o‘zi uchun muhim bo‘lgan narsalarni yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Lekin bu muvozanatni topish har doim ham oson emas.

Umuman, “Muvozanat” shunchaki o‘qib tugatib qo‘yiladigan emas, o‘qish davomida ham, undan keyin ham o‘ylantiradigan asarlardan biri bo‘ldi.

#kitob #mutolaa
❤1
Shohida Davlatovna — “Muvaffaqiyat tasodif emas”

27.10.2026 | 20:28
#kitob_yakunlandi

Bu kitob ta'limda mashhur "Registon" nomi ostidagi o'quv markazlari, xususiy maktablari va teknikumlariga ega brend haqida. Uning kelib chiqishi, gullab-yashnashi va undagi fidoyi ustozlarning o'z hayot hikoyalari bilan brendning qanday qilib hozirgi holatda kelgani tasvirlab berilgan.

Kitobdan juda ko'p hayotiy insightlar va motivatsiya oldim. Kelajada ta'lim tizida shunday katta brend egasi bo'laman, insha'Allah ✨

#kitob #mutolaa #Registon

@arofatxonwithin
🔥1
Mutolaa vaqti keldi! 📚✨
❤1🔥1