ARMUUM — Umidjon Abdulxayev Baxtiyor oʻgʻli
49 subscribers
3 photos
1 video
«A»llohning «R»asuli «M»uhammad «U»ning «U»mmati «M»en!

@NOSHUDIY — сиз ўйлаганчалик ёмон ҳам, кўринганчалик яхши ҳам бўлмаган шахсият!

🍂 Ҳеч ким учун манфаатсиз саҳифа(м)!
Download Telegram
Siz kun boʻyi birovning qoʻlida mardikorlik qilib 20 ming soʻm pul ishlab koʻrganmisiz hech?

Aksar insonlar yilning 365 kunlaridan ayrim sanalarini juda intiqib kutishadi chamamda. Bulardan ham ayniqsa koʻpchilik oʻzgacha hayajon bilan kutiladigan sana esa tavallud kuni boʻlsa kerak hammaning.

Yilda 1 kun keladigan oʻsha tugʻilgan kunni bayramona yuqori kayfiyat bilan, bazm-u jamshid, shod-u xurramlikda, hammadan shirin tabriklar eshitish bilan oʻtkazishni barcha ham kutsa kerak menimcha. Ayni shunday boʻlishi maqsadga muvofiq boʻlardi ham!

Shu tushunchalar bilan men ham bir necha yillardir yashadim afsus!

«Kun boʻyi, birovning qoʻlida mardikor boʻlib, itdek ishlab topilgan 20 ming soʻm»

Tasavvur qiling: Bir ona, yolgʻiz boquvchi boʻlib 2 bolasini och qolmasliklari, kiyimsiz qolib maktabdagi tengdoshlari orasida oʻksimasliklari va yaxshi taʼlim olishlari uchun birovni qoʻlida mardikorlik qilishga ham tayyor boʻlmaydimi?

Bir ayol doimiy hayot tarziga aylangan kunlarning birida ertalabdan kechgacha birovni qoʻlida «itdek» ishlab 20 ming soʻm pul topgan. Qizigʻi oʻsha kuni uyda ikki goʻdagi onasini har kungidan boshqacha intiqlik bilan kutib turardi.

Ayol ishdan horib qoʻlida 20 ming soʻm pul bilan, oʻtmish azoblari va kelajak tashvishlarini oʻylab uyga qaytarkan, ichida doʻkonga kirib kun boʻyi ishlagan bor puliga oʻgʻliga 12 ming soʻmga toʻp, qolgan 8 ming soʻmga qiziga qoʻrgʻirchoq olishni oʻylardi faqat!

Ahmoq odamgina kun boʻyi itdek ishlab, bor ishlagan puliga bu narsalarni olardi faqat. Lekin ona bilardi ayni shu narsalar ikki goʻdagini qalbiga olam-olam quvonch ulashishini.

Ayol doʻkonga kirdi. Oʻgʻlining tugʻilgan kuniga sovgʻa uchun toʻp va qizalogʻiga esa qoʻgʻirchoqni olib uyga shoshardi. Eng qizigʻi shunda-ki?

Oʻsha tugʻilgan kun sohibi men (@noshudiy) va oʻsha ayol esa mening onam boʻladilar ...

P.S: Oʻsha kundan beri tugʻilgan kunimning faqatgina sana raqamlari koʻzimga chiroyli koʻrinadi fikrimcha. Bu ham hammada boʻladigan oddiygina holat xolos nazarimda?

🎁 2004 - 04 - 22

@ARMUUM — amallarda koʻrsating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢3910❤‍🔥9👍5😁3🔥2🕊21
Ношуд — қўлидан ҳеч иш келмайдиган, ҳеч қандай ишнинг уддасидан чиқа олмайдиган эписиз одам.

@noshudiy — сиз ўйлаганчалик ёмон ҳам, кўринганчалик яхши ҳам бўлмаган шахсият!

@ARMUUM — amallarda koʻrsating!
❤‍🔥8😁75🔥21👍1🌚1
@ARMUUM Mosque ...))
❤‍🔥31🔥1😢1🕊1
Alhamdulillah, shu kunlarga ham yetib keldik ...))

🤩 Wedding day: 03 - 05 - 2026-y

@ARMUUM — amallarda koʻrsating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8🔥42🕊21
Oilaviy kutubxonamiz! (1-qism)

1. «Бахтиёр оила» (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф)

2. «Кифоя» toʻplami (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф)

[«Кифоя» toʻplami — 3 ta jilddan iborat]

3. «Саодат асри қиссалари» toʻplami (Аҳмад Лутфий Қозончи)

[«Саодат асри қиссалари» toʻplami — 4 ta jilddan iborat]

4. «Iymon» (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф)

5. «Хадича розияллоҳу анҳо» (Нурдан Дамла)

6. «Марям розияллоҳу анҳо» (Нурдан Дамла)

7. «Оиша розияллоҳу анҳо» (Нурдан Дамла)

8. «Зайнаб розияллоҳу анҳо» (Нурдан Дамла)

9. «Фотима розияллоҳу анҳо» (Нурдан Дамла)

10. «ИШҚ» toʻplami (Фотиҳ Думан)

[«ИШҚ» toʻplami — 3 ta jilddan iborat]

11. «Асал ойи эмас, асал ҳаёт» (Ғиёсиддин Юсуф)

12. «Чуқур уйқу» (Раиф Жиласун)

13. «Oʻtkan kunlar» (Abdulla Qodiriy)

14. «Ibodati islomiya» (Ahmad Hodiy Maqsudiy)

15. «Пайғамбар булбули Билоли Ҳаваший розияллоҳу анҳу» (Мустафо Нажоти Бурсавий)

16. «Мукoшафатул Қулуб» (Имом Абу Ҳомид Ғаззолий)

17. «Қиёмат ва охират» (Имом Абу Ҳомид Ғаззолий)

18. «Ҳақиқат йўлининг асослари» (Имом Абу Ҳомид Ғаззолий)

19. «Дунёга муҳаббат» (Имом Абу Ҳомид Ғаззолий)

20. «Ўлимдан сўнг» (Имом Абу Ҳомид Ғаззолий)

21. «Яшамоқ» (Юй Хуа)

22. «Jinlar bazmi» (Abdulla Qodiriy)

23. «Xayollarga boʻlaman tutqun» (Oʻtkir Hoshimov)

24. «Shamol esaveradi» (Oʻtkir Hoshimov)

25. «Bormisan?» (Doʻgʻan Jujeloʻgʻlu)

26. «Ишққа ошиқман» (Фотих Думан)

27. «Атом одатлар» (Жеймс Клир)

28. «Уламоалар назарда вақтнинг қадри» (Абдулфаттоҳ Абу Ғудда)

29. «Пул психологияси» (Морган Ҳаузел)

30. «Ожиза» (Сабиха Усмон)

31. «Ўгай она / Қайнона / Сўнгги тўфон» (Ахмад Лутфий Қозончи)

32. «Авф эт, Аллоҳим» (Кадир Акел)

33. «Қалбимдасан Аллоҳим» (Кадир Акел)

34. «Zukkolar va Landavurlar» (Malkolm Gladuell)

35. «Ikki eshik orasi» (Oʻtkir Hoshimov)

36. «Бинафша шуласи» (Усома Муслим)

37. «Фотиманинг боласи» (Жосим Ал-Умрон)

38. «Осуда Оила» (Фозил Мухаммад Олил)

39. «Никоҳ Ахлоқи» (Мухаммад Амин Йилдирим)

40. «Duo taqdirni oʻzgartiradi» (Atham Amin Nemutlu)

41. «Исломда фарзанд тарбияси» (Абдуллоҳ домла)

[«Исломда фарзанд тарбияси» toʻplami — 2 ta jilddan iborat]

42. «Venchur zehniyati» (Ilya Strebulaev va Alex Dang)

⚡️ Jami: 50 ta kitob!

@ARMUUM — amallarda koʻrsating!
🔥5🕊421🌚1