Smth went wrongly...
1 video
Ichimga sigʻmagan fikrlarim🪧
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum
Xoʻoʻoʻp, kanalni ham yoʻlga qoʻyib oldik.

Bu yerda hech kimga aytolmaydigan fikrlarimni yozib boraman, birinchi navbatda bu oʻzim uchun muhim.

Qandaydir fikr odamni ichida qolib ketishi kerakmas, uni yo aytish yo yozish kerak, shunda tafakkur tiniqlashadi.

Men esa uni yozishga qaror qildim (fikrlashadigan odamim boʻlmagani uchun)).
Oʻzbekistonda qiziq bir holat bor: biror bir odamning boyligi ortsa, yaʼni muvaffaqiyatga erishsa (oʻzining qarichi bilan oʻlchanganda), buni hammaga koʻrsatgisi keladi, ijtimoiy tarmoqlardami yoki tanish-bilishlar orasidami farqi yoʻq.

Masalan, oila aʼzolariga nimadir sovgʻa qilsa, umraga yoki boshqa chet davlatiga borsa, bu kabi misollar koʻp, ularning niyati nafaqat bir yaqin insonini xursand qilish, balkim boshqa odamlarga ham zoʻrligini koʻrsatib qoʻyish, qaysidir maʼnoda "maqtanish" deyish mumkin.

Bir tarafdan, maqtanchoqlik deyish ichi qoralikdan, unga havas qilish kerak dersiz, lekin "Odamlar menga havas qilsin, oʻrnak olsin" degan narsa ham maqtanchoqlik emasmi?

Ota-onangni xursand qilmoqchimisan, shunchaki ikalasini xursand qil boʻldi, haj amalini qilmoqchimisan, shunchaki borib ibodat qilib kel boʻldi, nima qilasan uni boshqalarga ham koʻrsatib?

Oʻzingni xursand qilmoqchimisan yoki boshqalarga baxtlidek koʻrinmoqchimisan?
Shunchaki oʻzi rohatlanayotgan odam "buni boshqalarga ham ulashishim kerak" demaydi.

Bir gap eshitgandim: "odam qanchalik boy boʻlsa shunchalik yashirishga harakat qiladi, kamtar boʻladi, kimdir boyligini koʻz-koʻz qilyaptimi, demak uning hamma narsasi shu (balkim baʼzilari soxtadir)".

Menimcha ular yoshligida koʻp baxtsizlikni koʻrgan va endi oʻzining tasavvuridagi "baxtli hayot"ga erishganda, hamma bu haqda eshitishi, koʻrishi, bilishini xohlaydi, ichida qandaydir egosi "Men koʻrsatib qoʻydim hammaga" deydi, chunki qachonlardir ichidan "Men hammaga koʻrsatib qoʻyaman" degan narsa oʻtgan.

Ular uchun baxtli boʻlish emas, baxtli boʻlib koʻrinish muhim.
"Odamlar nima deydi" degan baloga kelib qolyapti yana...
Bizda juda koʻp muammolarning ildizi aynan shu gapda...
◼️ Gen Z dan koʻp narsa kutmang


Gen Z ( Z avlod) - 1997-2012-yillar oraligʻida tugʻilgan insonlar.

Muammolari: texnologiyalarga haddan tashqari bogʻlanib qolgan, diqqatni jamlashda qiynaladi,
real hayotdagi muloqot koʻnikmalari zaif, stress, tashvish, depressiya, oʻziga ishonchsizlik holatlari kuzatiladi, tezkor natija kutish (sabrsizlik), bir joyda uzoq ishlolmaydi, har doim ham ishonchli axborotni tanlay olishmaydi
.

Afzalliklari: texnologiyani yaxshi bilish, axborotni tez topa olish, keng dunyoqarash va tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, tenglik va xilma-xillil tarafdori, atrof-muhitga eʼtiborli, oʻqishga boʻlgan yangi yondashuv,
oʻz ustida ishlashni yaxshi koʻradi
.

Xoʻsh, tepadagi birinchi gapning mazmuni nima edi?

Kamchiliklarda koʻrinib turgan muloqot koʻnikmalarida zaiflik xususiyati bugungi kunda boshqa avlodlar (asosan, Baby Boomers-1946-1964, Gen X -1965-1980, Gen Y-1981-1996) ga yoqmayapti. Ular buni heyt qilishi ijtimoiy tarmoqlardagi memlardan maʼlum.

Buning sababi nimada? Ularni raqamli texnologiyalar bilan oʻsgan avlod dedik, ular muloqotning onlayn tarziga moslashgani aniq.
Yana bir sababi doʻkon, ovqatlanish joyi, shu kabi jamoat joylarida odamlarga xizmat koʻrsatilayotganda koʻp suhbat talab qilinmaydi, buyurtma qilinadi, odam-odam kasblari kamaymoqda, biror ishi bitishi uchun muomalani bilish shart emas. Qolaversa, butun dunyoda oila instituti zaiflashayotgani uchun qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni, tanish-bilish kabi munosabatlar ham zaiflashmoqda.

Gapning qisqasi, onlayn tarzdagi muloqot ularni real hayotdan uzoqlashtiradi, insonlar bilan muomala madaniyati suhbat kam boʻlgani uchun zaif, tanish-bilishlar davrasida oʻtirish kamayayotgani uchun bu avlod ularga mulozamat koʻrsatmaydi.

Sabablari aniq ekan, nega boshqa avlodlar bundan norozi?
Ular bunday avlodni zamon shunday shakllantirganini qabul qila olmayaptimi?
Buni oʻzgartirishmoqchimi?

Oʻzi buni rostdan ham "kamchilik"mi degan savol bor, yaqin kelajakda odamlar ish oʻrnini sunʼiy ong egallar ekan, Gen Z nima qiladi inson-inson munosabatlarini rivojlantirib, buning zarari yoʻq dersiz, lekin ular boshqa narsaga energiyasini sarflasa ham boʻladiku.

Aslida boshqa avlodlarning oʻzi biroz izzat talab emasmikin?
Toʻgʻri, ularni tushunsa boʻladi, vaqtida kattalarga qanday muomala qilgan boʻlsa hozir oʻzlariga oʻsha muomalani qilishlarini xohlashadi.

Biroq buning uchun bir avlodni ayblab, oʻzgartirishga harakat qilish, oʻzlaridek boʻlishini kutish kerakmi?
Gen Z ning buning oʻrniga boshqa afzalliklari ham borku.
Demak, "zamon yomonlashyapti, yoshlar gʻayrioddiy boʻlib boryapti" kabi fikrlar subyektiv ekan, yaʼni ular oʻzlarida bor narsani boshqalarda koʻrmaganda darrov kamchilik deb qabul qiladi, lekin ularda yoʻq narsa bu avlodda boʻlishi mumkin.

Ayniqsa, Oʻzbekistonda bu avj olgan. Yoshi katta insonlar Gen Z dan oʻzlari XIX asrda qanday boʻlgan boʻlsalar shuni kutishadi. Bu juda mantiqsiz, yuqorida Gen Z da bu "kamchiliklar" kuzatilishi tabiiy hol ekanini aytdim.

Aslida ularni tarbiya qilgan ota-onalarda ham, maktab siyosati, davlat siyosatida ham "ayb" yoʻq, bu global sodir boʻlayotgan voqea, va agar kimda bu kuzatilmasa u tengdoshlari kabi emas, undan oldingi avlod kabi shakllangan.

Toʻgʻri, men ham koʻraman, yoshi kichik boʻlsa ham kattalarga juda mulozamat koʻrsatgan, ularning idealidek boʻlishga harakat qiladigan bolalarni, lekin unday boʻlmagan boshqa bolalar tarbiyasiz yoki odamovi emas, shunchaki globallashgan yoshlar.

Bunday bolalarni kattalarga yoqishga harakat qiladigan boshqa bolalar bilan solishtirish xato, chunki namuna qilib koʻrsatilayotganlar Gen Z ning afzalliklaridan biri boʻlgan erkinlik va moslashuvchanlik xususiyatlari rivojlanmagan.

Sogʻlom fikrlaydigan inson kimlarningdir koʻnglini olish uchun oʻzini oʻzgartirmaydi.
Xullas, bir narsani meʼyorida, soxtaliksiz, orttirib yubormasdan qiladigan avlod shakllandimi,
demak zamonga shundayi kerak.

Ulardan XIX asr insonlariga oʻxshashlikni kutmang,
bu birinchidan ilojsiz, qolaversa
naf keltirmaydi ham...
Forwarded from Teacher Azam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashashingiz uchun yagona va arzirli sabab nima deb o‘ylaysiz?

@teacherazam