#Tasavvuf
المجموع المشتمل
Al-majmuul mushtamil
Muhaqqiq: Habibulloh Qurbán Mazohiriy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
14$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
المجموع المشتمل
Al-majmuul mushtamil
Muhaqqiq: Habibulloh Qurbán Mazohiriy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
14$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
"Al-Majmu’ al-Mushtamil" kitobi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbat, u zotning mavlidlari va mashhur madh qasidalarini o‘z ichiga olgan to‘rt xil nodir asarning jamlanmasidir. Kitobning asosiy maqsadi — Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlarini o‘rganish va u zotni madh etishda ahli sunna ulamolarining tutgan yo‘llarini o’rganishdir.
Kitob 3 ta asarni o’z ichiga olgan:
1. "Iqd al-Javhar fi mavlid an-Nabiy al-Azhar": Imom Barzanjiy qalamiga mansub mashhur "Mavlidi Barzanjiy" kitobi.
2. "Al-Kavakib ad-Durriya fi madh xayr al-bariya": Imom Busiriyning mashhur "Qasidai Burda"si.
3. "Naht hadid al-botil": "Qasidai Burda"ni inkor qiluvchi va unga tosh otuvchilarga raddiya sifatida yozilgan, Imom Dovud ibn Sulaymon Bag‘dodiy qalamiga mansub asar.
Xususiyatlari
o Kitobda matnlar qaytadan Word dasturida terilib, imlo qoidalari va tinish belgilariga rioya qilgan holda zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.
o Kitobdagi matnlar asl nusxalar bilan solishtirilgan, undagi hadislar manbalari ko’rsatilgan va zikr qilingan ulamolarning qisqa tarjimai hollari keltirilgan.
o G‘arib va tushunilishi qiyin bo‘lgan arabcha so‘zlar hamda murakkab atamalarga qisqacha izohlar berib o‘tilgan.
o Mavzularni tushunishni osonlashtirish uchun boblar oldidan umumiy sarlavhalar qo‘yib chiqilgan. Shuningdek, matn ichidagi ma’lumotlarni tez topish uchun mundarija tuzilgan.
👍2❤1
#Mutolaa
اللامذههبية قنطرة اللادينية
Al-lámazhabiyyah qontorotul lá diniyyah
Muallif: Imom Kavsariy رحمه الله
Yumshoq muqova
Sariq qogʻoz
9$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
اللامذههبية قنطرة اللادينية
Al-lámazhabiyyah qontorotul lá diniyyah
Muallif: Imom Kavsariy رحمه الله
Yumshoq muqova
Sariq qogʻoz
9$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
Islom ummati tarixidagi eng xavfli fikriy og‘ishlardan biri “bemazhablik” g‘oyasi bo‘lib, u “faqat Qur’on va Sunnat bilan kifoyalanaman” degan shior ostida asrlar davomida shakllangan fiqhiy merosni inkor etishga undaydi. Ushbu muhim asar ana shu xatarga qarshi yozilgan ilmiy raddiyalarning eng mashhurlarini bir joyga jamlagan to‘plamdir. Kitobda Ahli sunna val jamoa e’tiqodining to‘rt fiqhiy mazhab Hanafiy, Molikiy, Shofeiy va Hanbaliy orqali saqlanib kelayotgani, mazhabsizlik esa oxir-oqibat diniy barqarorlikni yemiruvchi xatarli yo‘l ekani qat’iy ilmiy asoslar bilan isbotlab berilgan.
Ushbu to’plam uch risolani o’z ichiga oladi.
1. Imom Muhammad Zohid Kavsariy – Al-Lamazhabiyya Qanṭarat al-Lā-Dīniyya
2. Doktor Mahmud Zayn – Bayna yaday al-Lamazhabiyya
3. Shayx Muhammad Homid – Luzūm ittibāʿ mazāhib al-aʾimma
Xususiyatlari:
• Ilmiy jihatdan to‘liq tahqiq qilingan, so’zlarga harakatlari qo’yib chiqilgan.
• Barcha hadislar manbalari bilan taxrij qilingan
• Murakkab istiloh va iboralarga hoshiyada izohlar berilgan
• Zikr etilgan ulamolarning qisqa tarjimai hollari keltirilgan
• Matn sarlavhalar bilan ajratilgan, o‘qishga juda qulay
• Qur’on oyatlari sura nomi va raqami bilan berilgan
• Oxirida oyatlar, hadislar, shaxslar va manbalar bo‘yicha to‘liq mundarija tuzilgan
Bu kitob Ahli sunna e’tiqodini himoya qilish, fiqhiy mazhablarning zarurati va hikmatini anglash, hamda zamonamizda keng tarqalayotgan “bemazhablik” fitnasidan ogoh bo’lishni istagan har bir talaba, imom va ziyoli uchun muhim qo‘llanma bo’la oladi.
❤2🔥1
#Usulul_hadis
المدخل إلى علوم الحديث الشريف
Al-madxol ila ulumil hadisish Sharif
Muallif: Muhammad Abdulmálik حفظه الله
Yumshoq muqova
Sariq qogʻoz
11,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
المدخل إلى علوم الحديث الشريف
Al-madxol ila ulumil hadisish Sharif
Muallif: Muhammad Abdulmálik حفظه الله
Yumshoq muqova
Sariq qogʻoz
11,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
"Al-Madxal ila 'ulum al-hadis ash-sharif" Shayx Muhammad Abdulmalik tomonidan tayyorlangan qo’llanma. (Hozirgi kunda Dakka, Bangladeshdagi "Markaz ad-Da'va al-Islamiya"da hadis ilmi ustozi). Kitob hadis ilmining eng muhim va amaliy jihatlariga bag'ishlangan. Asosan hadislarni asl manbalardan topish (Taxrij) va hadis roviylar bilan tanishish (Isnod va Rijal) qoidalarini o'rgatadi.
Xususiyatlari:
- Muallif ushbu kitobni shunchaki nazariy ma'lumotlar to'plami emas, balki talabalar uchun amaliy mashg'ulot vazifasini o'tovchi qo'llanma sifatida yozgan. Unda hadisni qanday qilib asl manbalardan topish yo'llari ko'rsatilgan.
- Kitob ikki muhim yo'nalishga e’tibor qaratadi, biri Taxrij al-hadis hadislarning qaysi manbadan kelganini aniqlash, ikkinchisi Naqd ar-rijol, sanaddagi roviylarning ishonchli (siqa) yoki zaif ekanligini aniqlash, ya'ni "Jarh va ta'dil" ilmi.
- Muallif kitobning yozilish sababini shunday izohlaydi: Oldingi zamon talabalari hadis kitoblarini (Jome', Sunan, Musnad) ko'p o'qiganlari uchun hadislarning o'rnini yaxshi bilishgan. Ammo hozirgi zamon talabalari asl kitoblar bilan ishlash malakasini yo'qotib qo'yishgan. Bu kitob shu bo'shliqni to'ldirish va talabalarni yana asl manbalar bilan ishlashga o'rgatish uchun yozilgan.
- Kitobda zamonaviy texnologiyalar (kompyuter dasturlari) yoki tayyor ilovalarga suyanib qolib, asl ilmiy izlanishdan to'xtab qolish qattiq tanqid qilingan. Haqiqiy ilm mashaqqat va ustoz nazorati ostida hosil bo'lishi ta'kidlangan.
- Kitobda sahih hadisni zaifidan ajratish, roviylarning tarjimayi holini (biografiyasini) qanday qidirish va ularning darajasini aniqlash bo'yicha ilmiy qoidalar va "zobitlar" (mezonlar) keltirilgan.
- Kitob so'nggida Imom Muhammad Zohid Kavsariyning "Kayfas-sabil ila ihyai 'ulum al-hadis vas-sunna" nomli risolasi ham o'rin olgan.
Ushbu kitob hadis ilmini chuqur o'rganmoqchi bo'lgan, xususan, hadislar manbasini topish va ularning sanadini tekshirish bo'yicha mutaxassis bo'lishni istagan tolibi ilmlar uchun munosib ibtido bo’la oladi.
🔥2❤1
#Aqoid
العقيدة الطحوية بين السلفية المعاصرة والمتكلمين
Al-aqidatut Tohaviyyah baynas salafiyyatil muasiroh val mutakallimiyn
Muallif:Hazim Hasan Abdulbasir حفظه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
2Jild
35$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
العقيدة الطحوية بين السلفية المعاصرة والمتكلمين
Al-aqidatut Tohaviyyah baynas salafiyyatil muasiroh val mutakallimiyn
Muallif:Hazim Hasan Abdulbasir حفظه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
2Jild
35$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
"Al-Aqida at-Tahoviya zamonaviy salafiylik va mutakallimlar o‘rtasida”
“Al-Aqida at-Tahoviya” matni bu Imom Abu Ja’far Tahoviy رحمه الله tomonidan qisqa sahifalarga bitilgan, Ahli Sunna val Jamoa aqidasini hanafiylar mazhabi asosida bayon qiluvchi mo’tabar aqidaviy matndir. Imom Tahoviy rahimahulloh Ahli Sunnaning ikki buyuk imomi Abul Hasan Ash’ariy va Abu Mansur Moturidiy bilan zamondosh bo‘lgan. Biroq Imom Tahoviyning, Ash’ariy va Moturidiylardagi kabi, maktabni davom ettiruvchi shogirdlari bo‘lmagani sababli, u zotning aqidaviy maktabi mustaqil tarzda rivoj topa olmagan. Natijada Imom Tahoviyning ilmiy merosini turli mazhablar o’z yo‘nalishlariga nisbat berishni boshlagan. Tahoviyya matni ustida turli yo‘nalishlarga mansub ko‘plab sharhlar paydo bo‘lgan, zamonaviy salafiylar, ash’ariylar, moturidiylar, hatto mo’taziliy maktabiga oid sharhlar ham yuzaga kelgan.
Ushbu kitob Azhar universitetida yoqlangan doktorlik ilmiy ishi bo’lib, unda muallif Imom Tahoviy matni ustida yozilgan turli sharhlarni qiyosiy tahlil qilib o’rgangan. Bir tomonga zamonaviy salafiylar yozgan sharhlar va boshqa tomonga Ash’ariy va Moturidiylar tomonidan yozilgan sharhlarni qo’yib tanqidiy qiyoslagan.
Muallif fikricha Imom Tahoviy hech bir maktab izdoshi emas, balki Imom Ash’ariy va Moturidiy kabi mustaqil Ahl Sunna imomidir. U zot hanafiylik sabab Moturidiylikka yaqinroq bo‘lsa-da, Moturidiylik orqali Ash’ariylikka ham yaqindir.
Ushbu tadqiqot maqsadlari:
• Ikki yo‘nalish (Salafiy va mutakallimlar) o‘rtasidagi ixtilof sabablarini aniqlash;
• Ular o‘rtasidagi mushtarak aqidaviy asoslarni yoritish, yaqinlashtirishga hissa qo‘shish;
• Imom Tahoviyning ash’ariylik va moturidiylik maktablariga bo‘lgan haqiqiy munosabatini aniqlash;
• Zamonaviy salafiylikning Imom Tahoviydan qanchalik uzoq yoki yaqin ekanini ko‘rsatish hamda ularning sharhlari Tahoviyning asl matniga sharhmi yoki ko‘proq Ibn Taymiyya fikrlarining takrorimi, shuni aniqlash.
Muallif ishni quyidagi ilmiy bosqichlarda olib boradi:
1. Avval Imom Tahoviyning asl matni keltiriladi;
2. Unga asoslangan muhim aqidaviy masalalarni ochiqlaydi;
3. Zamonaviy salafiylik talqini manbalar orqali ko‘rsatiladi;
4. Mutakallimlar (Ash’ariy–Moturidiy) talqini ham xuddi shunday yoritiladi;
5. Har ikki talqin chuqur tahlil va tanqid orqali qiyoslanadi;
6. Oxirida Imom Tahoviyning asl maqsadiga zid bo‘lgan qarashlarga ilmiy munosabat bildiriladi.
❤2
#Mantiq
شرح الغرة في المنطق
Sharhul g'urroh fil mantiq
Muallif: Qutbuddin Sofaviy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
14$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
شرح الغرة في المنطق
Sharhul g'urroh fil mantiq
Muallif: Qutbuddin Sofaviy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
14$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
Temuriylar saroyida yashab, ijod qilgan buyuk olim Sayyid Sharif Jurjoniy o‘z o‘g‘li Nuriddin Muhammad ibn Ali uchun mantiq ilmi bo‘yicha ikki risola yozgan. Ularning kichik hajmlisini “Sug‘ro”, kattaroq va mufassalini esa “Kubro” deb nomlagan.
Keyinchalik Nuriddin ushbu ikki forsiy risolani arab tiliga tarjima qiladi. Arab tiliga o‘girilgan kichik risola mantiq ilmining eng muhim va zaruriy masalalarini qamrab olgani sababli “G‘urra”, katta risola esa qo‘shimcha foydali bahs va masalalarni ham o‘z ichiga olgani bois “Durra” deb nomlangan.
So‘ngra “G‘urra” matni mashhur olim Shayx Qutbiddin Safaviy tomonidan sharhlanib, “Sharh al-G‘urra fil Mantiq” nomi bilan tanilgan. Qo‘limizdagi kitob aynan mana shu sharhli asardir.
Asarning xususiyatlari:
• Kitob 33 ta fasldan iborat.
• Mantiq ilmi unda ikki asosiy rukni (Tasavvurot va Tasdiqot) asosida bayon qilingan.
• Asarning uslubi “sharhi mamzuj” (ya’ni matn va sharh bir-biriga qo‘shib bayon qilingan aralash sharh) uslubidadir.
• Sharhlovchi matndagi murakkab va noaniq o‘rinlarni izohlab, zarur joylarda misollar bilan ochib bergan.
• U faqat tushuntirish bilan kifoyalanmay, ayrim o‘rinlarda muallif fikriga tanqidiy munosabat bildiradi (masalan, matnda qisqartirish borligi yoki ayrim masalalarda ko‘pchilik ulamolarga xilof fikr bildirilganini qayd etadi).
• Sharhni yozishda grammatikada Ibn Hojibning “Kofiya”si, mantiq ilmida esa Qutbiddin Roziyning “Sharh ash-Shamsiyya” va “Sharh al-Matoli’” kabi mashhur asarlaridan foydalanilgan.
• “G‘urra” risolasi mantiq ilmini endi o‘rganishni boshlayotgan mubtadiylar uchun sodda, lo‘nda va tushunarli uslubda yozilgan.
Mazkur “G‘urra” va uning sharhidan iborat bo‘lgan asar, XV asr islom ilmiy muhitida mantiq ilmi qanday tushunilganini va o‘qitilganini ko’rsatib beradi…
👍3❤1
#Fiqh
المدخل المفصل إلى الفقه الحنفي
Al-madxolul mufassol ilal fiqhil hanafiy
Muallif:Soláh Muhammad Abul Háj حفظه الله
Qattiq muqova
Oq qogʻoz
22,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
المدخل المفصل إلى الفقه الحنفي
Al-madxolul mufassol ilal fiqhil hanafiy
Muallif:Soláh Muhammad Abul Háj حفظه الله
Qattiq muqova
Oq qogʻoz
22,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
«Al-Madxal al-mufassal ila al-fiqh al-hanafiy» Ushbu asar Dr. Saloh Abul Hajjning bundan o‘n yil avval yozilgan «Al-Madxal ila dirasat al-fiqh al-islami» kitobining qaytat tahrir va takmil qilingan shaklidir. Muallif o‘tgan yillar davomida kitobni qayta ko‘rib chiqib, unga talabalar uchun zarur bo‘lgan ko‘plab muhim mavzularni qo‘shgan.
Kitobdagi asosiy yangiliklar va mavzular
• Mujtahidlarning vazifalari, turlari va tarix davomida bugungi kungacha bo‘lgan tabaqalari hamda ularning faoliyatlari bayon qilingan.
• Faqihlarning hadisga yondashuvi muhaddislarnikidan nimasi bilan farq qilishi va Kufa maktabining o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirilgan.
• Mazhabni lozim tutish (tamazhub) va mutaassiblik (taassub) o‘rtasidagi farqlar ochib berilgan.
• Fiqhiy kitoblar ishonchli (mu’tamad), qabul qilingan (maqbul) va rad etilgan (mardud) toifalarga ajratilib, har biriga misollar keltirilgan.
• Ibn Obidinning «Uqud rasm al-mufti» manzumasiga qisqacha sharh berilib, fatvo berish tartiblari o‘rgatilgan.
• Tobeinlar davrida faqihlarni «Ahli ray» va «Ahli hadis» deb ikkiga ajratish nazariyasining xato ekanligini isbotlagan.
• Buyuk mazhab imomlari hayoti va usullari haqida batafsil ma’lumot berib, ularga nisbatan aytilgan shubhalarni daf qilgan.
• Imom Shofeiyning mashhur «Agar hadis sahih bo‘lsa, u mening mazhabimdir» degan so‘zining asl mohiyatini va imomlarga taqlid qilishdan qaytarilgan o‘rinlarni qanday tushunish kerakligi o’rgatilgan.
Muallif kitobni o‘quvchilarga fiqh kitoblarini qanday o‘qish va tushunish bo‘yicha nasihat bilan yakunlagan. Bu asar nafaqat Hanafiy mazhabini o‘rganuvchilar, balki umumiy Islom fiqhiga qiziquvchilar uchun foydali manbadir.
❤1👍1
#Mutolaa
وحي القلم
Vahyul qolam
Muallif: Mustofá Sodiq Rofiiy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
26,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
وحي القلم
Vahyul qolam
Muallif: Mustofá Sodiq Rofiiy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
26,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
“Vaḥyul-Qalam” – bu arab adabiyotining buyuk namoyandasi Mustafo Ṣodiq Rofiiy tomonidan yozilgan adabiy, axloqiy, ijtimoiy va tafakkuriy maqolalar majmuasidir. Ushbu maqolalar avval “Risola” jurnalida e’lon qilingan bo‘lib, keyinchalik uch jildli alohida kitob shaklida jamlangan. Asar muallifni ushbu maqolalarda Qur’oniy ruh, islomiy tafakkur, arab tili balog‘ati, jamiyatning axloqiy muammolari, g‘arbparastlik, muhabbat, oila, tarbiya va inson ruhiyati haqida adabiy fikr yuritadi.
Mazkur nashr shunchaki qayta bosma emas, balki ilmiy qayta tahrir bo‘lib, tahqiqchi maqolalarning asl nusxalarini taqqoslab, birinchi nashrdagi o‘zgartirishlarni ochib bergan, tushunilishi qiyin bo‘lgan iboralarni sharhlagan, shaxslar va manbalarga izohlar bergan, har bir maqolaning yozilgan joyi va sanasini aniqlashtirgan.
Bu kitob arab adabiy tafakkurining cho‘qqisi, Qur’oniy ijtimoiy falsafa, musulmon ziyolisi tafakkurining namunasi, zamonaviy g‘arbparastlikka qarshi ilmiy-adabiy chaqiriq sifatida qaraladi.
Arab adabiyoti, Islom tafakkuri, til, axloq va madaniyat masalalariga befarq bo‘lmagan ziyolilar uchun ajoyib asar…
❤1👍1
#Tasavvuf
فتح أبواب الدين في شرح آداب المريدين
Fathu abvábid din fi sharhi ádábil muridin
Muallif: Mulla Ali Qoriy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
22$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
فتح أبواب الدين في شرح آداب المريدين
Fathu abvábid din fi sharhi ádábil muridin
Muallif: Mulla Ali Qoriy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
22$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
«Fath abvab ad-din fi sharh Adab al-muridin»
Ushbu asar Mulla Ali Qori tomonidan yozilgan bo'lib, u Shayx Abu Najib Suhravardiyning mashhur «Adab al-muridin» (Muridlar odobi) kitobiga yozilgan sharhdir. Muallif kitobni "Bismillah" va hamd-u sano bilan boshlab, avval matn muallifi Imom Suhravardiyning hayoti va karomatlarini bayon qilgan, so'ngra kitob nomidagi "Odob" va "Murid" so'zlarining ma'nolarini tushuntirib bergan.
Mulla Ali Qori asl matnni tushuntirishda ikki asosiy usuldan foydalangan. Birinichisi qiyin va noodatiy so'zlarni oson ma’nodoshlari bilan almashtirgan, gapdagi mubtado, xabar va boshqa bo'laklarning o'zaro bog'lanishini grammatik jihatdan izohlagan. Ikkinchi tushunish qiyin bo'lgan joylarni sodda qilib tushuntirgan va gaplar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni ko'rsatib bergan.
Muallif faqat matnni sharhlash bilan cheklanib qolmagan:
• Mavzuni quvvatlash uchun ko'plab Qur'on oyatlari, hadislar, sahobalar va tobe'inlar so'zlarini, shuningdek, tasavvuf shayxlarining hikmatlarini keltirgan.
• Keltirilgan hadislarning manbasini va aynan qanday so'zlar bilan kelganini aniqlashtirishga harakat qilgan. Agar hadis manbasini topa olmasa, indamagan.
• Hadislarni naql qilishda asosan Imom Suyutiyning «Al-Jome’ as-sag‘ir» yoki o‘z ustozi Ali Muttaqiyning «Kanzul-ummol» kitoblaridan foydalangan.
• Kitobda "Vahdat ul-vujud" masalasida Ibn Arabiy va u zotning izdoshlarini qattiq tanqid qilgan o'rinlari mavjud.
• Mulla Ali Qori ba'zan asl kitobning turli nusxalaridagi farqlarni ham aytib o'tgan.
❤1👍1
#Mutolaa
أيها الولد
Ayyuhal valad
Muallif:Imom G'azzoliy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
4,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
أيها الولد
Ayyuhal valad
Muallif:Imom G'azzoliy رحمه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
4,5$
Buyurtmaga yuboriladi inshaAlloh
Buyurtma uchun: @Kitobchi1337
Ushbu risola Imom G‘azoliy qalamiga mansub bo‘lib, dastlab fors tilida bitilgan. Keyinchalik esa qiymati sababli arab tiliga o‘girildi va dunyoning turli chekkalariga tarqalib, ko‘plab tillarga tarjima qilindi.
Asarning yozilishiga bir talabaning iltimosi sabab bo‘lgan. U Imomdan qolgan umrini nimaga sarflashi va foydali amallar haqida so‘ragan edi. Bu risola Imom G‘azoliyning ulkan qomusiy “Ihyou ulumid-din” asarining qisqa xulosasi desa ham bo’ladi. U hajman kichik, olib yurishga oson, ammo foydalari beqiyosdir.
Haligi talaba Imom G‘azoliyga shunday degan bo’lsa ajab emas:
"Ihyo"ning boblari menga ko‘plik qildi, menga shunday bir jamlovchi ishni o‘rgatingki, uni mahkam tutay va u dunyoyu oxiratda Alloh taoloning huzurida najotimga sabab bo‘lsin”.
Muallif unda itoat va ibodat ilmning mag‘izi ekanini bayon qilgan, zero, amalsiz ilm asalsiz aridir. Axir, nafsni Allohning bandalariga kibr qilishga undaydigan ilm qanday ilm bo‘ldi?!. Bunday ilm egasi faqatgina o‘zining odamlar qalbidagi mansabini ko‘radi xolos!. U g‘aflatda qolib, o‘zini “mansab bandasi”mi yoki ”Allohning bandasi”mi bilmay qoladi.
Hujjatul Islom ushbu haqiqatni teran anglagan. Shu sababli u o‘z shogirdiga faqat abadiy saodat tojini kiydirishni va uni iymon-ishonch javohiri bilan bezashni ixtiyor etgan. Shuningdek, u zot ushbu latif asarda tarbiya beruvchi ustoz masalasiga, uning sifat va hollariga ham to‘xtalib o‘tgan. Shogirdni ustoz izlashga, unga hamroh bo‘lishga va undan ta’lim olishda sabotli bo‘lishga undagan. Zero, buyuk zotlarning holatlari, xatti harakatlari so‘zlaridan ko‘ra ko‘proq manfaat beradi.
Imom G‘azzoliy o‘z odatiga ko‘ra, bu yerda so‘zlarni qisqa va lo‘nda, ammo o‘ta mazmunli qilib keltirgan. O‘ziga xos nafis uslubi bilan misollar keltirib, masalalarni oydinlashtirgan.
❤1👍1
#Mutolaa
أثر الحديث الشريف في ٱختلاف الأئمة الفقهاء رضي الله عنهم ويليه أدب الإختلاف
Asarul hadisish sharif fi ixtiláfil fuqahái roziyallohu anhum va yaliyhi adabul ixtiláf fi masáilil ilmi vad din
Muallif: Muhammad Avvámah حفظه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
20$
4️⃣ 🔤 🔤 ,🔤 🔤 🔤 sotuvda
Murojaat uchun:@Kitobchi1337
أثر الحديث الشريف في ٱختلاف الأئمة الفقهاء رضي الله عنهم ويليه أدب الإختلاف
Asarul hadisish sharif fi ixtiláfil fuqahái roziyallohu anhum va yaliyhi adabul ixtiláf fi masáilil ilmi vad din
Muallif: Muhammad Avvámah حفظه الله
Qattiq muqova
Sariq qogʻoz
20$
Murojaat uchun:@Kitobchi1337
«Asarul Hadisish Sharif fi ixtilafil aimma val fuqaho» kitobi aslida Ustoz Muhammad Avvoma hafizahulloh tomonidan hijriy 1398-yilda Halabdagi Ravza jome’ masjidida qilingan silsilaviy ma’ruzalar to’plamidir. Majlisda qatnashgan ko‘plab insonlar iltimosi bilan, musulmonlarga manfaatli bo’lishi uchun ushbu ma’ruzalar to’plami kitob shaklida chop etilgan. Bu kitob rivoyat va dirvoyat ilmlari o‘rtasidagi ko‘prikdir va yana musulmon ummatiga mazhab imomlarining bu sof din hukmlarini istinbot qilishdagi mahoratini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, ushbu mavzu atrofida to‘qilgan shubhalarni parchalab, imomlarning bu yo‘lda qanchalik buyuk zahmat chekkanlarini tushuntiradi.
Inson ixtilof sabablari bilan tanishar ekan, mazhab imomlarining har biri haqiqat izlovchisi bo‘lganini va ixtiloflariga faqat qo‘llaridagi dalillar sabab bo‘lganini tushunadi, u yerda asabiyat, xudbinlik va kibr bo’lmaganini anglaydi.
Fiqhiy Ixtiloflar ijtihod maydoniga kirish bo’lgani va bu maydon qiyin va kattaligi sabab, muallif uning muayyan bir qismiga to’xtalgan. Bu – hadisning faqih imomlar ixtilofiga ko’rsatgan ta’siri. Unda muallif quyidagilarni bayon qiladi:
• Hadisi sharifning imomlar nazdidagi yuksak darajasi.
• Hadis qachon amal qilishga yaroqli bo‘lishi.
• Imomlarning hadisni tushunishdagi farqlari.
• Zohiran bir-biriga zid ko‘ringan sunnatlar borasidagi turlicha yondashuvlar.
• Imomlarning sunnatdan xabardorlik darajalari.
Kitobda ko‘plab savollarga javoblar va chalkashlik hamda muhim masalalarga izohlar berilgan. Muallif ushbu sabablar orasida ko‘pchilikni ikkilantirib qo‘yadigan shubhalarni bartaraf etib, talabalar uchun haqiqatni oydinlashtirgan.
Har bir mazhabboshi imomlarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan hadis uslublari bor, ehtimol ularni ochiq aytmaganlar yoki bizgacha yetib kelmagandir. Faqat johil kishilargina ularni xato qildi yoki hadisni bilmaydi deb o‘ylaydi.
Mutanabbiy aytganidek:
“Qanchadan-qancha to‘g‘ri so‘zni ayblovchilar bor, aslida bu ayb ularning buzuq fahmidadir”.
“Asarul Hadis” kitobi ummat tarafidan baralla quchoq ochib kutibolingan kitoblar sirasidan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu asrga o’nlab zamonamiz ulamolari tomonida sano va maqtovlar aytilgan. Ushbu nashr avvalidan ham bir qancha taniqli olimlarning kitob haqidagi kirish so’zlari keltirilgan.
Ushbu nashrdagi ikkinchi kitob esa: Muhammd Avvoma hazratlarining “Odobul Ixtilof” ya’ni ixtilof odoblari deb nomlangan asaridir. Muallif ushbu kitobni ixtiloflar keskinlashgan bir davrda ehtiyoj katta ekani sabab yozgan. Zero, ilm masalalarida gapiruvchi kishi o‘ziga qarshi chiquvchi, tanqid qiluvchi yoki norozi bo‘luvchini albatta uchratadi. Mana shu vaqtda ushbu ixtilofning odob va qonun qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
Muallif kitobda to‘rtta jihatni yoritgan:
1. Ixtilof.
2. Odob.
3. Ba’zi shubhalar va ularga javoblar.
4. Najot qayiqlari va bu og‘riqli voqelikdan qutulish yo‘llari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1