AQRAB
28 subscribers
4 photos
1 video
Men — Aqrab.
Sokinlik va suhbatni xush ko'raman. Sokin suhbatlar esa dunyoning rohati.
Ular choy ustida bo'lsa – dunyo rohatlarining rohati)

Choy ichaman desang — ichkariga kir.

@aqrabman
Download Telegram
G‘arbni uyg‘otgan musulmonlar: sukunatda yashiringan haqiqat

Bugungi shovqinli va zidiyatlarga to‘la dunyoda G‘arb bilan Islom olami o‘rtasidagi eng muhim fikriy almashuvlar... asta-sekin unut bo‘lib bormoqda. Ammo vaqt changlari ostida qolgan hikmatlar bor — ular jim...

Shunday hikmatlardan biri — yolg‘izlikda haqiqatni topgan bola haqidagi rivoyat. Millionlab nasroniy, yahudiy va musulmonlar sevib o‘qigan Defoening “Robinson Kruzo” asarini eslaysiz. Ammo uning ildizi qayerda ekani — ozchilikka ayon.

Defoening asaridan 11 yil oldin, 1708 yilda, Kembrijlik sharqshunos Simon Ockley XII asrga oid arabcha asarni ingliz tiliga tarjima qiladi:
“Hayy ibn Yaqzan” (Tirik, Uyg‘oqning o‘g‘li).

Muallifi: Abu Bakr Muhammad ibn Tufayl — Andalus (Ispaniya) zaminida yetishgan faylasuf, shoir va tabib.

Bu asar — oddiy hikoya emas. Bu — inson idrokining ibtidosi va intihosi haqida falsafiy risola.
Hayy — yolg‘iz orolda ulg‘aygan bola. Atrofida faqat hayvonlar. U ko‘z bilan ko‘radi, aql bilan tushunadi, yurak bilan sezadi.
Tabiat qonunlarini kashf qiladi, Yaratuvchini anglaydi, axloqiy mezonlar yaratadi.

Keyin u odamlar orasiga kiradi. Din va aqlni bir-biriga zid emas, balki to‘ldiruvchi kuch deb ko‘radi. Ammo din nomidan so‘zlayotganlar orasida yolg‘on, riyo va johillikni ham ko‘radi. Shuning uchun... yana orolga qaytadi.

U yerda u Haqqni topgan edi.

Ibn Tufaylning xabari aniq edi, o‘sha davr uchun — juda jur'atli:
Haqqa eltuvchi yo‘l bitta emas.
Insonda vahiy bor. Ammo u bilan birga aql va vijdon ham berilgan.

Bu risola G‘arbda ham keng tarqaldi. Lotin tilida — 1671, ingliz tilida — 1674 va 1708 yillarda.
Uni sevganlar orasida Spinoza, Leybnits, Lokk bor edi. Ular esa inson qadrini tiklash uchun kurashayotgan, diniy urushlardan charchagan G‘arbning fikriy ustunlariga aylanishdi.

Hayyning nuri protestantlar orasidagi yangi yo‘nalishni — kvakerlarni ham yoritdi.
George Keith — bu risolani ingliz tiliga tarjima qilgan kvaker rahnamosi — unga maftun bo‘ldi. Chunki bu asarda ularning eng buyuk e’tiqodi aks etgan edi:
“Har bir insonda ichki nur bor — e’tiqodi, jinsi, irqidan qat’i nazar.”


Bu nur keyinchalik qullikka qarshi harakatlar, ayollar erkinligi, inson huquqlari uchun kurashlarda olovga aylandi.

Aqrab eslatadi:
Bugungi g‘arbning yuksalgan daraxti — islom tafakkurining yer ostidagi ildizlaridan oziqlangan.
Ammo bugun daraxt bor, ildiz esa inkor etiladi.

Ammo sirlar yo‘qolmaydi.
Ular jim turadi.
Aqrab esa — jim emas.

@aqrabman
🔥3🕊2
Karima Solberg tomonidan chizilgan ushbu illyustratsiyada Ibn Tufaylning Hayy ibn Yaqzan hikoyasidagi bosh qahramon o‘zining asrab olgan “onasi” — kiyik bilan tasvirlangan.
Daniel Defoning XVIII asrda yozilgan Robinson Kruzo asari, XII asrda Ibn Tufayl tomonidan yozilgan Hayy ibn Yaqzan hikoyasiga juda o‘xshash.

Manba: Musulmon sivilizatsiyasining abadiy merosi, 3-nashr, 103-bet.

@aqrabman
🥰3👍1🔥1
Ibn Tufaylning Hayy ibn Yaqzan asari matni keltirilgan qo‘lyozmaning dastlabki ikki sahifasi, manba: Istanbul, Ayasofya 04807-001 – Istanbuldagi Sulaimoniya Qo‘lyozmalar Kutubxonasi Direksiyasi.

@aqrabman
👍2🔥1👏1
Hayyning sirli dunyoga kelishi va tabiat bag‘rida ulg‘ayishi

U uzoq bir orolda dunyoga keldi. Atrofda na inson, na qishloq, na shahar bor edi. Faqat jimjimador daraxtlar, sukunatdagi qushlar va begona hayvonlar orolni to‘ldirib turardi.

Hayyning kelib chiqishi haqida rivoyatlar turlicha edi. Ba'zilar aytadilar: uni onasi tug‘ib, jonini saqlash uchun dengizga tashlagan va to‘lqinlar uni orolga chiqarib tashlagan. Boshqalar esa deydilar: u tabiatning sirli kuchlari bilan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan.

Kichkina go‘dak orol bo‘ylab ingrab yotganda, bir kiyik uni ko‘rdi.
Yuragi mehrga to‘ldi.
U o‘z chaqalog‘ini yo‘qotgandi, va Hayyni o‘z bolasidek ko‘rdi. Kiyik uni emizdi, bag‘riga bosdi, tanasini iliqlik bilan o‘radi.

Vaqt o‘tgan sayin Hayy ulg‘aydi.
U o‘zini o‘rab turgan hayvonlarni, o‘simliklarni, shamol va yomg‘irni, oftob va yulduzlarni kuzata boshladi.
Atrofida hayot jo‘sh urar, lekin bu hayotning sirini anglash unga hali begona edi.

Tana harakati va sezgilar kuchaygan sari u o‘z tanasini, qo‘l va oyoqlarini qanday ishlatishni o‘rgandi.
Hayvonlardan ov qilishni, o‘simliklardan taom topishni o‘rgandi.
U yerdan ta'm topdi, osmonga ko‘z soldi va har bir narsaning o‘z tartibi, o‘z qonuni borligini sezdi.

Tabiat unga ko‘rinmas ustoz bo‘ldi.
Olam sukutida unda savollar uyg‘ona boshladi:
"Men kimman? Bu osmon nima? Yer nega qattiq? Hayot nimadan iborat?"

@aqrabman
👍5🔥1
Hayyning bilimga chanqoqligi va dunyoni o‘rganishi

Kiyik unga ona bo‘ldi. Mehr bilan boqdi, sovuqdan asradi, ochlikdan saqladi. Hayy asta-sekin o‘sdi. Avval qadam tashladi, so‘ng yugura boshladi. Atrofdagi qushlarning sayrashiga, daraxtlarning shitiriga, shamolning ohangiga quloq soldi.

U o‘zini o‘rab turgan dunyoni bilishga oshiqdi. Qanday qilib hayvonlar ovqatlanadi? Nima uchun quyosh chiqadi va botadi? Yomg‘ir qayerdan yog‘adi? Har bir narsaning mohiyatini anglamoq istardi.

"U har narsani ko‘rib, unga sabab izlar, har bir hodisaning tubiga yetmoq istardi."


Kunlardan bir kun, ona kiyik jon taslim qildi. Hayy ko‘z oldida hayotdan ko‘chdi u. Hayy o‘lim nima ekanini anglashni xohladi. U kiyikning jasadini o‘rgandi — yuragini, qonini, tana tuzilishini tekshirdi.

"U ichkariga qarab, hayot sirini izladi. Ko‘rdi: tana sovuq va jim. Qon o‘lgach, issiqlik va harakat ham yo‘qoladi."


Hayy o‘yladi: qanday kuch tana ichida harakat berardi? Nega endi u kuch yo‘q? Shu savollar uni cheksiz tafakkurga boshladi.

"Hayy shunday xulosa qildi: tiriklik — bu ruhning jismdagi ko‘rinishidir. Ruh jismni tark etsa, hayot ham uziladi."


Endi u faqat tirik mavjudotlarga emas, balki osmon, yulduzlar, yer va dengizlarga ham boshqacha nigoh bilan qarardi.

@aqrabman
👍4
Hayyning o‘zini va yaratuvchini tanishi

Hayy tabiatni o‘rganar ekan, undan ham chuqurroq savollar ko‘nglini bezovta qilar edi. Endi u hayvonlarning harakatini, osmon jismlarining yurishini, o‘simliklarning o‘sishini kuzatibgina qolmay, bu borliqda yashirin bir kuch borligini his qilar edi.

"U ko‘rinar-ko‘rinmas harakatda bir muqarrar qoida va tartibni sezdi."


Hayy anglab yetdi: bu dunyo o‘z-o‘zidan bunday mukammal bo‘la olmaydi. Uning boshqaruvchisi, yaratuvchisi bor.
U o‘z tanasini, yuragini, nafasini, har bir a'zoni o‘rganib chiqdi. Vanihoyat, anglab yetdi: insonning asl mohiyati tana emas, balki uning jonidir.

"Tana xuddi bir uy kabidir, unda jon mehmon."


Hayy tafakkurda chuqurlashib, jismoniy narsalardan ruhiyning, ko‘rinadigan olamdan ko‘rinmaydigan haqiqatning ustunligini sezdi. U o‘z-o‘ziga savol berdi: "Men kimman? Qayerdan keldim? Nega yashayapman?"

Yulduzlar jimjimadorligini, tog‘larning osoyishtaligini, dengizlarning sathsiz cheksizligini tomosha qilar ekan, har narsada bir ulug‘ kuch — Yaratguvchini ko‘rar edi.

"Uning ko‘ngli nurlandi, ko‘zlari ochildi va dillarni tinchlantiruvchi haqiqatni his qildi."


@aqrabman
🔥5
Insoniyat bilan ilk uchrashuv

Hayy yolg‘iz edi. Dunyoni o‘rgandi, o‘zini angladi, Haqni topdi — ammo hech kimga bu haqiqatni ayta olmasdi. U shunchaki sukutda yashar, tafakkur va zikr bilan band edi.

Kunlardan bir kun, u kutilmaganda begona inson bilan yuzma-yuz keldi. Bu odam dengizdan bir kemada kelib, adashib orolga tushib qolgan edi. Uning ismi — Absal edi.

"Ular bir-biriga hayrat bilan qaradi: biri dunyodan chetda kamolga yetgan, biri esa jamiyatda yashab, bilim orttirgan edi."


Hayy dastlab uni tushunmadi. Absal esa Hayyni ko‘rib, ajablandi: bu yovvoyi odam qanday qilib bu qadar dono bo‘lib yetishgan? Hayy esa so‘zlashuvni, jamiyatni, odatlarni endi bilardi. Unga har bir narsa yangilik edi.

Ammo asta-sekin ular bir-birini tushunib bordi. Absal unga tilda so‘zlashishni, jamiyat haqida gapirishni o‘rgatdi. Hayy esa Absalga o‘zining topgan haqiqatlarini aytdi — bu dunyo foniy, ruh esa abadiy, dediki, Absal lol qoldi.

"Hayy dedi: Men Haqni tabiatda topdim, sen esa kitoblarda. Ammo ikkovimiz ham uni tanidik."


Ular birga vaqt o‘tkazishdi, ibodat qilishdi, tafakkur qildilar. Hayy endi yolg‘iz emasdi. Endi u o‘zidan tashqariga birinchi marta nazar soldi — odamlar bilan qanday muloqot qilsa bo‘ladi? Ularga haqiqatni qanday yetkazsa bo‘ladi?

@aqrabman
👍4🔥1
Haqiqatni yetkazish va sukut sabog‘i

Hayy bilan Absal oroldan chiqishga qaror qilishdi. Ular jamiyatga, odamlar orasiga qaytib, ularga haqiqatni yetkazmoqchi bo‘lishdi. Hayy yuragida ishonch bilan yo‘l oldi — u bilgan haqiqatni boshqalarga ham osonlikcha tushuntira olaman, deb o‘yladi.

Ammo u kutilmagan narsaga duch keldi.

Insonlar uni tushunmadi. Ko‘pchilik unga kuldi, ayrimlar unga dushman bo‘ldi. Ularning qalbi ko‘r, qulog‘i kar edi. Osonlikcha haqiqatni qabul qilishmadi.

"Hayy anglab yetdi: yuraklari g‘aflat bilan qoplangan kishilar Haqni eshitmaydi, ko‘rmaydi, sezmaydi."


U ko‘rdi — ular jaholatdan, nafsdan, odatlardan bo‘sh emasdi. Ular shunchaki tashqi ko‘rinishga, shon-shuhratga, dunyoviy manfaatlarga berilib ketgan edi.

"U dedi: Men ular tilida gapirdim, ular yuragimni eshitmadi."


Shunda Hayy va Absal yana orollariga qaytishdi. Odamlarga haqiqatni zo‘rlab tushuntirib bo‘lmasligini tushunishdi. Har kim haqiqatga o‘zi yetib borishi kerak. Shaxsiy izlanish, qalb pokligi, tafakkur va sukut orqali.

"Hayy sukutni tanladi. Chunki sukut — donolarning eng chuqur so‘zidir."


U hayotining qolgan qismini — yolg‘izlik, ibodat va Haq bilan bo‘lishda o‘tkazdi. Endi u bilardi: eng buyuk haqiqat — bu Yaratganni tanish, tanib, unga yetilishdir.

@aqrabman
👍4
O‘g‘irlangan jannat

Aqrab tasodiflarga ishonmaydi. Ayniqsa, quyidagi o‘xshashliklar tasodif bo‘lishi uchun haddan ortiq mukammal.

Asar — “Risolat al-G'ufran” (Mag'firat risolasi). Yozuvchisi: Abu al-‘Ala’ al-Ma‘arri. XI asrda yashagan.
Unda bir gunohkor shoirning jannat va do‘zaxga qilgan hayoliy sayohati tasvirlanadi. U yerda u mashhur shoirlar bilan uchrashadi, savol beradi, tanqid qiladi, yo‘lini yo‘qotgan ruhlar bilan muloqot qiladi. Bularning hammasi satirik, falsafiy va adabiy uslubda yozilgan.

300 yil o‘tib, Dante Aligyeri nomli bir italyan paydo bo‘ldi. U bir asar yozdi:
Asar — “Divine Comedy” — "Ilohiy komediya".

Aqrabning kuzatuvlariga ko'ra, bu ikki asar orasida o‘xshashliklar ko‘p:

Ikkisida ham oxiratga sayohat: jannat, do‘zax va oraliq holatlar.

Har ikkisi shoirlar tilida yozilgan, ichki monologlar bilan to‘la.

Har ikkisida mashhur insonlar bilan ruhiy suhbatlar mavjud.

Har ikkisi axloqiy va diniy tanqidga asoslangan.


Tarixchilar nima deydi?

Ba’zilar aytadi: Dante bu asarni o‘qimagan, arab adabiyoti unga yetib bormagan.
Lekin Aqrab bunga ishonmaydi. Chunki arab adabiyoti XIII asrda Yevropaga — ayniqsa, Toledo va Sitsiliya orqali — tarjimalar orqali kirib borgan.

Dante yashagan Florensiya ham o‘sha ilmiy oqimlar ichida edi.
Shuningdek, Dante musulmonlardan ilhom olganiga oid boshqa belgilar ham bor:

Ilohiy komediyada tasvirlangan do‘zax doiralari va hisob-kitob mexanizmlari, musulmonlikdagi tasavvurlarga juda yaqin.

Aqrabning Danteda shubhasi bor...

@aqrabman
👍6
“Isro va Me’roj” bilan syujet o‘xshashligi

Barchamizga payg'ambarimizning osmonga sayohati, jannat va do‘zaxni ko‘rishi, farishtalar bilan suhbatlari — Me’roj hodisasi sifatida ma’lum.
Dante ham aynan shunday ruhiy sayohatni tasvirlaydi, u ham farishtalar bilan uchrashadi, do‘zaxdan jannatga ko‘tariladi.

Bu shunchaki diniy o‘xshashlik emas — syujet, sahna va voqealar ketma-ketligi ham mos keladi.

Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqa musulmon mutafakkirlar Dante asarida tilga olinadi

Dante “Do‘zax” bo‘limida musulmon faylasuflari — Avicenna (Ibn Sino) va Averroes (Ibn Rushd) haqida ijobiy fikr bildiradi.
Bu ularning asarlari Dantega ma’lum bo‘lganini bildiradi. Bu ikki alloma Islomiy jannat va do‘zax haqida ko‘p yozgan va al-Ma‘arri bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan.

Dante yashagan davrda arab asarlari lotinchaga tarjima qilinayotgan edi

XII-XIII asrlarda Toledo (Ispaniya) va Sitsiliya ilm markazlari bo‘lib, bu yerda ko‘plab arabcha asarlar lotinchaga tarjima qilinardi.
Dante yashagan Toskana hududi bu bilim oqimidan chetda emas edi. “Risolat al-G‘ufron” ham o‘sha vaqtda og‘zaki yoki yozma shaklda yetib borishi ehtimolga yaqin.

“Risolat al-G‘ufron”dagi manzaralar “Ilohiy komediya”da yana jonlanadi

Ma‘arri jannatda mashhur shoirlar bilan uchrashadi, Dante ham.

Ma‘arri jannat va do‘zaxdagi axloqiy tafovutlarni ko‘rsatadi, Dante ham.

Har ikki asarda shaytoniy va ilohiy kuchlar tasvirida o‘xshashliklar mavjud: parvoz, qiynoqlar, yorug‘lik va zulmat.

Dante o‘zi hech qachon bunday safarda bo‘lmagan — lekin tasviri g‘oyat batafsil

Aqrabning shubhasi:
“Bu darajada mukammal tush tasviri uchun ko‘z bilan emas, yurak bilan ko‘rilgan manbalar kerak bo‘ladi.” U yurak esa Sharqda urib turgan edi.

@aqrabman
👍31🔥1
Har kuni o'limdan qo'rqib o'lamiz.
— Ahmad Sa'daviy, Bag'doddagi Frankenshteyn

@aqrabman
5👍3
“Kimki toj kiyib ko'rsa, hatto tajriba uchun bo'lsa ham, keyinchalik o'ziga qirollik izlaydi.”

— Ahmad Sa'daviy, Bag'doddagi Frankenshteyn

@aqrabman
1🔥7👍2👎1
“Insonlar halok bo‘lganda, ularni faqat raqam sifatida eslab qolishadi, ammo hech kim ularning ismini, oilasini yoki hayotini eslab qolmaydi.”

“Odamlar qonunni buzib, keyin uni o‘zlari xohlagancha qayta yozishadi.”

“Vahshiylik kundalik hodisaga aylanganda, odamlar mehribonlikdan cho‘chiy boshlashadi.”

— Ahmad Sa'daviy, Bag'doddagi Frankenshteyn

@aqrabman
7🔥1🍌1
O'lsin shu Frankenshteyning😏
O'zimizni qaynona-kelin mavzularidan qo'ymasin-a!?😄

...

Mayli, hazil o'z yo'liga. Gaplashamizmi asar haqida?
10ta reaksiya uchun ham gapirib beraveraman)

@aqrabman
1013👍5🔥3😁3
AQRAB
Asardagi maxluqni nima deb nomlaymiz? Hech tanlolmayapman. Variantlar:
2005-yilda Iroqning Bag'dod shahrida sodir bo‘lgan voqealarni tasvirlagan Ahmad Sa'daviyning “Bag'doddagi Frankenshteyn” romanida “Otsiz” (Whatsitsname) nomli g‘ayritabiiy maxluq haqida hikoya qilinadi.

Bu maxluq terrorchilik hujumlari va diniy ziddiyatlar bilan parchalangan mamlakatda ketma-ket qotilliklar sodir etadi. 2003-yilda AQSh tomonidan Iroqqa uyushtirilgan bosqin natijasida Saddam Husaynning Baa’s rejimi qulab tushgach, mamlakat og‘ir o‘tish davriga kiradi. Bu jarayonda Iroq hukumati, AQSh armiyasi bilan ittifoqdagi kuchlar va ularga qarshi bo‘lgan sunniy hamda shia kuchlari hududiy nazorat va siyosiy hokimiyat uchun kurash olib boradi. Ana shu keskin siyosiy tanglik muhitida "Otsiz" paydo bo‘ladi va mamlakatda adolat va tinchlikka erishish imkoniyati ustida savol tug‘diradi.

Bir kuni, Hodi Hassani Aidros, ya'ni Hodi ishratchi (yoki "Hodi-yolg‘onchi" degan laqabga ega bo‘lgan odam), Otsiz qanday yaratilgani haqida hikoya qiladi. Hodi ellik yoshlardagi, doim aroq hididan sassiq, ko‘pincha quvnoq, ammo ishonchsiz hikoyalar aytadigan odam sifatida tanilgan. U Bag'doddagi Batavin mahallasida “yahudiy xarobasi” deb ataluvchi yarim vayron, bir xonali kulbada yashaydi va sindirilgan mebellarni ta'mirlab kun ko‘radi.

Do‘sti, misrlik Azizning qahvaxonasida yig‘ilgan odamlarga Hodi terrorchilar hujumida halok bo‘lganlarning jasad qismlaridan bir inson tanasini tikib chiqqanini aytadi. Uning maqsadi – hukumatning shaharda zo‘ravonlikni to‘xtata olmasligiga qarshi norozilik sifatida odamsimon bir tanani yaratish edi. Do‘sti Nahemning avtomobil portlashida halok bo‘lganini eslab, Hodi terrorchilik qurbonlari tirik odamlar bo‘lganini, ularning hurmat bilan dafn etilishi lozimligini isbotlashni istaydi – ular shunchaki jasad qismlarining to‘plami emas.

Tanani tikib bo‘lgach, Hodi Sadir Novotel mehmonxonasi yonidan o‘tib ketayotganida, yosh qo‘riqchi Hasib Muhammad Ja’far uni shubhali deb o‘ylab, kuzatishga chiqadi. Ayni paytda, mehmonxona darvozasida o‘zini portlatgan bir xudkush portlash sodir etadi va Hasib o‘sha zahoti halok bo‘ladi. Hodi esa yengil jarohat olib, hayrat va dahshat ichida uyiga yugurib ketadi. Ertasiga uyg‘ongach, u tikib chiqqan tana – ya’ni “Otsiz” yo‘qolganini ko‘radi.

Hasibning azobli ruhi o‘sha tana ichiga kirgach, Otsiz jonlanadi va Hodi bilan yonma-yon yashovchi Elishva kampirning uyiga kiradi. Elishva – yolg‘iz mushugi Nabu bilan yashovchi, qari ayol. U o‘g‘li Daniel Tadros Moshe 20 yil oldin Eron-Iroq urushida halok bo‘lgan bo‘lsa-da, u hali tirik va bir kuni qaytib keladi, deb ishonadi. U uyiga kirgan Otsizni ko‘rib, avliyo Jorj shahidining rasmi orzusi amalga oshganini anglatuvchi mo‘jiza sifatida qabul qiladi. Uningcha, bu mavjudot – uning o‘g‘li.

Elishvaning mehr-muhabbati bilan ilhomlangan Otsiz uyidan chiqib, qotilliklar sodir eta boshlaydi. Uning ilk qurbonlari – ko‘chada uni haqoratlab, hujum qilgan to‘rt nafar mast tilanchilar. Keyinchalik u Abu Zaydunni – Elishvaning o‘g‘lini urushga yuborgan, shafqatsiz sobiq Baa’s rejimi vakilini o‘ldiradi. Noma’lum o‘z tanasini tashkil etgan qurbonlarning qasosini olib, shaharni jinoyatchilardan tozalash orqali adolatni qaror toptirmoqchi bo‘ladi.

Bu orada, shahar bo‘ylab sirli qotilliklar sodir etayotgan Otsiz haqida ikki kishi qiziqib qoladi: jurnalist Mahmud Riyod al-Savodiy va polkovnik Surur Muhammad Majid. Mahmud – yosh va g‘ayratli jurnalist bo‘lib, Hodi ishratchining bu galgi jiddiy hikoyasi rost bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keladi. U Hodiya diktofonini berib, Otsiz haqidagi faktlarni yozib olishni so‘raydi.

Kutilmaganda, Hodi diktofonni qaytarib beradi – unda Otsiz o‘z-o‘zini suhbatga tortgan. Mahmud bu yozuvni tinglab, Hodi tasvirlagan jirkanch maxluqqa emas, sokin va nazokatli tovushga ega mavjudotni eshitadi. Otsiz u vayron binoda yashayotganini va yordamchilari borligini aytadi...

@aqrabman
👍3🔥21
O'qimoqchi bo'lgan kitobingiz, tinglamoqchi bo'lgan musiqangiz, tomosha qilmoqchi bo'lganingiz film va boshqalar kayfiyatingizga mos bo'lishi kerakmi?
Anonymous Poll
47%
Albatta
20%
Menga farqsiz😕
33%
Kayfiyatim ularga moslanadi
O'zimni tahlil qilsam, men hozir uslub va improvizatsiyaga ochman. Meni ayni damda shular qiziqtiryapti...

Siznichi?

@Aqrab_inbox shu yerda gaplashamiz)
BookTok – kitob marketingida yangi gigant

📚 TikTok’dagi #BookTok — yangi davrning kitobsevarlari inqilobi

Kitob o‘qish zerikarli emas...
Agar uni to‘g‘ri odam tavsiya qilsa.

🎥 TikTok’da “BookTok” nomli hashtag ostida bugungi kunda kitoblar milliardlab ko‘rishlar yig‘moqda. Bu oddiy o‘quvchilar, blogerlar va mualliflar tomonidan yaratilgan kitob tavsiyalari, reviewlar va hissiyotli tahlillar jamlanmasi.


📈 Raqamlar sizni hayratda qoldiradi:

#BookTok hashtagi 25 milliarddan ortiq ko‘rishga ega

Ayrim kitoblar 1 milliarddan oshiq individual kontent ko‘rishlariga erishgan


📕 Eng ko‘p tarqalgan asarlar:

1. The Seven Husbands of Evelyn Hugo – Taylor Jenkins Reid
💚 Sirli aktrisa, yashirin sevgi va mashhurlik ortidagi qora haqiqat
→ Netflix ekranlashtirishga tayyorlanmoqda


2. It Ends With Us – Colleen Hoover
💔 Travmatik sevgi, kuchli ayollar, og‘riqli qarorlar
→ Yig‘latadigan darajada tasirli sahnalar bilan mashhur


3. Fourth Wing – Rebecca Yarros
🐉 Ajdarhoga minib, o‘lim akademiyasidan omon qolgan jasur qiz haqida
→ Fantastika muxlislari uchun top 1 tanlov


4. A Court of Thorns and Roses – Sarah J. Maas
🌹 Sehrli dunyo, olovli muhabbat va siyosiy o‘yinlar


💬 BookTok nimasi bilan ahamiyatga ega?

Real o‘quvchilarning hissiyotli tavsiyalari

Spoilersiz, ammo jalb qiluvchi sharhlar

Bir post — minglab kitobni sotilishiga sabab bo‘ladi!


Aqrabning ham chang bosib yotgan asarlari bor. Nashrdan chiqsa o'qiysizmi?😌

@aqrabman
1
Omon-omon zamonda 9 yilda bitirib olibmiz)

@aqrabman
😁3
Kema avvaliga Nil bo‘ylab non emas, qurol tashidi; temiryo‘llar ham askarlarni tashish uchun qurilgan edi. Maktablar esa bizga ularning tilida ‘Ha’ deyishni o‘rgatish uchun ochildi.

“Shimolga Hijrat Fasli” — Toyib Solih

@aqrabman
👍5