“Isro va Me’roj” bilan syujet o‘xshashligi
Barchamizga payg'ambarimizning osmonga sayohati, jannat va do‘zaxni ko‘rishi, farishtalar bilan suhbatlari — Me’roj hodisasi sifatida ma’lum.
Dante ham aynan shunday ruhiy sayohatni tasvirlaydi, u ham farishtalar bilan uchrashadi, do‘zaxdan jannatga ko‘tariladi.
Bu shunchaki diniy o‘xshashlik emas — syujet, sahna va voqealar ketma-ketligi ham mos keladi.
Ibn Sino, Ibn Rushd va boshqa musulmon mutafakkirlar Dante asarida tilga olinadi
Dante “Do‘zax” bo‘limida musulmon faylasuflari — Avicenna (Ibn Sino) va Averroes (Ibn Rushd) haqida ijobiy fikr bildiradi.
Bu ularning asarlari Dantega ma’lum bo‘lganini bildiradi. Bu ikki alloma Islomiy jannat va do‘zax haqida ko‘p yozgan va al-Ma‘arri bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan.
Dante yashagan davrda arab asarlari lotinchaga tarjima qilinayotgan edi
XII-XIII asrlarda Toledo (Ispaniya) va Sitsiliya ilm markazlari bo‘lib, bu yerda ko‘plab arabcha asarlar lotinchaga tarjima qilinardi.
Dante yashagan Toskana hududi bu bilim oqimidan chetda emas edi. “Risolat al-G‘ufron” ham o‘sha vaqtda og‘zaki yoki yozma shaklda yetib borishi ehtimolga yaqin.
“Risolat al-G‘ufron”dagi manzaralar “Ilohiy komediya”da yana jonlanadi
Ma‘arri jannatda mashhur shoirlar bilan uchrashadi, Dante ham.
Ma‘arri jannat va do‘zaxdagi axloqiy tafovutlarni ko‘rsatadi, Dante ham.
Har ikki asarda shaytoniy va ilohiy kuchlar tasvirida o‘xshashliklar mavjud: parvoz, qiynoqlar, yorug‘lik va zulmat.
Dante o‘zi hech qachon bunday safarda bo‘lmagan — lekin tasviri g‘oyat batafsil
Aqrabning shubhasi:
“Bu darajada mukammal tush tasviri uchun ko‘z bilan emas, yurak bilan ko‘rilgan manbalar kerak bo‘ladi.” U yurak esa Sharqda urib turgan edi.
@aqrabman

👍3❤1🔥1
“Insonlar halok bo‘lganda, ularni faqat raqam sifatida eslab qolishadi, ammo hech kim ularning ismini, oilasini yoki hayotini eslab qolmaydi.”
“Odamlar qonunni buzib, keyin uni o‘zlari xohlagancha qayta yozishadi.”
“Vahshiylik kundalik hodisaga aylanganda, odamlar mehribonlikdan cho‘chiy boshlashadi.”
— Ahmad Sa'daviy, Bag'doddagi Frankenshteyn

❤7🔥1🍌1
AQRAB
O'lsin shu Frankenshteyning😏 O'zimizni qaynona-kelin mavzularidan qo'ymasin-a!?😄 ... Mayli, hazil o'z yo'liga. Gaplashamizmi asar haqida? 10ta reaksiya uchun ham gapirib beraveraman) @aqrabman
Asardagi maxluqni nima deb nomlaymiz? Hech tanlolmayapman. Variantlar:
Final Results
36%
Original nomi: الشِسْمَه (al-Shismah)
12%
Whatsitsname (inglizcha)
4%
Noma'lum 🤨
48%
Otsiz 😎
AQRAB
Asardagi maxluqni nima deb nomlaymiz? Hech tanlolmayapman. Variantlar:
2005-yilda Iroqning Bag'dod shahrida sodir bo‘lgan voqealarni tasvirlagan Ahmad Sa'daviyning “Bag'doddagi Frankenshteyn” romanida “Otsiz” (Whatsitsname) nomli g‘ayritabiiy maxluq haqida hikoya qilinadi.
Bu maxluq terrorchilik hujumlari va diniy ziddiyatlar bilan parchalangan mamlakatda ketma-ket qotilliklar sodir etadi. 2003-yilda AQSh tomonidan Iroqqa uyushtirilgan bosqin natijasida Saddam Husaynning Baa’s rejimi qulab tushgach, mamlakat og‘ir o‘tish davriga kiradi. Bu jarayonda Iroq hukumati, AQSh armiyasi bilan ittifoqdagi kuchlar va ularga qarshi bo‘lgan sunniy hamda shia kuchlari hududiy nazorat va siyosiy hokimiyat uchun kurash olib boradi. Ana shu keskin siyosiy tanglik muhitida "Otsiz" paydo bo‘ladi va mamlakatda adolat va tinchlikka erishish imkoniyati ustida savol tug‘diradi.
Bir kuni, Hodi Hassani Aidros, ya'ni Hodi ishratchi (yoki "Hodi-yolg‘onchi" degan laqabga ega bo‘lgan odam), Otsiz qanday yaratilgani haqida hikoya qiladi. Hodi ellik yoshlardagi, doim aroq hididan sassiq, ko‘pincha quvnoq, ammo ishonchsiz hikoyalar aytadigan odam sifatida tanilgan. U Bag'doddagi Batavin mahallasida “yahudiy xarobasi” deb ataluvchi yarim vayron, bir xonali kulbada yashaydi va sindirilgan mebellarni ta'mirlab kun ko‘radi.
Do‘sti, misrlik Azizning qahvaxonasida yig‘ilgan odamlarga Hodi terrorchilar hujumida halok bo‘lganlarning jasad qismlaridan bir inson tanasini tikib chiqqanini aytadi. Uning maqsadi – hukumatning shaharda zo‘ravonlikni to‘xtata olmasligiga qarshi norozilik sifatida odamsimon bir tanani yaratish edi. Do‘sti Nahemning avtomobil portlashida halok bo‘lganini eslab, Hodi terrorchilik qurbonlari tirik odamlar bo‘lganini, ularning hurmat bilan dafn etilishi lozimligini isbotlashni istaydi – ular shunchaki jasad qismlarining to‘plami emas.
Tanani tikib bo‘lgach, Hodi Sadir Novotel mehmonxonasi yonidan o‘tib ketayotganida, yosh qo‘riqchi Hasib Muhammad Ja’far uni shubhali deb o‘ylab, kuzatishga chiqadi. Ayni paytda, mehmonxona darvozasida o‘zini portlatgan bir xudkush portlash sodir etadi va Hasib o‘sha zahoti halok bo‘ladi. Hodi esa yengil jarohat olib, hayrat va dahshat ichida uyiga yugurib ketadi. Ertasiga uyg‘ongach, u tikib chiqqan tana – ya’ni “Otsiz” yo‘qolganini ko‘radi.
Hasibning azobli ruhi o‘sha tana ichiga kirgach, Otsiz jonlanadi va Hodi bilan yonma-yon yashovchi Elishva kampirning uyiga kiradi. Elishva – yolg‘iz mushugi Nabu bilan yashovchi, qari ayol. U o‘g‘li Daniel Tadros Moshe 20 yil oldin Eron-Iroq urushida halok bo‘lgan bo‘lsa-da, u hali tirik va bir kuni qaytib keladi, deb ishonadi. U uyiga kirgan Otsizni ko‘rib, avliyo Jorj shahidining rasmi orzusi amalga oshganini anglatuvchi mo‘jiza sifatida qabul qiladi. Uningcha, bu mavjudot – uning o‘g‘li.
Elishvaning mehr-muhabbati bilan ilhomlangan Otsiz uyidan chiqib, qotilliklar sodir eta boshlaydi. Uning ilk qurbonlari – ko‘chada uni haqoratlab, hujum qilgan to‘rt nafar mast tilanchilar. Keyinchalik u Abu Zaydunni – Elishvaning o‘g‘lini urushga yuborgan, shafqatsiz sobiq Baa’s rejimi vakilini o‘ldiradi. Noma’lum o‘z tanasini tashkil etgan qurbonlarning qasosini olib, shaharni jinoyatchilardan tozalash orqali adolatni qaror toptirmoqchi bo‘ladi.
Bu orada, shahar bo‘ylab sirli qotilliklar sodir etayotgan Otsiz haqida ikki kishi qiziqib qoladi: jurnalist Mahmud Riyod al-Savodiy va polkovnik Surur Muhammad Majid. Mahmud – yosh va g‘ayratli jurnalist bo‘lib, Hodi ishratchining bu galgi jiddiy hikoyasi rost bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keladi. U Hodiya diktofonini berib, Otsiz haqidagi faktlarni yozib olishni so‘raydi.
Kutilmaganda, Hodi diktofonni qaytarib beradi – unda Otsiz o‘z-o‘zini suhbatga tortgan. Mahmud bu yozuvni tinglab, Hodi tasvirlagan jirkanch maxluqqa emas, sokin va nazokatli tovushga ega mavjudotni eshitadi. Otsiz u vayron binoda yashayotganini va yordamchilari borligini aytadi...

👍3🔥2❤1
O'qimoqchi bo'lgan kitobingiz, tinglamoqchi bo'lgan musiqangiz, tomosha qilmoqchi bo'lganingiz film va boshqalar kayfiyatingizga mos bo'lishi kerakmi?
Anonymous Poll
47%
Albatta
20%
Menga farqsiz😕
33%
Kayfiyatim ularga moslanadi
O'zimni tahlil qilsam, men hozir uslub va improvizatsiyaga ochman. Meni ayni damda shular qiziqtiryapti...
Siznichi?
@Aqrab_inbox shu yerda gaplashamiz)
Siznichi?
@Aqrab_inbox shu yerda gaplashamiz)
BookTok – kitob marketingida yangi gigant
📚 TikTok’dagi #BookTok — yangi davrning kitobsevarlari inqilobi
Kitob o‘qish zerikarli emas...
Agar uni to‘g‘ri odam tavsiya qilsa.
🎥 TikTok’da “BookTok” nomli hashtag ostida bugungi kunda kitoblar milliardlab ko‘rishlar yig‘moqda. Bu oddiy o‘quvchilar, blogerlar va mualliflar tomonidan yaratilgan kitob tavsiyalari, reviewlar va hissiyotli tahlillar jamlanmasi.
📈 Raqamlar sizni hayratda qoldiradi:
#BookTok hashtagi 25 milliarddan ortiq ko‘rishga ega
Ayrim kitoblar 1 milliarddan oshiq individual kontent ko‘rishlariga erishgan
📕 Eng ko‘p tarqalgan asarlar:
1. The Seven Husbands of Evelyn Hugo – Taylor Jenkins Reid
💚 Sirli aktrisa, yashirin sevgi va mashhurlik ortidagi qora haqiqat
→ Netflix ekranlashtirishga tayyorlanmoqda
2. It Ends With Us – Colleen Hoover
💔 Travmatik sevgi, kuchli ayollar, og‘riqli qarorlar
→ Yig‘latadigan darajada tasirli sahnalar bilan mashhur
3. Fourth Wing – Rebecca Yarros
🐉 Ajdarhoga minib, o‘lim akademiyasidan omon qolgan jasur qiz haqida
→ Fantastika muxlislari uchun top 1 tanlov
4. A Court of Thorns and Roses – Sarah J. Maas
🌹 Sehrli dunyo, olovli muhabbat va siyosiy o‘yinlar
💬 BookTok nimasi bilan ahamiyatga ega?
Real o‘quvchilarning hissiyotli tavsiyalari
Spoilersiz, ammo jalb qiluvchi sharhlar
Bir post — minglab kitobni sotilishiga sabab bo‘ladi!
Aqrabning ham chang bosib yotgan asarlari bor. Nashrdan chiqsa o'qiysizmi?😌

❤1
Hayot – shayton bilan boksda jang qilishdek.
Jang o'n ikki raund ekanligi yozib qo'yilgan. Biroq, o'n ikki raundgacha borishing kafolatlanmagan. Bir necha raundda g'olib bo'lish ham mumkin, birinchi raunddayoq nakaut bo'lish ham mumkin. Bu jang doim hushyorlikni talab qiladi.
Umr yo'ldosh/ayol esa – bokschining asistenti (burchakda tanaffus vaqti yordam va maslahat beruvchi). U ko'pincha to'g'ridan to'g'ri jang qilmaydi, biroq qanday jang qilishni biladi. Umuman jang qilmay turib jangchilarni tayyorlay oladi.
Asistentsiz ham jang qilish mumkin. Lekin, asistent bilan yaxshiroq! Boksni dinga qiyoslasak, soliha asistent – boksning yarmidir.🌙

👍2🔥1