azizbek nomonjonov
116 subscribers
174 photos
39 videos
1 file
74 links
🟣Dasturlash
⚪️Maslahatlar
🟢Foydali resurslar
🟠Ingliz tili (maybe 😅)

Admin: @apexadminbot
Download Telegram
#justSaying

Hozirgi kunda dasturlash kasbi juda ommalashib bormoqda. Juda ko’pchilik asosan dasturlashda ‘soqqa’ yaxshi bo’lgani uchun codingni o’rganmoqchi (yoki menga shunday tuyuladi). Lekin, aslida bir yaxshilab chuqur o’ylab ko’rish kerak. Dasturlash oson kasb emas. Bir joyda, ekranga qarab (debugging qilib) kechgacha o’tirish ham hamma uchun emas.
Hali dasturlashga endi kirib kelganlarni birinchi mendan so’raydigan savoli “Dasturchilar qancha oylik oladi?”, yoki “Siz qancha oylik olasiz?”. Biror kimni qancha oylik olishi shaxsiy ma’lumot hisoblanadi va uni so’rash uyatli deb o’ylayman. (Mayli, qiziqib so’rashi mumkin, tushunaman.) Lekin, meni maslahatim puldan ham ko’ra siz dasturlash kasbini yaxshi ko’ring va unga qiziqing. Kasbini yaxshi ko’rgan odamda izlanish va o’sish ham katta bo’ladi va pul topish ham shunga yarasha oshib boradi.

p.s. Shunchaki shaxsiy fikrim. Balki, men ham boshida pulga qiziqib dasturchi bo’lmoqchi bo’lgandurman 😅 (maybe). Lekin, dastulashni yaxshi ko’raman.
👍6