ANIM CAMP
73 subscribers
79 photos
20 videos
34 links
✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Download Telegram
ANIM CAMP 2025 doirasida o‘tkazilgan 3D animatsiya darslaridan lavhalar ✨

Doston Ravshankulov va Javohir Kamolovlar tomonidan o’tkazilgan mashg‘ulotlar interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar jarayonda faollik bilan qatnashdilar.

🧩 Ishtirokchilar animatsion harakatni tuzish, harakat orqali xarakter yaratish kabi ko‘nikmalar ustida ishlashdi. Interaktiv yondashuv esa ushbu darslarni nafaqat samarali, balki qiziqarli va esda qolarli qildi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3🔥1
🔥 ANIM CAMP 2025 da portfolio tahlili sessiyasi bo’lib o’tdi

Sessiya davomida United Soft a’zolari Begzod Fayozov va Lazizxon G‘aniyev ishtirokchilar bilan yakka tartibda ishlashdi.

📌 Ular taqdim etilgan portfoliolarni ko‘rib chiqib, qatnashchilarning kuchli va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan jihatlari yuzasidan fikr va tavsiyalar berishdi.

Bunday tahliliy uchrashuvlar ishtirokchilar uchun o‘z ishini professional ko‘z bilan ko‘rib chiqish, tajriba almashish va o‘sish imkoniyatlarini anglashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil 🙌🏻.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3🔥3
⚡️5-kun doirasida campda Erkin Bozorov bilan madaniy va motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv kreativ va samimiy atmosferada o‘tdi. Suhbat davomida ijod, hayotda o‘z yo‘lini topish, ishonch va ichki intizom haqida fikrlar almashildi.

📖 Erkin Bozorov tomonidan o‘qilgan motivatsion she’rlar esa uchrashuvga alohida ruh va ilhom bag‘ishladi. Ishtirokchilar bu lahzalarni katta e’tibor bilan tinglab, faol muloqotda bo‘lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3❤1🔥1
🤖 ANIM CAMP 2025’da sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratildi.

Camp davomida AI yo‘nalishi eng faol o‘rganilgan va eng ko‘p savol tug‘dirgan sohalardan biri bo‘ldi. Ishtirokchilar bu texnologiyaning qanday ishlashi, u orqali kontent yaratish jarayoni va ijodiy imkoniyatlari bilan tanishishdi.

👨‍💻 Mashg‘ulotlar yuqori tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib borildi. Har bir dars interaktiv tarzda o‘tib, qatnashchilar amaliy topshiriqlarni mustaqil bajara oldilar.

🎥 Natijada, ishtirokchilar o‘zlari tanlagan mavzu asosida — tarix, ekologiya yoki dolzarb ijtimoiy masalalar haqida — sun’iy intellekt yordamida qisqa videolar tayyorlashdi.

💎 Eng faol ishtirokchilarga Let’s Animate tomonidan — 1,5 million so’m miqdorida ta’lim vaucherlari taqdim etildi.

Quyida — ushbu ishlardan bir nechtasi. Ko'ring va baho bering
👇🏻

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹"Mirzo Ulugʻbek"

⚡️ Sevara Axmadova, Shaxzoda Avalboyeva, Sevinch Jamolova va Sarvinozbonu Soatova ushbu videoda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, tarixiy jarayonlarni zamonaviy formatda ifodalashdi

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
❤1👍1🔥1🥰1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Orol dengizi"

⚡️Sevinch Alijonova, Ubaydullo Hamidov, Shoxrux Abdivaxobov va Qahramon Ahmadjon ushbu videoda AI vositalari orqali Orol dengizining o’tmishi va bugunini tasvirlab, dolzarb jihatlarni yoritib berishga harakat qilishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
❤4👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Al-Fargʻoniy"

⚡️ Hojiakbar Zinatshoyev sun’iy intellekt yordamida Al-Farg’oniyning tarixiy siymosi va hayotini o‘z ifodasida gavdalantirdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨“Camp sizga nima berdi?” ✨

🔥ANIM CAMP 2025 — bu shunchaki darslar bo’libgina qolmadi. Kimdir — ustoz, kimdir — do‘st topdi. Kimdir o‘z yo‘nalishini aniqladi, kimdir esa o‘ziga ishonishni o‘rgandi.

Ushbu videoda savolimizga ishtirokchilarimizning o’zlari tomonidan xolisona berilgan javoblar jamlangan!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
❤6👍2🥰2🔥1
🏅 ANIM CAMP 2025 da — taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Camp oxirida barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🎓 Eng faol qatnashchilar esa alohida rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi:
— Let’s Animate tomonidan 10% dan 100% gacha bo‘lgan ta’lim grantlari
— Mutolaa Premiumdan maxsus promokodlar
— Ibrat Farzandlaridan Gold Cardlar

Taqdirlash marosimidan barcha lavhalarni ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin 👇🏻

Taqdirlash marosimi

⚡️Bizni kuzatishda davom eting – oldinda bundanda ko’p imkoniyatlar sizni kutmoqda!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2🔥2❤1🥰1👏1