ANIM CAMP
73 subscribers
79 photos
20 videos
34 links
✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 "Al-Fargʻoniy"

⚡️ Hojiakbar Zinatshoyev sun’iy intellekt yordamida Al-Farg’oniyning tarixiy siymosi va hayotini o‘z ifodasida gavdalantirdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨“Camp sizga nima berdi?” ✨

🔥ANIM CAMP 2025 — bu shunchaki darslar bo’libgina qolmadi. Kimdir — ustoz, kimdir — do‘st topdi. Kimdir o‘z yo‘nalishini aniqladi, kimdir esa o‘ziga ishonishni o‘rgandi.

Ushbu videoda savolimizga ishtirokchilarimizning o’zlari tomonidan xolisona berilgan javoblar jamlangan!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
❤6👍2🥰2🔥1
🏅 ANIM CAMP 2025 da — taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Camp oxirida barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🎓 Eng faol qatnashchilar esa alohida rag‘batlarga sazovor bo‘lishdi:
— Let’s Animate tomonidan 10% dan 100% gacha bo‘lgan ta’lim grantlari
— Mutolaa Premiumdan maxsus promokodlar
— Ibrat Farzandlaridan Gold Cardlar

Taqdirlash marosimidan barcha lavhalarni ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin 👇🏻

Taqdirlash marosimi

⚡️Bizni kuzatishda davom eting – oldinda bundanda ko’p imkoniyatlar sizni kutmoqda!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2🔥2❤1🥰1👏1
⚡️ “0 DAN BOSHLAB - 1 KUNDA LOYIHA QILA OLISHGACHA ”

Campga kelgan paytda ko‘pchilik hali 3D animatsiya, modeling, compositing yoki interyer dizayn haqida tasavvurga ham ega emas edi.Ba’zilar ilk marta grafik dastur ochdi. Ba’zilar — ilk bor o‘z g‘oyasini ekranga tushirishga harakat qildi.

6 kun ichida ular nazariyani o‘rgandi, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi, ustozlardan real maslahatlar olishdi. Har bir yo‘nalishda asosiy tushunchalar, dasturda ishlash bosqichlari va vizual tafakkurni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

🎯 Yakunda Ctrl+Z tomonidan creative challenge e’lon qilindi: 1 kun ichida mustaqil loyiha tayyorlash.
G‘oya tanlash, uni kompozitsiya qilish, texnik yechimga olib chiqish — bularning barchasi o‘rgangan asoslarga tayanib amalga oshirildi.

📽 Quyidagi ishlar — atigi bir kun ichida qilingan real harakat.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
❤3👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ANIM CAMP 2025 yakunlandi

6 kunlik mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar 3D animatsiya, modeling, grafik dizayn, compositing, interyer dizayn va sun’iy intellekt bo‘yicha amaliy darslarda qatnashishdi. Har kuni — yangi bilim, yangi topshiriq va yangi odamlar bilan muloqot bilan o’tdi.

🏕 Camp nafaqat o‘qitdi, balki birlashtirdi: sport musobaqalari, madaniy chiqishlar, quizlar va taqdirlash marosimi orqali ishtirokchilar o‘zlarini turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rishdi.

❗️ANIM CAMP 2025 bu bilan yakun topdi, lekin hali hammasi tugadi degani emas.❗️

🎁 Camp davomida bizga juda ko‘p bir turdagi xabarlar keldi: “Nima qilish kerak edi?”, “Qachon navbatdagisi bo‘ladi?”, “Men ham qatnashmoqchi edim”.

Biz sizlarni eshitdik va bir qarorga keldik: faqat campda bo‘lganlar emas, bo‘lmaganlar ham nimadandir bahramand bo‘lishi kerak!
Shu sabab, oldinda bizda yana bir muhim yangilik bor. Bizni kuzatib boring — tez orada e’lon qilamiz.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
🔥3🥰2❤1👍1
🎨 UNITED SOFTdan MASTER-KLASSLAR davom etadi!

💬 Tadbir davomida 3D modeling asoslari, imkoniyatlari va amaliy yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi.🎙 Spiker: Otabek Mo‘minov

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
🗓 Sana:25-may
🕚 Vaqti: 11:00
🚫 E’tibor bering: joylar to‘lgan!

📢 Eslatma: Bu turdagi master-klasslar DOIMIY bo‘lib o‘tadi. O’tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
🔥3🥰2👏2❤1👍1
🎨 Anim Camp 2025 grafik dizayn mashg‘ulotlari bilan yanada qiziqarli o’tdi!

Camp davomida ishtirokchilar nafaqat dizayn asoslari bilan tanishishdi, balki o‘z g‘oyalarini vizual shaklga keltirishni ham o‘rgandilar.

🔥Mashg‘ulotlar Ustoz Feruz rahbarligida, interaktiv va ilhomlantiruvchi tarzda o‘tdi. Ustozning tajribasi va ochiq muloqoti ishtirokchilarga nafaqat ko‘nikma, balki motivatsiya ham berdi.Ishtirokchilar har bir topshiriqda ustozdan bevosita fikr va tavsiyalar olishdi.

👩‍💻 Darslar davomida rang uyg‘unligi, shakllar bilan ishlash, shrift tanlovi va zamonaviy dizayn dasturlarining imkoniyatlari muhokama qilindi. Eng muhimi, har bir ishtirokchi o‘z ijodiy qarashlarini mustaqil namoyon eta oldi.

📽 Darslar yakunida yaratilgan ushbu ishlarni tomosha qiling va o‘z fikringizni yozib qoldiring!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4👍2👏1