ANIM CAMP
73 subscribers
79 photos
20 videos
34 links
✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Download Telegram
Channel created
🌟 ANIM CAMP 2025 – eng faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bir joyda!

📍12–17 may kunlari Toshkent viloyatining go‘zal Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da ANIM CAMP 2025 start oldi!

Bu yilgi oromgoh – bu nafaqat bilim va tajriba, balki do‘stlik, ijodkorlik, sport va o‘z-o‘zini rivojlantirish maskani!

ANIM CAMP 2025 :
• O‘zbekistonning turli hududlaridan tanlab olingan eng faol yoshlar
• Zamonaviy mashg‘ulotlar, mahorat darslari va motivatsion uchrashuvlar
• Sport musobaqalari, jamoaviy muhokamalar va ijodiy loyihalar
• Tog‘ bag‘ridagi ilhomli muhit va unutilmas kunlarni taqdim etmoqda.

🤩 Endilikda oromgoh hayotidan eng yorqin lahzalarni yoritib boramiz!

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 ANIM CAMP 2025 rasmiy start oldi! Ishtirokchilar campning ilk kunida Toshkent viloyatiga yetib kelishdi va “Yoshlar oromgohi”da kutib olindi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
🔥2👍1
👥 Birinchi kun tanishtiruv va muhitga moslashish bilan boshlandi. Ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilishdi, jamoaviy kayfiyat shakllandi va camp qoidalari bilan tanishishdi.

🎓 Shuningdek, ishtirokchilar o‘qitiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha mentorlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi:

— 3D animatsiya
— Modeling
— Interyer dizayn
— Compositing
— Sun’iy intellekt
— Grafik dizayn

🔍 Har bir yo‘nalish bo‘yicha darslar, formatlar va kutayotgan tajribalar haqida dastlabki ma’lumotlar berildi. Mentorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qisqacha kirish so‘zlari orqali ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

ANIM CAMP’ning birinchi kuni — bu boshlanish, tanishuv va yangi bosqichga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🏐 ANIM CAMP 2025’da sport ruhi ham yuqori bo’lmoqda!

🔥 Lager doirasida tashkil etilgan ushbu voleybol musobaqasi ishtirokchilar uchun jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qildi.

📌 Musobaqada yoshlar jamoalar shaklida bellashib, o‘z kuchi va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.Bahslar qizg‘in va tartibli sharoitda o‘tkazilib, barcha jamoalar faol ishtirok etdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2