ANIM CAMP
73 subscribers
79 photos
20 videos
34 links
✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Download Telegram
🌿Global Animation kompaniyasidan “Yashil Makon” multfilmi asoschilari Muhammadjon Ismoilov hamda Sobirov Botirjonlar ishtirokida animatsiya mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌟 Muloqot davomida ishtirokchilar animatsiya olamiga oid asosiy tushunchalar, multfilm ishlab chiqarishning texnik va ijodiy jihatlari bilan yaqindan tanishishdi. Multfilm janri, syujet qurilishi, xarakter yaratish va harakatlantirish texnologiyalari yuzasidan amaliy bilimlar muhokama qilindi.

🎯 Ishtirokchilar real loyihalar asosida motion dizayn konsepsiyasi, texnik platformalar va kreativ yechimlar haqida foydali bilimlarga ega bo’lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🎨 ANIM CAMP 2025 doirasida Tasnif Group asoschilaridan biri va motion dizayner Abdulaziz Hamidjonov ishtirokida navbatdagi professional uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌀 Uchrashuv davomida motion dizaynning o‘ziga xos jihatlari, tendensiyalari va amaliy jarayonlari haqida so‘z yuritildi. Dizayn va harakat uyg‘unligi orqali kontentga jon kiritish, brend vizualini kuchaytirish va auditoriyani jalb etish usullari haqida aniq misollar bilan fikr bildirildi.

🎯 Ishtirokchilar real loyihalar asosida motion dizayn konsepsiyasi, texnik platformalar va kreativ yechimlar haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2🔥1
🎬 ANIM CAMP 2025 doirasida rejissor Shoxrux Rasulov (Specture Studio) ishtirokida “Kinoda animatsiya va kompyuter grafikasining ro'li” mavzusida qizg'in suhbat bo‘lib o‘tdi.

🎙 Uchrashuvda Rasulov zamonaviy kinoning vizual kuchi, CGI va animatsiya orqali tasviriy ifoda imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Yoshlarga bu sohada ishlashning ichki mexanizmlari, texnologik jarayonlar va kreativ qarorlar haqida foydali maslahatlari bilan bo'lishdi.

💡 Ishtirokchilar sahna orti jarayonlari, animatsion sahnalarning rejalashtirilishi va rejissura nuqtayi nazaridan grafik elementlarning roliga doir eksklyuziv ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bu uchrashuv – ijodiy qarashlar va professional tajriba almashinuvi maydoniga aylandi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🧠 ANIM CAMP 2025 doirasida o‘tkazilgan Quiz shou — dam olish va o‘qishning muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan ko‘rinishi bo‘lib, camp ishtirokchilari uchun unutilmas tajriba bo‘ldi!

📊 Bellashuvda jami 29 ta jamoa qatnashdi. Har bir bosqichda jarayon yanada qizg’inlashib, jamoalar o‘zaro kuchli raqobat olib bordi. Muhit hayajonli, savollar esa har doimgidek noodatiy va qiziqarli bo‘ldi.

🥇 G‘oliblikni “Qiziq emas” jamoasi qo‘lga kiritdi — ular umumiy ballar bo‘yicha barcha bosqichlarda yetakchilikni saqlab qoldi va finalda yuqori natija ko‘rsatdi

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 ANIM CAMP 2025ning 3-kunida United Soft, Lola Animation va Media Housedan tashrif buyurgan o‘z ishining ustalari mehmon spikerlar sifatida ishtirokchilar bilan tajriba almashdi. Uchrashuvlar davomida kasbiy yo‘l, sanoatdagi tendensiyalar va ijodiy yondashuvlar haqida fikrlar berildi.

🎯 O‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda interaktiv o‘yinlar va guruh faoliyatlari ham tashkil etilmoqda. Bu esa camp muhitini yanada ijodkorona va samarali saqlashga xizmat qilmoqda.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🤩 ANIM CAMP 2025’ning 3-kuni Lola Animation jamoasi Shuhrat Asaev, Muhammadmuso Yuldashev va Ikrom Karimovlar bilan layout mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔧 Ishtirokchilar sahna tuzilmasini rejalashtirish, kompozitsiya, kamera rakurslari va kadrga animatsion harakatlarni to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha asosiy tamoyillarni o‘rgandilar. Vizual hikoya aytishda layout’ning ahamiyati, ritm va fazoviy tafakkurni to‘g‘ri qurish bo‘yicha ko‘plab amaliy misollar ko‘rib chiqildi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🎬 ANIM CAMP 2025 doirasida mashhur rejissor, “Sariq devni minib”, “Sarviqomat dilbarim” va “Sehrli qalpoqcha” filmlari muallifi Sarvar Karimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💥 Suhbat kinoning ichki mexanizmlaridan biri — kompyuter grafikasi haqida bo‘ldi.Ishtirokchilar kadr ortida ishlovchi grafik rejissyorlar, VFX mutaxassislar va montajchilar bilan rejissura qanday uzviy bog‘liq ekani, ijodiy qarorlar texnik imkoniyatlarga qanday bog‘liqligini chuqurroq tushunib olishdi.

🔔Bu uchrashuv — kino san’atiga texnologik nigoh bilan qarash, undan ilhom olish va o‘z yo‘lini topish istagidagi yoshlar uchun noyob imkoniyat bo‘ldi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
✨ United Soft asoschilaridan biri — Lazizxon G‘aniyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔥 Uchrashuv davomida United Soft kompaniyasining faoliyati, kreativ texnologiyalar yo‘nalishidagi loyihalari va yosh mutaxassislar bilan ishlash tajribasi haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar kompaniyaning animatsiya, VFX, video o‘yinlar va raqamli kontent sohalaridagi ishlanmalar bilan yaqindan tanishishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3