ANIM CAMP
73 subscribers
79 photos
20 videos
34 links
✨ Animatsiya lagerining rasmiy sahifasi
Download Telegram
👥 Birinchi kun tanishtiruv va muhitga moslashish bilan boshlandi. Ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilishdi, jamoaviy kayfiyat shakllandi va camp qoidalari bilan tanishishdi.

🎓 Shuningdek, ishtirokchilar o‘qitiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha mentorlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi:

— 3D animatsiya
— Modeling
— Interyer dizayn
— Compositing
— Sun’iy intellekt
— Grafik dizayn

🔍 Har bir yo‘nalish bo‘yicha darslar, formatlar va kutayotgan tajribalar haqida dastlabki ma’lumotlar berildi. Mentorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qisqacha kirish so‘zlari orqali ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

ANIM CAMP’ning birinchi kuni — bu boshlanish, tanishuv va yangi bosqichga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3
🏐 ANIM CAMP 2025’da sport ruhi ham yuqori bo’lmoqda!

🔥 Lager doirasida tashkil etilgan ushbu voleybol musobaqasi ishtirokchilar uchun jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qildi.

📌 Musobaqada yoshlar jamoalar shaklida bellashib, o‘z kuchi va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.Bahslar qizg‘in va tartibli sharoitda o‘tkazilib, barcha jamoalar faol ishtirok etdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨ ANIM CAMP 2025 ning ikkinchi kuni ishtirokchilar uchun to‘liq ishga kirishish kuni bo‘ldi.

🏕 Joylashish, tanishuv va umumiy muhitga moslashish yakunlandi. Endi e’tibor — o‘quv jarayonida.

📌 Har bir yo‘nalishda birinchi darslar asosiy tushunchalar, ish jarayoni va dasturiy vositalar bilan tanishtirishga qaratildi. Mashg‘ulotlar muntazam va tizimli tashkil etilmoqda.Shuningdek Global Animation, Specture Studio, Tasnif Group kompaniyalari tomonidan qimmatli master-klasslar o’tib berilmoqda.

Ikkinchi kun — campda haqiqatdan qizg’in ish jarayonlari boshlanganini bildirgan muhim bosqich bo‘ldi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3❤1
✨ ANIM CAMP 2025 da har kuni ishtirokchilar uchun turli yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Ular orasida interyer dizayn darsi ishtirokchilarga makonni tashkil etish prinsiplari bilan tanishish imkonini berdi.

📌 Mashg‘ulotda dizaynning funksional tamoyillari, kompozitsiya, ergonomika, rang va material uyg‘unligi kabi asosiy mavzular yoritildi. Unda turli tipdagi xonalarni rejalashtirish, makonni qulay va estetik qilishga oid yondashuvlar muhokama qilindi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2🔥1
🖥 ANIM CAMP 2025 da texnik ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar sirasidan compositing bo‘yicha darslar ishtirokchilar e’tiborini tortmoqda.

📌 Darslarda interfeys, rang korreksiyasi, maskalash va layerlar ustida ishlash kabi texnik jihatlar bosqichma-bosqich tushuntirildi. Ishtirokchilar Nuke yordamida tasvirni qanday mukammallashtirish mumkinligini o‘rganishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍2
🌿Global Animation kompaniyasidan “Yashil Makon” multfilmi asoschilari Muhammadjon Ismoilov hamda Sobirov Botirjonlar ishtirokida animatsiya mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌟 Muloqot davomida ishtirokchilar animatsiya olamiga oid asosiy tushunchalar, multfilm ishlab chiqarishning texnik va ijodiy jihatlari bilan yaqindan tanishishdi. Multfilm janri, syujet qurilishi, xarakter yaratish va harakatlantirish texnologiyalari yuzasidan amaliy bilimlar muhokama qilindi.

🎯 Ishtirokchilar real loyihalar asosida motion dizayn konsepsiyasi, texnik platformalar va kreativ yechimlar haqida foydali bilimlarga ega bo’lishdi.

🌐Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram |
👍3