Andijon IIB | Rasmiy kanal
6.33K subscribers
15.1K photos
4.33K videos
6 files
8.81K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan keng qamrovli profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
———
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, Andijon viloyati IIB tomonidan viloyatning barcha shahar-tumanlarida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar ham Andijon viloyati IIB boshligʻining koʻrsatmasiga asosan shahar-tumanlardagi mahallalarda hamda aholi gavjum joylarda tashkil etilishi haqida yoʻriqnomalar oʻtkazildi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlariga sektor rahbarlari, mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, sogʻliqni saqlash, taʼlim boshqarmalari, hududiy gaz va elektr-taʼminoti korxonalari hamda boshqa mutasaddi idoralardan xodimlar jalb qilinib, ishtirok etmoqdalar.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar barcha shahar-tumanlarda davom etmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижон шаҳри бўйича ИИОФМБ Вояга етмаган ва ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасини ташкил этиш гуруҳи катта инспектори Ҳакимжонова Моҳларойимнинг фаолиятига бир назар

©️Andijon MTRK" telekanalining  "Andijon axboroti" informatsion dasturi
———
Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB Voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori Hakimjonova Mohlaroyimning faoliyatiga bir nazar

©️"Андижон МТРК" телеканалининг  "Андижон ахбороти" информацион дастури

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Cyber-month

📱"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida Andijon viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatimiz hududlarida aholining internet va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng avj olib borayotgan kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internet tarmogʻida aqidaparastlik, radikalizm va ekstremistik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqatish yoki saqlash boʻyicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan boʻlib, bunday holatlarga duch kelsangiz yoki ular haqida muayyan maʼlumotga ega boʻlsangiz, Ichki ishlar organlarining “102” xizmati yoki “1102” raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz soʻraladi.
Sizning murojaatingiz anonim saqlanishi kafolatlanadi.
———
Интернет тармоғида ақидапарастлик, радикализм ва экстремистик ғоялари билан йўғрилган материалларни тарқатиш ёки сақлаш бўйича маъмурий ва жиноий жавобгарлик белгиланган бўлиб, бундай ҳолатларга дуч келсангиз ёки улар ҳақида муайян маълумотга эга бўлсангиз, Ички ишлар органларининг «102» хизмати ёки «1102» рақамли ишонч телефонига мурожаат қилишингиз сўралади.
Сизнинг мурожаатингиз аноним сақланиши кафолатланади.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#profilaktik_targʻibot

Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar hududidagi yo‘l yoqasida hamda ichki ko‘chalarda joylashgan masjidlar atrofida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Cyber-month

Izboskan tumanida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida tuman IIB xodimlari tomonidan aholi gavjum maskanlarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda aytish lozimki, turli yolg‘on xabarlarga ishonib, kiberjinoyatchilarning tuzog‘iga tushib qolmang!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Cyber-month

Andijon viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda
———
Андижон вилоятида "Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги" доирасида тарғибот-ташвиқот тадбирлари кўтаринки руҳда олиб борилмоқда


Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobot_yig'ilishi

Joriy yilning 3-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isomiddin Ismanov raisligida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan ortda qolgan 2-chorak yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dastlab, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Abdullayev raisligida 2-chorak yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar barcha shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Shundan so‘ng, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Hisobot yig‘ilishi so‘ngida o‘zining namunali intizomi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni daqiqalarda Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbirida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, bir guruh o‘qituvchi va bitiruvchi yoshlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi
Batafsil 👈
———
Андижон вилояти ИИБ томонидан оталиққа олинган Андижон шаҳридаги 4-сон касб-ҳунар мактаби ўқувчи-ёшларининг тантанали битирув тадбири бўлиб ўтди
Батафсил 👈

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube