Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
27.9K subscribers
51.4K photos
6.44K videos
10 files
14.5K links
Telegram: t.me/andpress

Бошқа саҳифалар:
https://instagram.com/andijonpress
https://www.facebook.com/share/17wz2NmfjY/?mibextid=wwXIfr
https://youtube.com/@andijanpress-service

Мурожаат учун: @murojaat_andijon
Манзил: Анд.ш А.Фитрат кўчаси 239-уй
Download Telegram
Хабарингиз бор, Бобур шаҳрида минг ўринли замонавий амфитеатр қурилишига расман старт берилган эди. Айни пайтда мазкур ҳудудда қурилиш ва бунёдкорлик ишлари жадал суръатларда олиб борилмоқда.

Лойиҳа доирасида амфитеатрни замонавий меъморий талаблар асосида барпо этиш, муҳандислик-коммуникация тармоқлари билан тўлиқ таъминлаш ҳамда томошабинлар учун қулай инфратузилма яратиш кўзда тутилган. Мазкур иншоот келгусида оммавий маданий тадбирлар, концерт дастурлари, фестиваллар ва турли анжуманларни ўтказиш учун хизмат қилиши режалаштирилган.

Қурилиш ишлари белгиланган муддатларда, лойиҳа-смета ҳужжатлари ва сифат талабларига қатъий риоя этилган ҳолда амалга оширилиши доимий назоратга олинган. Амфитеатрнинг фойдаланишга топширилиши шаҳарнинг маданий салоҳиятини янада оширишга, аҳоли дам олиши ва маънавий ҳордиқ чиқариши учун янги имкониятлар яратишга хизмат қилиши кутилмоқда.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Андижон ҳафта ичида


Ҳафта давомида вилоятимизда амалга оширилган ишлар.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligini maxsus texnika bilan taʼminlash hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по обеспечению сельского хозяйства специальной техникой и широкому внедрению в сферу цифровых технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #texnika

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Андижон шаҳридаги 50-умумтаълим мактабининг 10-синф ўқувчиси Севинчхон Ҳайдарова халқаро IELTS имтиҳонидан 8,5 балл натижани қўлга киритди.

Имтиҳон натижаларига кўра, у Listening (тинглаб тушуниш) ва Reading (ўқиб тушуниш) бўлимларидан 9 балл, Writing (ёзиш) ҳамда Speaking (гапириш) бўлимларидан 7,5 балл тўплади.

Мазкур натижа ўқувчининг изчил меҳнати, пухта тайёргарлиги ва билимга бўлган интилишининг ёрқин намунаси бўлиб, мактаб жамоаси ҳамда ёшлар учун катта рағбат манбаи ҳисобланади.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
2025 йилда Андижонда қарийб 751 минг 887 тонна мева ва резаворлар етиштирилган

Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, 2025 йилда республикадаги барча тоифадаги хўжаликлар томонидан 3 479 624 тонна, шундан энг юқори кўрсаткич Андижон вилоятида - 751 887 тонна мева ва резаворлар етиштирилган.

📊 Бу кўрсаткич Республика бўйича ўтган йилининг мос даврига нисбатан 106,4 % ни ташкил этди.


Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgani va uning hayotini saqlab qolgani, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun yurtdoshimiz Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.

Указом Президента Республики Узбекистан за проявленные в чрезвычайной и сложной ситуации, произошедшей в городе Санкт-Петербурге Российской Федерации, мужество и самоотверженность при спасении малолетнего ребенка, падавшего с верхних этажей многоэтажного дома, рискуя собственной жизнью и здоровьем, чем наглядно продемонстрировал присущие нашему народу высокие качества отваги и героизма, наш соотечественник Ибадуллаев Хайрулло Сайдуллаевич награжден медалью «Жасорат».

Facebook|Instagram|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял советника по вопросам экономического развития, эффективного управления и международного сотрудничества Суму Чакрабарти.

#Mirziyoyev #qabul #maslahatchi #islohotlar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.

Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.

Facebook|Instagram|X
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.

Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.

Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

Facebook|Instagram|X
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,

– dedi Prezidentimiz.

Bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi e’lon qilindi.

“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz yoshlarga oid siyosatdagi islohotlar tufayli erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X