FC ANDIJON
17.1K subscribers
34.8K photos
2.64K videos
27 files
2.7K links
Official channel FC Andijon Andijan\Uzbekistan.

http://fcandijan.uz

http://instagram.com/fcandijan

http://youtube.com/@ANDIJANPRESS

http://t.me/fcandijonpress

• e-mail: fcandijanpress@gmail.com

@echipta_bot
Download Telegram
🏋‍♀Trenajyor zalidagi mashg'ulotdan fotoreportaj📸
🏋‍♀Trenajyor zalidagi mashg'ulotdan fotoreportaj📸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechki mashg'ulotimiz jonli koridor bilan boshlandi😍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'sha gap: Mohirdan mohirona seyv🤩 (mashg'ulotimizdan epizod)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇯Tojikistondagi mashg'ulotlarimiz reja asosida daqom etmoqda📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iskandar Shoyqulov: “Yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi turlarda to'ldirishga bor e'tiborimizni qaratamiz”

Xabaringiz bor, “Andijon” jamoamiz Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazmoqda.

FIFA kunlari boshlanganligidan “Burgutlar” unumli foydalanib qolish uchun ham mazkur yig'in tashkil etildi.

Maksim Shatskix boshchiligida barcha futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil, katta mehnat ostida ishlashmoqda.

Klub matbuot xizmati jamoamizning iqtidorli o'yinchilaridan biri Iskandar Shoyqulovga mazkur yig'in borasidagi ayrim savollar bilan murojaat qildi.

- Iskandar, “Andijon” chempionatdagi kichik tanaffusdan foydalanib, Tojikistonda yig'in boshladi. Ayting-chi, taassurotlar qanday va buning chempionat mobaynida qay tomonlama effekti seziladi, deb o'ylaysiz?

- Taassurotlar har doimgidek a'lo darajada. Yangi murabbiy ish boshlagan kunidan yakka kurashlarga katta e'tibor qaratmoqda. Bu borada jismoniy tayyorgarlik ko'rish uchun Tojikistondagi sharoitlar ham juda yaxshi. Natijasi yaqin kunlarda seziladi, deb o'ylayman.

- Jamoamiz endilikda Maksim Shatskix boshchiligida o'ynamoqda va siz ilk bor ushbu mutaxassis qo'l ostida to'p suryapsiz. Qanday o'zgarishlarni sezyapsiz?

- Ha, birinchi marta birgalikda ishlayapman. Hamma murabbiylarni o'z o'yin sur'ati bor. Bu borada murabbiyimizning uslublaridan biri yakka kurash hamda tezkor hujumga o'tish. Hozirda hamma e'tibor ushbu jihatlarga qaratilgan. O'ylaymanki, murabbiyning bizga qo'ygan talablarini bekamu ko'st bajarishga harakat qilyapmiz va buning samarasini o'yinlar davomida ko'ramiz.

- Birinchi davra yakunigacha 4 ta tur qoldi va bo'lajak uchrashuvlar jamoamiz uchun juda muhim. Bu haqida siz nima degan bo'lardingiz?

- Juda ko'p ochko yo'qotdik. Kerak bo'lmagan gollarni o'tkazdik. Endi bu yo'qotilgan ochkolar o'rnini qolgan turlarda to'ldirishga bor e'tiborimizni qaratamiz. Barchamiz bo'lajak uchrashuvlarning ahamiyati qanchalik muhimligini sezib turibmiz. Umid qilamanki, hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

- Oldinda jamoamizni OCHL bahslari kutyapti. Muxlislar ham bo'lajak muhim musobaqani intiqlik bilan kutmoqdalar. Jamoamizni OCHLda qanday tasavvur qilyapsiz?

- Barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Yangi taassurotlar, yangi darajadagi futbolchilar, juda qiziq bo'ladi, o'zim uchun ham, jamoamiz uchun ham. Muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatishga harakat qilamiz va ijobiy natijalar bilan xursand qilamiz, degan umiddaman.

- Yaqinda soch turmagingizni o'zgartirdingiz. Bungacha siz o'ziga xos soch turmagi bilan ajralib turgandingiz...

- Kunlar isib ketdi. Issiqda esa bu sochni eplash juda qiyin (kuladi).

👍 @andijonpfc

✈️✈️✈️✈️✈️🚗🚗🎟🎟🎟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eldor Adhamovni tabriklaymiz !

🎊 Bugun “Andijon” jamoamiz darvozaboni Eldor Adhamov oʻzining tavallud ayyomini nishonlamoqda!

🎂 29 yoshini qarshilayotgan ushbu futbolchimizni tugʻilgan kuni bilan “Andijon” futbol klubining barcha aʼzolari nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Tavallud kuni munosabati bilan Eldor Adhamovga hamma vaqt oʻylagan ezgu maqsadlari roʻyobga chiqishini, shuningdek, oilaviy tinchlik, baxt-saodat, uzoq umr, sihat salomatlik, faoliyati davomida omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

Tavallud ayyom muborak, Eldor!

👍 @andijonpfc

✈️✈️✈️✈️✈️🚗🚗🎟🎟🎟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM