ANDIJON KADASTR
1.32K subscribers
7.21K photos
844 videos
6 files
4.79K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan tahrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatga asosan Andijon tumani Zovraq MFY Shohi-zinda ko‘chasida qurilayotgan qurilishlarning huquqiy hujjatlari o‘rganilganda Xalq deputatlari Andijon nohiya kengashi ijroiya komitetining 06.01.1992-yil №3b/1-sonli qaroriga asosan fuqaro T.Z.ga uy-joy qurish uchun ajratib berilgan yer maydoni ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida «O‘ZARXIV» agentligi Andijon viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Oltinko‘l tuman davlat arxiviga belgilangan tartibda so‘rov yuborildi hamda Oltinko‘l tuman davlat arxivining 2023-yil 12-iyun kungi 01-23/99-sonli maʼlumotnomasiga asosan, Xalq deputatlari Andijon nohiya kengashi ijroiya komitetining 06.01.1992-yildagi № 3b/1 sonli yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratish haqidagi qarorining ilovasida №86-tartib raqamida fuqaro T.Z nomiga yer maydoni ajratish haqidagi qarori mavjud ekanligi maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Биз Давлат кадастрлар палатаси Андижон вилояти шахар ва туман филиаллари ходимларидан мурожаатимиз бор" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlangan.
Holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Биз Давлат кадастрлар палатаси Андижон вилояти шахар ва туман филиаллари ходимларидан мурожаатимиз бор” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Yuqoridagi holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda Joriy 2023-yilning 6-12-iyul kunlarida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va hududiy tuman shahar filiallari xodimlarining 33 nafariga navbatdagi mehnat taʼtiliga chiqishi bo‘yicha belgilangan hujjatlar tayyorlanib o‘rnatilgan tartibda buyruqlar rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagi 33 nafar ishchi xodimlarning mehnat taʼtillariga ishlangan pul mablag‘larining kechikishi sabablari o‘rganilganida Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmasining hisob raqamlari boshqarmaga xizmat ko‘rsatayotgan bank o'zgarganligi sababli tizimdagi barcha xodimlarining plastik kartalari ham yangi bankning plastik kartalariga almashtirilgan. Boshqarmaning bank tizimidagi o‘zgarishlari va xodimlaring plastik kartalari yangilanganligi sababli tizimda nosozliklar yuzaga kelganligi aniqlandi.

Hozirda boshqarmaning moliya-iqtisod sho‘basi tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilib mehnat taʼtiliga chiqqan yuqoridagi 33 nafar xodimga mehnat taʼtil pullari to‘liq xodimlarning plastik kartalariga tushirib berilganligini maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Андижон  тумани Қоратут МФЙ фуқароларидан АРИЗА" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Андижон тумани Қоратут МФЙ фуқароларидан АРИЗА” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda murojaatdagi holat Andijon tuman Y.Oxunboboyev massivi qishloq xo‘jalik xaritasining 9310-qism konturida joylashgan yer hisoboti bo‘yicha bog‘zor o‘rnida turuvchi 3,05 gektar yer maydoni fuqaro Y.Rga ijara huquqi bilan bog‘dorchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun ajratib berilgan.

O‘rganishda fermer xo‘jaligi rahbari Y.R tomonidan o‘zboshimchalik bilan 0,60 gektar yer maydonini qo‘rg‘on devor bilan o‘rab 500,0 kv.metr maydonga turar-joy ko‘rinishida poydevor qilib olinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga muvofiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi va to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

O‘z navbatida fuqaro Y.R tomonidan noqonuniy qurilgan qurilmalar belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan takdirda majburiy tartibda bartaraf etish uchun sudga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda “Men Toshkent shaxridan saylovchilarizdan biri Shukurullo Parpiyev” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda murojaatdagi turar-joy Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasida joylashgan uy-joylarga nisbatan Shahrixon tumani hokimining 2006-yil 13-iyun kungi “Imoratlarga egalik huquqi tiklash haqida”gi 144-Q-sonli qarori bilan K.S ning 1200,0 kv.metrda joylashgan bino va inshootlarga egalik huquqi tiklanib, kadastr hujjatlari tayorlangan hamda Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Аndijon viloyati ro‘yxatga olish ofisi tomonidan 2006-yil 27-iyun kuni kadastr kitobiga 230/52/65-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Shundan so‘ng, fuqaro K.S o‘ziga tegishli hovli joylarini Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasining 2006-yil 3-iyul kungi reestr №1016 raqami bilan qayd etilgan hovli-joy xadya shartnomasiga asosan qizi Q.Zga o‘tkazib bergan.

Q.Z
2015-yil 21-sentabr kuni Shahrixon tumani 2-sonli Davlat notarial idorasi tomonidan reestr № 7117 raqami bilan qayd etilgan uy joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan o‘ziga tegishli hovli-joyni S.J ga sotgan hamda fuqaro S.J sotib olgan uy-joyni Аndijon viloyati xo‘jalik hisobidagi “Yermulkkadastr” xizmati Davlat unitar korxonasi Shahrixon tuman idorasi tomonidan 2015-yil 3-oktabr kuni kadastr hujjatlari rasmiylashtirib kadastr kitobini 16/2207 tartib raqami bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

Fuqaro S.J o‘ziga tegishli bo‘lgan hovli joyini 2020-yil 23-sentabr kuni Shahrixon tumani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusi tomonidan 202001448001665 raqami bilan qayd qilingan turar-joy oldi-sotdi shartnomasiga asosan Toshkent viloyati Chirchiq shahri 3-kichik daxasi 11-uy 10-xonadonda yashovchi Parpiyev Shukurullaga sotganligi maʼlum bo‘ldi. Fuqaro Parpiev Shukurrulla sotib olgan ushbu uy-joyiga Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2020-yil 24-sentabr kuni “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida”gi 1703230/R-A1238746-sonli Davlat Reyestridan ko‘chirma taqdim etilgan.

Xozirgi kunda Shahrixon tumani To‘lqin MFY Qo‘rg‘oncha ko‘chasidagi Parpiev Shukurulloga tegishli hovli-joyda dastlabki egasi K.Sni o‘g‘li K.Sh ya’ni Q.Z ni akasi oila a’zolari bilan yashab istiqomat qilib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu uy-joylardan foydalanayotgan fuqaro K.Sh tomonidan tegishli tashkilotlardan hech qanday ruxsatnomasini olmasdan Parpiyev Shukurulloga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni buzib, ularning o‘rniga yangi qurilishlar qurib, olganligi aniqlandi. Ushbu holat natijasida fuqaro Parpiev Shukurulloga tegishli bo‘lgan uy-joyda mulkiy nizolar yuzaga kelgan. Mazkur nizolarni hal qilish uchun Uy-joy kodeksining 140-moddasiga asosan sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligini bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ноқонунийми ёки қонунийми" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Ноқонунийми ёки қонунийми” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda Andijon shahar hokimining 2021-yil 16-may kungi 132-k-sonli qarori bilan Birlik ko‘chasi 23-uyda yashovchi Fuqaro M.Mga Andijon shahar “Yoyilma” MFY Furqat ko‘chasi yo‘l bo‘yida 25-manzildagi ko‘p qavatli turar-joy binosi yon qismida ilova qilingan chizmada ko‘rsatilgan 200,0 kv.metr yer maydonida ko‘p qavatli, 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, yuqori qavatlarini mehmonxona binosiga moslab qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Fuqaro M.M tomonidan qurilishi tugallanmagan binolarni 179-sonli oldi-sotdi shartnomaga asosan Fuqaro n.Sga sotganligi va Fuqaro N.S mazkur yer maydonida 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, yuqori qavatlarini mehmonxona binosiga moslab qurish uchun Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta harakatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 10-yanvar kungi N235227-sonli xulosasiga asosan qurilishga ruxsat olingan.

2021 yil 21 sentyabrda viloyat qurilish boshqarmasining ruxsatiga asosan Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i tasdiqlangan. 2023-yil 4-may kungi davlat xizmatlari orqali qilingan arizasiga asosan qurilish montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish ruxsati va 2023 -yil 1-mart kuni viloyat qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining 89241 sonli ekspert hullosasi olinganligini aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ноқонуний қурилма (ҳожатхона)га икки фуқаро тушиб кеткан бўлиши мумкин" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Haqiqatdan xam tarmoqlarda berilgan bino-inshootlar hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilganligi aniqlangan va agentlikning Andijon tumani bo‘limi tomonidan fuqaro G‘.Mga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, fuqaroga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni belgilangan muddatlarda o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borilgan.

21-avgust kuni yuqoridagi holat boshqarma mutaxassislari tomonidan qayta o‘rganilganda fuqaro tomonidan berilgan muddatlarda qonun buzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi va Andijon tumani bo‘limi xodimlarining eʼtiborsizligi oqibatida mazkur o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani majburiy tartibda buzish bo‘yicha sud organlariga daʼvo ariza yuborilmaganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar shu kunni o‘zida, yaʼni noqonuniy qurilgan qurilmalarni majburiy tartibda buzish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga 01/02-345-03-sonli davo arizasi kiritilishi taʼminlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Андижонда ер ва курилишни назорат киладиган орган борми?" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM