Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
6.42K subscribers
26.9K photos
1.6K videos
14 files
7.46K links
Download Telegram
Андижон вилояти ҳокими Ш.Абдураҳмонов ташаббуси билан ўтказилаётган "Ҳорижий тиллар" фан олимпиадасининг шаҳар босқичини очиб бериш учун Андижон шаҳар ҳокими ўринбосари Ш.Нишонов ташриф буюрди ва иштирокчиларга омад тиладилар.

Андижон шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи А.Усмонов, Андижон вилояти педагогик маҳорат маркази вакиллари ўқувчиларга омадлар тиладилар.

Олимпиада шаҳар босқичида 9-10-11-синф ўқувчилари иштирок этдилар.

Андижон шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати
Telegram I Instagram I Facebook
#Ijtimoiy_karta

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

😲 ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲 ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲 "Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

🖋 "Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

💵 Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲 YaIDXP;
😲 "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲 "Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲 moliyaviy agentlar.

🤝 Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.

⚠️ 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha "1070" "Ishonch telefoni" sinov tartibida ishga tushiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“UzChessKids”da Andijon shahrida

Qishki ta'til kunlarini mazmunli o'tkazish, o’quvchilar va bolalarning intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida Yoshlar ishlar Andijon shahar bo'limi hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti Andijon shahar sardorlari tomonidan "Kreativ ta'til" loyihasi doirasida “UzChessKids” shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlar markazida bo'lib o'tgan ushbu musobaqa nafaqat Andijon shahar maktab o'quvchilarining, balki jajji bolajonlarning ham aql bahsi, yuksak marralar uchun ilk qadami bo’lib xizmat qildi.

♟️ Musobaqa yakuniga ko'ra g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplim, medal hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati
Telegram I Instagram I Facebook