Amu_xtb
349 subscribers
212 photos
12 videos
222 files
171 links
Maktab ta`limi bo`yicha huquqiy yordamchi. Faqat ishonchli va asosli ma`lumotlar. (Davlat tashkiloti kanali emas. Savollar uchun rahmatulla@mail.ru) Kutubxona https://t.me/hoshimov2eshik
Download Telegram
HIPPO🦛2025 NATIONAL FINALS

Exam date: 4th May

Venue: School 81 in Tashkent


Congratulations to all HIPPO National Finalists!👏



ELPC
- the future is today🛎!

📞 +998 99 200 00 30
Assalomu alaykum. 20 yillik uzluksiz ish stajiga ega o'qituvchiman. 2024-yil 4-sentabr kunidan ish joyim o'zgardi. Bir tumanning ichida  boshqa maktabga ishga o'tdim. Orada bir kun ham uzilish bo'lgani yo'q. Buxgalterimiz menga juda kam ishlabdi ta'til pulini.
36 kunga ishlagan shekilli. Lekin men OTM ni 2024-yil bitirib, birinchi yil ishlashim emasku? Menga ta'til puli 48 kunlik to'lanadimi yoki 36 kunga? Iltimos aniq qilib javob bersangiz.


ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Сиз бир мактабдан бошқа маткабга ўтганингизда умумий иш стажингиз сақланади. Лекин меҳнат таътили учун иш стажи айнан шу мактабга ишга қабул қилинган вақтингиздан бошлаб ҳисобланади.

Меҳнат кодексининг 227-моддасига асосан биринчи иш йили учун ҳар йилги меҳнат таътилидан фойдаланиш ҳуқуқи ходимда у ушбу иш берувчида узлуксиз ишлаган олти ой ўтганидан кейин юзага келади. Бунда биринчи иш йили айнан шу иш берувчи меҳнат шартномаси тузилган вақтдан бошлаб ҳисобланади.

Меҳнат кодексининг 233-моддасида ҳар йилги меҳнат таътилида бўлган вақти учун ходимга ушбу Кодекснинг 257-моддасига мувофиқ ҳисоблаб чиқариладиган ўртача иш ҳақининг сақланиши кафолатланиши белгиланган.

💁‍♂️ Бунда ўртача иш ҳақи у ҳисобланадиган ойдан олдинги ўн икки ойни ташкил этувчи ҳисоб-китоб даври ёхуд агар ходим ўн икки ойдан кам ишлаган бўлса, амалда ишланган давр учун ходимга ҳисобланган иш ҳақидан келиб чиққан ҳолда белгиланади (МК 257-м 1-қисм).

☝️Шу қоидага кўра ходимнинг ўртача ойлик иш ҳақини ҳисоблашда у 12 ойдан ортиқ ишлаган бўлса, унинг таътилга чиқишдан олдинги 12 ойлик даврда корхонадан олган барча тўловлари (иш ҳақи, моддий ёрдам, мукофот пули ва бошқалар) қўшилган ҳолда 12га бўлинади. Бунда сизга тўланадиган устама ҳам қўшилади.

❗️Энди қаранг! Бунда Меҳнат кодексининг 218-моддаси ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 26 июндаги 263-сон қарорига биноан ўқитувчиларга 56 календар кунидан иборат таътил берилади ва таътилнинг 48 кунига таътил пули тўланади.

Бунда сиз сентябрь ойида ишга қабул қилинган бўлсангиз, сизга 56 календар кунига таътил берилади ва 36 кун учун таътил пули тўланади.
Forwarded from R. Matqurbonov
347 qaror 2025-y 3-iyun.pdf
936.4 KB
Amudaryo tumaniga tuman koeffitsienti qo`shildi. Endi oyliklarga taxminan 167 ming qo`shilishi kerak (Oylikning 10 foizi emas. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qaroriga 1-ILOVA da batafsil keltirilgan)
Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

Mehnatning tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun ustamalar miqdorini hisoblab chiqish
MISOLLARI

(Hisob-kitoblar 2025-yil iyun holatiga ko‘ra amalga oshirilgan)
1. 1-misol To‘liq ishlab berilgan oy uchun ustama miqdori hisob-kitobi.
1) Xodimning ish haqi, shu jumladan, har oylik mukofot puli bilan birga — 3 200 000 so‘m.
2) Tumanda 10 % miqdorida ustama belgilangan.
3) Hisob-kitob qilingan vaqtda eng kam oylik ish haqi 1 155 000 so‘mni tashkil etadi.
Ish haqining cheklangan summasi aniqlanadi: 1 155 000 so‘m x 1.4 (ustama miqdorini hisoblash uchun qo‘llaniladigan cheklangan ish haqining miqdori) = 1 617 000 so‘m*.
Ustama miqdori aniqlanadi: 1 617 000 x 10:100 = 161 700 so‘m.
Jami ustamani hisobga olgan holda xodimning ish haqi quyidagichani tashkil etadi: 3 200 000 + 161 700 = 3 361 700 so‘m.
2-misol
1) Xodimning ish haqi, shu jumladan, har oylik mukofot puli bilan birga — 1 000 000 so‘m.
2) Tumanda 10 % miqdorida ustama belgilangan.
3) Hisob-kitob qilingan vaqtda eng kam oylik ish haqi 1 155 000 so‘mni tashkil etadi.
Ish haqining cheklangan summasi aniqlanadi: 1 155 000 so‘m x 1.4 (ustama miqdorini hisoblash uchun qo‘llaniladigan cheklangan ish haqining miqdori) = 1 617 000 so‘m*.
Lekin xodim ish haqi bu summadan kam. Shu sababli uning ish haqining 10 foizi olinadi.
Ustama miqdori aniqlanadi: 1 000 000 x 10:100 = 100 000 so‘m.
Jami ustamani hisobga olgan holda xodimning ish haqi quyidagichani tashkil etadi: 1 000 000 + 100 000 = 1 100 000 so‘m.
Xushxabar! Nihoyat Amudaryo tumani uchun 10 foiz ekologiya uchun qo'shimcha berildi.ДЕГЕН МЕНЕН... Lekin xursand bo'lishga shoshilmang. 2 mln oylikka ham, 10 mln oylikka ham 161 ming so'mdan ko'p ustama qo'shilmaydi. Nima uchun deysizmi? Batafsil t.me/amuxtb da. (P.S. Vay fay pul qo'shildiku hech bo'lmasa)
al-beruni-international-boarding-school-examination-result.pdf
789.6 KB
1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi. 8-sinfni bitirganlar imtihoni natijalari.
738939-results-karakalpakstan-grade-5.pdf
362.9 KB
1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

🗓 2025-yil 6-iyul kuni o‘tkazilgan Nukus shahridagi Prezident maktab 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 480 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
Forwarded from R. Matqurbonov
“O’zbek ishi”
Osmon baravar plan berdilar.
-Bajarasan!-dedilar.
-Bajarolmayman,-dedi.
-Bajarasan!!- dedilar.
- Bajarmayman!!-dedi.
-Qamalasan!!!-dedilar.
Bajardi… Bola-chaqasi ko’p edi…
Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun...
Keyin… qamadilar… Qo’shib yozgani uchun… Bola-chaqasi ko’p edi…
Chat GPT ga SAVOL: Maktabda o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Erkak, 35 yoshda. Oyligi 3 million so`m. Ish staji va ijtimoiy sug`urta ta`minlangan. 60 yoshgacha shu tarzda ishlasa 1.5-2 mln so`m pensiya olishi mumkin. Shu sababli keksaygan chog`ida ta`minotsiz qolmaslik uchun ishdan bo`shay olmaydi. Lekin Oylik maoshi munosib yashash uchun yetmaydi. Shu sababli u qo`shimcha qurilishda ham ishlaydi. Qurilishda oyligi 6 million so`m. ish stai yozilmaydi, ijtimoiy sug`urta mavjud emas. Lekin munosib oylik to`laydi. Bir vaqtda ikkita joyda ishlash qiyin. Bittasini tanlash kerak. Kam oylik bilan uzoq vaqt kafolatlangan ish yaxshimi yoki ko`p oylik bilan mavsumiy ishlarmi? Bir qarorga kelishda har ikkalasining + ijobiy va - salby tomonlarini aniqlashda yordam ber.
JAVOB: Bu holatda odam ikki xil turdagi ish orasida tanlov qilish arafasida turibdi:
* Barqaror, lekin kam maoshli rasmiy ish (maktabda o‘qituvchilik)
* Yuqori daromadli, lekin norasmiy va mavsumiy ish (qurilish)
Quyida har ikkala ishning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilaman, shunda to‘g‘ri qaror qabul qilish osonroq bo‘ladi.
### 🧑🏫 Maktabdagi o‘qituvchilik ishi:
+ Ijobiy tomonlari:
1. Rasmiy ish: Ish staji yuritiladi, bu pensiyaga chiqishda katta ahamiyatga ega.
2. Ijtimoiy sug‘urta bor: Sog‘liqni saqlash, nogironlik, nafaqa olishda yordami bo‘ladi.
3. Pensiya kafolatlangan: Garchi kam bo‘lsa-da, qarilikda doimiy daromad bor.
4. Barqarorlik: Yil davomida ish kafolatlangan, ishdan bo‘shatish ehtimoli kam.
5. Ta’til, dam olish huquqlari bor.
– Salbiy tomonlari:
1. Maosh juda kam: 3 million so‘m bugungi kundagi yashash xarajatlarini qoplamaydi.
2. Qo‘shimcha daromadsiz yashash mushkul.
3. Zamon talabiga javob bermaydigan moddiy rag‘bat.
4. Ko‘pchilik o‘qituvchilar hissiy va ruhiy charchoq holatida bo‘ladi.
---
### 🧱 Qurilishdagi ish:
+ Ijobiy tomonlari:
1. Daromad yuqori: 6 million so‘m – ikki baravar ko‘p, oilaviy ta'minot yaxshilanadi.
2. Darhol foyda beradi: Bugungi kun ehtiyojlarini to‘liq qoplaydi.
3. Qo‘shimcha sarmoya jamg‘arish imkoniyati: Pul yig‘ib boshqa biznes boshlash mumkin.
– Salbiy tomonlari:
1. Norasmiy ish: Ish staji hisobga olinmaydi, bu pensiyaga chiqishda muammo tug‘diradi.
2. Ijtimoiy sug‘urta yo‘q: Kasallik, baxtsiz hodisalar, qariylikda xavfsizlik kafolati yo‘q.
3. Mavsumiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin: Doimiy daromad kafolati yo‘q.
4. Jismoniy og‘ir va xavfli ish: Qariganda bu ishni davom ettirish qiyin.
### Yakuniy maslahat:
* Agar maqsad uzoq muddatli xavfsizlik bo‘lsa (pensiya, sog‘liqni sug‘urtalash, barqaror daromad), maktabdagi ishni davom ettirish kerak.
* Agar hozirgi yashash darajasini ko‘tarish kerak bo‘lsa (uy-joy, farzandlarni o‘qitish, qarz to‘lash, sarmoya yig‘ish), qurilishdagi ish vaqtincha foydaliroq.
162855 necha so`m bo`libdikan? Uzasbo ni ko`rganlar borma?
Forwarded from R. Matqurbonov
Ўқитувчи неча соат билан декретга чиққан бўлса, шу соат бўйича ишига қайтадими?

Меҳнат кодекси 237-моддасида ҳомиладорлик ва туғиш таътиллари, бола парваришлаш таътили ижтимоий таътил эканлиги келтирилган.

Энди қаранг! МК 239-моддасида барча ижтимоий таътиллар вақтида ходимнинг аввалги иш жойи (лавозими) сақланиб қолиши белгиланган. Шунингдек, Меҳнат кодексининг 405-моддасига кўра болани парваришлаш таътиллари даврида ходимнинг иш жойи (лавозими) сақланади.

❗️Бироқ бу ўқитувчи неча соат билан декретга чиққан бўлса, шу соат бўйича ишга қайтиши керак деган қоидан бермайди.

📝Бу ҳолатда “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низомга (рўйхат рақами 3271) 15 ва 19-бандлари дарс тақсимотига нисбатан қўлланилади.

Ушбу низомнинг 19-бандига кўра ҳомиладорлик ва туғиш таътили ҳамда бола парваришидан қайтган ўқитувчиларга дарс соатлари меҳнат қонунчилигига асосан мазкур Низомнинг 15-бандида белгиланган кўрсаткичлар устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади.

Демак, декретдан қайтган ўқитувчи ҳам ўзининг натижаларига эришган ютуқларига кўра дарс олиши мумкин.
Forwarded from 12-sonli maktab (R. Matqurbonov)
MMTVning 2025-yil 16-may 156 - sonli buyrug'i 41-ilova bilan tasdiqlangan Umumiy o`rta ta`lim maktabi oʻqituvchisining lavozim majburiyatlari