AlQuranuz-Shayx Alijon qori
130K subscribers
3.42K photos
1.61K videos
3 files
4.43K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

QURAYSH SURASI

Ushbu suraning nomi o'zining birinchi oyatidan olingan. Quraysh eng hurmatli, eng qadrli arab qabilasi hisoblanadi. Ushbu surada Alloh taolo Quraysh qabilasiga O'zi bergan ulug' ne'matlarni eslatib, mazkur ne'matlar shukronasiga ular Alloh taologa, Qurayshga izzat-ikrom keltirgan baytning Robbiga ibodat qilmoqlari lozim ekanligini eslatadi. «Quraysh» surasi «Fiyl» surasining uzviy davomidek. «Fiyl» surasida Abriha va uning askari to'grisida zikr qilingan hodisalar Ka'ba va uning atrofida yashab, hojilar xizmatini qilib turuvchilarning obro'sini yanada oshirib yubordi. Ayniqsa, Quraysh qabilasining obro'si Arabiston yarimorolida o'sdi. Hamma tarafda qaroqchilik, bosqinchilik hukm surishiga qaramay. Baytullohning aholisi, deb hurmat qilib ularga hech kim tegmasdi. Ular bu omonlikdan foydalanib bemalol safar qilib yurishardi Quraysh qabilasining savdo karvonlari ham bemalol qishda Yamanga, yozda Shomga safar qilardi. Bu esa ularga rizq-ro'zning mo'l bo'lishi imkonini berardi. Yerlarida hech narsa o'smaydigan qaqroq cho'l bo'lishiga qaramay, ular barakalihayot kechirardilar. Alloh taolo bu surada ana shu ne'matlarini ularning eslariga soladi va shukr qilib Allohga ibodat qilishga undaydi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

FALAQ SURASI

Ushbu
surai karimaga o’zining birinchi oyatidagi «Falaq» so'zi nom bo'lib qolgan. «Falaq» so'zi lug'atda «yorish» ma'nosini bildiradi.
Bu surada «Falaq» sozi subh - tong ma'nosida kelgan. Tong kechani yorib boshlangani uchun shu nom bilan ham ataladi.
Bu surai karimada Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va musulmonlarga barcha yomonliklar, xavf-xatarlardan o’zidan (Allohdan) panoh tilashga undaydi. Alloh taolo
ularga o'z himoyasini e’lon qiladi va xuddi «Mening himoyamga marhamat, tinch-omon joyga marhamat», degandek bo’ladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

NAS SURASI

Qur
'oni Karimning oxirgi surasi bo'lmish bu surai karimaga ham uning birinchi oyatidagi «Naas» so'zi nom bo'lib qolgan. «Naas» - «odamlar» deganidir. Bu surai karima yomonlik bilan yaxshilik orasidagi kurashni tasvirlaydi. Shu bilan bir vaqtda, yomonlikdan uzoqda bo'lishlik va undan g'olib kelishlikda Alloh taolodan yordam so'rashga undaydi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

IXLOS SURASI

Mushriklar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib,
bizga Robbingni sifatlab ber, nasabini bayon qilib ber, deganlarida,
Alloh taoloning O'zi «Ixlos» surasini nozil qilib javob bergan.
Bu suraning «Ixlos» deb nomlanganining sababi - Alloh taoloning O’zigagina ibodat qilishga,
faqat O’zigagina yuzlanishga, ixlos qilishga undaganidir.
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam oz hadislaridan birida:
«Ixlos» surasi Qur’onning uchdan biriga to'gri keladi», deganlar.
Chunki Qur'oni Karimning asosiy maqsadi uchga bo'linadi:
a) Allohning tavhidi, yagonaligi isboti va aqiydani tuzatish;
b) ibrat, isloh va o'rnak olish uchun keltirilgan qissalar;
v) shariat hukmlari.
«Ixlos» surasi ushbu narsalarning birinchi qismini o'z ichiga olgan.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

MASAD SURASI

Bu
surai karimaga o'zining oxirgi «Masad» so'zi nom bo'lib qolgan. Suraning ikkinchi ismi «Lahab»dir. Ko'pchilik birinchi ibora - «tabbat yadaa» bilan ham ataydi. «Masad» so'zining ma'nosi «arqon»dir. Surada Abu Lahabning xotini bo'ynida arqon ila dozaxga kirishi ta'kidlangan.
Ushbu suraning qahramoni Abu Lahabning asli ismi Abdul Uzzo ibn Abdulmuttolib bo'lib, ikki yonog'i olovdek qizarib turgani uchun Abu Lahab degan kunya olgan edi.
Alloh taolo «Yaqin qarindoshlaringni ogohlantir», degan oyatni tushirganda, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Safo tepaligiga chiqib, baland ovoz bilan:
«Ey Quraysh jamoasi» deb nido qildilar. Shunda ular to'planishdi. Ul zot ularga qarab: «Agar sizlarga hozir vodiyda otliqlar ustingizga bostirib kelishga tayyor turibdilar, desam, ishonasizlarmi?» dedilar. To'planganlar: «Ishonamiz, sening yolg'on gapirganingni hech ko'rmaganmiz», deyishdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, men sizlarga shiddatli azobdan qo'rqituvchi (Payg'ambar) bo'lib keldim», dedilar. Shunda Abu Lahab: «Halok bo'lgur, bizni shunga yig'dingmi», degandan so'ng Alloh taolo «Masad» surasini nozil qilgan.
Abu Lahab Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari va eng ashaddiy dushmanlaridir. U boyligi g'ururga ketkazgan sinf vakili: ular o'zlariga vazifa yuklatuvchi barcha harakat va tuzumlarga qarshi chigishaveradi.
Abu Lahabning xotini Ummi Jamil ham Islomning ashaddiy dushmanlaridan biri bolib, Payg'ambar alayhissalom haqida turli bo'hton va tuhmatlar tarqatib yurardi. U ham chaqimchilik, g'iybatchilikka o'ch, fitnachi ayollar toifasining vakilasi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

NASR SURASI

Ushbu
surai karimaning nomi o’zining birinchi oyatidagi «Izaa jaa'a nasrullohi» jumlasidan olingan. «Nasr» - nusrat, g'alaba, yordam ma'nolarini anglatadi. Har bir ishda Alloh taoloning nusrati bo'lmasa, bir narsaga erishib bo'lmaydi. Ayniqsa, fath kabi ulkan hodisalar faqatgina Alloh taoloning nusrati ila bo'ladi. Ushbu surai karimada Alloh taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, u zotga O'zi bergan ne'matni eslatmoqda va nasr kelganda, g’alabaga erishilganda o'zni qandoq tutish kerakligini o'rgatmoqda.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

KAFIRUN SURASI

Ushbu surai karimaga ham uning birinchi oyatidagi «Kaafirun» - «kofirlar» so'zi nom bo'lib qolgan. Alloh taolo Paygambarimiz alayhissalomga ushbu surada mushriklarga nisbatan «Ey kofirlar!» deb murojaat qilishni amr qilgan.
«Kaafrun» surasi makkiy suralardan bo'lib, uni «tavhid surasi», «shirkdan poklanish surasi», deb ham vasf qilinadi.
Rivoyatlarda kelishicha, bir guruh Quraysh kofirlari Payg'ambarimizga: «Kelishaylik, biz sening diningga ergashaylik, sen ham bizning dinga ergash, biz sening ilohingga bir yil ibodat qilamiz. Sen bizning ilohimizga bir yil ibodat qilasan», deyishdi. Shunda ul Zot «Alloh saqlasin! Men U Zotga hech shirk keltirmayman», dedilar. Kofirlar: «Bizning ba'zi butlarimizni tavof qilgin (sigin), biz sening ilohingga ibodat qilamiz», deganlarida ushbu sura nozil bo'lgan ekan.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

FIL SURASI

«Fiyl» surasi mashhur Fil voqeasi haqida so'z yuritadi. Bu qissani hamma yaxshi bilardi, hatto, arablar tarixlarini ham ushbu hodisa bolib o'tgan yil bilan belgilashardi.
Qissaning mutasari quyidagicha: Habashiston (Efiopiya) Yamanni bosib olgandan so'ng, Habashiston podshosi Yamanga Abriha al-Ashram ismli shaxsni hokim etib tayinladi. Abriha
barcha habashistonliklar qatori nasroniy dinida edi. U Yaman poytaxti San'o shahrida juda dabdabali, serhasham cherkov qurdirib, unga «al-Qaliys» deb nom berdi. Arablarni Ka'badan burib o'z cherkoviga haj qildirmoqchi bo'ldi. Barcha urinishlari puchga chiggandan so'ng, niyatiga kuch ishlatish yo'li bilan erishmoqchi bo'ldi. Ka'bani buzib tashlab, hammani o'z cherkoviga burishni qasd qildi. Shu maqsadda katta askar to'pladi, urushga kerak bo'ladigan barcha narsalarni oldi, arablarning qalbiga dahshat solish uchun ko'plab fillarni ham oldi va Makkaga qarab yurdi. Yo'lda hech qanday qarshilikka uchramay Toif shahri tarafidan Makkaga yaqinlashib, al-Mig'las degan joyga askari bilan kelib tushdi. So'ngra Makkaga odam yuborib, u yerning ulug'ini olib kelishga buyurdi. U borib Quraysh qabilasi rahbari, ulug'i Abdulmuttolibni yetaklab keldi. Abdulmuttolib gavdali, xushbichim, sersavlat, viqorli odam edi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

ASR SURASI

Ushbu surai karimaga ham uning birinchi oyati nom bo’lib qolgan. «Asr» kalimasi - zamon, yuz yil, umr, asr namozi, o'sha namozning vati kabi ma'nolarni anglatadi.
Alloh taolo ushbu surani asr bilan qasam ichib boshlab, asrning ahamiyatli narsa ekaniga e'tiborni jalb qiladi.
Bu sura, qisqa bo'lishiga qaramay, o'zida juda kop ma'nolarni jamlagan. Imom Shofe'iy rahmatullohi alayhi: «Agar shu suradan boshqa sura tushmaganda ham, odamlarga kifoya qilardi», degan ekanlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ikki kishi uchrashib qolsalar, «Val asri» surasini bir-birlariga o'qib bermasdan tarqalmas ekanlar.
Bu sura bashariyat hayotiga Islom iroda qilgan yo'l-yo'riqni o'z ichiga olgan. «Val asri» surasining bir oyati musulmon ummatining sifatini, haqiqatini va vazifasini bayon qiladi. Bu esa o'z navbatida Qur'onning mo'jizasidir.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

KAVSAR SURASI

Ushbu surai karimaning nomi o'zining birinchi oyatidagi «al-Kavsar» sozidan olingandir. «Kavsar» so'zi lugatda «ko'p yaxshilik», «juda ham ko'p yaxshilik» ma'nosini anglatadi. Arablarda son jihatidan, qadr-qiymat jihatidan va ahamiyati jihatidan kop bolgan narsaga «kavsar» deyiladi. Ushbu suradagi «Kavsardan murod Alloh subhanahu va taolo tomonidan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ikki dunyoda berilgan kop yashiliklardir. Mashhur mufassirlardan Abu Xayyonning aytishlaricha «Kavsar»dan kozlangan murod haqida
yigirma olti xil narsa zikr qilingan ekan.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

QORIA SURASI

Bu surai karima qiyomat kuni haqida so'z yuritib, u kunni yangi nom - «Al-Qoriatu» - «shiddat bilan qoquvchi» nomi bilan ataydi. Bu nomning o'zi dahshatli, chunki alblarni qo'rginchga to'ldiruvchi ma'nosi bor. Ushbu surai karima ana shu so'z bilan boshlangani uchun, bu so'z unga ism bo'lib qolgan.
Sura nihoyasida yaxshi amal qilib o'tganlar najotga erishishi va kofirlar azobu hasratda qolishi ta'kidlanadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

BAYYINA SURASI

Ushbu surai karimaning nomi ham o'zining birinchi oyati oxiridagi kelgan «Bayyina» so'zidan olingandir.
«Bayyina» so'zi lug'atda «bayon qiluvchi», «ochiq-oydin hujjat» va «dalil» ma'nosini bildiradi. Haqni sobit qilish uchun keltiriladigan ashyoviy dalil - bayinadir. Ushbu suradagi
«Bayyina» Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg'ambarliklaridir.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Qur'on nozil bo'lishidan avval olamni fisq-fasod qoplagan, hamma diyonatlar botil, bid'at, xurofotga to'lgan edi. Ahli kitob ham, mushriklar ham barobariga aqiydasi buzuq kishilarga aylangan edilar.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

SHARH SURASI

Bu surai karima «Sharh», «Alam nashroh» va «Inshiroh» nomlari bilan ataladi. Hammasi ham suraning birinchi oyatidagi «Alam nashroh» ta'biridan olingan. «Sharh» so'zi «kengaytirish» ma'nosini bildirib, bu oyatda Alloh taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko’ksilarini keng qilib qo'ygani haqida so’z ketadi. Keyingi oyatlarda Payg'ambar alayhissalomga berilgan yana bir ulug ne'mat - u zotning zimmataridagi da’vat ishining Alloh taolo tarafidan yengillashtirib qo'yilgani alohida ta'kidlanadi. So’ngra Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning maqomlari bu dunyo va oxiratda yuqori ko'tarib qo’yilgani haqida gapiriladi.Keyin esa da'vat yo’lida tortilayogan mashaqqatlar ham esga olinib, osonlik yaqinligi haqida bashorat beriladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

FAJR SURASI

Ushbu surai karimaning birinchi oyati o'ziga nom qilib olingan. Bu sura Makka mushriklari musulmonlarni azoblab, dinga qarshilik qilib, Alloh taoloning aytganiga yurmay turgan bir payda nozil bolgan. Alloh taolo suraning avvalida bir necha narsalar bilan qasam ichib, so'ngra qiyomat kuni albatta bo'lishligini va unda har bir kishi bu dunyoda qilganiga yarasha mukofot yoki jazo olishini aytadi. Makka mushriklariga ulardan avval ham Od, Samud, Fir'avn qamlariga o'shashlar o'tib, osiylik qilganlari uchun oxir-oqibatda azobga duchor bolganlarini, ularning kuch-quvvati, molu mulki vaqti kelganda hech qanday foyda bermaganligini eslatadi.
Shu bilan birga, hamma narsani, qadr-qiymatni molu mulk bilan o'lchashlik ham xato ekanini aytadi. Molu mulk insonga sinov uchun berilishini yoki berilmay qolishini ta'kidlaydi. Hamma qiyomatda o'z qilmishiga yarasha mukofot yoki jazo olishi muqarrardir. Makur ma'nolarning surada kelish tartibi quyidagicha: Suraning boshida fajr, o'n kecha, juftu toq narsalar va yurilgan tun bilan qasam ichiladi. Songra Od, Samud va Fir'avn qissalari o'ziga xos uslub va suraning siyogiga mos ravishda eslatilib, ularning oqibatidan o'rnak olishga chaqiriladi.
Keyin esa Alloh taolo insonga uni sinash uchun ne'mat bersa, u o'zini qandoq tutishi bayon qilinadi.
Suraning oxirida esa qiyomat kunining dahshatlari, undagi ba'zi voqealar, u kunda kofir insonning holi nima boladi-yu, mo'min insonning holi nima bo'ladi - qisqa iboralar ila vasf qilinadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

BURUJ SURASI

Ushbu surai karimaning ismi uning birinchi oyatidagi «Zotil Buruji» so'zidan olingan. «Buruj» burning ko'pligi, ya'ni «burjlar» degani bo'lib, lug'atda «ko'tarilish», «zohir bo'lish» ma'nolarini anglatadi, iste'molda esa bir turkum yulduzlarga ham aytiladi. «Buruj» surasi ham boshqa makkiy suralarga o'shab Islom aqiydasi haqiqatlarini muolaja qiladi.
Bu sura dushmanlar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni va musulmonlarni dindan qaytarish maqsadida qattiq azobga duchor qilganlarida tushgan. Bu surada Alloh taolo mo'minlarning dushmanlarini ogohlantirib, oqibatlari yomon bo'lishini eslatadi. Mo'minlarni esa sabrga chaqiradi. Ulardan avval o'tgan dindorlar ham ko'p azob-uqubatlarga duchor bo'lganliklarini aytadi.
«As'habul uxdud» qissasini o'rnak uchun keltiradi. Kofirlar Fir'avn yoki Samud qavmi kabi kuchli, askarlari ko'p bo'lsa ham, mag'lubiyatga uchrashini eslatadi.
Oxiratda mo'minlar jannatda, ularning dushmanlari do'zaxda bo'ladi. «Buruj» surasi burjlar egasi bo'lmish osmon ila, va'da qilingan kun - qiyomat ila va guvohlik beruvchilar hamda guvohlik berilganlar ila qasam ichish bilan boshlanadi. Keyin esa uxdud egalarining qissasi va ularga nisbatan qilingan tahdid zikr qilinadi. So'ngra Alloh taolo O'zining mo'min bandalariga ozor berganlardan o'ch olishga qodir ekanligi bayon etiladi. Shuningdek, Fir'avn va uning lashkari qissasi keltiriladi. Nihoyat, Qur'oni Karimni vasf qilish ila surai karimaga xotima yasaladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

INSHIQOQ SURASI

Ushbu surai karimaning nomi o'zining «Izassamaaun shaqqot» oyatidan olingan. «Inshiqoq» so'zi arabchada «yorilish» ma'nosini ifoda qiladi. Mazkur oyatda esa qiyomat kuni osmon
yorilishi haqida so'z ketmoqa.
«Inshiqoq» surasi ham boshqa makkiy suralar qatori Islom aqiydasi asoslarini muolaja qiladi. Xususan, bu surai karimada qiyomat masalasiga alohida e'tibor beriladi. Zotan,
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Kim qiyomat kuniga o'z ko'zi bilan ochig'-oydin
nazar solmoqchi bo'lsa, «Izashshamsu kuwirot», «Izassamaaun fatorot» va «Izassamaaun shaqqot» suralarini qiroat qilsin», deganlar. Keling, qiyomatga o'z ko'zimiz bilan ochiq-oydin
nazar solib ko'raylik-chi?
Sura avvalida qiyomat kuni borliqda sodir boladigan ulkan o'zgarishlar haqida so'z ketadi. So'ngra inson, xohlasa-xohlamasa, Alloh taoloning huzurida hisob berishi, agar bu dunyoda yaxshi amallar bilan o'tgan bolsa, nomai a'molini o'ng tarafidan olib, osonlik bilan jannatga kirishi, bu dunyoda yomonlik bilan o'tgan bolsa, amallar kitobini orqasidan olib do'zaga
tushishi, u yerda o'lib azobdan qutulmoqchi bo'lsa, o'lmasdan abadiy azobda qolishi haqida so'z ketadi.
Shuningdek, «Inshigoq» surasida kofiru mushriklarning Qur'oni Karimga nisbatan tutgan mavqiflari(munosabatlari) ham zikr qilinib, bir necha narsalar ila qasam ichib, ular, albatta,
qiyomat kunida shiddatli azoblarga duchor bo'lishlari ta'kidlanadi.
Suraning oxirida oyat va dalillarni ochiq-oydin ko'rib turib ham Alloh taologa iymon keltirmagan kimsalar oxiratda alamli azoblar tortishlari xabari beriladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

MUTOFFIFUN SURASI


Ushbu surai karimaning nomi «Mutoffifun» o'zining birinchi oyatidan olingandir.
«Mutoffifun» so’zini bizning tilimizga, ushbu surai karima ma'nosini e’tiborga olganda,
«o'lchovdan urib qoluvchilar» deb tarjima qilish mumkin.
«Mutoffifun» so'zining asl o'zagi «tofif» bo’lib «ozgina narsa» ma'nosini anglatadi.
Savdo, oldi-berdi paytida o'chovdan urib qoluvchi ham oz-ozdan urib qoladi.
Agar u o'chovda ko'p urib qolsa, xaridor bilib qolishi mumkin.
Suraning «Mutoffifun» - «o'Ichovdan urib qoluvchilar»,
deb nomlanishidan ham unda ushbu qabih va harom ish haqida so'z ketishi bilinib turibdi.
«Mutoffifun» surasi Makkada, Islom da'vatining dastlabki davrida nozil bo’lganini e'tiborga oladigan bolsak,
o'sha davrdagi nozil bolgan oyatlarda iymon-e'tiqod, tavhid, qiyomat, jannat, dozax,
Qur'on va payg'ambarlik kabi masalalar bilan bir qatorda ba'zi bir itimoiy muomalalar
ham muolaja qilingani ma'lum bo'ladi. «Mutoffifun» surasi boshqa makkiy suralarga o'shab aqiyda
masalasini muolaja qiladi. Suraga asl ism qilib olingan «o'Ichovdan urib qolish» masalasini ham
aqiyda masalasi asosida muolaja qiladi. Tarozidan urib qoluvchilarni oxiratdan
qo'rqmaganlari uchun shu ishni qilishlikda ayblaydi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

INFITOR SURASI


Ushbu suraning nomi o'zining birinchi oyatidagi «infatorot» so'zidan olingan bo'lib, bu so'z «yorilish» ma'nosini anglatadi.
«Infitor» surasida ham, o'zidan avvalgi «Takvir» surasidagi kabi qiyomat haqida so'z yuritiladi. Lekin oziga xos uslubda va o'ziga xos ohangda so'z yuritiladi. Bu sura g'ururga ketgan insonga xitob qiladi. Dinni, qiyomatni yolg'onga chiqarmaslikka undaydi. Agar bu narsalarni unutib qo'ysa ham, unga biriktirib qo'yilgan farishtalar hech narsani qoldirmay yozib borishini, qiyomat kuni esa hisob-kitob bo'lishini eslatadi. Yaxshilarning oqibati nima bo'lishi ham bu surai karimada o'ziga xos ravishda zikr qilinadi.
«Infitor» surasining avvalida qiyomat kuni borliqda yuzaga keladigan ulkan inqilob, to'ntarish va dahshatlar: osmonning yorilishi, yulduzlarning sochilib ketishi, dengizlarning portlashi, qabrlarning ichidagi narsalar sochilishi va undan so'ng hisob-kitob bolishi haqida so'z ketadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

INFITOR SURASI


Ushbu suraning nomi o'zining birinchi oyatidagi «infatorot» so'zidan olingan bo'lib, bu so'z «yorilish» ma'nosini anglatadi.
«Infitor» surasida ham, o'zidan avvalgi «Takvir» surasidagi kabi qiyomat haqida so'z yuritiladi. Lekin oziga xos uslubda va o'ziga xos ohangda so'z yuritiladi. Bu sura g'ururga ketgan insonga xitob qiladi. Dinni, qiyomatni yolg'onga chiqarmaslikka undaydi. Agar bu narsalarni unutib qo'ysa ham, unga biriktirib qo'yilgan farishtalar hech narsani qoldirmay yozib borishini, qiyomat kuni esa hisob-kitob bo'lishini eslatadi. Yaxshilarning oqibati nima bo'lishi ham bu surai karimada o'ziga xos ravishda zikr qilinadi.
«Infitor» surasining avvalida qiyomat kuni borliqda yuzaga keladigan ulkan inqilob, to'ntarish va dahshatlar: osmonning yorilishi, yulduzlarning sochilib ketishi, dengizlarning portlashi, qabrlarning ichidagi narsalar sochilishi va undan so'ng hisob-kitob bolishi haqida so'z ketadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

TAKVIR SURASI


Qiyomat kuni shunchalik katta hajmdagi, butun dunyoni o'z yorug'i bilan tutib turgan quyosh ham osongina o'ralib, yorug'i so'nib, hech narsa bo'lmay qoladi. Ana shu ma'noni ifodalovchi
«Takvir» so'zi surai karimaga nom qilib olingan.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM