AlQuranuz-Shayx Alijon qori
132K subscribers
3.46K photos
1.64K videos
3 files
4.51K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

QADR SURASI

Ushbu
surai karimaning nomi ham o’zining birinchi oyatidagi «Qadr» kalimasidan olingan, to'g'rirogi, «Laylatul Qadr»dan olingan. Bu muborak kecha «qadr» deb atalishining ikki xil ma'nosi bor. Birinchisi qadr, ya'ni qadri ulug’, ikkinchisi qadar, ya'ni bandalarning qadarini belgilashdir. Chunki Laylatul Qadr kechasi qadri ulug' kechadir. Laylatul Qadr kechasi bandalarning bir yillik qadarlari - taqdirlari belgilanadigan kechadir. Ushbu surai karima boshidan oxirigacha muborak Laylatul Qadr kechasiga bag’ishlangandir. Barcha xalqlarda o'tgan ulug' kishilari, mashhur kunlari, dasturlari yoki boshqa munosabatlarini bayram qilish odat tusiga kirgan. Islomda esa oziga xos bayram bo'ladi. Ilohiy dastur bayrami bo'lmish «Laylatul Qadr» kechasi shulardan biridir. Chunki xuddi shu kechada Quroni Karimning nozil bo'lishi boshlangan. Bu bayramda qalbni poklash, vijdonni sayqallash uchun ibodat qiladilar. Alloh taologa yaqinlik hosil qilish uchun bu kecha bedor bo'lib, tunni ibodat bilan o'tkaziladi. «Qadr» surasida Alloh taolo musulmonlarga O'zi bergan ulkan ne' matni, ularni zulmatdan nurga olib chiqgan Qur'oni Karimni nozil qilganini eslatadi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM