#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYGAN BANDALAR
ADOLATLI KISHILAR
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“... Albatta, ALLOH ADOLATLI KISHILARNI SEVAR” (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).
Adolat – jamiyatning tirgagi! Jamiyatdagi tartib-intizom adolat sababli bir maromda saqlab turiladi. Shuning uchun Islom dini barcha ishlarda adolat bilan ish ko‘rishga chorlaydi. Qurʼoni karim va hadisi shariflarda yetimlar, ayollar, farzandlar, qo‘shnilar va hatto o‘zga din vakillariga ham adolat bilan muomalada bo‘lishga targ‘ib qilingan. Shuningdek, zulm va poraxo‘rlik kabi adolatga xalal beradigan amallar Islom shariatida harom qilingan.
Arab tilida adolat so‘zi ikki xil shaklda ifodalanadi:
1. Adl (عدل);
2. Qist (قسط).
Mazkur oyatda “adolatli kishilar” iborasi “قسط” (qist) o‘zagidan olingan “المقسطون” (muqsitun) kalimasi bilan ifodalangan. “Qist” adolat qilishda mubolag‘a qilish, adolat o‘rnatishga odatlanish va adolatning bardavomligini taʼminlashda qattiq harakat qilish hamda zulmni bartaraf qilish kabi maʼnolarni anglatadi.
Yoshu qari, katta-yu kichik, ayolu erkak, bo-yu kambag‘al – barcha alodat oldida tengdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kirib keladi. Ularning biri boy, boshqasi esa faqir inson edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Faqir boyga zulm qilmaydi”, degan o‘y bilan faqirning tarafini ola boshlaydilar. Shunda Alloh taolo bu ish noto‘g‘riligini bayon qiladi va boy va faqirning o‘rtasida adolat bilan hukm chiqarish lozimligini taʼkidlab, quyidagi oyatni nozil qiladi: “Ey imon keltirganlar! Adolatda barqaror turib, o‘zlaring yoki ota-onalaring va qarindoshlaring zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun (to‘g‘ri) guvohlik beringiz! U (guvohlik beriluvchi) boy bo‘ladimi, kambag‘al bo‘ladimi, Alloh u ikkisiga (ogohlik jihatidan) yaqinroqdir. Bas, adolatli bo‘lishingiz uchun havoyi nafsga berilib ketmangiz! Agar (tillaringizni) bursangiz yoki (guvohlikdan) bosh tortsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir” (“Niso” surasi, 135-oyat).
Batafsil👇
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-05-29

Telegraph
Qur'ondan guldasta: ALLOH SUYGAN BANDALAR
ADOLATLI KISHILAR Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “... Albatta, ALLOH ADOLATLI KISHILARNI SEVAR” (“Mumtahana” surasi, 8-oyat). Adolat – jamiyatning tirgagi! Jamiyatdagi tartib-intizom adolat sababli bir maromda saqlab turiladi. Shuning uchun Islom dini…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYGAN BANDALAR
XULOSA
Oldingi maqolalarda Alloh suygan bandalarning sifatlari haqida eʼtiboringizga baʼzi maʼlumotlarni taqdim qildik. Keling, bu ulug‘ baxtga sazovor bo‘lgan bandalarni yana bir bor esga olamiz:
Alloh sevgan bandalar
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashgan insonlar (“Oli Imron” surasi, 31-oyat).
2. Muhsinlar (“Oli Imron” surasi, 134-oyat).
3. Tavba qiluvchilar (“Baqara” surasi, 222-oyat).
4. Poklanuvchilar (“Tavba” surasi, 108-oyat).
5. Taqvodorlar (“Oli Imron” surasi, 76-oyat).
6. Tavakkul qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 159-oyat).
7. Sabr qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 146-oyat).
8. Adolatli kishilar (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).
Shuningdek, hadisi shariflarda ham Alloh suygan bandalarning baʼzi toifalari zikr etilgan. Jumladan:
1. Qurʼonni yaxshi ko‘radigan banda (“Majmaʼ az-zavoid”. J.7. – B. 165).
2. Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘radiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
3. Alloh uchun hammajlis bo‘ladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
4. Alloh uchun bir-birini ziyorat qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
5. Alloh uchun bir-birlariga (mol-davlat va yordamini) sarf qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
6. Hilm – muloyimlik bilan muomala qiladiganlar (“At-Targ‘ib va at-tarhib”. J.2. – B. 75; “Kanz al-ummol”. J.3. – B. 131).
7. Farz ibodatlar bilan birga nafl ibodatlarni ham bajaradigan kishilar (“Sahih al-Buxoriy”, 6502-hadis).
8. Allohga yo‘liqishni yaxshi ko‘radigan banda (“Sahih Ibn Hibbon”. J.7. – B. 279; “Sunan at-Termiziy”, 1067-hadis).
9. Tunda uyqudan turib, Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
10. O‘ng qo‘li bilan qilgan sadaqani chap qo‘li bilmaydigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
11. Mag‘lub bo‘lsa-da, dushmanga qarshi kurashgan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
12. (Allohning azobidan qo‘rqib, gunohlardan siqilib) qalbi g‘amgin bo‘lgan kishi (“Al-Mustadrak ala as-sahihayn”. J.4. – B. 351; “Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 271; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 295).
13. Tavba qiluvchi yoshlar (“At-Tanvir bi sharh al-Jaomiʼ as-sag‘ir”. J.1. – B. 269; “Kanz al-ummal”. J.4. – B. 209).
14. To‘xtovsiz duo qiladigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 364; “Musnad ash-Shihab al-Quzoʼiy”. J.2. – B. 145).
15. To‘g‘ri so‘zlaguvchi kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
16. Omonatga xiyonat qilmaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
17. Qo‘shnisiga ozor bermaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
18. Tavozeli va kamtar insonlar (“Kanz al-ummal”. J.5. – B. 821; “Jomiʼ al-ahadis”. J.23. – B. 275).
19. Tanilmagan (maxfiy sadaqa qiladigan) taqvodor boy kishi (“Sahih Muslim”, 2965-hadis).
20. Hamma bir kishiga yordam berishdan bo‘yin tovlagan paytad unga yashirincha yoram bergan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
21. Hamma charchab uyquni afzal ko‘rib, boshlarini yostiqqa qo‘yganlarida tunda uxlamasdan Allohga iltijo qiladigan va Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
22. G‘ayratli kishilar (“Al-Muʼjam al-avsat”. J.8. – B. 215; “Jomiʼ al-ahadis”. J.41. – B. 252).
23. Qo‘shnisining ozorlariga sabr qiladigan kishi (“Kanz al-ummal”. J.9. – B. 51; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 292).
24. Dunyodan zuhd qilib, odamlar qo‘liga qarab qolmagan kishi (“Sharh as-sunna”. J.14. – B. 238; “Sunan Ibn Moja”, 4102-hadis).
Mazkur bandalar Allohning muhabbatiga sazovor bo‘lgan kishilardir. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: “Allohning sevgisi”, deganda nimani tushunish mumkin?
Batafsil👇
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-06-02

XULOSA Oldingi maqolalarda Alloh suygan bandalarning sifatlari haqida eʼtiboringizga baʼzi maʼlumotlarni taqdim qildik. Keling, bu ulug‘ baxtga sazovor bo‘lgan bandalarni yana bir bor esga olamiz: Alloh sevgan bandalar 1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR – HADDAN OSHUVCHILAR
Alloh taolo haddan oshuvchi kimsalarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta o‘rnida bayon qilgan. Keling, mazkur toifaning baʼzi sifatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Zero, dono xalqimizda «Odobni odobsizdan o‘rgan» degan hikmatli naql bor. Shoyad Allohning sevgisidan mahrum bo‘lgan insonlarni yaxshi tanib olib, xatosini takrorlamaslikka harakat qilsak...
Batafsil:
https://telegra.ph/ALLOH-SUYMAGAN-BANDALAR--HADDAN-OSHUVCHILAR-06-09

Alloh taolo haddan oshuvchi kimsalarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta o‘rnida bayon qilgan. Keling, mazkur toifaning baʼzi sifatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Zero, dono xalqimizda «Odobni odobsizdan o‘rgan» degan hikmatli naql bor. Shoyad Allohning…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
BUZG‘UNCHILAR
Alloh taolo buzg‘unchilik va buzg‘unchilarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta oyatida zikr qilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi:
“(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Alloh esa, fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi” (“Baqara” surasi, 205-oyat).
“... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi” (“Moida” surasi, 64-oyat).
“... Yerda buzg‘unchilik qilishni istama! Chunki Alloh buzg‘unchilarni suymas”, – dedilar” (“Qasas” surasi, 77-oyat).
Imom Moturidiy rahimahullohning taʼkidlashicha, yer yuzida buzg‘unchilik qilishning bir nechta ko‘rinishlari bor. Jumladan:
Fitna qo‘zg‘atish
Mo‘minlarni aldash, yaʼni so‘zda ularga muvofiq ekanini izhor qilib, qalbda esa ularga xilof – adovatni yashirish, o‘zaro yolg‘iz qolganlarida mo‘minlarni masxara qilish, ular haqida noloyiq so‘zlarni aytish va Allohdan o‘zgaga ibodat qilish yer yuzida buzg‘unchilik qilish. Bundan ham katta buzg‘unchilik bormi?!
Ayollarni tahqirlash
Imom Moturidiy rahimahullohning aytishicha, mazkur oyatdagi “ekin” so‘zi ayol maʼnosida kelgan. Ayollarni o‘ldirish naslni halok qilish demakdir.
Ekinzorlar va hayvonlarni halok qilish
Mazkur oyatdagi “nasl” so‘zi chorva hayvonlarini anglatadi. Yaʼni, ekinzorlarni yoqib, hayvonlarni qisir qilib qo‘yish yer yuzida buzg‘unchilik qilishdir.
Maʼsiyat va fasod ishlarni qilish
Odamlar fasod va gunoh ishlarga berilib ketsalar, Alloh ulardan yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada insonlar va boshqa narsalar halok bo‘ladi. Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda fitna-fasod qilish ishlari bilan yuradi”degan jumlani “Yerda Allohga osiy bo‘ladi”, deb tafsir qilgan. Mazkur oyatdagi “Alloh fasodni yoqtirmaydi” degan jumlani esa shunday tafsir qilgan: “Alloh Maʼsiyatlar qilinishiga rozi bo‘lmaydi”. Shuningdek: “... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi” (“Moida” surasi, 64-oyat) oyatini sharhlab, shunday yozadi: “Ular yerda maʼsiyat bilan ish olib boradilar va odamlarni Allohdan o‘zgaga ibodat qilishga chorlaydilar. Alloh maʼsiyat qilganlarning ishidan rozi bo‘lmaydi. Alloh fasod ahlini va ularning amalini yaxshi ko‘rmaydi”.
Qotillik
Oyatdagi “ekinni halok qilish” iborasi odam farzandini o‘ldirish maʼnosini ham anglatishi mumkin. Yaʼni, odamlarni halok qilish ekinzorlarni halok qilish demakdir. Zero, ekin ekadigan ham, nasl qoldiradigan ham odam farzand hisoblanadi.
Zulm va bog‘iylik
Imom Nasafiy rahimahulloh buni shunday izohlaydi: “Odamlar zulmni oshkora qila boshlasalar, Alloh taolo ularning bu zulmi sababli yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada ekinzorlar va nasl (odamlar suvsizlikdan) halok bo‘ladilar”. Imom Nasafiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda buzg‘unchilik qilish” iborasini sharhlab, shunday degan: “Yerda zulm va bog‘iylik bilan buzg‘unchilik qilishni istama!”.
Batafsil👇 https://telegra.ph/ALLOH-SUYMAGAN-BANDALAR-06-15

ALLOH SUYMAGAN BANDALAR BUZG‘UNCHILAR Alloh taolo buzg‘unchilik va buzg‘unchilarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta oyatida zikr qilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi: “(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
GUNOHKOR SUDXO‘RLAR
Alloh taolo shunday deydi:
“Alloh sudxo‘rlikni (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqa (beruvchilarga boylik)larni ziyoda etadi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol deb biluvchi) kofirni va (uni davom ettiruvchi) gunohkorni yoqtirmaydi” (“Baqara” surasi, 276-oyat).
Islom shariatida mehnat qilmay, o‘zgalarning mehnati evaziga foyda ko‘rish qattiq qoralanadi. Xususan, dangasalik va ishsizlik Islom dini taʼlimotlariga zid xulqlar sanaladi. Shu bois dinimizda ribo, yaʼni sudxo‘rlik va qimor harom qilingan.
Sudxo‘rlik sharʼiy istilohda “ribo” deb ataladi. “Ribo” lug‘atda “ko‘paymoq, ziyodalashmoq” maʼnolarini anglatadi. Shuningdek, ribo “rimo”, “rimoʼ”, “rubiya” yoki “rubbiyya” (رما أو رماء أو ربية) tarzida ham qo’llaniladi. Bu borada Umar roziyallohu anhudan shunday rivoyat bor: “Men sizlarning rimo qilishingizdan qo‘rqaman”.
Ribo Qurʼon, sunnat va ijmoʼ bilan harom qilingan amallardan bo‘lib, kabira gunoh va “yetti halok qilguvchi” maʼsiyatlarning biri. Shu bois riboni halol sanagan odamning dindan chiqishi xavfi bor. Lekin riboning haromligini inkor qilmagan holda sudxo‘rlikni amalga oshirganlar esa, gunohkor hisoblanadi.
Mazkur oyatda riboni halol sanab, sudxo‘rlikda bardavom bo‘lgan gunohkorlar nazarda tutilgan. Bunday kimsalar Allohning muhabbatidan mosuvo bo‘ladilar. Bu haqida mufassir olimlar shunday yozadilar: “Alloh kufr keltiruvchi, yaʼni riboning haromligini inkor qilib, ko‘p kufr keltirgan va gunohkor, yaʼni riboni isteʼmol qilib, osiy bo‘lgan va bu ishida to‘xtamay davom etadigan kimsani sevmas”.
Sudxo‘rlik zohiran foydali bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u mol-davlat kushandasi hisoblanadi. Bu haqida Imom Moturidiy rahimahulloh shunday yozadi: “Insonlar farzandlariga bo‘lgan shafqatlari sababli mol-davlat to‘playdilar va ularning kelajagini o‘ylab, infoq qilishda baxillik qiladilar. Chunki to‘plagan mol-mulkidan farzandlari foydalanishini istaydilar. Hatto baʼzida mol-mulk topish uchun harom ishlar, jumladan, riboga ham qo‘l uradilar. Insonning ribo yo‘li bilan to‘plagan mol-davlati farzandlariga buyurmaydi. Aksincha, sadaqa va infoq qilgan mol-mulki yana-da ortib, undan farzandlari ham foydalanadi. Alloh taolo ribodan barakani ko‘tarib, sadaqaning barakasini esa ko‘paytirib qo‘yadi”.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh shunday deydi: “Aytishlaricha, ribo yegan odamning mol-davlati quyidagi uch holatdan biriga yo‘liqadi:
1. Mol-mulki qo‘lidan ketadi, talofatga uchraydi;
2. Farzandlarining qo‘lidan ketadi, yaʼni ularga buyurmaydi;
3. Mol-davlatni keraksiz joylarga sarflab yuboradi”.
Shuning uchun ham Alloh taolo musulmonlarni ribo – sudxo‘rlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirgan va bunday kimsalarni sevmasligini eʼlon qilgan.
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Qarang: Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. J.1. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 2004. – B. 231;
2. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 235;
3. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 225;
4. Qarang: Al-Mavsuʼa al-fiqhiyya. J.22. – Quvayt: Islomiy ishlar va vaqflar vazirligi, 2009. – B. 50-51.

ZOLIMLAR
Oldingi guldastalarimizda taʼkidlanganidek, Alloh taolo adolatli bandalarni yaxshi ko‘radi. Buning aksi o‘laroq, Alloh taolo zolimlarni yoqtirmaydi va bu Qurʼoni karimning uchta oyatida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi:
“Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotni mukammal berur. Alloh zolimlarni yoqtirmas” (“Oli Imron” surasi, 57-oyat).
“Agar sizlarga (Uhud jangida) jarohat (mag‘lubiyat) yetgan bo‘lsa, u qavmga ham (Badr jangida) xuddi shunday jarohat (mag‘lubiyat) yetgan. Imonli kishilarni bilish (sinash) va sizlardan shahidlarni saralab olish uchun (Biz) shu (g‘alaba) kunlarni (ketma-ket) almashtirib turamiz. Alloh zolimlarni sevmagay” (“Oli Imron” surasi, 140-oyat).
“(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolim (tajovuzkor)larni sevmas” (“Sho‘ro” surasi, 40-oyat).
Zulm so‘zi lug‘atda “biror narsani o‘z joyiga qo‘ymaslik” maʼnosini anglatib, istilohda bir nechta maʼnolarda keladi. Mufassir olimlar bu maʼnolarni quyidagicha izohlaganlar:
1. O‘zganing mulkini nohaq o‘zlashtirish: “Alloh zulmni yoqtirmaydi. Zulm – biror narsani o‘z joyiga qo‘maslik. Kim haqqi bo‘lmagan narsani olsa, u zolimdir”.
2. Zarar berish: “Zolimlar zarar beruvchilar demakdir. Chunki har bir zolim dunyoda ham, oxiratda ham o‘z nafsiga zarar beradi”.
3. Jazoga loyiq bo‘lgan ishni qilish: “Inson tomonidan sodir etilgan va jazoga loyiq bo‘lgan har qandan ish zulmdir”.
4. Shariat tomonidan ruxsat berilmagan ishni bajarish: “Bandaga izn berilmagan har bir amal zulmdir. Chunki bunday banda o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi”.
5. Kufr: “Imonsizlarning zolim deb atalishining sababi shundaki, ular ilohlikni o‘z o‘rniga qo‘ymadilar”. Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh shunday yozadi: “Alloh zolimlarni sevmas, yaʼni imonda sobit turmaganlar munofiq va imonsizlarni yoqtirmaydi”.
6. Haddan oshish: “Alloh zolimlar, yaʼni haddan oshuvchilarni sevmas”.
Allohim! Bizlarni zolim qavmlar bilan birga qilmagin! Bizlarni o‘z nafsiga zarar berib, muhabbatingdan bebahra bo‘ladiganlardan qilmagin!

1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Ahmad Vonli o‘g‘li. / J.1. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 91, 124-125;
2. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Murtazo Badr. / J.13. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 205;
3. Qarang: Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 296;
4. Qarang: Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.3. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 259.
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
👇 Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
KIBRLI VA MAQTANCHOQLAR
Alloh taolo shunday deydi:
“Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shniyu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! ALBATTA, ALLOH KIBRLI VA MAQTANCHOQ KISHILARNI SEVMAYDI” (“Niso” surasi, 36-oyat).
Allohga nisbatan sodir etilgan ilk gunoh nima ekanini bilasizmi? Kibr! Ha, Iblisni Allohning buyrug‘iga qarshi chiqishga undagan narsa kibr edi: “Eslang, (ey Muhammad!) Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilingiz!” – deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, TAKABBURLIK QILDI va kofirlardan bo‘ldi” (“Baqara” surasi, 34-oyat). Shuning uchun ham Alloh ushbu shaytoniy xulqni va bu razil illat bilan xulqlanganlarni suymaydi.
Imom Moturidiy rahimahulloh “Niso” surasidagi mazkur oyatni sharhlab, shunday yozadi: “Kibrli” so‘zi “اخْتِيَالٌ” o‘zagidan olingan bo‘lib, bir nechta maʼnolarni anglatadi:
1. Mutakabbir;
2. O‘ta yolg‘onchi, firibgar;
3. Gerdayib yuruvchi.
Bunday insonning xatti-harakatidan ikki xil maʼnoni anglash mumkin:
1. Alloh taologa kibr qiladi.
2. Allohning bandalariga mutakabbirlik qilib, ularga firib beradi”.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh mazkur oyat sharhida quyidagilarni yozadi: “Kibrli va maqtanchoq kishilar” so‘zlarining maʼnosi shuki, ular Alloh bergan neʼmatlar bilan faxrlanib, ularning shukrini ado qilmaydilar hamda odamlarga mutakabbirlik bilan munosabatda bo‘ladilar”.
Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh kibrli va maqtanchoq kishilarni tavsiflab, quyidagilarni yozadi: “Kibrli kishi qarindoshlari va qo‘shnilaridan jirkanib, ularga iltifot ko‘rsatmaydi. Maqtanchoq kishi esa, o‘ziga berilgan neʼmatlarni kibr sifatida qabul qiladi. Agar eʼtirof sifatida qabul qilganida (kibr emas) shukr bo‘lar edi”.
Mulla Ali Qori rahimahulloh ham shunga yaqin so‘zlarni aytgan: “Kibrli va maqtanchoq kishilar qarindoshlari, qo‘shnilari, do‘stlari va qo‘l ostidagi xizmatchilariga past nazar bilan boqib, ularga kibr bilan munosabatda bo‘ladi. Yoki qo‘l ostidagilarning xizmatidan foydalanib, ularga yaxshilik qilmaydi va ular bilan boshqalarga maqtanadi”.
Allohim! Kibr va maqtanchoqlik illatlaridan saqlanishda bizga O‘zing tavfiq ber! Bizni muhabbatingdan bebahra qilma!
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Qarang: Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Muhammad Bo‘yniqalin. / J.3. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 229;
2. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 354;
3. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 357;
4. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 423.

sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
XIYONATKOR JINOYATCHILAR
Alloh taolo shunday deydi:
“O‘zlariga xiyonat qiluvchilar haqida tortishib o‘tirmang. Albatta, ALLOH XIYONATCHI VA JINOYATCHI BO‘LGAN KIMSANI SEVMAYDI” (“Niso” surasi, 107-oyat).
Bu oyatning sababi nuzuli haqida Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh shunday rivoyat keltiradi: “Banu Zafar qabilasida Tuʼma ismli o‘g‘ri bor edi. Qo‘shnisi Qatoda ibn Noʻmonning sovutni o‘g‘irlab, uni un solingan qopga yashiradi va uni berkitish uchun joy izlay boshlaydi. Bu orada qop teshilib, un yerga to‘kiladi. Tuʼma o‘g‘irlangan sovutni Zayd ibn Samin ismli bir yahudiyning uyiga berkitib qo‘yadi. Sovut o‘g‘irlangani maʼlum bo‘lgach, dastlab uni Tuʼmadan qidirishadi, lekin sovutni topa olmaydilar. Tuʼma ham: “Men olmaganman, bu haqda hech narsa bilmayman”, deb qasam ichadi. Banu Zafar qabilasi to‘kilgan un bo‘ylab sovutni qidira boshlaydilar va mazkur yahudiyning uyiga keladilar. Ular yahudiyni qo‘lga olishadi. Yahudiy: “Buni menga Tuʼma tashlab ketgan”, deb bir nechta yahudiylarni guvoh qilib keltiradi. Tuʼmaning o‘g‘riligi oshkor bo‘lgach, Banu Zafar qabilasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Sherigimiz Tuʼmani himoya qiling. Agar shunday qilmasangiz, u halok bo‘ladi va sharmanda bo‘ladi, yahudiy esa oqlanib, obro‘si ortadi”, deyishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonning yahudiylar oldida sharmanda bo‘lishini istamay, uni himoya qilmoqchi bo‘ladilar. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi.
Alloh taolo mazkur oyatda Tuʼmaning nomaqbul ishini sifatlar ekan, “خَوَّان” tarzida mubolag‘a siyg‘asini zikr qilgan, yaʼni uni “o‘ta xiyonatkor” deb atagan. Chunki Tuʼma umrining oxirigacha xiyonat qilishdan, yaʼni o‘g‘rilikdan qaytmagan. Rivoyat qilishlaricha, Tuʼma Makkaga qochib ketib, keyinchalik murtad bo‘lgan. Makkadagi bir hovliga o‘g‘rilikka tushish maqsadida devorni teshayotganida devor qulab ketgan va devorning ostida qolib o‘lgan.
Inson – xatokor. Banda xato qilgach, darhol tavba qilishi va qilgan xatosini boshqa takrorlamasligi lozim. Aks holda, Tuʼma kabi xiyonatkor jinoyatchiga aylanib qoladi va Allohning muhabbatidan bebahra bo‘ladi.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh mazkur oyat sharhida shunday yozadi: “Xiyonatchi” gunoh bilan xiyonat qiladigan, “jinoyatchi” esa, qilgan gunohini boshqaning bo‘yniga qo‘yib, tuhmat qiladigan kimsadir”.
Ha, gunoh-maʼsiyat bilan takror-takror o‘ziga xiyonat qiladigan va qilgan jinoyatlarini o‘zgalarga nisbat berib, ularga tuhmat qiladiganlar Allohning muhabbatidan mosuvodirlar.
Bu oyatdagi xiyonatga Mulla Ali Qori rahimahulloh shunday taʼrif bergan: “Xiyonat – nafsning nasihat qabul qilmasdan, o‘z maqsadiga ergashishi”.
Tuʼmaning hayoti bunga yaqqol misol. Tuʼma qilgan xatosidan o‘ziga yarasha xulosa chiqarmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasihatlariga quloq solmadi. Gunoh-maʼsiyat ishlarda davom etdi. O‘g‘rilikni o‘ziga kasb qilib oldi. Natijada shu dunyoning o‘zidayoq jazosini oldi. Oxiratda esa, shubhasiz, Allohning muhabbatidan bebahra qoladi.
Allohim! Bizni gunohda bardavom bo‘ladigan xiyonatkor jinoyatchilardan qilmagin! Bizlarni tavba va istig‘for neʼmati bilan siylagin!

1. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 385;
2. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 392-393;
3. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 460..
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

ALLOH QASAM ICHGAN TO‘RT ULUG‘ NARSA
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Qasamyod etaman tong (vaqti) bilan, “O‘n kecha” bilan, juft va toq (narsalar) bilan va o‘tayotgan tun bilan” (“Fajr” surasi, 1-4-oyatlar).
Alloh taolo mazkur oyatda to‘rtta ulug‘ narsaning nomini zikr etib, ular bilan qasam ichgan:
1. Tong;
2. “O‘n kecha”;
3. Juft va toq narsalar;
4. O‘tayotgan tun.
Alloh taolo arzimas narsalar bilan qasam ichmaydi. Alloh qaysi narsa bilan qasam ichsa, o‘sha narsaning qadri Uning nazdida ulug‘ ekanini anglatadi. Yuqoridagi oyatda ham ana shunday ulug‘ narsalardan to‘rttasi zikr etilgan:
Tong. Bu so‘zning tafsiri borasi turli fikrlar mavjud. Jumladan:
1. Abu Lays Samarqandiy rahimahullohning taʼkidlashicha, bu tongdan murod Muharram oyining ilk kunidir.
2. Ibn Ato rahimahulloh shunday degan: “Tong – Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Chunki U zot sababli imon va ehson nuri tongdek yorishdi, kufr va kufron zulmati g‘oyib bo‘ldi”.
3. Zulhijja oyining tongi.
“O‘n kecha”. Bu kechalar borasida turli qarashlar mavjud. Jumladan, mufassir ulamolar bu haqida shunday deganlar:
1. Zulhijja oyining ilk o‘n kuni.
2. Muso alayhissalom ro‘za tutgan o‘n kun;
3. Muharram oyining ilk o‘n kuni;
4. Ramazon oyining oxirgi o‘n kuni.
Bu o‘n kechaning fazilati ko‘p bo‘lgani bois ular qaysi kun ekani aniq bayon qilinmagan”.
Juft va toq narsalar. Bu borada ham turli qarashlar bor. Jumladan:
1. Juft – qurbonlik kuni. Chunki bu kun Zulhijjaning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi. Toq – Arafa kuni. Chunki bu kun Zulhijja oyining to'qqizinchi kuniga to‘g‘ri keladi.
2. Juft va toq bo‘lgan narsalar;
3. Mazkur o‘n kechaning juft va toq kechalari;
4. Juft va toq namozlar. Juft – bomdod, peshin, asr va xufton namozlari. Toq – shom namozi;
5. Juft – mavjudotlar. Toq esa Alloh taolo.
6. Ali roziyallohu anhu shunday degan: “Juft – Odam alayhissalom va Havvo. Toq – Alloh subhanahu va taolo”.
7. Hasan rahimahulloh shunday degan: “Juft – erkak va ayol. Toq – Alloh taolo”.
8. Juft va toq sonlar.
9. Juft – mavjudotlarning antonim sifatlari. Yaʼni, ilm va johillik, qudrat va ojizlik, hayot va o‘lim kabi. Toq – Allohning ziddi bo‘lmagan sifatlari. Yaʼni, Allohning ilm sifati, Uni johillik bilan sifatlab bo‘lmaydi. Allohning qudrat sifati, Uni ojizlik bilan sifatlab bo‘lmaydi. Allohning hayot sifati, Uni o‘lim bilan sifatlab bo‘lmaydi.
O‘tayotgan tun. Bu tun borasida ham turli tafsirlar mavjud. Jumladan:
1. “Muzdalifa kechasi”. Yaʼni, bu kechada hojilar Muzdalifaga yo‘l oladilar.
2. Qadr kechasi.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: “Nima uchun bu to‘rt narsa bilan qasam ichilgan? Buning hikmati nima?” Bu savollarga kelgusi guldastamizda javob olasiz insha Alloh.

1. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.3. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 475;
2. Abul Barakot Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil (Tafsir an-Nasafiy) J.3. – Bayrut: Dar al-kalim at-tayyib, 1998. – B. 637;
3. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.5. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 316-317.

YOMON SO‘ZNI OSHKORA AYTUVCHILAR
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko‘rmaydi. Magar mazlumdan bo‘lsa, mayli. Alloh eshituvchi va bilguvchi zotdir” (“Niso” surasi, 148-oyat).
Ushbu oyatda Alloh suymagan bandalarning yana bir sifati bayon qilingan. U ham bo‘lsa, yomon so‘zni oshkora aytish. Allohni sevgan itoatkor banda bunday nomaqbul so‘zlarni aytmaydi, birovlarni g‘iybat qilmaydi, hatto bu kabi so’zlarni xayoliga ham keltirmaydi. Mulla Ali Qori rahimahulloh bu haqida shunday degan: “Agar banda Allohning hamma narsani eshitib bilib turishini bilganida edi, nafs targ‘ib qilgan ko‘p so‘zlarni aytishdan hayo qilgan bo‘lar edi. Hikmatli naqlda aytilganidek, haqni maqtashni odamlarni yomonlashdan ustun bilmagan inson komillik darajasiga yeta olmaydi.
➡️BATAFSIL O'QISH

XOINLAR
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Agar (biror) qavm tarafidan (ahdga) xiyonat (bo‘lishi)dan qo‘rqsangiz, ularga (ahd bekor qilingani to‘g‘risidagi xabarni) barobar tarzda tashlang! ALBATTA, ALLOH XOINLARNI YAXSHI KO‘RMAGAY” (“Anfol” surasi, 58-oyat).
Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh mazkur oyatdagi “Albatta, Alloh xoinlarni yaxshi ko‘rmagay” degan jumlani “Albatta, Alloh ahd-shartnomalarni buzadiganlarni sevmagay”, deb tafsir qilgan.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh buni shunday izohlagan: “Mazkur oyatda ahdni buzgan odam xiyonatchi deb atalashining sababi shundaki, xiyonat omonatni saqlamaslik maʼnosini anglatadi. Ahd-shartnoma ham bir omonat. Shu bois ahdni buzgan va ahdga vafo qilmagan odam xiyonatkor hisoblanadi”.
➡️ BATAFSIL O'QISH

Telegram|Facebook|Youtube|InstagramThis media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qurondan guldasta
USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA
"AlQuran.uz" jamoasi 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan barcha uztozlarni muborakbod etadi.
Ilm-ma‘rifat va ziyo tarqatish bilan band bo'lgan o'qituvchi, murabbiy va ustozlarimizdan Alloh taolo rozi bo'lsin!
USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA
"AlQuran.uz" jamoasi 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan barcha uztozlarni muborakbod etadi.
Ilm-ma‘rifat va ziyo tarqatish bilan band bo'lgan o'qituvchi, murabbiy va ustozlarimizdan Alloh taolo rozi bo'lsin!
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram#Qurondan_guldasta
“QOR” OYATI
Allohning rahmati va barakoti o‘laroq O‘lkamizda ilk qor uchqunlari yog‘a boshladi. Har safar ilk qor yoqqanda, Qurʼonga oid baʼzi noxush so‘zlar quloqqa chalinadi. Ayrim johil kimsalar: “Qurʼon va hadisda qor haqida maʼlumot kelmagan”, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qor haqida hech narsa aytmaganlar” va boshqa shu kabi asossiz fikrlani yoyib, Islom dini manbalaridan kamchilik topishga harakat qiladilar.
To‘g‘ri, Qurʼoni karimda “qor” (ثلج) so‘zi kelmagan, ammo unga dalolat qiladigan lafzlar zikr mavjud. Qolaversa, mufassir ulamolar Qurʼonda qor haqida ham maʼlumotlar bor ekanini taʼkidlaganlar. Shuningdek, ishonchli hadisi shariflarda ham “qor” so‘zi ishlatilganini ko‘rish mumkin. Bugungi guldastamiz shu mavzuga bag‘ishlanadi. Qurʼondagi qorga oid bir oyatni o‘rganish bilan cheklanamiz.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Alloh bulutlarni haydashini, so‘ngra birga to‘plashini, so‘ngra uyib qo‘yishini ko‘rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rursan. U zot OSMONDAN, UNDAGI TOG‘LARDAN DO‘L TUSHIRIB, u bilan O‘zi xohlagan kishilarga musibat yetkazur va uni O‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog‘ining yarqirashi ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur” (“Nur” surasi, 43-oyat).
Imom Moturidiy rahimahulloh (v. 944 y.) mazkur oyatdagi “undagi tog‘lardan do‘l tushirib” jumlasini shunday tafsir qilgan: “Tog‘lardan murod bulut bo‘lib, Alloh bulutdan qor va do‘l yog‘diradi.
Odatda, biror narsa toqqa o‘xshatilganda quyidagi ikki maʼno nazarda tutiladi:
※ Ko‘plik maʼnosi.
※ Shiddat, dag‘allik (mustahkamlik) va ulug‘lik maʼnosi”.
Shuningdek, oyatdagi “tog‘lar” haqiqiy maʼnodagi tog‘ bo‘lishi ham mumkin. Uning qayerdagili, yaʼni osmondami yoki yer va osmon o‘rtasidami, nomaʼlumdir”.
Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh (v. 1310 y.) mazkur oyatni shunday sharhlaydi: “Alloh taolo yerda toshdan tog‘ yaratgani kabi osmonda do‘ldan tog‘ yaratadi. So‘ng mazkur tog‘dan do‘l (qor) yog‘diradi”.
Abul Lays Samarqandiy rahimahulloh (v. 985 y.) bu haqida shunday yozadi: “Osmon tog‘lari yer tog‘laridan ko‘p bo‘lib, ulardan biri do‘ldan iboratdir. Alloh ushbu tog‘dan do‘l yog‘diradi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu shunday degan: “Do‘l – bu qordir. Men uni ko‘rmaganman”.
Batafsil oʻqish uchun 👉 manzil

Telegram|Facebook|Youtube|InstagramTelegraph
Qurondan guldasta: “QOR” OYATI
Allohning rahmati va barakoti o‘laroq O‘lkamizda ilk qor uchqunlari yog‘a boshladi. Har safar ilk qor yoqqanda, Qurʼonga oid baʼzi noxush so‘zlar quloqqa chalinadi. Ayrim johil kimsalar: “Qurʼon va hadisda qor haqida maʼlumot kelmagan”, “Rasululloh sollallohu…
#Qurondan_guldasta
BUGUN – QIBLA O‘ZGARGAN KECHA
Bugun Sha‘bon oyining 14-kuni. Bu kun Islom tarixida alohida ahamiyatga ega. Xususan, Sha‘bon oyining 14-kunidan 15-kuniga o‘tar kechasi fazilatli kechalardan sanaladi. Bu kechaning nomlariga e‘tibor bering:
1. Baroat kechasi
2. Duo kechasi
3. Qismat, taqdir kechasi
4. Ijobat kechasi
5. Muborak kecha
6. Shafoat kechasi
7. Mag‘firat kechasi
8. Do‘zaxdan ozod bo‘lish kechasi
9. Gunohlar kafforat qilinadigan kecha
10. Farishtalar bayrami
11. Qibla o'zgargan kecha
➡️ BATAFSIL O'QING