AlQuranuz-Shayx Alijon qori
133K subscribers
3.58K photos
1.69K videos
3 files
4.62K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
#Qurondan_guldasta

ALLOH SUYMAGAN BANDALAR

YOMON SO‘ZNI OSHKORA AYTUVCHILAR

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko‘rmaydi. Magar mazlumdan bo‘lsa, mayli. Alloh eshituvchi va bilguvchi zotdir” (“Niso” surasi, 148-oyat).

Ushbu oyatda Alloh suymagan bandalarning yana bir sifati bayon qilingan. U ham bo‘lsa, yomon so‘zni oshkora aytish. Allohni sevgan itoatkor banda bunday nomaqbul so‘zlarni aytmaydi, birovlarni g‘iybat qilmaydi, hatto bu kabi so’zlarni xayoliga ham keltirmaydi. Mulla Ali Qori rahimahulloh bu haqida shunday degan: “Agar banda Allohning hamma narsani eshitib bilib turishini bilganida edi, nafs targ‘ib qilgan ko‘p so‘zlarni aytishdan hayo qilgan bo‘lar edi. Hikmatli naqlda aytilganidek, haqni maqtashni odamlarni yomonlashdan ustun bilmagan inson komillik darajasiga yeta olmaydi.

➡️BATAFSIL O'QISH

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
QURʼONI KARIM FAZILATI

Qurʼon Jabroil alayhissalom vositasida nozil bo‘ldi. Natijada U zot farishtalarning eng afzaliga aylandi.

Qurʼon Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘ldi. Natijada U zot butun mavjudotning eng afzali, payg‘ambarlarning sayyidiga aylandi.

Qurʼon ummati muhammadiyaga nozil bo‘ldi. Natijada ular eng yaxshi ummatga aylandi.

Qurʼon Ramazon oyida nozil bo‘ldi. Natijada Ramazon eng yaxshi oyga aylandi.

Qurʼon Qadr kechasida nozil bo‘ldi. Natijada bu ulug‘ kecha ming oydan yaxshi kechaga aylandi.

Qurʼonni qalbingizga joylasangiz, nima bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi?

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tajvid_ilmi #savol_javob

Tajvidga oid savol-javoblar | 16-son Halqumdan chiqadigan harflar maxraji | Shayx Alijon qori

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qur’oni Karim va tajvid” o’quv kursininig ochilish marosimiga bag'ishlangan tadbir bo’lib o’tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting, tez orada batafsil ma'lumotni sahifalarimizga joylaymiz.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
"Qur‘oni karim va tajvid" o'quv kurslarining soni yana bittaga ko‘paydi

Bugun 23.08.2021 sanada Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasida "Qur‘oni karim va tajvid" o'quv kursining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi birinchi o'rinbosari Muzaffar Komilov ochib berdi va "Qur‘oni karim va tajvid" o'quv kursining o'quv dasturi tayyorlanganini va bu o‘quv kursida bilimli, ijozali ustozlar ta‘lim berishini e‘lon qildi.

Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham so‘z olib, bugun yurtimiz musulmonlarining uzoq kutgan orzulari ushalish arafasida turganimizni ta‘kidladi.

➡️ BATAFSIL O'QISH

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abror MuxtorAli "Qur‘oni karim va tajvid" o‘quv kurslari haqida: "Mana bugun yana bir "Qur‘oni karim va tajvid" o'quv kursi ochildi. Bu xayrli ish yana davom etadi inshalloh".

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
QUR‘ON YODLASH FAZILATI

❗️
Qiyomat kuni barcha insonlar bir joyga jamlanadi.

Lekin Qur‘on hofizi ular orasida bo‘lmaydi. U "Alloh va Payg‘ambar o‘rtasidagi elchi" hamda "hurmatli" va "o‘ta yaxshi" farishtalar bilan birga bo‘ladi.

🕋 Oisha roziyallohu anho bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat keltiradi: "Qur‘onni to‘liq yodlagan holida qiroat qiladiganlar (Alloh va Payg‘ambar o‘rtasidagi) elchi hamda hurmatli va o‘ta yaxshi farishtalar bilan birga bo‘ladi ..." (Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyati).

❗️ Qiyomat kuni hamma odamlar o‘z tashvishi bilan band bo'lib, bir-birlaridan qochadi.

Qur‘on hofizi esa, aksincha, ota-onasiga toj kiydirish uchun ularni qidiradi.

➡️ BATAFSIL O'QISH

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
ROSTGO'YLAR BILAN BIRGA BO'LINGIZ

{يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا الله وَكُونُوا مَعَ الصَّادِقِينَ}

“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va (iymonlarida) rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz”!
(Tavba surasi 119-oyat).

Dinimiz hamisha to‘g‘ri so‘zlashga buyuradi. To‘g‘ri so‘zlik bo‘lish, xulqlarni eng buyugidir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam, payg‘ambar bo‘lib yuborilishlaridan oldin, qavmi ichida "as-sodiq" rostgo‘ylik xulqi bilan xulqlangan.
Musulmon kishi rostgo‘y bo‘lsa qanday xam yaxshi, u Alloh bilan va atrofidagi insonlar bilan rostgo‘y bo‘ladi. Alloh rostgo‘y insonni yaxshi ko‘radi va undan rozi bo‘lib jannatiga kirgizadi.
Alloh taolo bu oyati karimada o‘zini mo‘min bandalarini, rostgo‘ylar bilan birga bo‘lishga chaqirmoqda.

➡️ BATAFSIL O'QISH

Abdussomad Habibulloh o’g’li tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#TASHRIF

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori Shayx Alijon qori ertaga juma namozini Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidagi "Oltintepa" jome masjidida ado etadi va juma mav‘izasi vaqtida "Islomda birodarlik va o‘zaro hamjihatlik" mavzusida ma‘ruza qiladi.

Juma ma'ruzasi "AlQuranuz"ning ijtimoiy tarmoqdardagi sahifalarida online efirga uzatib boriladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Kahf surasi - Shayx Alijon qori
@AlQuranuz
#Quran #Qiroat

Kahf surasi (to'liq)
Shayx
Alijon qori

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#TASHRIF

Bir necha daqiqadan so‘ng Shayx Alijon qorining Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani "Oltintepa" jome masjididagi ilmiy ma‘ruzasini onlayn tarzda quyidagi link orqali kuzatishingiz mumkin

➡️ https://youtu.be/NNHMGZXR08Y
AlQuranuz-Shayx Alijon qori pinned «#TASHRIF Bir necha daqiqadan so‘ng Shayx Alijon qorining Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani "Oltintepa" jome masjididagi ilmiy ma‘ruzasini onlayn tarzda quyidagi link orqali kuzatishingiz mumkin ➡️ https://youtu.be/NNHMGZXR08Y»
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani "Oltintepa" jome masjididagi ilmiy ma‘ruzadan foto lavhalar

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram