#Qurondan_guldasta
O‘LIMDAN KEYINGI ORZULAR
“SADAQA QILIB, SOLIH BANDALARDAN BO‘LSAM!”
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelganda: “Ey Rabbim! Meni ozgina (tirik) qoldirsang-chi, men sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo‘lsam!” – deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilingiz!” (“Munofiqun” surasi, 10-oyat).
Ushbu oyatda sadaqaning savobi naqadar ulug‘ ekani ayon bo‘lmoqda. O‘limga yo‘liqqan bandaning ilk orzusi “Hayotga qaytib, sadaqa qilib qolsam edi!”, degan hasrat-nadomat bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo o‘lim kelishidan oldin sadaqa qilib qolishga va yaxshi amallarni ko‘proq bajarib olishga chaqirmoqda. Zero, o‘lim soati yaqinlashgach, ortga yo‘l bo‘lmaydi.
Oyatdagi “sadaqa” so‘zidan zakot kabi farz bo‘lgan amallar nazarda tutilgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqida shunday rivoyat qilgan: “Kimning mol-davlati bo‘lib, zakot vojib bo‘lgan bo‘lsa-yu zakotni bermasa yoki mol-davlati Allohning Baytiga (borish uchun) yetsa-yu haj qilmasa, o‘lim chog‘ida hayotga qaytishni so‘raydi”. Shunda bir odam: “Ey Ibn Abbos! Allohdan qo‘rqing! (O‘lim chog‘ida hayotga) qaytishni kofirlar so‘raydi-ku!”, deb eʼtiroz bildirdi. Shunda Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “Sizlarga buning dalili o‘laroq Qurʼondan o‘qib beraman”, dedi va yuqoridagi oyatni tilovat qildi” (Imom Termiziy rahimahulloh rivoyati).
Imom Moturidiy rahimahulloh mazkur oyat tafsirida quyidagilarni yozadi: “Banda (o‘lim chog‘ida) halokat va azobni ko‘rgach, hayotga qaytishni orzu qilib qoladi. Chunki u burchlarini bajarmagan bo‘ladi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqida shunday degan: “Agar u yerda (yaʼni o‘limdan so‘ng) yaxshilik bo‘lganida, banda dunyo hayotiga qaytishni orzu qilmagan bo‘lar edi”.
Darhaqiqat, banda o‘limdan so‘ng borar joyi azob ekanini ko‘rgach, dunyoga qaytishni orzu qiladi. Lekin solih bandalar o‘limdan so‘ng dunyoga qaytishni orzu qilmaydilar. Zero, ular uchun oxiratda tayyorlab qo‘yilgan neʼmatlar dunyo neʼmatlaridan afzal bo‘ladi. Mazkur oyatda gunohkor bandalarning holati tasvirlangan.
Imom Moturidiy rahimahullohning yozishicha, oyatdagi orzuni ikki xil maʼnoda tushunish mumkin:
1. Oyatda imonsiz kimsalar nazarda tutilgan. Ular o‘limdan so‘ng halokat va uqubatni ko‘rgach: “KOSHKI DUNYOGA QAYTIB, SADAQA QILIB OLSAM VA SOLIHLARDAN, YAʼNI MUVAHHID (ALLOHNI YAGONA ILOHLIGINI EʼTIROF ETUVCHI)LARDAN BO‘LSAM!”, deb orzu qiladi.
2. Oyatda mo‘minlar nazarda tutilgan bo‘lishi ham mumkin. Mo‘minlar dunyoda qilgan xatolari va savob amallarni ko‘proq qilib olmaganlarini hamda Alloh farz qilgan ibodatlarda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini eslab, Allohdan hayo qiladilar va: “KOSHKI HAYOTGA QAYTIB, KO‘PROQ SADAQA VA SOLIH AMALLARNI QILIB OLSAM EDI!”, deb orzu qiladi. Darhaqiqat, qilish lozim bo‘lgan vazifalarni bajarmagan mo‘min Allohga yo‘liqqanida hayo qilishi turgan gap!
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilingan bir rivoyatda yuqoridagi orzu Mahsharda ro‘y berishi aytilgan. Yaʼni, banda qayta tirilib, Mahsharga keltirilganida: “KOSHKI OZ MUDDAT BO‘LSA-DA DUNYOGA QAYTSAMU SADAQA VA SOLIH AMALLARNI KO‘PROQ QILIB OLSAM!”, deb orzu qiladi.
Tasavvur qiling! O‘limga yaqinlashdingiz yoki Mahsharda turibsiz! Sizga dunyoga qaytish imkoniyati berildi! Siz qaysi amallarni ko‘proq qilib olishga shoshilar edingiz? Hozir ham kech emas! Imkoni borida o‘sha amallarni ko‘proq bajarib oling!
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. Tahqiq: Ahmad Vonli o‘g‘li, Bakr Tupol o‘g‘li. J.15. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2005.– B. 185;
2. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.3. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 366;
3. Doktor Vahba Zuhayliy. At-tafsir al-munir fi-l-aqida va-sh-shariʼa va-l-manhaj. J.14. – Damashq: Dar al-fikr, 2009. – B. 612;
4. Shabbir Ahmad Usmoniy. Tafsiri Usmoniy. – Karachi: (nashriyot nomi ko‘rsatilmagan), 1989. – B. 2250.
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
ANJIR VA ZAYTUNNING NOYOB HUSUSIYATLARI
@AlQuranuz
#Qurondan_guldasta_audio
Qur'ondan guldasta | ANJIR VA ZAYTUNNING NOYOB XUSUSIYATI
Muallif: Abdulloh Abdulmajid
Matnni Abdulqayyum Ismoil o’qidi
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Qur'ondan guldasta | ANJIR VA ZAYTUNNING NOYOB XUSUSIYATI
Muallif: Abdulloh Abdulmajid
Matnni Abdulqayyum Ismoil o’qidi
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#Qurondan_guldasta
HAYOT VA O‘LIM
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“(U) sizlarning qaysi biringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun O‘LIM VA HAYOTni yaratgan zotdir. U Aziz (qudratli) va G‘afur (kechirimli)dir” (“Mulk” surasi, 2-oyat).
Bandaning oxiratdagi oqibati hayot va o‘lim oralig‘ida qilgan amallari bilan o‘lchanadi. Hayot nima? O‘lim deganda nimani tushunamiz? Keling, bu ikki atama haqida chuqurroq mulohaza yuritamiz. Bu borada milliy qadriyatlarimizning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan allomalarimizdan birining so‘zlariga quloq solamiz.
Imom Moturidiy rahimahulloh shunday degan: “Hayot ikki xil bo‘ladi:
1. Tabiiy hayot;
2. Araziy hayot.
O‘lim ham ikki xil bo‘ladi:
1. Tabiiy o‘lim;
2. Araziy o‘lim”.
Tabiiy hayot hammaga maʼlum. Yaʼni, ruh tanada ekan, inson biologik jihatdan tirik jonzot hisoblanadi. Ammo shunday insonlar borki, ular vafot etsalar-da, biz bilan birga yashaydilar. Ularning jasadi yerga dafn qilinsa-da, qilgan amallari boqiy qoladi, ular huddi biz bilan yashayotgandek go‘yo! Bu araziy hayot deb nomlanadi. Araziy hayot deganda nimani tushunish mumkin?
Bu haqida Imom Moturidiy rahimahulloh quyidagilarni yozadi: “Araziy hiyotning bir nechta ko‘rinishlari mavjud:
1. Din va toat bilan tirik bo‘lmoq. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “O‘lik (imonsiz) bo‘lgan odamni (hidoyat bilan) tiriltirib, unga odamlar ichida o‘zi bilan olib yuradigan nur (imon)ni berganimizdan keyin ...” (“Anʼom” surasi, 122-oyat).
2. Ilm, basirat va sergaklik bilan tirik bo‘lmoq. Shuning uchun ham olim (majoziy maʼnoda ba’zan) “tirik”, johil esa “o‘lik” deb nomlangan.
3. Ziynat va sharaf bilan tirik bo‘lmoq. Alloh taolo qurib qolgan yerni “o‘lik” deb atab, o‘simliklar unib chiqqan yerni esa “tirik” deya nomlagan: “... Va yerni qaqragan holda ko‘rasan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko‘pchiydir ...” (“Haj” surasi, 5-oyat).
4. Zikr va lazzat bilan tirik bo‘lmoq. Yaʼni, shunday insonlar borki, qalb Allohning zikri bilan yashab, lazzat oladi. Allohning zikridan to‘xtash ular uchun o‘lim hisoblanadi.
Darhaqiqat, dindan, ilmdan, sharaf va obro‘dan hamda Allohning zikridan voz kechish o‘lim bilan barobar. Dono xalqimizning “Pichoqsiz so‘yildi”, “Tiriklayin go‘rga kirdi” va boshqa shu kabi hikmatlari Imom Moturidiy rahimahullohning yuqoridagi fikrlaridan shakllangan bo‘lsa, ne ajab!
O‘lim ham huddi shunday. Tabiiy o‘lim ruhning tanani butkul tark etishi bilan yuzaga keladi. Araziy o‘lim esa, araziy hayotning aksidir. Araziy o‘limning baʼzi ko‘rinishlari quyidagilar:
1. Imondan voz kechish;
2. Uzrsiz toat-ibodatni bajarmay, gunohga botish;
3. Ilmsizlik;
4. Sergak va ogoh bo‘lmaslik;
5. Sharaf va obro‘ saqlamaslik;
6. Allohning zikri bilan qalbga huzur bermaslik.
Bunday sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar garchi jismonan tirik bo‘lsalar-da, maʼnaviy jihatdan majozan “o‘lik” hisoblanadi.
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba: Imom Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Fotima Yusuf Xaymiy. J.1. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 2004. – B. 331-332.

ALLOH SUYGAN BANDALAR
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA ERGASHISH
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (“Oli Imron” surasi, 31-oyat).
Allohnig muhabbatiga sazovor bo‘lish shartlaridan biri – bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashish. Imom Moturidiy rahimahulloh mazkur oyat tafsirida quyidagilarni yozadi: “Kim Allohni Uning ulug‘ligi va buyukligi uchun yaxshi ko‘rsa, uning payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni hurmat qiladi va U zotning chaqiriqlariga “labbay” deb javob beradi, nafsining istaklariga muvofiq bo‘lmasa ham, U zotning ko‘rsatmalariga bo‘lgan hurmati sababli eʼtiroz bildirmaydi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning taʼlimotlari bandaning dunyo va oxiratda saodatga erishishiga sabab bo‘ladi. Allohning o‘zi muvaffaq qiluvchi zotdir!”.
Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh mazkur oyatning nozil bo‘lish sababini shunday izohlaydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir guruh insonlar Allohni sevishlarini daʼvo qiladilar. Shunda Alloh taolo ular so‘zlarini amalda tasdiqlashlarini istab, mazkur oyatni nozil qiladi. Kim Allohni sevishni daʼvo qilsa-yu, lekin Uning Rasuli sunnatlariga xilof ish qilsa, u yolg‘onchidir! Qurʼonning o‘zi uni yolg‘onchi ekanini tasdiqlamoqda!”

Batafsil👇https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYUGAN-BANDALAR-02-15
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Telegraph
Qur'ondan guldasta: ALLOH SUYUGAN BANDALAR
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA ERGASHISH
USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA
@AlQuranuz
#Qurondan_guldasta_audio
Qur'ondan guldasta | USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA
Muallif: Abdulloh Abdulmajid
Matnni Abdulqayyum Ismoil o’qidi
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Qur'ondan guldasta | USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA
Muallif: Abdulloh Abdulmajid
Matnni Abdulqayyum Ismoil o’qidi
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYGAN BANDALAR
MUHSINLAR
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Ular (mazkur taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-sadaqa qiladigan, g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. ALLOH EZGULIK QILUVCHILARNI SEVAR” (“Oli Imron” surasi, 134-oyat).
Qurʼoni karimning beshta oyatida Alloh muhsinlarni sevishini aytgan. “Muhsin” so‘zining maʼnosi yaxshilik qiluvchi, ezgu ishlarni bajaruvchi, ishini puxta amalga oshiruvchi kabi maʼnolarni anglatadi. “Muhsin” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “ehson” o‘zagidan olingan. Ehsonning taʼrifi haqida esa, “Jabroil hadisi” sifatida mashhur bo‘lgan hadisda shunday deyilgan: “Ehson – Allohga huddi Uni ko‘rib turganingdek ibodat qilishing. Agar sen Uni ko‘rmasang, U seni ko‘rib turadi”.
Bu ulug‘ darajaga qanday erishish mumkin? Muhsin kim? Muhsinlar qatoriga kirib, Allohning sevgisini qozonish mumkinmi? Keling, bu savollarga javob topishga harakat qilamiz.
Olimlarmiz tomonidan “muhsin”ga quyidagicha taʼriflar berilgan.
1. Ibn Hajar Asqaloniy (a.r.): “Muhsin ibodatni puxta qiladi, uni ixlos va xushuʼ bilan ado etadi, fikru xayolini faqat ibodatga mashg‘ul qiladi, Allohni qalb bilan huddi ko‘rib turgandek mushohada qiladi va Alloh uni va qilayotgan amallarini doim kuzatib turishini yodda saqlaydi”.
2. Badruddin Ayniy (a.r.) shunday deydi: “Muhsin ibodatni mukammal bajarib, muroqabaning oxirgi darajasiga chiqadi”.
3. Imom Moturidiy (a.r.) shunday taʼriflaydi: “Muhsin yaxshi ishni bajaradi, yaʼni muhsin Allohga shukr qiluvchi va Uning buyruqlarini go‘zal tarzda qabul etuvchi demakdir”.
4. Hasan Basriy (a.r.) muhsinga shunday taʼrif bergan: “Muhsin yomonlik qilganga yaxshilik qiladi”.
Batafsil👇
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-02-18

Qur'ondan guldasta: ALLOH SUYGAN BANDALAR
MUHSINLAR
#Qurondan_guldasta
SHAʼBON – QIBLA O‘ZGARGAN OY
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon bo‘ylab o‘girib turishingizni ko‘rayapmiz. (Xotirjam bo‘ling) Sizni o‘zingiz rozi bo‘ladigan qiblaga (Kaʼbaga) yuzingizni o‘girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom (Kaʼba) tomonga buring! (Ey mo‘minlar, sizlar ham) qayerda bo‘lsangiz, yuzlaringizni o‘sha tarafga buringiz!” (“Baqara” surasi, 144-oyat).
Abul Barakot Nasafiy rahimahullohning taʼkidlashicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dastlab Makkadagi Kaʼbaga qarab namoz o‘qiganlar. Hijratdan so‘ng Baytul-Maqdisdagi katta harsangtoshga qarab namoz o‘qishga buyurilganlar. Keyinchalik qibla Kaʼba tarafga o‘zgartirilgan.
Suddiy rahimahullohning aytishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baytul-Maqdis tarafga qarab namoz o‘qiganlarida boshlarini ko‘tarib, osmonga qarar va o‘zlari istagan tarafga, yaʼni Kaʼba tomonga yuzlanish haqida buyruq kelishini kutar edilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Kaʼba tarafga qarab namoz o‘qishni yaxshi ko‘rar edilar. U zotning osmonga yuzlanishlarining hikmati shunda ediki, osmondan yomg‘ir, rahmat va vahiy kabi ulug‘ narsalar nozil bo‘ladi. Shuningdek, Kaʼba oldingi payg‘ambarlarning, xususan, Ibrohim alayhissalomning qiblasi bo‘lgan.
Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu orzusini amalga oshirdi. Qiblani Kaʼba tarafga o‘zgartirdi. Bu ulug‘ hodisa aynan Shaʼbon oyida sodir bo‘ldi. Abu Hotim Bustiy rahimahulloh bu haqida quyidagilarni yozadi: “Musulmonlar o‘n yetti oyyu uch kun (baʼzi rivoyatlarda o‘n olti yoki o‘n sakkiz oy) Baytul-Maqdisga qarab namoz o‘qiganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabiʼul avval oyining 12-kuni kechasi dushanba kuni Madinaga kelganlar. Alloh azza va jalla SHAʼBON OYINING O‘RTASIDA SESHANBA KUNI Kaʼbaga yuzlanib namoz o‘qishga buyurgan”.
Kaʼbaga qarab o‘qilgan ilk namoz xususida turli qarashlar mavjud:
1. Asr namozi (Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyati).
2. Bomdod namozi (Imom Molik rahimahulloh rivoyati).
3. Peshin namozi (Ibn Saʼd va Voqidiy rahimahullohlar rivoyati). Ushbu rivoyatga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Banu Salima masjidida peshin namozini o‘qiyotganlarida mazkur oyat nozil bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namozining ikkinchi rakatidan so‘ng namozda turgan hollarida Kaʼba tarafga o‘girilganlar. Shundan so‘ng mazkur masjid “Masjidul-qiblatayn” (Ikki qibla masjidi) deb nom olgan.
Allohim! Shaʼbon oyini bizlar uchun barakotli qilgin! Bu ulug‘ oyda Bayting bo‘lmish Kaʼbaga yuzlanib qiladigan ibodatlarimiz va duolarimizni qabul qilgin!
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Fotima Yusuf Xaymiy. J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2004.– B. 103;
2. Abul Barakot Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil (Tafsir an-Nasafiy) J.1. – Bayrut: Dar al-kalim at-tayyib, 1998. – B. 138;
3. Abu Abdulloh Muhammad Qurtubiy. Al-Jamiʼ li ahkam al-Qurʼan. J.2. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 2006. – B. 428, 441.

SHAʼBON – SALOVOT OYI
Shaʼbon oyining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu oyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish haqidagi oyat nozil bo‘lgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey mo‘minlar! (Sizlar ham) unga salavot va salom aytingiz!” (“Ahzob” surasi, 56-oyat).
Ibn Abus Soyf Yamaniy rahimahulloh shunday degan: “Albatta, Shaʼbon oyi – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish oyi! Chunki bu oyda quyidagi oyat nozil bo‘lgan: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey mo‘minlar! (Sizlar ham) unga salavot va salom aytingiz!” (“Ahzob” surasi, 56-oyat)”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytiladigan salovotlar uch xil ma’noda bo‘ladi:
1. Allohdan bo‘lgan salovot. Bu Allohning rahmati, mag‘firati va roziligini anglatadi.
2. Farishtalardan bo‘lgan salovot. Bu maʼsumlik va najotni so‘rab duo qilish va istig‘for maʼnosini bildiradi.
3. Ummatdan bo‘lgan salovot. Bu duo va hurmat maʼnosida keladi.
Shaʼbon oyini g‘animat bilib, bu oyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘proq salovot aytish lozim. “Salovot qanday aytiladi? Qaysi salovotni aytgan afzal?”, deysizmi?
Bu savolingizga Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh shunday javob beradi: “Kaʼb ibn Ujra roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: “Yuqoridagi oyat nozil bo‘lganda men o‘rnimdan turdim va: “Salom aytishni bilamiz. Sizga salovot aytish qanday bo‘ladi?”, deb so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Quyidagilarni aytgin:
اللَّهُمَّ، صّلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.
اللَّهُمَّ، بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.
O‘qilishi: Allohumma! Solli ʼala Muhammadiv va ʼala ali Muhammadin, kama sollayta ʼala Ibrohiyma va ʼala ali Ibrohiyma. Innaka Hamiydum Majiyd.
Allohumma! Barik ʼala Muhammadiv va ʼala ali Muhammadin, kama barokta ʼala Ibrohiyma va ʼala ali Ibrohiyma. Innaka Hamiydum Majiyd.
Maʼnosi: Allohim! Ibrohim alayhissalom va u zotning ahliga salovot aytganing kabi Muhammad sollallohu alayhi vasallam va U zotning ahliga ham salovot aytgin! Albatta, Sen maqtovga loyiq, buyuk zotsan.
Allohim! Ibrohim alayhissalom va u zotning ahliga baraka yog‘dirganing kabi Muhammad sollallohu alayhi vasallam va U zotning ahliga ham baraka ato qilgin! Albatta, Sen maqtovga loyiq, buyuk zotsan”.
Allohim! Shaʼbon oyini bizlarga barakotli qilgin! Bu ulug‘ oyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovotlarni ko‘paytirib, U zotga munosib ummat bo‘lishni barchamizga nasib etgin!

1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Fotima Yusuf Xaymiy. J.11. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2004.– B. 362, 380;
2. Abu Abdulloh Muhammad Qurtubiy. Al-Jamiʼ li ahkam al-Qurʼan. J.17. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 2006. – B. 213-214.

QADR KECHASI – MUBORAK KECHA
Aloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Albatta, Biz Uni MUBORAK KECHAda nozil qildik” (“Duxon” surasi, 3-oyat).
Qadr kechasining bir nechta nomlari bor:
Qadr (taqdir) kechasi. Yaʼni hukm va qazo (taqdir) kechasi. Bu kechada Alloh taolo kelgusi bir yilda ro‘y beradigan ishlarni O‘z irodasiga muvofiq tarzda hukm va qazo (taqdir) qiladi.
Qadrli kecha. Yaʼni bu kecha Allohning nazdida qadrli va ulug‘ kecha hisoblanadi. Arab tilida ulug‘ narsalar “qadr” (qadrli) va “manzila” (martabali) so‘zlari bilan ifodalash odat tusiga kirgan. Shunga binoan Qadr kechasini Allohning nazdida juda qadrli va ulug‘ kecha, deyish mumkin.
Muborak kecha. Qurʼoni karimda ba’zi narsalar “barakali” deya tavsif qilingan. Jumladan, osmondan tushadigan suv va yomg‘ir (“Qof” surasi, 9-oyat) hamda osmondan tushadigan va yerdan olinadigan rizqlarga (“Aʼrof” surasi, 96-oyat) ham “muborak” sifati berilgan.
“Muborak” arabcha so‘z bo‘lib, barcha yaxshiliklarni o‘zida mujassam qilgan narsaga nisbatan qo‘llaniladi.
“Muborak” barakali degan ma’noni anglatadi. Imom Moturidiy rahimahulloh “baraka” so‘ziga shunday taʼrif beradi: “Baraka – doimiy tarzda ziyodalashib va o‘sib boradigan yaxshilik”.
Qadr kechasining “Muborak kecha” deb atalishining hikmati quyidagilardan iborat:
1. Bu kechada yaxshiliklar, barakalar va Allohning rahmati bandalar ustiga yog‘iladi.
2. Qadr kechasida ibodatlar ko‘payadi. Shuning uchun bu kecha barakali kecha deb ataladi”.
Lekin bu Muborak kecha Ramazonning qaysi kechasida yashiringani aniq emas. To‘g‘ri, katta ehtimol bilan Qadr kechasining Ramazonning oxirgi o‘n kunligi, oxirgi o‘n kunligining toq kechalari yoki Ramazon oyining 27-kechasiga to‘g‘ri kelishi haqida hadislar mavjud. Ammo mazkur hadislarda ham Qadr kechasining aniq vaqti qatʼiy bayon qilinmagan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Qadr kechasining vaqti aniq bayon etilmaganida qanday hikmatlar yashiringanini shunday izohlaydi: “Baʼzi makonlar fazilatli qilib qo‘yilgan bo‘lib, u yerlarda qilingan ibodatlar boshqa joylarda qilingan toat-ibodatlardan afzal sanaladi. Masalan, Masjidul harom va Masjidi Nabaviyda o‘qilgan namoz boshqa joyda o‘qilgan namozdan ming marta yaxshiroq bo‘ladi. Huddi shu kabi baʼzi vaqtlar ham fazilatli qilib qo‘yilgan bo‘lib, mazkur vaqtlarda qilingan ibodatlar boshqa vaqtlarda qilingan amallardan afzal sanaladi. Qadr kechasi ham shular jumlasidan. Lekin Alloh taolo bu fazilatli vaqtlarni aniq bayon qilib qo‘ymagan. Agar Qadr kechasi aniq bo‘lganida odamlar faqat shu kechada ibodat qilib, boshqa kunlarini g’aflatda o’tkazgan bo‘lar edilar. Bu huddi inson tanasidan ruhning chiqish vaqti aniq bo‘lmagani kabidir. Agar inson umrining qachon poyoniga yetishini bilganida, o‘limdan oldin fisq va maʼsiyatlarni qilib olib, so‘ng umrining oxirida tavba qilar edi. Shuning uchun ham Alloh taolo o‘lim vaqtini aniq bayon qilmagan. Bandalar xavf, hazar va rajo (umid) bilan yashashlari uchun shunday qilingan. Huddi shu kabi Qadr kechasi ham aniq bayon qilinmagan. Bandalar bu ulug‘ kechani Ramazonning barcha kechalaridan izlab, tunlarni (ibodat, zikr va Qurʼon tilovati bilan) bedor o‘tkazishlari uchun ham shunday qilingan”.
Allohim! Qadr kechasining barakotlari va yaxshiliklaridan barchamizni nasibador qil!

1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. Tahqiq: Ahmad Vonli o‘g‘li, Bakr Tupol o‘g‘li. J.17. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2005.– B. 279-280;
2. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. Tahqiq: Ahmad Vonli o‘g‘li, Bakr Tupol o‘g‘li. J.13. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2005.– B. 292.

ADOLATLI KISHILAR
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“... Albatta, ALLOH ADOLATLI KISHILARNI SEVAR” (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).
Adolat – jamiyatning tirgagi! Jamiyatdagi tartib-intizom adolat sababli bir maromda saqlab turiladi. Shuning uchun Islom dini barcha ishlarda adolat bilan ish ko‘rishga chorlaydi. Qurʼoni karim va hadisi shariflarda yetimlar, ayollar, farzandlar, qo‘shnilar va hatto o‘zga din vakillariga ham adolat bilan muomalada bo‘lishga targ‘ib qilingan. Shuningdek, zulm va poraxo‘rlik kabi adolatga xalal beradigan amallar Islom shariatida harom qilingan.
Arab tilida adolat so‘zi ikki xil shaklda ifodalanadi:
1. Adl (عدل);
2. Qist (قسط).
Mazkur oyatda “adolatli kishilar” iborasi “قسط” (qist) o‘zagidan olingan “المقسطون” (muqsitun) kalimasi bilan ifodalangan. “Qist” adolat qilishda mubolag‘a qilish, adolat o‘rnatishga odatlanish va adolatning bardavomligini taʼminlashda qattiq harakat qilish hamda zulmni bartaraf qilish kabi maʼnolarni anglatadi.
Yoshu qari, katta-yu kichik, ayolu erkak, bo-yu kambag‘al – barcha alodat oldida tengdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi xusumatlashib kirib keladi. Ularning biri boy, boshqasi esa faqir inson edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Faqir boyga zulm qilmaydi”, degan o‘y bilan faqirning tarafini ola boshlaydilar. Shunda Alloh taolo bu ish noto‘g‘riligini bayon qiladi va boy va faqirning o‘rtasida adolat bilan hukm chiqarish lozimligini taʼkidlab, quyidagi oyatni nozil qiladi: “Ey imon keltirganlar! Adolatda barqaror turib, o‘zlaring yoki ota-onalaring va qarindoshlaring zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun (to‘g‘ri) guvohlik beringiz! U (guvohlik beriluvchi) boy bo‘ladimi, kambag‘al bo‘ladimi, Alloh u ikkisiga (ogohlik jihatidan) yaqinroqdir. Bas, adolatli bo‘lishingiz uchun havoyi nafsga berilib ketmangiz! Agar (tillaringizni) bursangiz yoki (guvohlikdan) bosh tortsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir” (“Niso” surasi, 135-oyat).
Batafsil👇
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-05-29

ADOLATLI KISHILAR Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “... Albatta, ALLOH ADOLATLI KISHILARNI SEVAR” (“Mumtahana” surasi, 8-oyat). Adolat – jamiyatning tirgagi! Jamiyatdagi tartib-intizom adolat sababli bir maromda saqlab turiladi. Shuning uchun Islom dini…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYGAN BANDALAR
XULOSA
Oldingi maqolalarda Alloh suygan bandalarning sifatlari haqida eʼtiboringizga baʼzi maʼlumotlarni taqdim qildik. Keling, bu ulug‘ baxtga sazovor bo‘lgan bandalarni yana bir bor esga olamiz:
Alloh sevgan bandalar
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashgan insonlar (“Oli Imron” surasi, 31-oyat).
2. Muhsinlar (“Oli Imron” surasi, 134-oyat).
3. Tavba qiluvchilar (“Baqara” surasi, 222-oyat).
4. Poklanuvchilar (“Tavba” surasi, 108-oyat).
5. Taqvodorlar (“Oli Imron” surasi, 76-oyat).
6. Tavakkul qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 159-oyat).
7. Sabr qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 146-oyat).
8. Adolatli kishilar (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).
Shuningdek, hadisi shariflarda ham Alloh suygan bandalarning baʼzi toifalari zikr etilgan. Jumladan:
1. Qurʼonni yaxshi ko‘radigan banda (“Majmaʼ az-zavoid”. J.7. – B. 165).
2. Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘radiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
3. Alloh uchun hammajlis bo‘ladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
4. Alloh uchun bir-birini ziyorat qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
5. Alloh uchun bir-birlariga (mol-davlat va yordamini) sarf qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
6. Hilm – muloyimlik bilan muomala qiladiganlar (“At-Targ‘ib va at-tarhib”. J.2. – B. 75; “Kanz al-ummol”. J.3. – B. 131).
7. Farz ibodatlar bilan birga nafl ibodatlarni ham bajaradigan kishilar (“Sahih al-Buxoriy”, 6502-hadis).
8. Allohga yo‘liqishni yaxshi ko‘radigan banda (“Sahih Ibn Hibbon”. J.7. – B. 279; “Sunan at-Termiziy”, 1067-hadis).
9. Tunda uyqudan turib, Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
10. O‘ng qo‘li bilan qilgan sadaqani chap qo‘li bilmaydigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
11. Mag‘lub bo‘lsa-da, dushmanga qarshi kurashgan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
12. (Allohning azobidan qo‘rqib, gunohlardan siqilib) qalbi g‘amgin bo‘lgan kishi (“Al-Mustadrak ala as-sahihayn”. J.4. – B. 351; “Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 271; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 295).
13. Tavba qiluvchi yoshlar (“At-Tanvir bi sharh al-Jaomiʼ as-sag‘ir”. J.1. – B. 269; “Kanz al-ummal”. J.4. – B. 209).
14. To‘xtovsiz duo qiladigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 364; “Musnad ash-Shihab al-Quzoʼiy”. J.2. – B. 145).
15. To‘g‘ri so‘zlaguvchi kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
16. Omonatga xiyonat qilmaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
17. Qo‘shnisiga ozor bermaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
18. Tavozeli va kamtar insonlar (“Kanz al-ummal”. J.5. – B. 821; “Jomiʼ al-ahadis”. J.23. – B. 275).
19. Tanilmagan (maxfiy sadaqa qiladigan) taqvodor boy kishi (“Sahih Muslim”, 2965-hadis).
20. Hamma bir kishiga yordam berishdan bo‘yin tovlagan paytad unga yashirincha yoram bergan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
21. Hamma charchab uyquni afzal ko‘rib, boshlarini yostiqqa qo‘yganlarida tunda uxlamasdan Allohga iltijo qiladigan va Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
22. G‘ayratli kishilar (“Al-Muʼjam al-avsat”. J.8. – B. 215; “Jomiʼ al-ahadis”. J.41. – B. 252).
23. Qo‘shnisining ozorlariga sabr qiladigan kishi (“Kanz al-ummal”. J.9. – B. 51; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 292).
24. Dunyodan zuhd qilib, odamlar qo‘liga qarab qolmagan kishi (“Sharh as-sunna”. J.14. – B. 238; “Sunan Ibn Moja”, 4102-hadis).
Mazkur bandalar Allohning muhabbatiga sazovor bo‘lgan kishilardir. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: “Allohning sevgisi”, deganda nimani tushunish mumkin?
Batafsil👇
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-06-02

XULOSA Oldingi maqolalarda Alloh suygan bandalarning sifatlari haqida eʼtiboringizga baʼzi maʼlumotlarni taqdim qildik. Keling, bu ulug‘ baxtga sazovor bo‘lgan bandalarni yana bir bor esga olamiz: Alloh sevgan bandalar 1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR – HADDAN OSHUVCHILAR
Alloh taolo haddan oshuvchi kimsalarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta o‘rnida bayon qilgan. Keling, mazkur toifaning baʼzi sifatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Zero, dono xalqimizda «Odobni odobsizdan o‘rgan» degan hikmatli naql bor. Shoyad Allohning sevgisidan mahrum bo‘lgan insonlarni yaxshi tanib olib, xatosini takrorlamaslikka harakat qilsak...
Batafsil:
https://telegra.ph/ALLOH-SUYMAGAN-BANDALAR--HADDAN-OSHUVCHILAR-06-09

Alloh taolo haddan oshuvchi kimsalarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta o‘rnida bayon qilgan. Keling, mazkur toifaning baʼzi sifatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Zero, dono xalqimizda «Odobni odobsizdan o‘rgan» degan hikmatli naql bor. Shoyad Allohning…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
BUZG‘UNCHILAR
Alloh taolo buzg‘unchilik va buzg‘unchilarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta oyatida zikr qilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi:
“(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Alloh esa, fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi” (“Baqara” surasi, 205-oyat).
“... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi” (“Moida” surasi, 64-oyat).
“... Yerda buzg‘unchilik qilishni istama! Chunki Alloh buzg‘unchilarni suymas”, – dedilar” (“Qasas” surasi, 77-oyat).
Imom Moturidiy rahimahullohning taʼkidlashicha, yer yuzida buzg‘unchilik qilishning bir nechta ko‘rinishlari bor. Jumladan:
Fitna qo‘zg‘atish
Mo‘minlarni aldash, yaʼni so‘zda ularga muvofiq ekanini izhor qilib, qalbda esa ularga xilof – adovatni yashirish, o‘zaro yolg‘iz qolganlarida mo‘minlarni masxara qilish, ular haqida noloyiq so‘zlarni aytish va Allohdan o‘zgaga ibodat qilish yer yuzida buzg‘unchilik qilish. Bundan ham katta buzg‘unchilik bormi?!
Ayollarni tahqirlash
Imom Moturidiy rahimahullohning aytishicha, mazkur oyatdagi “ekin” so‘zi ayol maʼnosida kelgan. Ayollarni o‘ldirish naslni halok qilish demakdir.
Ekinzorlar va hayvonlarni halok qilish
Mazkur oyatdagi “nasl” so‘zi chorva hayvonlarini anglatadi. Yaʼni, ekinzorlarni yoqib, hayvonlarni qisir qilib qo‘yish yer yuzida buzg‘unchilik qilishdir.
Maʼsiyat va fasod ishlarni qilish
Odamlar fasod va gunoh ishlarga berilib ketsalar, Alloh ulardan yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada insonlar va boshqa narsalar halok bo‘ladi. Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda fitna-fasod qilish ishlari bilan yuradi”degan jumlani “Yerda Allohga osiy bo‘ladi”, deb tafsir qilgan. Mazkur oyatdagi “Alloh fasodni yoqtirmaydi” degan jumlani esa shunday tafsir qilgan: “Alloh Maʼsiyatlar qilinishiga rozi bo‘lmaydi”. Shuningdek: “... Yana (ular) Yer yuzida fasod (ishlarni qilish)ga harakat qiladilar. Alloh (esa) buzg‘unchilarni yaxshi ko‘rmaydi” (“Moida” surasi, 64-oyat) oyatini sharhlab, shunday yozadi: “Ular yerda maʼsiyat bilan ish olib boradilar va odamlarni Allohdan o‘zgaga ibodat qilishga chorlaydilar. Alloh maʼsiyat qilganlarning ishidan rozi bo‘lmaydi. Alloh fasod ahlini va ularning amalini yaxshi ko‘rmaydi”.
Qotillik
Oyatdagi “ekinni halok qilish” iborasi odam farzandini o‘ldirish maʼnosini ham anglatishi mumkin. Yaʼni, odamlarni halok qilish ekinzorlarni halok qilish demakdir. Zero, ekin ekadigan ham, nasl qoldiradigan ham odam farzand hisoblanadi.
Zulm va bog‘iylik
Imom Nasafiy rahimahulloh buni shunday izohlaydi: “Odamlar zulmni oshkora qila boshlasalar, Alloh taolo ularning bu zulmi sababli yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Natijada ekinzorlar va nasl (odamlar suvsizlikdan) halok bo‘ladilar”. Imom Nasafiy rahimahulloh oyatdagi “Yerda buzg‘unchilik qilish” iborasini sharhlab, shunday degan: “Yerda zulm va bog‘iylik bilan buzg‘unchilik qilishni istama!”.
Batafsil👇 https://telegra.ph/ALLOH-SUYMAGAN-BANDALAR-06-15

ALLOH SUYMAGAN BANDALAR BUZG‘UNCHILAR Alloh taolo buzg‘unchilik va buzg‘unchilarni sevmasligini Qurʼoni karimning uchta oyatida zikr qilgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi: “(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari…
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
GUNOHKOR SUDXO‘RLAR
Alloh taolo shunday deydi:
“Alloh sudxo‘rlikni (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqa (beruvchilarga boylik)larni ziyoda etadi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol deb biluvchi) kofirni va (uni davom ettiruvchi) gunohkorni yoqtirmaydi” (“Baqara” surasi, 276-oyat).
Islom shariatida mehnat qilmay, o‘zgalarning mehnati evaziga foyda ko‘rish qattiq qoralanadi. Xususan, dangasalik va ishsizlik Islom dini taʼlimotlariga zid xulqlar sanaladi. Shu bois dinimizda ribo, yaʼni sudxo‘rlik va qimor harom qilingan.
Sudxo‘rlik sharʼiy istilohda “ribo” deb ataladi. “Ribo” lug‘atda “ko‘paymoq, ziyodalashmoq” maʼnolarini anglatadi. Shuningdek, ribo “rimo”, “rimoʼ”, “rubiya” yoki “rubbiyya” (رما أو رماء أو ربية) tarzida ham qo’llaniladi. Bu borada Umar roziyallohu anhudan shunday rivoyat bor: “Men sizlarning rimo qilishingizdan qo‘rqaman”.
Ribo Qurʼon, sunnat va ijmoʼ bilan harom qilingan amallardan bo‘lib, kabira gunoh va “yetti halok qilguvchi” maʼsiyatlarning biri. Shu bois riboni halol sanagan odamning dindan chiqishi xavfi bor. Lekin riboning haromligini inkor qilmagan holda sudxo‘rlikni amalga oshirganlar esa, gunohkor hisoblanadi.
Mazkur oyatda riboni halol sanab, sudxo‘rlikda bardavom bo‘lgan gunohkorlar nazarda tutilgan. Bunday kimsalar Allohning muhabbatidan mosuvo bo‘ladilar. Bu haqida mufassir olimlar shunday yozadilar: “Alloh kufr keltiruvchi, yaʼni riboning haromligini inkor qilib, ko‘p kufr keltirgan va gunohkor, yaʼni riboni isteʼmol qilib, osiy bo‘lgan va bu ishida to‘xtamay davom etadigan kimsani sevmas”.
Sudxo‘rlik zohiran foydali bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u mol-davlat kushandasi hisoblanadi. Bu haqida Imom Moturidiy rahimahulloh shunday yozadi: “Insonlar farzandlariga bo‘lgan shafqatlari sababli mol-davlat to‘playdilar va ularning kelajagini o‘ylab, infoq qilishda baxillik qiladilar. Chunki to‘plagan mol-mulkidan farzandlari foydalanishini istaydilar. Hatto baʼzida mol-mulk topish uchun harom ishlar, jumladan, riboga ham qo‘l uradilar. Insonning ribo yo‘li bilan to‘plagan mol-davlati farzandlariga buyurmaydi. Aksincha, sadaqa va infoq qilgan mol-mulki yana-da ortib, undan farzandlari ham foydalanadi. Alloh taolo ribodan barakani ko‘tarib, sadaqaning barakasini esa ko‘paytirib qo‘yadi”.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh shunday deydi: “Aytishlaricha, ribo yegan odamning mol-davlati quyidagi uch holatdan biriga yo‘liqadi:
1. Mol-mulki qo‘lidan ketadi, talofatga uchraydi;
2. Farzandlarining qo‘lidan ketadi, yaʼni ularga buyurmaydi;
3. Mol-davlatni keraksiz joylarga sarflab yuboradi”.
Shuning uchun ham Alloh taolo musulmonlarni ribo – sudxo‘rlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirgan va bunday kimsalarni sevmasligini eʼlon qilgan.
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Qarang: Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. J.1. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 2004. – B. 231;
2. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 235;
3. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 225;
4. Qarang: Al-Mavsuʼa al-fiqhiyya. J.22. – Quvayt: Islomiy ishlar va vaqflar vazirligi, 2009. – B. 50-51.

ZOLIMLAR
Oldingi guldastalarimizda taʼkidlanganidek, Alloh taolo adolatli bandalarni yaxshi ko‘radi. Buning aksi o‘laroq, Alloh taolo zolimlarni yoqtirmaydi va bu Qurʼoni karimning uchta oyatida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, Alloh taolo shunday deydi:
“Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotni mukammal berur. Alloh zolimlarni yoqtirmas” (“Oli Imron” surasi, 57-oyat).
“Agar sizlarga (Uhud jangida) jarohat (mag‘lubiyat) yetgan bo‘lsa, u qavmga ham (Badr jangida) xuddi shunday jarohat (mag‘lubiyat) yetgan. Imonli kishilarni bilish (sinash) va sizlardan shahidlarni saralab olish uchun (Biz) shu (g‘alaba) kunlarni (ketma-ket) almashtirib turamiz. Alloh zolimlarni sevmagay” (“Oli Imron” surasi, 140-oyat).
“(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolim (tajovuzkor)larni sevmas” (“Sho‘ro” surasi, 40-oyat).
Zulm so‘zi lug‘atda “biror narsani o‘z joyiga qo‘ymaslik” maʼnosini anglatib, istilohda bir nechta maʼnolarda keladi. Mufassir olimlar bu maʼnolarni quyidagicha izohlaganlar:
1. O‘zganing mulkini nohaq o‘zlashtirish: “Alloh zulmni yoqtirmaydi. Zulm – biror narsani o‘z joyiga qo‘maslik. Kim haqqi bo‘lmagan narsani olsa, u zolimdir”.
2. Zarar berish: “Zolimlar zarar beruvchilar demakdir. Chunki har bir zolim dunyoda ham, oxiratda ham o‘z nafsiga zarar beradi”.
3. Jazoga loyiq bo‘lgan ishni qilish: “Inson tomonidan sodir etilgan va jazoga loyiq bo‘lgan har qandan ish zulmdir”.
4. Shariat tomonidan ruxsat berilmagan ishni bajarish: “Bandaga izn berilmagan har bir amal zulmdir. Chunki bunday banda o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi”.
5. Kufr: “Imonsizlarning zolim deb atalishining sababi shundaki, ular ilohlikni o‘z o‘rniga qo‘ymadilar”. Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh shunday yozadi: “Alloh zolimlarni sevmas, yaʼni imonda sobit turmaganlar munofiq va imonsizlarni yoqtirmaydi”.
6. Haddan oshish: “Alloh zolimlar, yaʼni haddan oshuvchilarni sevmas”.
Allohim! Bizlarni zolim qavmlar bilan birga qilmagin! Bizlarni o‘z nafsiga zarar berib, muhabbatingdan bebahra bo‘ladiganlardan qilmagin!

1. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Ahmad Vonli o‘g‘li. / J.1. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 91, 124-125;
2. Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Murtazo Badr. / J.13. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 205;
3. Qarang: Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 296;
4. Qarang: Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.3. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 259.
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

sahifalariga ulaning
👇 Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
KIBRLI VA MAQTANCHOQLAR
Alloh taolo shunday deydi:
“Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shniyu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! ALBATTA, ALLOH KIBRLI VA MAQTANCHOQ KISHILARNI SEVMAYDI” (“Niso” surasi, 36-oyat).
Allohga nisbatan sodir etilgan ilk gunoh nima ekanini bilasizmi? Kibr! Ha, Iblisni Allohning buyrug‘iga qarshi chiqishga undagan narsa kibr edi: “Eslang, (ey Muhammad!) Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilingiz!” – deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, TAKABBURLIK QILDI va kofirlardan bo‘ldi” (“Baqara” surasi, 34-oyat). Shuning uchun ham Alloh ushbu shaytoniy xulqni va bu razil illat bilan xulqlanganlarni suymaydi.
Imom Moturidiy rahimahulloh “Niso” surasidagi mazkur oyatni sharhlab, shunday yozadi: “Kibrli” so‘zi “اخْتِيَالٌ” o‘zagidan olingan bo‘lib, bir nechta maʼnolarni anglatadi:
1. Mutakabbir;
2. O‘ta yolg‘onchi, firibgar;
3. Gerdayib yuruvchi.
Bunday insonning xatti-harakatidan ikki xil maʼnoni anglash mumkin:
1. Alloh taologa kibr qiladi.
2. Allohning bandalariga mutakabbirlik qilib, ularga firib beradi”.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh mazkur oyat sharhida quyidagilarni yozadi: “Kibrli va maqtanchoq kishilar” so‘zlarining maʼnosi shuki, ular Alloh bergan neʼmatlar bilan faxrlanib, ularning shukrini ado qilmaydilar hamda odamlarga mutakabbirlik bilan munosabatda bo‘ladilar”.
Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh kibrli va maqtanchoq kishilarni tavsiflab, quyidagilarni yozadi: “Kibrli kishi qarindoshlari va qo‘shnilaridan jirkanib, ularga iltifot ko‘rsatmaydi. Maqtanchoq kishi esa, o‘ziga berilgan neʼmatlarni kibr sifatida qabul qiladi. Agar eʼtirof sifatida qabul qilganida (kibr emas) shukr bo‘lar edi”.
Mulla Ali Qori rahimahulloh ham shunga yaqin so‘zlarni aytgan: “Kibrli va maqtanchoq kishilar qarindoshlari, qo‘shnilari, do‘stlari va qo‘l ostidagi xizmatchilariga past nazar bilan boqib, ularga kibr bilan munosabatda bo‘ladi. Yoki qo‘l ostidagilarning xizmatidan foydalanib, ularga yaxshilik qilmaydi va ular bilan boshqalarga maqtanadi”.
Allohim! Kibr va maqtanchoqlik illatlaridan saqlanishda bizga O‘zing tavfiq ber! Bizni muhabbatingdan bebahra qilma!
Qurʼonni shunchaki o‘qimang, Uni tafakkur qiling!
Manba:
1. Qarang: Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot Ahl as-sunna. / Tahqiq: Bakr To‘pol o‘g‘li, Muhammad Bo‘yniqalin. / J.3. – Istanbul: Dar al-miyzan, 2006. – B. 229;
2. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 354;
3. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 357;
4. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 423.

sahifalari👇
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram#Qurondan_guldasta
ALLOH SUYMAGAN BANDALAR
XIYONATKOR JINOYATCHILAR
Alloh taolo shunday deydi:
“O‘zlariga xiyonat qiluvchilar haqida tortishib o‘tirmang. Albatta, ALLOH XIYONATCHI VA JINOYATCHI BO‘LGAN KIMSANI SEVMAYDI” (“Niso” surasi, 107-oyat).
Bu oyatning sababi nuzuli haqida Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh shunday rivoyat keltiradi: “Banu Zafar qabilasida Tuʼma ismli o‘g‘ri bor edi. Qo‘shnisi Qatoda ibn Noʻmonning sovutni o‘g‘irlab, uni un solingan qopga yashiradi va uni berkitish uchun joy izlay boshlaydi. Bu orada qop teshilib, un yerga to‘kiladi. Tuʼma o‘g‘irlangan sovutni Zayd ibn Samin ismli bir yahudiyning uyiga berkitib qo‘yadi. Sovut o‘g‘irlangani maʼlum bo‘lgach, dastlab uni Tuʼmadan qidirishadi, lekin sovutni topa olmaydilar. Tuʼma ham: “Men olmaganman, bu haqda hech narsa bilmayman”, deb qasam ichadi. Banu Zafar qabilasi to‘kilgan un bo‘ylab sovutni qidira boshlaydilar va mazkur yahudiyning uyiga keladilar. Ular yahudiyni qo‘lga olishadi. Yahudiy: “Buni menga Tuʼma tashlab ketgan”, deb bir nechta yahudiylarni guvoh qilib keltiradi. Tuʼmaning o‘g‘riligi oshkor bo‘lgach, Banu Zafar qabilasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Sherigimiz Tuʼmani himoya qiling. Agar shunday qilmasangiz, u halok bo‘ladi va sharmanda bo‘ladi, yahudiy esa oqlanib, obro‘si ortadi”, deyishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonning yahudiylar oldida sharmanda bo‘lishini istamay, uni himoya qilmoqchi bo‘ladilar. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi.
Alloh taolo mazkur oyatda Tuʼmaning nomaqbul ishini sifatlar ekan, “خَوَّان” tarzida mubolag‘a siyg‘asini zikr qilgan, yaʼni uni “o‘ta xiyonatkor” deb atagan. Chunki Tuʼma umrining oxirigacha xiyonat qilishdan, yaʼni o‘g‘rilikdan qaytmagan. Rivoyat qilishlaricha, Tuʼma Makkaga qochib ketib, keyinchalik murtad bo‘lgan. Makkadagi bir hovliga o‘g‘rilikka tushish maqsadida devorni teshayotganida devor qulab ketgan va devorning ostida qolib o‘lgan.
Inson – xatokor. Banda xato qilgach, darhol tavba qilishi va qilgan xatosini boshqa takrorlamasligi lozim. Aks holda, Tuʼma kabi xiyonatkor jinoyatchiga aylanib qoladi va Allohning muhabbatidan bebahra bo‘ladi.
Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh mazkur oyat sharhida shunday yozadi: “Xiyonatchi” gunoh bilan xiyonat qiladigan, “jinoyatchi” esa, qilgan gunohini boshqaning bo‘yniga qo‘yib, tuhmat qiladigan kimsadir”.
Ha, gunoh-maʼsiyat bilan takror-takror o‘ziga xiyonat qiladigan va qilgan jinoyatlarini o‘zgalarga nisbat berib, ularga tuhmat qiladiganlar Allohning muhabbatidan mosuvodirlar.
Bu oyatdagi xiyonatga Mulla Ali Qori rahimahulloh shunday taʼrif bergan: “Xiyonat – nafsning nasihat qabul qilmasdan, o‘z maqsadiga ergashishi”.
Tuʼmaning hayoti bunga yaqqol misol. Tuʼma qilgan xatosidan o‘ziga yarasha xulosa chiqarmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasihatlariga quloq solmadi. Gunoh-maʼsiyat ishlarda davom etdi. O‘g‘rilikni o‘ziga kasb qilib oldi. Natijada shu dunyoning o‘zidayoq jazosini oldi. Oxiratda esa, shubhasiz, Allohning muhabbatidan bebahra qoladi.
Allohim! Bizni gunohda bardavom bo‘ladigan xiyonatkor jinoyatchilardan qilmagin! Bizlarni tavba va istig‘for neʼmati bilan siylagin!

1. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 385;
2. Abul Barakot Abdulloh Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil – Tafsir an-Nasafiy. J.1. – Damashq: Dar al-kalim at-tayyib, 2005. – B. 392-393;
3. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 460..

ALLOH QASAM ICHGAN TO‘RT ULUG‘ NARSA
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Qasamyod etaman tong (vaqti) bilan, “O‘n kecha” bilan, juft va toq (narsalar) bilan va o‘tayotgan tun bilan” (“Fajr” surasi, 1-4-oyatlar).
Alloh taolo mazkur oyatda to‘rtta ulug‘ narsaning nomini zikr etib, ular bilan qasam ichgan:
1. Tong;
2. “O‘n kecha”;
3. Juft va toq narsalar;
4. O‘tayotgan tun.
Alloh taolo arzimas narsalar bilan qasam ichmaydi. Alloh qaysi narsa bilan qasam ichsa, o‘sha narsaning qadri Uning nazdida ulug‘ ekanini anglatadi. Yuqoridagi oyatda ham ana shunday ulug‘ narsalardan to‘rttasi zikr etilgan:
Tong. Bu so‘zning tafsiri borasi turli fikrlar mavjud. Jumladan:
1. Abu Lays Samarqandiy rahimahullohning taʼkidlashicha, bu tongdan murod Muharram oyining ilk kunidir.
2. Ibn Ato rahimahulloh shunday degan: “Tong – Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Chunki U zot sababli imon va ehson nuri tongdek yorishdi, kufr va kufron zulmati g‘oyib bo‘ldi”.
3. Zulhijja oyining tongi.
“O‘n kecha”. Bu kechalar borasida turli qarashlar mavjud. Jumladan, mufassir ulamolar bu haqida shunday deganlar:
1. Zulhijja oyining ilk o‘n kuni.
2. Muso alayhissalom ro‘za tutgan o‘n kun;
3. Muharram oyining ilk o‘n kuni;
4. Ramazon oyining oxirgi o‘n kuni.
Bu o‘n kechaning fazilati ko‘p bo‘lgani bois ular qaysi kun ekani aniq bayon qilinmagan”.
Juft va toq narsalar. Bu borada ham turli qarashlar bor. Jumladan:
1. Juft – qurbonlik kuni. Chunki bu kun Zulhijjaning o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi. Toq – Arafa kuni. Chunki bu kun Zulhijja oyining to'qqizinchi kuniga to‘g‘ri keladi.
2. Juft va toq bo‘lgan narsalar;
3. Mazkur o‘n kechaning juft va toq kechalari;
4. Juft va toq namozlar. Juft – bomdod, peshin, asr va xufton namozlari. Toq – shom namozi;
5. Juft – mavjudotlar. Toq esa Alloh taolo.
6. Ali roziyallohu anhu shunday degan: “Juft – Odam alayhissalom va Havvo. Toq – Alloh subhanahu va taolo”.
7. Hasan rahimahulloh shunday degan: “Juft – erkak va ayol. Toq – Alloh taolo”.
8. Juft va toq sonlar.
9. Juft – mavjudotlarning antonim sifatlari. Yaʼni, ilm va johillik, qudrat va ojizlik, hayot va o‘lim kabi. Toq – Allohning ziddi bo‘lmagan sifatlari. Yaʼni, Allohning ilm sifati, Uni johillik bilan sifatlab bo‘lmaydi. Allohning qudrat sifati, Uni ojizlik bilan sifatlab bo‘lmaydi. Allohning hayot sifati, Uni o‘lim bilan sifatlab bo‘lmaydi.
O‘tayotgan tun. Bu tun borasida ham turli tafsirlar mavjud. Jumladan:
1. “Muzdalifa kechasi”. Yaʼni, bu kechada hojilar Muzdalifaga yo‘l oladilar.
2. Qadr kechasi.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: “Nima uchun bu to‘rt narsa bilan qasam ichilgan? Buning hikmati nima?” Bu savollarga kelgusi guldastamizda javob olasiz insha Alloh.

1. Abu Lays Samarqandiy. Bahr al-ulum (Tafsir as-Samarqandiy). J.3. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1993. – B. 475;
2. Abul Barakot Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-taʼvil (Tafsir an-Nasafiy) J.3. – Bayrut: Dar al-kalim at-tayyib, 1998. – B. 637;
3. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.5. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 316-317.