A look inside ... 🕊
28 subscribers
29 photos
5 videos
3 links
Download Telegram
🔥 Glukagon qondagi "Qutqaruvchi" Gormon yoki Organizmning Yashirin Energiya Deposi hisoblanadi 🔥

​ Ko'pchilik insulinni yaxshi taniydi, ammo uning "bosh raqibi" va eng yaqin hamkori bo'lgan glukagon soyada qolib ketadi.
🕵️‍♂️ Glukagon o'zi nima va u qayerdan chiqadi?

​Glukagon — bu me'da osti bezining alfa-hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan gormon. Agar insulinni organizmdagi "omborchi" deb bilsak, glukagon — "g'aznachi" dir. U och qolganingizda ombor eshiklarini ochadi!
11🔥1
⚔️Organizmda Insulin va Glukagon o'rtasida abadiy kurash va muvozanat kechadi .
​Bu ikki gormon xuddi "In va Yang" kabi ishlaydi .

🍔 Ovqat yeganingizda qonda shakar ko'payadi . ➡️ Insulin esa maydonga tushadi va shakarni kamaytiradi ya'ni hujayralarga tarqatadi.

🏃‍♂️ Och qolganingizda yoki sport bilan shug'ullanganingizda qonda shakar kamayadi ➡️ Glukagon uyg'onadi va shakarni ko'taradi.

⚙️ Glukagon qanday ishlaydi?

​Glukagon qonda shakar darajasi tushib ketganda gipoglikemiyada jigarga buyruq beradi.
Uning 3 ta asosiy mexanizmi bor:

​Glikogenoliz ➡️Jigarda taxlanib turgan glikogen zanjirlarini parchalab, glyukozaga aylantiradi va qonga chiqaradi.
​Glukoneogenez ➡️Agar jigardagi zaxira tugasa, glukagon oqsillar va yog'lardan yangi glyukoza sintez qilishni boshlaydi.
​Lipoliz ➡️ Glyukagon yog' hujayralariga ta'sir qilib, ularni parchalaydi. Demak, ozish jarayonida ham uning o'rni katta!
21👍1
🧠 Qiziqarli Faktlar

Fight or Flight holati
Kuchli stress, qo'rquv yoki hayajon paytida adrenalin bilan birga glukagon ham keskin ko'tariladi. Sababi — miya va mushaklar xavfdan qochish uchun zudlik bilan energiya talab qiladi.
Kofe va Glukagon
Ertalab och qoringa ichilgan achchiq kofe organizmda glukagon ajralishini rag'batlantiradi va jigardagi shakarni qonga chiqaradi. Shu sababli kofedan keyin ochlik hissi vaqtincha yo'qoladi.
🧪 Tibbiyotda
Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda insulin dozasi oshib ketib, komaga tushish xavfi bo'lganda asosan og'ir gipoglikemiyada shoshilinch yordam sifatida aynan glukagon ukoli qilinadi. U bemorni hushiga keltirish dori vositasi hisoblanadi .
11🔥1💘1
🌷“Biz kitoblarga o‘xshaymiz. Odamlarning ko‘pchiligi faqat muqovamizni ko‘radi, ozchilik faqat kirish qismini o‘qiydi, ko‘plar tanqidchilarga ishonadi. Juda kamchilikgina bizning asl mazmunimizni biladi.”

—Emile Zola
3❤‍🔥1🔥1
​​Insoniyat fikrlay boshlaganidan beri miflarning, dinlarning, falsafaning tahlil markazida bo'lgan tana va jon masalalarini bugun kundalik hayotda o'ylamay qo'yganmiz. "Skafandr va kapalak" muallifi Jan Dominik Bobi mutlaq falaj bo'lib qolgan edi. Skafandr bu tana, kapalakni esa unga qamalib qolgan jon, ruh, yoki ilmiy olib qaraganda miyaning fikrlovchi, hali tirik qismi desak bo'ladi.

Miyamizda hosil bo'lgan istakni tanamiz darhol bajaradi. Yaqin insonimizga shapaloq tortamiz, avtobus ortidan yuguramiz, muzlatgichni ochamiz, televizorni yoqamiz. Ruhiyatimizdagi holatlar, kayfiyatimiz ham darhol yuzaga chiqadi, qovog'imizni o'yamiz, yuzimizni bujmaytiramiz, jilmayamiz, tilimiz kimgadir sevgi izhor qiladi, kimningdir ko'nglini og'ritadi, kimnidir aldaydi.

Muallif kasallik natijasida harakatdan mahrum bo'ladi. Faqatgina bitta ko'zini ochib yumadi, xolos. Shu yerda tana va jon masalasi yuzaga chiqadi. Bir odam hamma qatori tirik, o'ylaydi, quvonadi, qayg'uradi, zerikadi, jahli chiqadi, sevadi, afsuslanadi, nimalarnidir istaydi, nimalardandir bezor bo'ladi, lekin u o'z tanasiga qamalib qolgan va chap ko'zdagi bir tuynuk orqali dunyoni kuzatib turishga mahkum.

Qamoqdagi mahkumlar dunyodan uzilib bir xona ichiga qamaladi. Kamyuning "Begona" sidagi Merso qamoqda sud hukmini kutib yotar ekan, ozod hayotda hech bo'masa bir kun yashagan odam keyin tutqunlikda butun umr eslab ovunadigan xotiralarga ega bo'ladi, degan xulosaga keladi. Shu sharoitda xotiralar, o'tmish yordamga kelgandi. Inson butun hayotini detalma - detal tasavvurida tiklaydi. Ko'p narsani tushunadi. Xatolarini anglaydi. Xoh yaxshi, xoh yomon xotira bo'lsin, bari qadrli tuyuladi, faqat va faqat o'tmishda yashaladi.

Dominik Bobining unga birov barcha harflarni o'qib berib, keraklisiga kelganda ko'zini yumib ochishi orqali yozilgan bu kitobi tutqundagi ruhning xotiralari, kechinmalaridan iborat. Bu asarning qiymati shundaki, badiiy to'qima emas, shu ahvolga tushgan odamning rostakam o'y - xayollaridir. U skafandriga qamalib fikrlar ekan, osmonda, ya'ni boshqa dunyoda kapalakning ozod bo'lishi mumkinmi - yo'qligini o'ylaydi. Kitob chop etilganidan ikki kun o'tib muallif vafot etadi.
👏211👍1
Qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning Ruhida dunyoga kelgan bóladi.

"Alkimyogar" Paulo Koelo

Darhiqaiqat hech óylab kórmaganmisiz nima uchun aynan shuni orzu qildingiz? Nima sababdan orzularingiz tuğuldi va har qancha unutilgamlari ham qalbingizni tub tubida sas berib turibdi?

Har bir insonning óz taqdir yóli bor. Lekin hamma ham óz taqdir yólidan boravermaydi. Órzularining amalga oshmay qolishiga bólgan qórquvi uni óz hayotiga kónikib yashashga majbur qiladi. Oradan yillar ótganida xuddi chinnivorlar sotuvchisi kabi orzusini eslab yuragi bir achishib qóyadi. Qachonlardir nimanidur xohalganligini eslaydi. Ózgarishlarga bólgan qórquv uni yoshi bir joyga borib qolganda odam kam chiqadigan tepalikda chinnivorlar sotib ótirishga kóniktiradi.

Kitobda hamma óziga óxshash taqdirni topishi mumkin. Kimdur chópon yigit Santyagoga óxshab óz taqdiri ortidan borayotgan va Olam Ruhini ôrganayotgan. Kimdur Ingliz singarii o‘n yildan beri óz sohasini sirlarini kashf etish uchun tinimsiz óqiyotgan.
Kimdur Chinnivorlar sotivchisidek. Yana kimdur Alkimyogardek Olam Ruhini anglagan va maqomga erishgan odam.


"Yigitcha Olam Ruhiga singib ketdi va shuni kórdiki, Olam Ruhi Alloh Ruhining bir parchasi ekan, Alloh ruhi esa óz ruhi ekan. Va ózi ham mójizalar yaratishga qodir ekan. "
Biz hammamiz mójiza yaratishga qodirmiz. Lekin har doim ham óz qalbiz amriga quloq solavermaymiz. Orzularimiz ortidan bormaymiz. Agar ular amalga oshmas bólsa edi ular bizda va Olam Ruhida tuğulmagan bólar edi. Har birimizning óz taqdir yólimiz bor va biz uning ortidan boradiga bólsak Butun koinot bizga kómaklashadi.

Santyoga ham óz taqdirining ordidan bordi va ózi uchun atalgan xazinaga erishdi.


Quyida esa asardan olingan hikmatlar:

"Hayotimizning har bir kuni, har bir soati - Sharafli Jangning lahzasidir"

"Xudoning qahri qattiq, ammo Uning marhamati ham chek chegarasizdir"

"Borliq bir butunlikdir"

"Yovuzlik inson oğziga kirayotgan narsadan emas, chiqayotgan narsadan tuğuladi. Ózganing taqdiriga aralashgan óz taqdiridan mosuvo bóladi"

"Hozirgi ahvolingni yaxshilay olsang kelajagingni ham gózal qilasan"

"Yer yuzidagi har bir odamzodga atalgan, uni kutayotgan óz xazinasi bor"
11🔥1
11🔥1
Jimlikning ming bir ohangi… 🕊️

​Inson nima uchun sukut saqlaydi, bilasizmi?

​Ba’zilar uni gapirishga so‘zi yo‘qligidan, yana kimlardir mag‘rurligidan deb o‘ylashadi. Ammo sukut — shunchaki tovushlarning yo‘qligi emas. U — qalbning eng baland ovozda faryod urishi, eng chiroyli duo qilishi yoki shunchaki charchaganidan pichirlashidir.
1👍1🔥1💘1
​Ekzyuperi o‘zining mana shu mitti fozili orqali insoniyatga juda katta haqiqatni eslatib ketgan:
​„Til — tushunmovchiliklar manbaidir“, — deydi Kichkina Shaxzoda.
U tulkicha bilan do‘stlashayotganda, avvaliga shunchaki indamay, masofa saqlab o‘tirishni afzal ko‘radi. Chunki eng toza, eng samimiy tuyg‘ular so‘zga muhtoj emas. Qalb ko‘zi bilan ko‘riladigan narsalarni til bilan tushuntirib bo‘lmaydi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi — „Kichkina Shaxzoda“
11👍1🔥1💘1
🌿 Rayhon — nafaqat ziravor, balki salomatlik ombori! 🌿

​Xushbo‘y hidi va o‘zgacha ta’mi bilan taomlarimizga ko‘rk bag‘ishlaydigan rayhon o‘simligi organizm uchun haqiqiy shifodir.

Bugun ushbu mo‘jizaviy ko‘katning eng muhim foydalari haqida bilib olamiz .....

📌 Rayhonning top-5 foydali xususiyati

🛡 Immunitetni mustahkamlaydi .

Tarkibidagi C vitamini va kuchli antioksidantlar organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.

🧠 Stress va xavotirni kamaytiradi

Rayhon asab tizimini tinchlantirish xususiyatiga ega. Uning choyi kortizol gormoni darajasini tushirishga yordam beradi.

🍽 Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Oshqozondagi dam bo‘lish va og‘riqlarni qoldiradi, ishtahani ochadi.

🫁 Nafas yo‘llariga shifo

Shamollash, yo‘tal va bronxitda rayhonli choy balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida yordam beradi.

❤️ Yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi

Qon bosimini me’yorlashtirishga va qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga ko‘maklashadi.
👍1🔥1
Sizning yuzingiz — ichki a’zolaringiz ko‘zgusi!
​Ko‘pchilik yuzdagi husnbuzar, quruqlik yoki xiralikni faqat tashqi parvarish bilan davolashga harakat qiladi. Ammo terimiz — tanamizdagi eng katta a’zo bo‘lib, u ichkarida nima sodir bo‘layotganini birinchilardan bo‘lib signal orqali ko‘rsatib beradi.
​Tibbiyotda "Ichak-teri o‘qi" degan tushuncha bor. Agar ichaklarda foydali va zararli bakteriyalar balansi buzilsa masalan, shirinlik va xamir ovqatlar ko‘p eyilganda, zararli bakteriyalar toksinlar ajrata boshlaydi. Bu toksinlar qonga so‘rilib, terida yallig‘lanish, ya’ni husnbuzarlar (akne) ko‘rinishida tashqariga chiqadi.
​Ichak toza bo‘lsa — teri tiniq bo‘ladi. Ko‘proq kletchatka va qatiq mahsulotlarini iste’mol qilish terini ichkaridan tozalaydi.
Organizmdagi eng muhim organ Jigar — tanamizning asosiy filtri. U zararli moddalar, dori qoldiqlari va ortiqcha gormonlarni parchalaydi. Agar jigar ortiqcha yog‘li, qovurilgan va kimyoviy qo‘shimchalari ko‘p ovqatlar tufayli zo‘riqib ishlasa, u toksinlarni to‘liq tozalay olmaydi. Jigar ulgura olmaganidan keyin, tana chiqindilarni teri orqali haydashni boshlaydi. Bu terining sarg‘ayishi, dog‘lar tushishi va allergik toshmalarga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari agar siz kam harakat qilsangiz yoki kun davomida etarli suv ichmasangiz, qon va limfa aylanishi sekinlashadi. Bu degani, teri hujayralariga kislorod va foydali vitaminlar etib bormaydi. Natijada yuz rangi xira, ko‘z osti ko‘kargan va charchagan holatga kelib qoladi.
1👍1
Chiroyli va tiniq teri faqat qimmat kosmetikada emas, balki toza ichak, sog‘lom jigar va xotirjam asab tizimida. Teridagi muammolarni davolashni avvalo taomnomani to‘g‘rilash va suv ichish rejimini yo‘lga qo‘yishdan boshlash kerak!🕊