Minds in Motion
534 subscribers
276 photos
149 videos
27 files
246 links
- International journallar uchun maqola yozish
- Ekologiya, Mikrobiologiya
- Statistika (R, Excel)
- Bioinformatika - Qiime2, pyloseq
- Molekular Mikrobiologiya - NGS
- Chet elda o'qish, malaka oshirish
- Tekin webinarlar!
Contact:
@yabdullaeva
Download Telegram
Geotheda Mutabar Xushtvaqtova bilan❤️ Open talk ga kelinglar!
7❤‍🔥3👍1
Forwarded from yashil_uyim
🌿Suv, tuproq, iqlim va kelajagimiz:
Iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston uchun nimani anglatadi?

Open talk
Urikguli & Dr. Yulduzxon Abdullaeva

🕖11-fevral | 18:00
📍Amir Temur 42 (Goethe universiteti binosi)

🫶🏻Joylar cheklangan. Ushbu havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘ting:
https://t.me/cmalika
3
Uzbekistonga oxirgi marta 2022 dekabrda kelgan ekanman. Undan beri yurtimizda katta yangiliklar bo'libdi. Airaport da o'zgarishlar juda ham yaxshi, chiqish kirish juda qulaylashgan, ishchilari muomalasi yaxshi. Umuman olganda yaxshi tomonga o'zgarish juda katta. Temir yo'llari ham ancha yaxshilanibdi. Qishloqlarda ham quyosh panellari o'rnatishayapdi ekan, ko'p ko'rdim. Keraksiz tekshiruvlar ancha kamaygan. Ozgina kamchiliklar ham bor asosan jamiyatda. Insonlar hali boshqalarni shahsiy hayotiga qiziqishadi. Eng asabimga teggan narsa qatorda turishni bilmaydiganlar bor. Hamma qatorda tursa ham qatorga suqulib qoladigan yoki qator oldidan joy oladiganlar bor. Insonlar boshqalarni vaqti bilan hisoblashmaydi. Poizd, samalyotda barqarorlik tushunchasi shakllanmagan. Turk havo yo'llarida bor. Ular qoshiq, sanchqi, idishlari bir martalik emas, bizda juda ko'p plastik ishlatishadi. Yana bir muommo, internetdan foydalanish va parol. Yaqinda Germaniyda shu sohada ishlaydigan dugonam aytgandi. Uzim sinab ko'rdim. Hamma internet nuqta qilar olar ekan, hammada wifi bor, eng qizig'i parollar juda oddiy, masalan 1 dan 8 gacha yoki 8 ta bir hil raqam. Ko'p internet tarmoqlariga taxminan tersangiz bemalol kirib ishlatish mumkin ekan. Bu yomon niyatli insonlar uchun juda qo'l kelishi mumkin.
Umid qilaman sekin sekin bu kamchiliklar ham tuzaladi degan umiddaman.
👍7
Barqarorlik bugun aviatsiya sanoatida shunchaki trend emas — bu zarurat. Shuning uchun ayrim aviakompaniyalar bu yo‘nalishda ochiq siyosat yuritayotgan bo‘lsa, boshqalarida hali bu masala yetarlicha tizimlashtirilmagan.
Masalan, Turkish Airlines parvoz paytidagi ovqatlanishda mahalliy va mavsumiy mahsulotlardan foydalanish, qayta foydalaniladigan chinni va metall anjomlarga o‘tish, raqamli menyularni joriy qilish orqali chiqindilarni kamaytirishga harakat qilayotganini ochiq e’lon qiladi. Bu yondashuv mukammal bo‘lmasligi mumkin, ammo kamida aniq konsepsiya va strategiya mavjud.
Biroq Uzbekistan Airways misolida barqarorlik bo‘yicha shakllangan, ommaga taqdim etilgan aniq konsepsiya ko‘rinmaydi. Parvozlarda hanuzgacha ko‘p miqdorda bir martalik plastik idishlar va qadoqlardan foydalaniladi. Bu esa global miqyosda plastik chiqindilar muammosi keskinlashayotgan bir paytda jiddiy savollarni keltirib chiqaradi.
Gap tanqid qilishda emas — gap zamon talabi haqida. Shunday ekan, hech bo‘lmaganda kabina servisida plastikni kamaytirish, qayta foydalaniladigan anjomlarga o‘tish yoki chiqindilarni boshqarish bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqish muhim qadam bo‘lar edi.
Bugun barqarorlik imij uchun emas, mas’uliyat uchun kerak.
👍9💯53
📚 Mehribonlik tanaga qanday ta’sir qiladi? Ilmiy dalillar 🌿

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalarga faol ravishda yaxshilik qilish (prosocial xulq-atvor):

🧬 Immun tizimiga ta’sir qiladi
2017-yilda nufuzli ilmiy jurnal — Psychoneuroendocrinology da chop etilgan tadqiqotda 4 hafta davomida boshqalarga mehribonlik qilgan ishtirokchilarda stress va yallig‘lanish bilan bog‘liq gen faolligi kamaygani aniqlangan. Bu immun tizimi uchun ijobiy o‘zgarish hisoblanadi.

🧠 Kayfiyatni yaxshilaydi
Mehribonlik qilish serotonin va dopamin kabi “yaxshi kayfiyat” neyrotransmitterlari bilan bog‘liq miya markazlarini faollashtiradi. Bu stressni kamaytiradi va umumiy ruhiy holatni yaxshilaydi.

📖 Asosiy manba (PubMed havolasi):
Nelson-Coffey S.K. va boshqalar, “Kindness in the blood: A randomized controlled trial of the gene regulatory impact of prosocial behavior” (2017)
👉 https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/28395185/

Shunday ekan do'stlar yuzingizdan ta'bassum arimasin, qaytmasa ham doim bir biringingizga yaxshilik qiling!
6😁1
⚠️ Xalqaro ogohlantirish!

Yevropadagi iste’molchilar tashkiloti Stiftung Warentest ma’lumotiga ko‘ra, Xitoydan keltirilgan rangli “Magic Sand” o‘yin qumida asbest aniqlangan.

Asbest sog‘liq uchun o‘ta xavfli bo‘lib, nafas yo‘llari va o‘pkaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ota-onalardan farzandlari o‘ynayotgan o‘yinchoqlarga e’tiborli bo‘lish so‘raladi.

Shubhali mahsulotlarni xarid qilmang va bolalaringiz salomatligini himoya qiling!
😱8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana bir narsani aytish yodimdan chiqibdi, bu mahsulotlar ham "sustainable - barqaror" mahsulitlar hisoblanadi ya'ni yaqin kelajakda emas uzoq kelajakda ta'siri seziladigan mahsulotlar.

https://t.me/organiclivinguz
https://t.me/eco_qulay
🔥5❤‍🔥31👍1
Kim Qirg'izistondan ilmiy hamkor (texnikaga oid fanlar, Suniy intellekt, Biologiya fanlari, Qirg'izistondagi Issiq Kul yonidagi laboratoriyaga javobgar, yozgi maktablar takshikil qilish va boshqa ilmiy hakorliklar) qidirayotgan bo'lsa shu kishiga murojjat qilsangiz buladi. WatsAap yoki telefon orqali tezda bog'lansangiz bo'ladi. Muloqat tili rus tili.
🔥5👍2