Minds in Motion
421 subscribers
192 photos
119 videos
27 files
183 links
- International journallar uchun maqola yozish
- Ekologiya, Mikrobiologiya
- Statistika (R, Excel)
- Bioinformatika - Qiime2, pyloseq
- Molekular Mikrobiologiya - NGS
- SI to'g'ri ishlatish
- Chet elda o'qish, malaka oshirish
- Tekin webinarlar!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Qo‘llaringizni tuproqqa tekkizing – ruhingizga foyda bering!

O‘tgan 30–50 yil oldin, O‘zbekistonda odamlar bog‘da va dalada qo‘lqopsiz, toza havoda, tuproq bilan bevosita ishlardi. Bu faqat mehnat emas, balki sog‘liq uchun haqiqiy tabiiy terapiya edi.

🔬 Zamonaviy ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki:
Tuproqda yashovchi Mycobacterium vaccae nomli foydali bakteriya inson miyasida serotonin (baxt gormoni) ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va dopamin darajasini oshiradi.
Natijada:

😊 Kayfiyat yaxshilanadi
🧘‍♀️ Stress kamayadi
💪 Immunitet mustahkamlanadi

👩‍🌾 Tadqiqotlar shuni isbotladiki, oddiygina tuproq bilan shug‘ullanish ruhiy barqarorlikni kuchaytiradi, kontsentratsiyani yaxshilaydi va hayotdan zavqlanish hissini oshiradi.

📚 Manbalar:

1) Colorado University Boulder tadqiqoti: https://www.colorado.edu/today/2019/05/09/natures-original-stress-buster?utm
2) Medical News Today maqolasi: https://www.medicalnewstoday.com/articles/66840?utm
3) Bristol University xabari: https://www.bristol.ac.uk/news/2007/5384.html?utm
3👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Stereotiplar — qayerdan kelib chiqadi?

Uzbekistonda ham huddi yuqoridagi video singari oddiy sabablar tufayli urfga aylanib ketgan odatlar juda ko'p, shunday emasmi?

Kundalik hayotda juda ko'p hollarda xech kim “Nega shunday urf-odat?” deb surashmaydi, so'rashsa ham — “Shunday bo‘lgani uchun.” degan javob olamiz.

Bu javoblar — fikrlashni to‘xtatadi.

Savol bermasak, xato tizimlar o‘zgarmaydi.

Masalan:

“O‘qituvchiga qarshi chiqma” — aslida, bu bahs sizga yangi bilim olib kelishi mumkin.

“Hokim aytgan bo‘lsa, demak to‘g‘ri 🥸” — aslida, har qaror ham tanqidga ochiq bo‘lishi kerak.

"Qizlarga ( .... ) mumkin emas!👱‍♀" "O'g'il bolalarga uzun soch, yig'lash mumkin emas🧔‍♀"

Ustozga "Nimaga bu usulda dars o'tasiz" - ooo mumkin emas Ustozga bunday savol berish

Rektorga "Nimaga har kuni majlisga borishim kerak, uz ustimda ishlashim kerak, darsga tayyorlanishim kerak, maqola yozishim kerak" mumkin emas

Doktorga "Bu dorini tarkibida nima bor, qanday ishlaydi? Nima sabab bo'libdi kasalimga, nimaga bu dorini yozdingiz?" deb kamchilik so'rashsa kk. Chunki "doktor aytdi, doktor nima desa to'g'ri" degan tushuncha bor.

📌 Nima qilish kerak?
Ko'r ko'rona, kim nima desa deyishsa, " hop, hop, demak to'g'ri ekan", " katta nima desa shu ekan" deb ketavermasdan “Nega?” deb so‘rang.

Javob yo‘q bo‘lsa, demak, qoidaning ham poydevori yo‘q.

🗣 Savol — bu qurol. U bilan nafaqat o‘zingizni, balki jamiyatni ham yaxshilaysiz.
10🔥4🥰2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Glyphosat: qanday ishlaydi va O‘zbekistonda holat 🇺🇿

🔹 Glyphosat nima?
Glyphosat — dunyodagi eng keng tarqalgan gerbitsid. Begona o‘tlarni yo‘qotish uchun ishlatiladi.

🔹 Qanday ishlaydi? 🧪
U o‘simliklarda EPSP sintaza deb ataladigan fermentni bloklaydi. Bu ferment *shikimat yo‘li* orqali muhim aminokislotalarni ishlab chiqarish uchun kerak.
Aminokislotasiz o‘simlik o‘sishni to‘xtatadi va 1–3 hafta ichida nobud bo‘ladi.
⚠️ Glyphosat “tanlab” ishlamaydi — yashil bargli har qanday o‘simlikni o‘ldiradi, agar u qarshilikka ega bo‘lmasa.

🔹 Atrof-muhitga ta’siri 🌍

* Tuproq mikroorganizmlariga ta’sir qilishi mumkin.
* Suvga yuvilib tushganda suv ekotizimlarini buzishi ehtimoli bor.
* Ayrim foydali hasharotlarga (masalan, changlatuvchilar) bilvosita zarar yetkazishi mumkin.
* IARC uni *“ehtimol saraton chaqirishi mumkin”* deb baholagan, lekin boshqa xalqaro agentliklar bunga qo‘shilmagan.

Dunyo bo‘ylab 40dan ortiq davlat glyphosatni cheklash yoki taqiqlash choralarini ko‘rgan hisoblanadi.

To‘liq taqiq qo‘llaganlar: Avstriya, Lyuksemburg, Vetnam, Meksika (2024 yilgacha bosqichma-bosqich), va Shri-Lanka (bir necha bosqichda) kabi davlatlar.

Qisman taqiq yoki cheklovlar: Fransiya, Italiya, Germaniya (to‘liq chiqarib tashlashni rejalashtirmoqda), hamda Argentina, Kanada, AQShning alohida hududlarida.

🔹 O‘zbekistonda holat 🇺🇿

* Glyphosat taqiqlangan moddalar ro‘yxatida yo‘q.
* 2024–2025-yillarda glyphosat o‘z ichiga olgan vositalar mamlakatga import qilinmoqda va qishloq xo‘jaligida qo‘llanmoqda.

💬 Sizningcha, O‘zbekiston glyphosatni cheklashi kerakmi yoki u zarur vositami?

#glyphosat #qishloqxojaligi #herbisid #O‘zbekiston #sog‘liq #ekologiya
👍1
Ko‘l o‘rtasida joylashgan bu maxsus inshoot aslida ilmiy sealaboratoriya bo‘lib, suv ekotizimlarini o‘rganish uchun qurilgan.

📍 Qanday ishlaydi?

* 24 ta har biri 9 metr diametrli sinov silindrlari bor.
* Markazda 30 metr diametrli katta suv rezervuari joylashgan.
* Silindrlarning devorlari izolyatsion plyonka bilan qoplangan, ularning tagi esa 20 metr chuqurlikdagi ko‘l tubiga yetadi.
* Konstruktsiya alyuminiy suzuvchi halqa va maxsus platformalar bilan mustahkamlangan.
* Ilmiy asbob-uskunalar uchun alohida o‘rnatmalar mavjud.

🔬 Maqsad
Olimlar bu laboratoriyada iqlim o‘zgarishi, suv sifatiga antropogen ta’sirlar, biologik jarayonlar va suv havzalaridagi ekotizimlar barqarorligini tajribalar orqali o‘rganadilar. Har bir silindr mustaqil tajriba muhiti bo‘lib, suv tarkibini turli sharoitlarda kuzatish imkonini beradi.

🌊 Qiziqarli fakt:
Bunday inshootlar real ko‘l sharoitida laboratoriya tajribalarini o‘tkazish imkonini beradi — ya’ni laboratoriya va tabiat bir joyda!
👍6
🍅🍌🌿🥔 Meva, sabzavot va ko‘katlarni to‘g‘ri saqlash — Uy va mamlakat byudjetini tejash yo‘li!

Har yili katta miqdordagi oziq-ovqat sifati yomonlashgani uchun emas, balki noto‘g‘ri saqlash oqibatida yo‘qotiladi. Uy sharoitida ilmiy asoslangan saqlash usullari:

mahsulot umrini uzaytiradi
oilaviy byudjetni tejaydi
mamlakat miqyosida oziq-ovqat isrofini kamaytiradi

1️⃣ Pomidor

🍅 Tez pishishi uchun: Xona haroratida (20–25 °C)

🍅 Sekin pishishi uchun: Salqin joy (13–21 °C)

🍅 Pishgan bo‘lsa: Sovutkichda (~10 °C), ta’m biroz yomonlashishi mumkin

🔬 Nega? Pomidor etilen gazi ishlab chiqaradi. Etilen gazi

- Meva devorlarini yumshatadi
- Yashil rangni qizilga aylantiradi
- Shirinlik va hidni kuchaytiradi.

📚 Ilmiy manbalar:
Klee & Giovannoni (2011), Annual Review of Genetics

2️⃣ Banan

🍌 Tez pishishi uchun: Xona haroratida osib qo‘ying

🍌 Sekin pishishi uchun: Salqin joy (13–16 °C)

🍌 Yashil bananlar: Sovutkichda saqlamang — pishish to‘xtaydi

🔬 Nega? Banan ham klimakterik meva, etilen ishlab chiqarib kraxmalni shakarga aylantiradi.

3️⃣ Ko‘katlar (petrushka, shivit, ismaloq, kashnich)

🌿 Eng yaxshi usul: Yuvmasdan, lekin nam mato yoki nam qog‘oz sochiq ichida, havo o‘tkazuvchi paketda, sovutkichning sabzavot bo‘limida (0–4 °C)

🌿 Ilgari yuvib saqlash: Barglar quritilishi shart — nam qolsa, mog‘or paydo bo‘ladi

🌿 Etilen chiqaruvchilardan uzoqda saqlang (pomidor, banan, olma)

🌿 Qayta jonlantirish: So‘lib qolgan barglarni 5–10 daqiqa sovuq suvga soling

📚 Manbalar:
Wang et al. (2019), Postharvest Biology and Technology

4️⃣ Kartoshka

🥔 Saqlash sharoiti: Salqin (4–10 °C), quruq, qorong‘i va shamollatiladigan joy

🌑 Nega qorong‘ida? Yorug‘lik tushganda xlorofill hosil bo‘lib, po‘stlog‘i yashil tusga kiradi. Bu bilan birga solanin ishlab chiqadi — achchiq ta’m beradi va ko‘p miqdorda sog‘liq uchun xavfli.

🚫 Sovutkichda saqlamang — kraxmal shakar bo‘lib, ta’m buziladi.

🚫 Birga saqlash mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Bunga asosiy sabab — etilen gazi va namlik. Ayrim mahsulotlar ko‘p etilen chiqaradi, boshqalari esa bunga juda sezgir:

Etilen chiqaruvchi mahsulotlar:
🍅Pomidor
🍌Banan
🍏Olma
🍐Nok
🍈Qovun

Etilenga sezgir mahsulotlar:

🥬Ko‘katlar (tez so‘lishadi)
🥒Bodring (sarg‘ayadi, yumshaydi)
🥔Kartoshka (tez unib ketadi)
🥕Sabzi (achchiqlashadi)
🍋🍊🍋‍🟩Sitrus mevalar (tez buziladi)

💡 Maslahat: Etilen chiqaruvchi va sezgir mahsulotlarni bir-biridan alohida saqlang — bu saqlash muddatini bir necha kungacha uzaytiradi.

Boshqa foydali maslahatlar

🧄🧅 Piyoz, sarimsoq: Salqin, quruq, qorong‘i joy — sovutkichda saqlamang

🍋 Sitrus mevalar: Sovutkichda uzoqroq saqlanadi

🫚 Zanjabil yoki imbir: Sovutkich yoki muzlatgichda saqlang

🥭 Mango: Avval xona haroratida pishiring, keyin sovutkichga qo‘ying

💡 Nega bu iqtisodiy foydali?

🏠 Uyda: Mahsulot kamroq isrof bo‘ladi, xarajatlar kamayadi

🇺🇿 Mamlakatda: Hosildan keyingi yo‘qotishlar kamayadi, fermer daromadi oshadi, narxlar barqarorlashadi, oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanadi

📦 Oshxonangizni kichik ombor deb biling — uni to‘g‘ri boshqarsangiz, na oziq-ovqat, na pul isrof bo‘ladi!

#Saqlash
👏4👍1🔥1
Forwarded from Yulduz Abdullayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 SEMINAR: "MIKROBLAR, IMMUNITET VA FARZANDINGIZ SALOMATLIGI"

🗓 Sana: 07.09.2025
🕘 Vaqt: 18:00 (Ger), 21:00 (Uzb)
📍 Joy: Online

👶 Farzandingiz immuniteti qachon shakllanadi?
👉 Homiladorlikdayoq!

🔬 Mikroblarsiz immunitet bo‘lmaydi
✔️ Foydali mikroblar
✔️ Allergiya, astma va semirishning oldini olish

🚼 Tug‘ruq va ilk oylar
✔️ Tabiiy tug‘ruq vs kesarcha
✔️ Antibiotiklar – foyda yoki zarar?

🏡 Zamonaviy turmush = mikroblarsiz muhit
✔️ Spreylar, atirlar, antibakterial vositalar nega xavfli?
✔️ "Sovqotish" afsonasi

🍃 Farzandingizda sog‘lom mikrobiota hosil qilish uchun nima qilish kerak?
✔️ Bola – tuproq, hayvon va tabiat bilan
✔️ To‘g‘ri ovqat, emizish, toza (lekin tabiiy) parvarish

🎓 Spiker:
Dr. Yulduzkhon Abdullaeva
Ta'biy fanlari doktori, mikrobiolog, ekolog

📩 Ro‘yxatdan o‘tish: @uzbekberry
📣 Joylar cheklangan!
🛡 Bu – farzandingizning kuchli immunitetiga investitsiya!
👍31🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turli Europa davlatlari PhD ishlari bilan tanishamiz!
Fikrlaringizni yozib qoldiring, bizda shunday ishlar chiqishi uchun nima qilish kerak?
👍2
🌊 Limnologiya

Limnologiya — ko‘l, daryo, suv omborlari va boshqa ichki suv havzalarining fizik, kimyoviy, biologik va geologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan. U suv ekotizimlarining qanday ishlashini tushunishga, ularni himoya qilishga va barqaror boshqarishga xizmat qiladi.

💡 Limnologiyaning asosiy ahamiyati:

Suv sifatini saqlash
Biodiversitetni himoya qilish
Iqlim o‘zgarishlarini kuzatish
Ekologik muammolarga yechim topish
Qishloq xo‘jaligi va energetika uchun zamin

📚 Limnologiya 20-asr boshlarida shakllangan. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq ilmiy institutlar faoliyat yuritadi.

limnologiya #suv #ekologiya #barqarorlik #ilm

https://study.com/learn/lesson/video/limnology-study-importance.html
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧒🌱 Bolalar mikrobiomi va sog‘lom immunitet

Tadqiqotlarga ko‘ra, bolalik davrida tuproq, uy hayvonlari va tabiat bilan erta tanishish ichak mikrobiomini sog‘lom rivojlantiradi. Bu ilmda *“gigiyena gipotezasi”* yoki *“eski do‘stlar gipotezasi”* deb ataladi.

🔹 Turli mikroblar bilan xavfsiz muhitda tanishgan bolalarda immunitet kuchliroq va ichak bakteriyalari muvozanatliroq bo‘ladi.
🔹 Aksincha, ortiqcha dezinfeksiya va antibakterial vositalardan doimiy foydalanish foydali mikroblarni kamaytirib, allergiya, astma va autoimmun kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Albatta, qo‘lni ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin yuvish juda muhim. Ammo kundalik hayotda hayvonlar, tuproq va tabiat bilan muloqot bolalar salomatligi uchun foydali hisoblanadi.
👍1
Men sizlarga anchadan beri yozaman deb yurgan gaplarimni yozishga mana bugun vaqt bo'ldi.
Doim insonlarga qiziqishlaringiz xaqida gapiring. Bizda "xechkimga aytma, amalga oshmaydi" degan gap bor. Aslida u hayolingiz, qiziqishingiz bormi, xechkim bilan bo'lishmasangiz orzuligicha qolib ketadi. Masalan, teatr, konsert, sa'nat galerialariga borishni hohlaysizmi? Parashutda uchushni hohlaysizmi? Moshina haydashni, suzushni, nima bo'lsa ham, va'ziyat bo'lganda aytish kerak. Ba'zan ayni sizga o'xshagan, yoki sizni hayolingizdagi joyda ishlaydigan, yoki siz hohlagan ishni juda yaxshi biladigan inson sizni eshitib turgan bo'lishi mumkin. Qarabsizki hayollaringiz tezda amalga oshib ketadi. Hullas, doim hayollaringizni tillantiring faqat to'g'ri davrada :)
8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADHD- attention deficiency hyperactivity disorder - bu " modern life" sindrom xaqida oxirgi vaqtlar ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak.

⚡️ ADHD (Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi) — bu asosan bolalarda uchraydigan, lekin kattalarda ham davom etishi mumkin bo‘lgan nevrologik holat. Asosiy belgilar:

- Diqqatni jamlay olmaslik
- Giperaktivlik (har doim harakatda bo‘lish)
- Impulsivlik (o‘ylamasdan harakat qilish)

What makes your life good?
Sizni hayotingizni nima chiroyli qiladi?
👍2
Forwarded from Yoshlar Ventures
😀 Yoshlar Ventures va U-Enter hamkorligida PizzaPitch Women 👇

🚀 PizzaPitch Women — UEnter’da ayollar startaplari uchun eng katta tanlov!

⚡️ Tanlov g’oliblari Yoshlar Ventures tomonidan investitsiya olishlari mumkin

100 dan ortiq ayol tadbirkor bir sahnada o‘z g‘oyalarini taqdim etadi, investorlar bilan uchrashadi va tajriba almashadi.

🇳🇱 Eng yaxshi 5 ta startap Amsterdamda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📆 Sana: 13-sentabr
🕒 Vaqt: 09:00
📍 Joy: U-ENTER

📩 Ariza topshirish muddati: 7-sentabr
📋 Dastur bilan tanishish: havola

——-

😀 PizzaPitch Women в партнёрстве Yoshlar Ventures и U-Enter 👇

🚀 PizzaPitch Women — крупнейший конкурс женских стартапов в UEnter!

⚡️ Победители конкурса смогут получить инвестиции от Yoshlar Ventures.

Более 100 женщин-предпринимателей представят свои проекты, встретятся с инвесторами и обменяются опытом.

🇳🇱 Топ-5 стартапов получат стажировку в Амстердаме.

📆 Дата: 13 сентября
🕒 Время: 09:00
📍 Локация: U-ENTER

📩 Подать заявку можно до 7 сентября
📋 Программа мероприятия: ссылка
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1