Alisher Sadullaev
140K subscribers
2.24K photos
592 videos
30 files
1.55K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi

• Oliy Majlis Senati

• Shaxmat federatsiyasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
Kutubxonamiz yana bir ajoyib kitob bilan boyidi. Otabek Mahkamov akamiz “Kitob olami” kutubxonamizga kelib, o‘z muallifliklarida chop etilgan “Yuksaklik sari, tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitoblarini taqdim etdilar.

Bu kitob nafaqat kutubxonamizni, balki, o‘zbek tilidagi eng yaxshi kitoblar safini yana bittaga ko‘paytirishga xizmat qiladi, nazarimda.

@alisher_sadullaev
Вазирлар_Маҳкамасининг_2022_йил_7_июндаги_312_сон_қарори.pdf
6.7 MB
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan yoshlarimiz uchun yana ko‘plab imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish, yoshlar murojaatlarini hal etish, talaba-yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda yoshlar uchun muhim yangiliklarni ko‘rishingiz mumkin.

Barchasi bilan batafsil yuqoridagi faylda, albatta, tanishib chiqing.

@alisher_sadullaev
⚡️“Ibrat” tillar oromgohining yangi mavsumi boshlandi #ibratcamp

“Ibrat” tillar oromgohining ishtirokchilari soni 1500 nafarga yetdi. O‘tgan yilgi mavsumda 1200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, 6-iyun kuni oromgohning joriy yilgi ilk mavsumiga barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yana 250 nafar yoshlar 32 nafar mutaxassislar ishtirokida oromgohga jo‘nab ketishdi.

Tez orada chet tillari bo‘yicha barcha hududlarda malakali ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida marafonlar o‘tkazmoqchimiz. Unda eng tajribali ustozlardan bepulga malaka oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Ushbu marafonlar qaysi xorijiy tillardan bo‘lishini xohlaysiz? Takliflaringizni izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
#bizningchempionlar 🇺🇿

Norvegiyada o‘tkazilgan nufuzli “Norvey chess open 2022” xalqaro shaxmat turnirida
yosh shaxmatchilarimiz — 16 yoshli Muhiddin Madaminov va 13 yoshli Muhammadzohid Suyarov 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Muhiddin Madaminov 1916, Muhammadzohid Suyarov esa 1690 reytingga ega. Shunga qaramay, ular o‘zlaridan reytingi yuqori bo‘lgan shaxmatchilar ustidan ham g‘alaba qozonishgan. Qolaversa, AQSHlik 2442 reytingga ega Alexander Fishbein kabi shaxmatchilardan biznikilar oldinda turishibdi.

Ma’lumot uchun, bu yigitlarimiz “Sky chess” maktabi orqali bizga murojaat qilishganda ularning turnirga borib ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘lab berilgandi.

Mana shu yoshlarimizga kiritgan sarmoyamiz o‘z natijasini berganidan va yoshlarimiz buni oqlashganidan butun jamoamiz bilan xursandmiz va ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz!

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Koʻpincha “Talabaga madad” loyihasining yangi mavsumi boʻladimi, deb soʻrashadi. Bugun, 9-iyun kuni soat 20:00 da ushbu loyiha yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Unda yoshlar yetakchilari, professional ta’lim muassasalarining oʻquvchilari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari hamda abituriyent-yoshlar qatnashishlari mumkin.

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Savollaringiz boʻlsa, izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
Live stream started
“Talabaga madad” loyihasi yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi. Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.

@alisher_sadullaev
⚡️“Talabaga madad” loyihasi yuzasidan oʻtkazayotgan ovozli suhbatimizni YouTube kanalimizda ham kuzatishingiz mumkin! Quyidagi havola orqali kiring va savollaringizni YouTube’da izohlarda yozib qoldiring: https://youtu.be/T8kbW4UFmKE

@alisher_sadullaev