Alisher Sadullaev
139K subscribers
2.24K photos
594 videos
31 files
1.55K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi

• Oliy Majlis Senati

• Shaxmat federatsiyasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Haqiqiy matonat egasi — Javohir. Ushbu ibratli yosh haqidagi videoni albatta ko’ring va ulashing

Videoni to‘liq ko‘rish 👇
https://fb.watch/kUl6qz_ZDZ/?mibextid=qC1gEa

@alisher_sadullaev
⚡️Namanganlik yoshlar bilan muloqot

Bugun 2-iyun, soat 15:00da Kosonsoy tumani, “Sohil” bolalar oromgohida Namanganlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz bo’lib o’tadi.

Uchrashuvga taklifnoma yoki ruxsatnoma shart emas, muloqotda hamma ishtirok etishi mumkin.

Uchrashuvga kela olmaydiganlarga onlayn guruh ham tashkil qildik. Marhamat: https://t.me/+2FqqFS0SQwFjZWEy
⚡️O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’aning inauguratsiya marosimidagi ishtirokidan lavhalar.

@alisher_sadullaev
Hududlarga xizmat safari davomida, Namangan viloyatining olis hududlaridan biri, Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh Qizilyozi MFY da yashovchi Sevinchoy Ravshanbekovaning uyiga bordik.

Sevinchoy baxtsiz voqea sabab yura olmay qolgan, ammo bilimga tashnaligi, kelajakda shifokor bo’lish istagi yuqoriligi sabab oliy ta’limga kirish uchun tayyorgarlik ko’rishi uchun o’quv kurslari xarajatlari qoplab beradigan bo’ldik hamda online darslar orqali xorijiy tillarni o’rganishi uchun notebook sovg’a qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan muloqot jarayonida “Ibrat farzandlari” loyihasi haqida ma’lumot berib o’tdik. Sevinchoy ham mazkur loyihadan xabari borligi va muntazam kuzatib borishini ta’kidlar ekan, Sevinchoyga biz “Ibrat farzandlari” maxsus sovg’alarini ham topshirdik.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlarimiz ta’lim olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beraylik!

@alisher_sadullaev
⚡️Do‘stlar, avvalroq nemis tilidan sizlar uchun 1-10 darslarni e'lon qilgandik. Bugun 11-darsdan 20-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Nemis tilidan 11-dars;
Nemis tilidan 12-dars;
Nemis tilidan 13-dars;
Nemis tilidan 14-dars;
Nemis tilidan 15-dars;
Nemis tilidan 16-dars;
Nemis tilidan 17-dars;
Nemis tilidan 18-dars;
Nemis tilidan 19-dars;
Nemis tilidan 20-dars.

@alisher_sadullaev
Kun qahramonlari: Samarqandda 4 yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qolishdi

1-iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Sh.Boborahimov, M.Saidalimov, O.O‘tkirov va J.Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolishadi.

O‘quvchilardan biri darhol uning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yugurgan, qolgan uchovlon qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashgan. Keyin qizcha pastga qulagan, ammo yigitlar uni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

Barakalla, yigitlar! ✊🏻

@alisher_sadullaev
⚡️ Qahramonlik ko’rsatgan ukalarimizga jamoamiz nomidan 4ta noutbuk va o’qishga kirishda qo’shimcha darslar hamda xorijiy tillarni o’rganishdagi xarajatlarini qoplab beradigan bo’ldik.

Yaxshilikning mukofoti yaxshilikdir!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chegara bilmas haqiqiy matonat egalari - paralampiadachilar bilan Namangan viloyatida uchrashdik va do’stona bellashuv o’tkazdik.

Meni eng hayron qoldirgani, yoshlarning hayotida duch kelgan sinovlari oldida ham o’zini yo’qotmasdan, aniq maqsad bilan oldinga intilayotganligi bo’ldi. Bunday yoshlarni qo’llab - quvvatlashdan doim xursand bo’lamiz.

@alisher_sadullaev
⚡️Umida Omonova — rapid yo‘nalishida jahon chempioni!

6-8-iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatining rapid yo‘nalishida 10 imkoniyatdan 9 ochko to‘plagan hamyurtimiz Umida Omonova jahon chempioni bo‘ldi.

@alisher_sadullaev
⚡️ Yana bir iqtidorli O’zbek shaxmatchi qizi ulg’aymoqda. Sobirova Mumtozbegim jami 11 turdan 8 ochko jamg’arib o’z tengdoshlari o’rtasida Jahon chempionatining faxrli 2-o‘rinini qo’lga kiritdi. Mumtozbegim ayni vaqtda 8 yoshda.

@alisher_sadullaev
⚡️Do‘stlar, avvalroq nemis tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20 darslarni e'lon qilgandik. Bugun 21-darsdan 30-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Nemis tilidan 21-dars;
Nemis tilidan 22-dars;
Nemis tilidan 23-dars;
Nemis tilidan 24-dars;
Nemis tilidan 25-dars;
Nemis tilidan 26-dars;
Nemis tilidan 27-dars;
Nemis tilidan 28-dars;
Nemis tilidan 29-dars;
Nemis tilidan 30-dars.

@alisher_sadullaev
🏕️ «Ibrat Camp» yozgi mavsum haqida ovozli chat

Loyihaning yangi mavsumi qanday tashkil qilinadi?
Qatnashish shartlari qanday?

Shu kabi savollar sizni qiziqtirayotgan boʻlsa, bizning ovozli chatimizga qoʻshiling!!!

📆 10-iyun
15:00

🚀 https://t.me/ibratfarzandlari?livestream
⚡️Nihoyat, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Allaqachon yurtdoshlarimiz o‘zlarining takliflarini bildirishmoqda.

Qonunda bayrog‘imizdan foydalanishga bo‘lgan ko‘plab to‘siqlarning olib tashlanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, siz ham quyidagi manzillar orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin. Taklif bildirishda faol bo‘ling!

👉 fan@parliament.gov.uz

👉 https://parliament.gov.uz/oz/regulation/17

👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/81075
Bizning obunachilarimiz tanloviga ko’ra UEFA chempionlar ligasini qaysi jamoa yutadi?
Anonymous Poll
32%
Inter
68%
City
⚡️Jamoamiz bilan chet tillarni yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida "Xorijiy tillar marafoni”ga start berdik. Bunda siz 13 ta xorijiy tillar bo'yicha xalqaro tajribaga ega spiker va o'qituvchilar bilan birgalikda uchrashuv va masterklaslarda qatnashish imkoniga ega bo'lasizlar.

Birinchi manzil Samarqand viloyati! 14-15- iyun kunlari barcha Samarqandlik yoshlarni safimizga chorlab qolamiz.

Marafonda ishtirok etish uchun @ibrat_register_bot orqali ro'yxatdan o'ting.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz yoshlarimizni faqat chempion bo’lganida emas, balki har bir sinovli kunida birga bo’lamiz

@alisher_sadullaev
⚡️“Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumiga e’lon beramiz.

Birinchi mavsum davomida orttirilgan tajribalardan kelib chiqib, ikkinchi mavsumda o’quv markazlarini bilan sifat darajasini yanada oshirish ustida ishlamoqchimiz. Shu sababli, biz o’quv markazlarning soniga emas, sifatiga e’tibor berishga qaror qildik. Bunda:

1. Axborot texnologiyalari, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar yoʻnalishida markazda yetarli sharoitlar boʻlishi;

2. Markazda oʻquvchilarga bilimli va tajribali ustozlar dars berishi;

3. Daromad topish yoki xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritishga yo’naltirishi;

4. Sharoit va oʻqituvchilar malakasi yetarli boʻlgan oʻquv markazlari loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi bilan shartnoma imzolashi;

5. Tasdiqlangan markaz bino hududida davomat tizimini joriy qilishi;

6. Yoshlar ishlari agentligi jamoatchilik kengashi aʼzolariga loyiha doirasida oʻquv markazining amalga oshiradigan ishlari, markaz imkoniyatlari va loyihalari yuzasidan taqdimot oʻtkazishi;

7. "Yoshlar daftari" elektron platformasida oʻquv markazlari uchun yaratiladigan kabinetga ulanishi va belgilangan muddatda kabinet maʼlumotlarini yangilab borishi talab etiladi.

👨‍🎓Shu talablarga javob beradigan o’quv markazlari “Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumiga qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun havola:
https://yoshlardaftari.uz/edu-center/create

@alisher_sadullaev
2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 16 655 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 28,8 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Kompensatsiya boʻyicha TOP 5 talik hududlar:
Toshkent shahri — 6 829 nafar
Buxoro viloyati — 1 432 nafar
Fargʻona viloyati — 1 276 nafar
Namangan viloyati — 1 119 nafar
Samarqand viloyati — 961 nafar

E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensatsiya olgan qizlar soni yigitlar sonidan ko‘p. Ayol-qizlarimiz 9 053 nafarni, yigitlar esa 7 602 nafarni tashkil etmoqda.

@alisher_sadullaev
⚡️Do‘stlar, avvalroq nemis tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20, 21-30 darslarni e'lon qilgandik. Bugun 31-darsdan 40-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Nemis tilidan 31-dars;
Nemis tilidan 31-dars;
Nemis tilidan 33-dars;
Nemis tilidan 34-dars;
Nemis tilidan 35-dars;
Nemis tilidan 36-dars;
Nemis tilidan 37-dars;
Nemis tilidan 38-dars;
Nemis tilidan 39-dars;
Nemis tilidan 40-dars.

@alisher_sadullaev