Alisher Sadullaev
142K subscribers
2.25K photos
597 videos
31 files
1.56K links
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.

Abdulla Qodiriy, 1915-yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«O‘zbekistonlik»: Bu safar “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandosh qahramonlarimiz haqida

Tez kunda «O‘zbekistonlik» hujjatli filmining ikkinchi mavsum premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu safar milliarder Ilon Maskka tegishli “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning hikoyalari namoyish etiladi.

Qahramonlardan biri — Toshkent aviatsiya instituti bitiruvchisi. U yaratgan kompaniya “SpaceX” kichik kosmik uskunalarni ishga tushirish dasturi doirasidagi parvozlarda ishtirok etadi. Ikkinchi qahramon — “Tesla”ning Germaniyadagi ofisida ishlayotgan ilk o‘zbek qizi haqida.

O‘z kasb faoliyatida yuqori cho‘qqilarni zabt etayotgan, turli xil hayot qiyinchiliklariga duch kelgan mana shunday qahramon vatandoshlarimiz chin ma’noda yoshlarimizga o‘rnak bo‘la oladi, degan umiddamiz. Tez kunda ikkinchi mavsum premyerasi!

@alisher_sadullaev
Jamoamizning yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlar rahbarlari bilan hamkorlik yuzasidan o‘tkazgan muloqoti yozib olinib, YouTube sahifamizga joylandi.

Mazkur muloqotimizda ishtirok eta olmagan o‘quv markaz rahbarlari bo‘lsa, ushbu havola orqali YouTube’dagi videoning izohlariga o‘zlarining savollari, taklif va fikrlarini qoldirishlari mumkin. Albatta, tanishib chiqib, takliflari yuzasidan bog‘lanamiz.

Savol, taklif va fikr yozish uchun: https://youtu.be/R95knNw_jOA

@alisher_sadullaev
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to‘plami nashr etildi.

Mazkur to‘plamda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari va boshqa jihatlari o‘rin olgan.

Har bir kitobni tayyorlanishida jadidlar faoliyati bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Kitoblar to‘plami 23 ming nusxada chop etildi.

Mazkur to‘plam vazirlik-idoralarga, tashkilotlarga, ta’lim muassasalariga — barchaga tarqatilmoqda. Ayniqsa, yoshlar yetakchilari orqali barcha mahallalarga tez orada yetkazib beriladi.

@alisher_sadullaev
Barcha moʻmin-musulmonlarga ulugʻ ayyom — Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Koʻp millatli vatanimizda doim tinchlik-totuvlik va ahillik boʻlsin. Odamlar har doim bir-birlariga mehr-oqibatli boʻlib, yurtimiz doim taraqqiy etsin. Yoshlarimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishsin.

Oilalarimizda hamisha sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va toʻkin-sochinlik boʻlsin. Ushbu qutlugʻ kunlarda barcha orzularingiz roʻyobga chiqishini, boshlagan ishlaringizni Oʻzi xayrli qilishini soʻrab qolaman.

Bayram muborak, azizlar!

@alisher_sadullaev
⚡️@bilimtestbot’da 11-tur savollarini ishlang!

«Bilim uchun 100 million» loyihasining navbatdagi 11-turi @bilimtestbot’da e’lon qilindi, uni 17-iyulga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib ishlashingiz mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki avvalgi tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni ayni vaqtda mavjud turdan boshlash mumkin!

Eslatma:
11-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
08.07 svod.pdf
287.7 KB
#yoshkitobxon #repost

«Yosh kitobxon»
tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 8-iyul holatiga koʻra 33 117 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi

Hududlar kesimida Namangan viloyati 1-o‘rinda bormoqda. Mazkur viloyatdan 5 514 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Eng oxirgi oʻrinda esa 280 nafar roʻyxatdan oʻtgan yoshlari bilan Sirdaryo viloyati bormoqda.

Toshkent shahrida ham natijalar qoniqarli emas, bugungacha 655 nafar yoshlar roʻyxatdan oʻtgan, xolos. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot

Ma’lumot:
Tanlov uchun o‘qilishi zarur bo‘lgan kitoblar ro‘yxati.
2021-yilgi mavsumda yoshlarning finaldagi chiqishlari.
Tanlov yuzasidan ko‘proq ma’lumotlar bilan tanishing.

@alisher_sadullaev
⚡️ Bugun Nukusdamiz va 28 yoshga to’ldim. Ikki farzand otasiman, shirin qizchalarim va oqila rafiqam bor. Ota-onam va 3 nafar opalarim bor. Hammalari sog’-salomat, Vatanimiz tinch, Yaratganga shukr. Prezident jamoasida yoshlar uchun xizmat qilish — oliy sharaf! Barchangizga tabriklar uchun alohida tashakkur, do’stlar!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Ibrat” tillar oromgohining 4-mavsumi boshlandi #ibratcamp

11-iyul kuni “Ibrat” tillar oromgohining 4-mavsumiga 250 nafardan ortiq xorijiy tillar bo‘yicha bilimdon yigit-qizlarimizning navbatdagi guruhi jo‘nab ketdi. O‘tgan yilgi mavsumlar bilan hisoblaganda oromgohning jami ishtirokchilari soni 2 ming nafarga yaqinlashdi.

“Ibrat” tillar oromgohi yurtimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi xorijiy tillar boʻyicha bilimdon yoshlarni bir joyga jamlamoqda. Ular orasida eng chekka hududlardan ham bilimli yigit-qizlarimizning ishtirok etayotgani bizni yanada quvontiradi.

O‘zining kuchi va bilimi bilan “Ibrat”da ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritgan yigit-qizlarimizning orasidan dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olib, yurtimiz uchun foydasi tegadigan yetuk kadrlar chiqadi, degan umiddamiz.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Meni nomimdan ota-onangizga rahmat ayting» — Prezident shaxmatchi yigit-qizlarimiz bilan uchrashdi

30-iyun — Yoshlar kunida
Prezidentimiz bir guruh shaxmatchi yigit-qizlarimiz bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Suhbat chog‘ida davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” turnirida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan 10 yoshli Javohir Bozorovning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi. To‘liq video.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlardaftari #ulashing

Yoshlar hayotda o‘zining o‘rnini topib ketishi uchun kichik bir turtki bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning farzandiga kiritadigan sarmoyasi mana shu turtki vazifasini bajaradi. Biroq hammada ham imkoniyat bir xil bo‘lavermaydi. “Yoshlar daftari” tizimi esa yigit-qizlarimiz uchun mana shunday turtki vazifani va imkoniyat vazifasini bajarmoqda, nazarimda.

“Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari. Prezidentimiz tashabbusi bilan endi undagi imkoniyatlar yanada kengaytirilmoqda. Xususan, endilikda 14-17 yosh oralig‘idagi yigit-qizlar ham “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. “Yoshlar daftari”da nazarda tutilgan imkoniyatlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

“Yoshlar daftari” haqidagi ushbu rolikni ko‘ring, albatta! Sifatli holatda YouTube sahifamizda ham tomosha qilishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Furqatbek Quranboyev 2002-yilda Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida tug‘ilgan. U bilan o‘tgan yili dekabr oyida «Cheksiz ijod — cheksiz imkon» kitobining taqdimotida uchrashgandik.

Ukamiz bir necha yildan buyon kulolchilik va naqqoshlik bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, badiiy ijodning nazm va nasr yo‘nalishlarida ijod qiladi. Otasi — usta. Onasi — uy bekasi. Furqatbek yosh bo‘lishiga qaramasdan qo‘lida hunari bor, oddiy oilada katta bo‘lgan haqiqiy iste’dod egasi.

Furqatbek Yoshlar ishlari agentligiga elektron aravacha so‘rab murojaat qilgandi, elektron aravachani topshirarkanmiz, uning ko‘zlaridagi quvonchini ko‘rib, biz ham juda xursand boʻldik. Aslida Furqatbekning imkoniyatlari cheklanmagan, aksincha, chegarasizdir!

@alisher_sadullaev
⚡️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

@alisher_sadullaev
⚡️O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi!

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2022-yil iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi.

Dunyo reytingini mos ravishda AQSh, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda. Germaniya, Ispaniya, Polsha, Angliya kabi mamlakatlar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Shunga qaramay, reytingda yurtimiz dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya va Argentina kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda.

Albatta, bu hali shaxmatdagi natijalarimizning boshlanishi. TOP-10 talikka va undan yuqori o‘rinlarga kirish uchun jamoamiz bilan astoydil mehnat qilib, bundan ham yuqoriroq natijalarga erishishga harakat qilamiz. Bugungi yutuq bilan esa barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! 🇺🇿

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Bo‘zatov FEST» Yoshlar ovozi tanlovi ikki yildan buyon o‘tkazilmoqda. 2021-yil tanlovda 3 ming nafar yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil bo‘lib o‘tgan tanlovda 238 ming nafar yigit-qizlarimiz qatnashdi.

Ko‘p loyihalarimizni ochib berishda va uni tushunarli bo‘lishida biroz yumordan foydalanyapmiz. Bu safar ham shunday. Albatta, bu sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

P.S.: Bizga “kimningdir” jiyani emas, haqiqiy iste’dod egalari kerak. Videoni to‘liq ko‘ring, albatta, tushunib olasiz!😉

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlari ishlari agentligi va “Najot taʼlim” markazi hamkorligida tashkil etilgan “IMKON GRANT” loyihasi doirasidagi SMM kursida tahsil olayotgan jizzaxlik ukamiz Shohrux IT olamiga kirishdagi mashaqqatlari haqida soʻzlaydi.

“IMKON GRANT” loyihasi yana qaytadi. Ma’lumot uchun, Hukumat qarori bilan nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratilishi belgilangan.

Albatta, mazkur videoni oxirigacha koʻring, ulashing. Shohruxning ta’sirli hikoyasi yoshlarimizning xulosa qilishlari va harakat qilishlari uchun yaxshi ibrat boʻladi, degan umiddamiz.

@alisher_sadullaev
⚡️@bilimtestbot’da 12-tur savollarini ishlang!

Bilim uchun 100 million” loyihasining navbatdagi 12-turi @bilimtestbot’da e’lon qilindi, uni 25-iyulga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib ishlashingiz mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki avvalgi tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni ayni vaqtda mavjud turdan boshlash mumkin!

Eslatma:
12-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
⚡️“WikiOromgoh”ga start beramiz!

Bir hafta davom etadigan mazkur oromgohda
ishtirokchilar Vikipediya administratorlari tomonidan mahorat darslari, taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.

“WikiOromgoh”da 19-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 00:00 ga qadar Vikipediyaga kamida 10 ta sifatli maqola joylagan ishtirokchilar qatnasha oladi. Eng muhimi esa yosh chegaralanmagan! Maqolalar ensiklopedik ahamiyatga ega va Vikipediya qonun-qoidalariga mos tarzda yaratilishi kerak.

Anketada foydalanuvchi sahifasining havolasini kiritmagan va notebook yo‘q, deb belgilagan ishtirokchilar saralashda qatnasha olmaydi. Batafsil ma’lumot. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://bit.ly/3yN7rkq

@alisher_sadullaev
⚡️Ko’pchilik kitobxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, tez orada “Jadidlar” to’plamining audio variantini ham e’tiboringizga havola etamiz. Tinglash uchun maroqli hamroh bo’lishiga ishonamiz. Bu ishda tashabbus ko’rsatayotgan barchaga tashakkur bildiramiz!

@alisher_sadullaev
❗️OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma. Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar.

@alisher_sadullaev