Alisher Sadullaev
144K subscribers
2.25K photos
595 videos
31 files
1.56K links
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.

Abdulla Qodiriy, 1915-yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
«O‘quv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar o‘rta ta’lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta’lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifa turibdi», dedi Prezident.

Shu maqsadda barcha hokimlar:

bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;
ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlarning aniq vaqti, joyi va telefonlarini e’lon qiladi;
uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;
bitiruvchilarning ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko‘nikmalarini o‘rganib, ularning balansini shakllantiradi;
ish beruvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ularning ota-onasi bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor ko‘rib chiqilishi shartligi belgilandi.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️GOOOOOOOL!

Osiyo Kubogi U 23. Yarim Final.
Oʻzbekiston — Yaponiya. 1:0

@alisher_sadullaev
⚡️⚡️⚡️GOOOOOOOL!

Oʻzbekiston — Yaponiya. 2:0

@alisher_sadullaev
⚡️Oʻzbekiston — Yaponiya. 2:0. Oʻzbekiston U23 finalda! Barakalla, yigitlar!

Olgʻa, Oʻzbekiston! 🇺🇿

@alisher_sadullaev
⚡️Qabul kvotalari tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

@alisher_sadullaev
❗️Rasman: qabul 20-iyundan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

@alisher_sadullaev
Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar uchun 10 mlrd so‘m!

2021-yil 1-maydan
5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 5 441 nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 10 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.

Xususan, yoshlarning xalqaro imtihon tizimlaridagi xarajatlari qoplab berilishi boʻyicha TOP 3 talikdagi hududlar:
Toshkent shahri — 2 724 nafar (4 987 367 663 soʻm);
Buxoro viloyati — 384 nafar (713 213 704 soʻm);
Fargʻona viloyati — 359 nafarni (652 325 894 soʻm) tashkil etmoqda.

Imtihon tizimlari kesimida IELTS — 4869 nafar, SAT — 383 nafar, TOEFL iBT — 18 nafar, GRЕ — 7 nafar, GMAT — 23 nafar, TOPIK I-II — 15 nafar, CAE, CPE, BEC — 4 nafar, Goethe-Zertifikat — 2 nafar, Test DAF — 5 nafar, DELF/DALF — 1 nafar, JLPT — 8 nafar, TORFL/ТРКИ — 101 nafar, HSK — 5 nafarni tashkil etmoqda.

@alisher_sadullaev
⚡️@bilimtestbot’da 9-tur savollarini ishlang!

«Bilim uchun 100 million» loyihasining navbatdagi 9-turi @bilimtestbot’da e’lon qilindi, uni 26-iyunga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib ishlashingiz mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki avvalgi tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni ayni vaqtda mavjud turdan boshlash mumkin!

Eslatma:
9-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashgan oʻquv markazlar asoschilari, rahbarlari hamda boshqaruvchilari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Oʻquv markaz egalaridan quyidagi soʻrovnomada faol ishtirok etishni, hamkorlik yuzasidan taklif va fikrlarini yuborishlarini soʻraymiz! Hamkorligimiz doirasida nimalarni inobatga olishimiz zarur?

Soʻrovnomada qatnashing: https://forms.gle/Hes7hmWY6ABSdyGh7

@alisher_sadullaev
Yoshlarga zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o’rgatadigan oʻquv markazlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yish yuzasidan ayni vaqtda Instagram sahifamizda jonli efir qilyapmiz.

Ishtirok etish uchun: https://instagram.com/alisher.sadullaev.zafarovich

@alisher_sadullaev
#shaxmat

Shaxmat bo‘yicha Gʻarbiy Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi o‘rinda bormoqda

Maldiv davlatining Ukulxas orolida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida nufuzli G‘arbiy Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu chempionatda 170 yaqin shaxmatchilar qatnashayotgan boʻlib, bizdan 19 nafar shaxmatchi-yoshlarimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqdalar.

Quvonarlisi, natijalar boʻyicha bugungi kunda delegatsiyamiz birinchi oʻrinda bormoqda. Vakillarimiz 23-iyun qaytib kelishadi. Ularni munosib kutib olish rejalashtirilgan.

@alisher_sadullaev
Bugun, 19-iyun kuni soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogining final uchrashuvida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinni “Uzreport TV” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Bugungi muhim oʻyinda futbolchi-yoshlarimizga omad va gʻalaba tilaymiz! O‘zbekiston turnir tarixida ikki marta kubokni qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘lishiga bir qadam qoldi. Olg‘a, O‘zbekiston 🇺🇿

@alisher_sadullaev
⚡️ Iroda va xarakter ko'rsatishimiz kerak!
Nima bo'lganda ham, chiroyli bosib o'tilgan yo'l va haqiqiy futbol atmosferasi uchun yigitlarga rahmat! Butun o'zbekistonlik muxlislarga esa shunchaki respekt!
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda:

«Bosh qomusimizda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi bilan bog‘liq normalar ham bo‘lishi lozim.

Ustozga bo‘lgan yuksak ehtirom Konstitusiyamizda o‘z ifodasini topishi zarur.

Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘ysak, o‘ylaymanki, adolatdan bo‘ladi».

@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyani mustahkamlash kerakligini taklif qildi.

«Ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir», dedi davlat rahbari.

@alisher_sadullaev
Prezident Konstitutsiyada nogironligi bor shaxslarning huquq va kafolatlarini belgilab qoʻyishni taklif qildi

«Endi nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari, degan tamoyil negizida ularning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini belgilab qo‘yish insoniy burchimizdir.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, ob’yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi.

Davlat ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni va teng imkoniyatlarni yaratadi.

Alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi, degan qoidalarni kiritishni taklif qilaman», dedi Prezident.

@alisher_sadullaev