#shaxmat_atmosferasi 😉
Shaxmat bo‘yicha sovrin jamgʻarmasi 880 million soʻm boʻlgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” respublika turnirining viloyat bosqichi nihoyasiga yetmoqda. Bugunga qadar 11 ta hududda turnirning viloyat bosqichlari o‘tkazildi.
Bugun, 31-may kuni esa Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida turnirning viloyat bosqichlari o‘tkaziladi hamda bu bosqich nihoyasiga yetib, Respublika bosqichiga (finalga) start beriladi.
@alisher_sadullaev

⚡️“Yosh kitobxon oila” tanlovining hududiy bosqichiga start berilmoqda
«Besh bosqichli besh tashabbus» olimpiadasi doirasida joriy yilning aprel-may oylari davomida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining mahalla-sektor-tuman bosqichlarida 56 mingga yaqin yosh oilalar ishtirok etdi.
Tanlovning hududiy bosqichlari 2022-yilning 2-14-iyun kunlari 2 ta shart “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari asosida o‘tkaziladi.
Hudud bosqichidagi gʻoliblar: 1-o‘rin 1,5 mln, 2-o‘rin 1,2 mln, 3-o‘rin 1 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, har bir hududdan birinchi o‘rinni egallagan yosh oilalar respublika bosqichida “Prezident sovg‘asi” — “Spark” avtomashinasi uchun o‘zaro bellashadilar.

⚡️@bilimtestbot’da navbatdagi tur savollarini ishlang!
«Bilim uchun 100 million» loyihasining yangi tur savollari @bilimtestbot’da e’lon qilingan bo‘lib, unda 6-iyunga qadar o‘zingizga qulay soatda kirib, ishtirok etishingiz mumkin.
Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki hali test ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni boshlash imkoni mavjud!
Eslatma: savollar taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

Tanishing, BAAda boʻlib oʻtgan Xalqaro “5th Sharjah Masters 2022” shaxmat turnirida ishtirok etib, 58 nafar shaxmatchi ichida 21-oʻrinni egallagan 10 yoshli shaxmatchimiz Abdumajid Botiraliyev. U xalqaro turnirda birinchi marta ishtirok etishi. Abdumajiddek koʻzi yonib turgan, yosh shaxmatchilarimizdan umidimiz katta. Ularga sharoit, e’tibor va imkon yaratish — birinchi vazifamiz!
Hozirda shaxmat bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» turnirining hudud bosqichi yakunlandi, navbat Respublikaga. Mazkur turnirda har bir hududda yaratilgan muhit haqiqiy shaxmat atmosferasini taqdim eta oldi, nazarimda.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yaqin. Bu borada yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor?
➖ Prezident granti. 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil.
➖ Olimpiada gʻoliblari. Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Batafsil.
➖ Xotin-qizlar uchun. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Batafsil.
➖ Test sinovlarida qatnashish uchun toʻlov undirilmaydigan yoshlar. O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirilmaydi. Batafsil.

Fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Yoshlar uchun #15imkoniyat
➖ Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 150 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 90 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 75 000 000 so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 60 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 45 000 000 so‘m).
➖ Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.
➖ Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.
Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 4-iyun kuni soat 20:00 da Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Qatarga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvni stadiondan tomosha qilishni istaganlar uchun kirish mutlaqo bepul.
Bu muhim uchrashuvda futbolchi-yoshlarimizga omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Bu muhim uchrashuvda futbolchi-yoshlarimizga omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Yosh kitobxon tumanlar kesimida 03.06.2022.pdf
148.1 KB
#yoshkitobxon #repost
«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 3-iyun holatiga koʻra 25 200 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi
Hududlar kesimida Andijon viloyati 1-o‘rinda bormoqda. Mazkur viloyatdan 3 952 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot
P.S.: Sizning tumaningizdan qancha yoshlar roʻyxatdan oʻtibdi? Siz-chi, tanlovda ishtirok etasizmi?

U-23 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston - Qatar: 2 - 0
Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi Jasur Jaloliddinov oʻyinning 5-daqiqasida, Hojimat Erkinov esa 20 daqiqasida gol urdi. Biznikilar oldinda!
Olgʻa, Oʻzbekiston 🇺🇿