Alisher Sadullaev
140K subscribers
2.24K photos
593 videos
31 files
1.55K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi

• Oliy Majlis Senati

• Shaxmat federatsiyasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
Shaxmat turniri @uzshaxmatbot
Alisher Sadullaev
«Yoshlar ishlari agentligi kubogi» respublika shaxmat turniri yuzasidan oʻtkazgan ovozli muloqotimizning yozib olingan shakli eʼlon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shaxmat turnirining sovrin jamg’armasi 880 million so’mni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tish 17-aprel soat 00:00gacha @uzshaxmatbot Telegram botida davom etadi

@alisher_sadullaev
Mukofot jamgʻarmasi 880 million soʻm boʻlgan «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» respublika shaxmat turniriga roʻyxatdan oʻtish yakunlandi!

Turnir 20-23-aprel kunlari mahallada boshlanadi. Roʻyxatdan oʻtganlarga tanlovning oʻtkazilish joyi va vaqti boʻyicha ma’lumotlar yetkazilmoqda. Respublika bosqichida 4 ta yo‘nalishning har biri bo‘yicha g‘oliblar:

1-o‘rin
50 million so‘m;
2-o‘rin 30 million so‘m;
3-o‘rin 20 million so‘m;
Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ma’lumot uchun, turniriga jami 327 878 nafar inson roʻyxatdan oʻtdi.

Hududlar kesimida:
1. Surxondaryo viloyati — 75 108
2. Andijon viloyati — 49 032
3. Samarqand viloyati — 39 665
4. Qashqadaryo viloyati — 24 381
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 19 751
6. Buxoro viloyati — 18 215
7. Xorazm viloyati — 18 054
8. Toshkent viloyati — 17 906
9. Namangan viloyati — 14 358
10. Navoiy viloyati — 13 414
11. Jizzax viloyati — 13 053
12. Farg‘ona viloyati — 11 567
13. Toshkent shahri — 7 154
14. Sirdaryo viloyati — 6 220

Toifa kesimida:
Havaskor ayol — 102 504
Havaskor erkak — 211 374
Professional ayol — 3 610
Professional erkak — 10 390

@alisher_sadullaev
#hamkorlik

Nogironligi boʻlgan yoshlarga
e’tibor qaratib, ularni sport bilan shugʻullanishlariga imkon yaratish hamda paralimpiya oʻyinlariga tayyorlab, ishtirok etishlari uchun qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamkorlikda tizim yoʻlga qoʻyadi.

Endilikda har bir mahalladagi yoshlar yetakchilari oʻzining mahallasidagi nogironligi bor yoshlarni topib, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, sport bilan shugʻullanishida yordam beradi va paralimpiya oʻyinlari bilan shugʻullanishida yoʻnalish koʻrsatadi.

Imkoniyati cheklangan yoshlarimiz uyida qachon ularning hayotida oʻzgarish boʻlishini kutib yashashadi. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda asosiy maqsadimiz — mana shunday yoshlarimizning hayotiga kirib borish va ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat

Juda koʻpchilik iqtidorli yigit-qizlarimiz xorijda tahsil olishni orzu qilishadi. Ammo oʻqish xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ tomondan hammada ham imkoniyat boʻlmasligi mumkin. Ota-onalar ham farzandini nufuzli joylarda oʻqishini orzu qiladi, farzandidan umid qiladi.

Xorijda oʻqishni istaydigan bilimli, salohiyatli yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 2022-yildagi 2-stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Hujjatlar joriy yilning 15-mayiga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
Hujjat topshirish qo‘llanmasi
Onlayn hujjat topshirish

P.S. Shu mavzuda ovozli suhbat tashkil etsak, nima deysizlar?

@alisher_sadullaev
Mukofot jamgʻarmasi 880 million soʻm boʻlgan «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» Respublika shaxmat turnirining 20-23-aprel kunlari oʻtkaziladigan mahalla bosqichi manzillari e’lon qilindi.

1. Andijon viloyati;
2. Buxoro viloyati;
3. Fargʻona viloyati;
4. Jizzax viloyati;
5. Namangan viloyati;
6. Navoiy viloyati;
7. Qashqadaryo viloyati;
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent shahri;
13. Toshkent viloyati;
14. Xorazm viloyati.

Eslatib o‘taman, g‘oliblar 4 ta yo‘nalishning har biri bo‘yicha:

1-o‘rin 50 million so‘m;
2-o‘rin 30 million so‘m;
3-o‘rin 20 million so‘m;
Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

@alisher_sadullaev
⚡️«Bilim uchun 100 million» loyihasining 3-tur savollari @bilimtestbot Telegram botida e’lon qilindi. Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buning uchun hozir ham imkon bor.

3-tur savollarini 25-aprelga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib, ishlashingiz mumkin. 1- va 2-turda ishtirok etmagan boʻlsangiz ham, 3-turda qatnashishingiz mumkin. @bilimtestbot’da ro‘yxatdan o‘ting va test ishlang.

Ma’lumot uchun
, olimpiadaning 1- va 2-turida 108 088 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Hozirda jamoamiz bilan finalgacha bo‘lgan bosqichlarda faol ishtirok etgan va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilarni taqdirlab borishni ham rejalashtiryapmiz.

Ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting: 👉 @bilimtestbot

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Ko‘kdala tumani faollari bilan uchrashuvda Qashqadaryo viloyatida respublikada birinchilardan bo‘lib Kitob tumanidagi 5-son va Qamashi tumanidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilib, ularning tarbiyalanuvchilari oilaviy bolalar uylariga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bu borada o‘rnak ko‘rsatayotgan bag‘rikeng qashqadaryolik oilalar, jumladan, uchrashuvda ishtirok etayotgan Xonimova va Xolliyevlar oilasi 10 nafar, Suyunov va Xamidovalar oilasi 8 nafar, Allanazarova va To‘rayevlar oilasi 5 nafar ota-onasi mehridan ayrilgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olganini Prezidentimiz maʼnaviy jasorat deb atab, ularga o‘z nomidan va butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Sizlar ham mening farzandlarimsizlar. Sizlar ham jonajon O‘zbekistonimizda munosib, hamma bilan teng, baravar bo‘lib yashashlaringizni xohlayman».

@alisher_sadullaev
⚡️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

@alisher_sadullaev
Kitob o‘qib ota-onasiga “Spark” mindirayotgan jamiyatimiz qahramonlari #yoshkitobxon

Yorqinjon Xayitboyev
— sirdaryolik. Oddiy qishloqda tug‘ilgan, mehnatkash dehqon oilasida katta bo‘lgan. U bu yil «Yosh kitobxon» tanlovining 15-19 yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Yorqinjon o‘tgan yili talaba bo‘lganida 3 oylik stipendiyasini yig'ib, dadasiga velosiped sovg‘a qilgan, kitob o‘qib esa bu yil “Spark” sovg‘a qildi. Onasi ro‘zg‘ordan orttirib farzandiga doim kitob olib bergani haqida gapiradi. Yorqinjonning dadasi esa farzandining kitob o‘qishini doim nazorat qilgan.

Bugun bu oila, bu ota-ona farzandining rohatini ko‘rmoqda. Bir ota-ona uchun eng katta baxt-saodat ham mana shu bo‘lsa kerak. Yorqinjon kabi kitobsevar yoshlarimiz esa — bugungi jamiyatimizning qahramonlari, boshqalarga haqiqiy namuna, nazarimda.

Yorqinjon va uning oilasi haqida olingan videoni bugun, 22-aprel kuni soat 20:00da ushbu havola orqali YouTube kanalimda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin. YouTube tarmog‘idagi kanalimizni ham kuzatib boring!

@alisher_sadullaev
​​#imkoniyat

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan:

oliy ta’lim muassasalarida, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat uchun — 50 nafar, magistratura uchun — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

@alisher_sadullaev
#kun_fotosi

Shaxmatning insonlar hayotidagi o’rni, har bir va har qanday O’zbekistonlik uchun zavq ulasha olishiga kichik bir misol.

@alisher_sadullaev
#shaxmat

«Yoshlar ishlari agentligi kubogi»
Respublika shaxmat turnirining mahalla bosqichi 20-23-aprel kunlari mahallalarda o‘tkazildi. Turnir yuzasidan ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turnir 5 bosqichda: mahalla (20-23-aprel), sektor (25-30-aprel), tuman (16-21-may), viloyat (23-28-may) va respublika (1-10-iyun) bo‘lib o‘tmoqda va 4 yo‘nalishda o‘tkazilmoqda: havaskor ayol, havaskor erkak, professional ayol va professional erkak. Har bir yo‘nalishda mahalladan sektorga 3 nafar, sektordan tumanga 1 nafar, tumandan viloyatga 1 nafar, viloyatdan respublikaga 1 nafar g‘olib ishtirokchilar o‘tadi.

Mahalla va sektor bosqichlari olimpiada tizimida o‘tkaziladi. Ya’ni yutqazgan ishtirokchi turnirni tark etadi. Tuman bosqichi esa davra shaklida o‘tkaziladi. Ya’ni ishtirokchilar o‘zaro bir-birlari bilan shaxmat o‘ynaydi. Viloyat va respublika bosqichi shvetsarcha tizimda o‘tkaziladi. Ya‘ni ishtirokchilar o‘rtasida 9 ta tur o‘yin o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi.

Eslatib o‘taman, g‘oliblar 4 ta yo‘nalishning har biri bo‘yicha:
1-o‘rin 50 million so‘m;
2-o‘rin 30 million so‘m;
3-o‘rin 20 million so‘m;
Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Yosh kitobxon» tanlovi televideniye orqali efirga uzatiladi!

«Yosh kitobxon» tanlovining joriy yilgi mavsumi kitobsevar yangi qahramon yoshlarimizni kashf etdi. Tanlovdagi kitobxon yoshlarimizning respublika bosqichidagi ishtirokini esa televideniye orqali to‘liq namoyish etamiz!

Bugun, 25-apreldan boshlab dushanbadan jumagacha soat 14:00da tanlovning respublika bosqichi “Mening yurtim” va “Yoshlar” telekanallari orqali efirga uzatiladi. Ayniqsa, buni ota-onalar farzandlari bilan birga ko‘rishlarini tavsiya qilgan bo‘lardik.

Tanlovning bu yilgi g‘oliblari, Prezident sovg‘asi — «Spark» avtomobili sohiblarini eslatib o‘tsam:
10-14 yosh toifasi — Muxlisa Nasimova (Buxoro viloyati);
15-19 yosh toifasi — Yorqinjon Xayitboyev (Sirdaryo viloyati);
20-30 yosh toifasi — Sevinch Avazova (Toshkent shahri).

Bu yoshlar — jamiyatimizning yangi qahramonlari!

@alisher_sadullaev
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

@alisher_sadullaev
⚡️@bilimtestbot’da 4-tur savollari e’lon qilindi

25-aprel kuni «Bilim uchun 100 million» loyihasining 4-tur savollari @bilimtestbot’da e’lon qilindi. Ishtirokchilar mazkur turning savollarini 2-mayga qadar oʻzlariga qulay soatda kirib ishlashlari mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki 1-, 2- va 3-tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni 4-turdan ham boshlash mumkin!

Eslatma:
4-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichi 25-apreldan boshlab dushanbadan jumagacha soat 14:00da “Mening yurtim” va “Yoshlar” telekanallari orqali efirga uzatilishi haqida yozgandim.

Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi YouTube tarmog‘idagi kanalimizga ham joylab borilmoqda. Istagan vaqt tomosha qilishingiz mumkin. YouTube’da ham kuzatib boring!

10-14 yosh toifasi | 1-shart: https://youtu.be/Hdr85tsrVLU

10-14 yosh toifasi | 2-shart: https://youtu.be/LPBRBJMIgrM

@alisher_sadullaev
Рўйхат (pdf.io).pdf
716.6 KB
⚡️Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining qaysi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

@alisher_sadullaev
#imkoniyat

«Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratilishi haqida yozgandim. Batafsil.

Bu imkoniyat haqida qisqacha aytganda, «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganish va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach foizsiz kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.

Bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligiga mazkur imkoniyat doirasida 5576 nafar yoshlardan murojaat kelib tushgan. Shundan 2306 nafar yoshlarga agentlik tomonidan kredit bo‘yicha foizlar to‘liq kompensatsiya qilib berilishi yuzasidan ma’lumotnoma berilgan. Bu jarayon yana davom etmoqda.

Banklar kesimida 20-aprel holatiga ko‘ra, Xalq banki tomonidan 312 nafar, Aloqa bank tomonidan 195 nafar va Mikrokreditbank tomonidan 100 nafar yoshlar hamda ularning qonuniy vakillariga kompyuter xaridi uchun jami 607 ta foizsiz kreditlar ajratilgan.

Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Bu ham yoshlar uchun yaxshi imkoniyat. Chunki avval dasturlashni bepul o‘rganib, keyin noutbukka ham ega bo‘lish mumkin. Agar mazkur imkoniyatdan foydalanishda qandaydir qiyinchilikka duch kelsangiz, izohda qoldiring.

@alisher_sadullaev
Bugun, 29-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilanishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev