Alisher Sadullaev
140K subscribers
2.24K photos
592 videos
30 files
1.55K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi

• Oliy Majlis Senati

• Shaxmat federatsiyasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
⚡️Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi — Prezident

@alisher_sadullaev
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m).

@alisher_sadullaev
Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
⚡️Tez orada mahallalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining Respublika turniriga start beriladi. Yoshlar yetakchilari mahallada «Zakovat» turnirini o‘tkazib, mahallaning jamoasini shakllantiradilar. 30-iyun — yoshlar kuni arafasida final o‘yinlari o‘tkaziladi.

Bugun, 2-mart kuni soat 21:00 da yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi bo‘yicha ovozli muloqot o‘tkazamiz. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream started
Yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi yuzasidan ovozli muloqotimiz boshlandi.

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream finished (1 hour)
Bugun yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi yuzasidan ovozli muloqot oʻtkazdik. Unda 3500 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlarimizdan koʻplab savol va takliflar oldik. Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchiman, “Zakovat” intellektual turniri mahallalar, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, zavod-fabrikalar, vazirlik-idoralar kesimida ham tashkil qilinadi, albatta.

Ertaga, 3-mart kuni ta’lim muassasalarida, xususan, oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimizni davom ettiramiz.

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Bugun, 3-mart kuni soat 21:00 da oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat o‘tkazamiz.

Ovozli muloqotimizda mas’ul prorektorlar, dekan oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etib, koʻproq ma’lumot olishlari va savollariga javob topishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi uchun intellektual olimpiada o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiada tashkil qilinishi belgilangan.

Unda umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi intellektual olimpiada g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.

Qadrli talaba-yoshlar, ushbu intellektual olimpiada xalqaro tajribani inobatga olib tashkil etiladi. Uni tashkil etishda siz ham takliflaringizni izohlarda yozib qoldiring!

@alisher_sadullaev
❗️Eslatma

Soat 21:00 da oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlanadi. Bunda mas’ul prorektorlar, dekan oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari va talabalar ishtirok etadilar.

Ushbu muloqotimizda barchadan, ayniqsa, talaba-yoshlarimizdan faol bo'lishlarini, boshqa kursdoshlariga ham bu haqida xabar berishlarini so'raymiz. Suhbat davomida talabalarga ham mavzu doirasida so‘z berishga harakat qilamiz, albatta.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream started
Oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi.

Eslatib o‘taman, bunda mas’ul prorektorlar, dekan oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etadilar.

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Live stream finished (1 hour)
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalarining bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Talabalar bandligini ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi:

oliy ta’lim muassasalari hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi;

talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun kredit resurslari ajratiladi;

rektorlar bir oy muddatda o‘z hududida talabalar bo‘sh vaqtida ishlab, daromad topishi uchun bittadan kovorking markazini tashkil etadi.

@alisher_sadullaev
⚡️«Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi» – Prezident

@alisher_sadullaev
​​3-mart kuni oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish yuzasidan o‘tkazgan ovozli muloqotimizda ishtirok eta olmaganlar uchun suhbatning yozib olingan shaklini YouTube kanalimizga joyladik. Marhamat: 👉🏻 https://youtu.be/0pEGYZVJA1o

Endilikda YouTube tarmog‘idagi kanalimni ham faol holatda yuritib borishga harakat qilaman. Nasib bo‘lsa, yoshlar uchun foydali kontentlarni berib boramiz. Quyidagi havola orqali siz ham obuna bo‘lib, kuzatib boring: 👉🏻 youtube.com/c/alishersadullayevzafarovich

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Bugun, 5-mart kuni soat 21:00 da professional ta’lim muassasalari, xususan, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va litseylar vakillari hamda yoshlar yetakchilari bilan “Zakovat” intellektual oʻyinini tashkil etish yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev