Alisher Sadullaev
145K subscribers
2.21K photos
588 videos
30 files
1.52K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi direktori

• Oliy Majlis Senati a’zosi

• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
❗️Rasman: Xususiy maktablar ham 24-yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

@alisher_sadullaev
⚡️Oʻquv markazlar yopilmaydi. Karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettiradi va nazorat kuchaytiriladi.

@alisher_sadullaev
​​Ta'lim krediti — yoshlar uchun imkoniyat! (3-qism)

Oliy ta'lim muassasalari talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 18-avgustda «Oliy ta'lim tashkilotlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallari va qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) miqdorida ta'lim krediti ajratilishi belgilandi.

Ta'lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to'lash oliy ta'lim tashkilotiga mablag'lar o'tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Batafsil ma'lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Moliya vazirligi ta’lim krediti olish uchun banklar roʻyxati va murojaat uchun telefon raqamlarni ham e’lon qilgan.

Hisoblaymiz. Aytaylik, 2-kursda o'qiyotgan, yillik kontrakt to'lovi 10 mln. so'm bo'lgan talaba ta'lim krediti olsa, kredit foizini (hozirda 14%) o'qish davomida oyma-oy to'lab boradi. 10 mln. so'mning 14 foizini (1,4 mln. so'mni) bir yilda to'lansa, bir oyga 117 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda. Qolgan asosiy qarzni (10 mln so'mni) talaba o'qishni bitirgandan keyin, oradan 7 oy o'tib (bu vaqt davomida bemalol ishga kirishga ham ulguradi) 7 yil davomida to'lashi mumkin. Shunda bir oyga 119 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda.

Ota-onasi rasmiy ishda ishlamaydigan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan oilalar talabalari kafil topishda qiynalishadi, sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar esa ushbu ta’lim kreditini ololmaydi. Shunday bo'lsa-da, 2021-yil yakuniga ko'ra, 19 879 nafar talaba mazkur ta'lim kreditidan foydalanishgan.

Talaba-yoshlar, 2021-yilda ta'lim krediti oldingizmi? Qanday to'siqlarga duch keldingiz? Sizning taklif va fikrlaringiz asosida mutasaddilar bilan jarayonni soddalashtirish va muammolarni yechish ustida ishlaymiz, albatta. Izohlarda yozib qoldiring.

@alisher_sadullaev
Bugungacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ashurov Sarvar Gʻaniyevich Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sarvar aka yoshlar tizimidagi ko‘plab qarorlarni qabul qilishda, yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan tizimlarni yo‘lga qo‘yishda eng ko‘p mehnat qilgan inson. U kishini tizimdagi faoliyatini, yoshlar uchun qilgan ishlarini alohida qadrlaymiz! Sarvar Gʻaniyevichning keyingi faoliyatiga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

So‘nggi bir necha oy davomida Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat yuritgan eng yaxshi kadrlar mas’ul lavozimlarga tayinlanmoqda. Nazarimda, avvalo, agentlik davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” bo‘lishi kerak.

@alisher_sadullaev
❤️ Yaratganning mo’jizasi — farzand mukofoti ikkinchi marta nasib etdi. Umri, rizqi bilan bergan bo’lsin. Vatanimizga, xalqimizga va oilamizga sadoqatli bo’lib ulg’aygin, jon qizim.

@alisher_sadullaev
Elektr ta’minoti qisman Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston shahar va viloyatlarida o’chganligi aytilmoqda. Katta uzilishga o’xshaydi. Umid qilamizki, tez orada mutassadilar texnik nosozlikni bartaraf etishadi. Isitish, oqava va suv ta’minotida ham uzlishilar kuzatilmoqda ekan!

Ko’chalarda tirbandlik ehtimoli ham mavjud. Hozircha shaxsiy avtomobildan foydalanish, zaruriyat bo’lmasa harakatlanmagan ma’qul.

@alisher_sadullaev
Elektr tizimidagi avariya Qozogʻistonda yuz bergan

Soat 10:57 da Qozogʻiston Respubliksi Elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirgʻiziston elektr tarmogʻida, jumladan, Bishkek, Oʻsh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya oʻchishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.

Natijada Fargʻona viloyati, Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.

Hozirgi vaqtda qoʻshni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.

Avariya tavsilotlari boʻyicha qoʻshimcha ravishda axborot beriladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@alisher_sadullaev
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev:

«Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi — bu mutlaqo notoʻgʻri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi kerak».

@alisher_sadullaev
Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Mazkur so‘rovnomada ishtirok etishingiz qaror qabul qilishimizda muhim ahamiyatga ega.

Ishtirok etish uchun ma’lum soniyalargina vaqtingiz ketadi. Befarq bo‘lmay, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni belgilashingizni so'raymiz.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun: https://forms.gle/WZwkCQhpaJWgRTXj9

@alisher_sadullaev
Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan bandsiz? Dam olish uchun mahallangizda sharoit bormi? 📣

Fikringiz Yoshlar Ishlari Agentligiga yoshlar bo'sh vaqtlarini sifatli o'tkazishi uchun mahallalarda nimalar zarurligini aniqlashda kerak.

📲 U-Report orqali o'z fikringizni bildiring!
__

Что ты делаешь в свободное время? Есть ли в вашей махалле условия для отдыха? 📣

Ваше мнение необходимо Агентству по делам молодежи для создания условий в махаллях для качественного досуга молодежи.

📲 Выскажите свое мнение через U-Report!
​​Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism)

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil ma’lumot.

2021-yil Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta’lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan. 2021-yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Qoida bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turgan abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo‘q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar juda yaxshi eslasa kerak, bundan bir necha yil oldin kirish imtihonlarida maksimal ball (189 ball) to‘plab ham yoshlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu holat ko‘proq tibbiyot yo‘nalishida kuzatilgan. Sababi o‘shanda hududlar miqyosida ham kvota ajratilardi.

Masalan, buxorolik abituriyent uchun Buxoro davlat tibbiyot insitutiga kvota ajratilgan va bu abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirsa, uning hududiga kvota ajratilmagan bo‘lsa, u maksimal ball to‘plasa ham, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda esa shu narsaga uzil-kesil chek qo‘yildi va endi bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlar uchun katta imkoniyat taqdim etildi. Maksimal ball to‘pla va Preziednt grantiga da’vogarlik qil! Bu tizim — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha bo'lgan ajoyib tizim!

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Xo‘sh, obunachilarimiz orasida 2021-yilda maksimal ball to‘plab, Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan yoshlar bormi? Maksimal ball to‘plash uchun hozirgi abituriyentlar nima qilishi kerak? Tajriba va tavsiyalaringizni izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
⚡️Tezkor

SSV: Mamlakatimizda oʻquv jarayonlari anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda.

Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga koʻra bu koʻrsatkich 1,0 gacha boʻlsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Shuningdek, statsionardan chiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 % holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7 % holatda bemor koʻshnilari, 10-12 % holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda.

Tahlillariga koʻra, bogʻcha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar oʻrtasida kasallanish, uy qaramogʻidagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5-marta) kam uchramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu jihatlar inobatga olinib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

❗️Xususan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumtaʼlim maktablari, professional, kasb-hunar taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@alisher_sadullaev
⚡️Rasman: 7-fevraldan barcha oliy ta'lim muassasalarida ham an'anaviy shaklda darslar boshlanadi.

@alisher_sadullaev
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi. Shu davrda dars mashg‘ulotlari bir vaqtning o‘zida ham masofaviy, ham an’anaviy shaklda olib boriladi.

24-fevraldan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklda olib boriladi — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

@alisher_sadullaev
​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun soliq borasida ham imkoniyat bor! Yoshlar uchun #beshinchiimkoniyat

Soliq kodeksining 378-moddasi, 16-bandiga binoan, kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotni https://yoshlarportali.uz/oz portali orqali mana bu havola orqali yoki Davlat soliq qo‘mitasining 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin. Bu imkoniyatning huquqiy asosi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Hisoblaymiz. Masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.

Albatta, bu to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, ularning ota-onalariga biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi, degan umiddamiz. Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

@alisher_sadullaev
​​Yaqinda jamoamizga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridan IELTS'dan 8,5 ball olgan 16 yoshli Zulfiya Ktaybekova ismli singlimiz imtihon xarajati kompensatsiyasini olish uchun ariza topshirgani haqida ma'lumot kelib tushdi.

Ochig'i ko'rib xayron qoldim. 16 yoshli maktab o'quvchisi uchun bu juda katta natija. Kecha Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat safaridaligimizdan foydalanib, Zulfiya singlimizga kompensatsiya uchun sertifikatini shaxsan topshirib, unga va mana shu natijaga erishishidagi asosiy sababchi insonlar — ota-onasiga minnatdorchiligimizni bildirdik.

Zulfiya Ktaybekova Prezident maktabida tahsil oladi. Uning dadasi Laziz aka Qoraqalpoq davlat universitetining fizika fakultetida dotsent bo'lib ishlaydi, onasi esa Nukus shahridagi 24-maktabda ishlaydi. Zulfiyaning akasi «Yangi O'zbekiston» universitetida tahsil oladi. Ko'rinib turibdiki, ziyolilar oilasi va unga munosib farzandlar.

Yaqinda Prezident maktabi o'quvchisi Maqsadbek Fayzullayev 17 yoshida TOP-300 talikka kiradigan 11 ta xorijiy universitetga o'qish qabul qilinib, umumiy hisobda 312 ming dollar grant yutgani haqida yozgandim. Prezident maktablari tizimiga ham yoshlarimizning mana shunday natijalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Nazarimda, iqtidorlar bilan tizimli ishlash mexanizmi shakllanmoqda.

Zulfiya singlimizning bu yutug'i birinchi o'rinda oilada ota-onaning farzandlariga bo'lgan e'tibori, oilaning farzandlarga bo'lgan ishonchi qanchalik kuchli ekanini ko'rsatadi. Bu qizimiz kelajakda dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida biologiya yo'nalishi bo'yicha tahsil olmoqchi. Zulfiyaning ilm olish yo'lidagi harakatlariga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Eslatib o’taman, 2021-yil xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish tizimini yo'lga qo'yganmiz. 20-yanvar holatiga ko'ra, ushbu tizim orqali 3 246 nafar yoshlarning xarajati qoplab berildi. Bu qariyb 6 000 000 000 so'mni tashkil etmoqda.

@alisher_sadullaev
⚡️Talabalarga yengillik: kontrakt to‘lash muddati 1-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar uchun:

to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlar (magistratura, bakalavr);

to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar (texnikum, kollej);

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to‘ldi

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy — 1441-yil Hirot shahrida tug‘ilgan. Buyuk mutafakkir o‘zining ijodi bilan xalqning madaniy, ma’rifiy va ilmiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.

Alisher Navoiy ulug‘ o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida ishlangan Alisher Navoiy ijodidan bir g‘azal tahlilini taqdim etamiz.

Siz-chi? Alisher Navoiyning qaysi g‘azallarini yod olgansiz?

@alisher_sadullaev
​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to'lovlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #oltinchiimkoniyat

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha 5 955 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan. Bu qariyb 4,6 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. O'tgan yili bu imkoniyatdan foydalangan talabalar yoki foydalanmoqchi bo'lganlar bormi? Qanday to'siqlarga yoki muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Sizning fikr va takliflaringiz asosida bu tizimga mas'ul bo'lgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan zarur choralarni ko'ramiz, albatta!

@alisher_sadullaev
Yaqinda Sirdaryo tumani, “Hikmatli” mahallasiga borgan edik. Mahalla tumanning chekka hududlaridan biri ekan. Yoshlar yetakchisi Tursunqul Husanov bilan kechki payt zakovat o’yinini ko’rgani bordik.

U joylarda ochiq katta bino deyarli yo’q, faqat qishda isitish qiyin bo’lgan bir to’yxona bor ekan. Yoshlar shu joyda yig’ilib, “Zakovat” o’ynashayotgan ekan. Shunchaki havaskorlar, lekin atmosfera zo’r edi.

“Liderlar” kitobi muallifi Otabek Hasanov ham biz bilan edilar. Shunda ko’zi chaqnab turgan yoshlarga professional atmosfera yaratishni niyat qildik. Mana bugun bu yoshlar Bo’stonliq tumanida “Zakovat” NNT asoschisi Abdurasul akaning shaxsan o’zlari qo’l ostida bellashdilar.

Oromgohda haqiqiy qish kayfiyati, qor esa tizza barobar! Bolalarning ko’zlarida jo’shqinlik, ulkan taassurotlarni ko’rdim. Ilk bor bilim ortidan uylarida pul ham olib borishadigan bo’lishdi.

@alisher_sadullaev
Oromgohda haqiqiy qish kayfiyati, qor esa tizza barobar! Bolalarning ko’zlarida jo’shqinlik, ulkan taassurotlarni ko’rdim. Ilk bor bilim ortidan uylariga pul ham olib boradigan bo’lishdi.

@alisher_sadullaev