Assalomu alaykum, do’stlar!
Bugun, 28-iyun kuni 2020-2021-yilning eng yorqin namoyondalari, tashabbuskor yoshlarni “Tahsin — 2021” doirasida taqdirlaymiz. Ular orasida kimlar bor, deb o’ylaysiz? Qaysi loyihalarni “yil loyihasi” deb atagan bo’lar edingiz?
@alisher_sadullaev

Audio
Kecha, 27-iyun kuni Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanalida oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan ovozli suhbat boʻlib oʻtdi.
So’nggi paytlarda “perevod” — o’qishni ko’chirish haqida juda ko’plab savollar berilmoqda. Ayniqsa, xorijdan mahalliy OTMlarga ko’chirish yoki fakultet, sohani o’zgartirish bo’yicha ham murojaatlar yetarlicha. Buning sabablariga biroz to’xtalib o’tdim.
Bu borada sizning fikr va takliflaringiz qanday? Izohlarda qoldiring.

⚡️«Osmondagi bolalar» loyihasi muallifi Temurbek Adhamov “Tahsin — 2021” mukofoti g’olibi!
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
⚡️Zakovat intellektual o’yini “Tahsin — 2021” mukofoti sovrindori. Ilmni targ’ib qilayotgan loyihalar bor bo’laversin)
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
⚡️Ilmga investitsiya kiritgan loyiha —«Metsenat» loyihasi mingdan ortiq talabalarning toʻlov kontraktini toʻlab bergan. Bu qariyb 5,5 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Loyiha asoschilari Xushnudbek Xudoyberdiyev va Alisher Tojiyev “Tahsin — 2021” mukofoti gʻolibi.
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
⚡️Javlon Jovliyev “Qo’rqma” romani bilan “Tahsin — 2021” mukofoti g’olibiga aylandi.
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tadbirkorlardan bilim olaman deb yig’ilgan yoshlar. Toshkent shahrida «Biznes Marafon» loyihasining finali bo’lib o’tmoqda.
Loyiha davom etishini xohlarmidingiz? Loyiha sizlar uchun manfaatli bo’ldimi?
P.S. Bizga chet eldan ham takliflar tushmoqda) Qaysi mamlakatlarda «Biznes Marafon» tashkil etilishini xohlardingiz? 😉

Roppa-rosa 4 yil ilgari aynan shu kunda hayotimda katta burilish nuqtasi sodir bo’lgandi. 6 millionga yaqin o’quvchilar o'qiydigan, 500 mingga yaqin o’qituvchilar faoliyat yuritadigan Xalq ta’limi tizimiga Prezidentimiz vazir o’rinbosari sifatida lavozimga tayinlagan edilar.
Kecha, 30-iyun kuni Prezidentimiz meni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladilar. Ushbu unvonni uyga keliboq dadamlarga topshirdim. Ularning duolarini oldim. Bu — ularning mehnatlari mevasi. Bu — menga va jamoamizga nisbatan juda katta ishonch. Ayni damda juda katta mas'uliyat ham yuklaydi. Bundan so’ng ham munosiblarni taqdirlash, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratib berishda, sizlarning taklif va tavsiyalaringizga suyanishda davom etamiz.
O'zbekiston tarixida ilk marta Yoshlar kunida 114 nafar yoshlar Prezidentimiz tomonidan taqdirlandilar. Mukofot olgan yoshlarni oddiy dehqon, cho'pon, hunarmand, elektrik va maktab o'qituvchilari tashkil etadi.
“Bunaqa mukofotlar tanish-bilish bo'lib ketadi” degan turli mish-mish gaplar yuradi. Ammo kecha mukofotlangan cho'ponning yoki dehqonning qanday tanishi-bilishi bo'lishi mumkin? Shunchaki qaysi sohada bo'lmasin, o'z ishini sidqidildan bajarsa, albatta, e'tirofga sazovor bo'lish mumkinligi kecha yaqqol o'z isbotini topdi.
Misol tariqasida, yosh yozuvchimiz Javlon Jovliyev, yoshlarga ilm olishda yordam berayotgan nodavlat ta’lim sektori vakillari — Sardor Sodiqov, Jahongir Pulatov, Temurbek Adhamov va Shohruh Izzatullayev; dasturchilar va frilanserlar — Shaxrullo To’xsanov, Saidravshan Shakirov, Ruslan Rustamov va Umidjon Ortiqov kabi munosiblar taqdirlanishdi.
Bu nomzodlarni saralab olishda juda katta jamoa ish olib bordi. Xususan, Prezident administratsiyasi vakillari mana shunday munosib yoshlarni adolatli, shaffof tarzda saralab olishda barcha imkoniyatlarini ishga soldi.

“Ibrat tillar oromgohi”ning aziz birinchi avlod ishtirokchilari!
Ingliz tilida olib borilgan mahorat darslari, seminar-treninglar yakuni bo’yicha ko’pchiligingiz o’z hududingizda debat klubi, kitobxonlar klubi, notiqlar maktabi tashkil etmoqchi ekanligingiz, ingliz tilidan volontyor bo'lib, bepul dars o’tishni reja qilayotganingiz meni juda quvontirdi.
Umid qilamanki, ushbu oromgohdan juda katta bilim, yangi do’stlar va rejalar bilan uyga qaytasiz!
Shuningdek, oromgohning ikkinchi mavsumi uchun hujjatlar qabuli ertaga, 4-iyul kuni yakunlanishini eslatib oʻtmoqchiman. Ikkinchi mavsum uchun ingliz tilidan kamida B1 darajaga ega 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar @ibratcamp_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
❗️Eslatib oʻtaman, oromgohda qatnashish uchun PZR test topshirish va test javobi boʻlishi shart.

⚡️Koronavirusga qarshi emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarning toʻlov-kontraktiga chegirma beriladi
Mamlakatimizdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda masʼul tashkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlash ishlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.
Unga koʻra:
▫️18 yoshdan katta boʻlgan Samarqand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini oʻzlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi;
◽️Yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta boʻlgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.
▫️Yana bir yangilik: koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 oʻquv yili uchun bazaviy toʻlov-kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziyodulla Butaxonov 22 yoshda. U koinotga aerostat (minisputnik) uchirib, 42 ming metr balandlikdan yerni tasvirga olishga muvaffaq boʻlgan.
Ziyodulla mustaqil ravishda bunga intildi, yosh olimlarga oʻzining misolida koʻrsatib berdiki, inson harakat qilsa, hamma narsaning uddasidan chiqsa boʻladi. Ziyodullaning loyihalarini yanada kengaytirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi ham bosh-qosh boʻlib, unga koʻmak bermoqda.
30-iyun kuni boʻlib oʻtgan yoshlar va talabalar forumida ham yosh ixtirochi doʻstimiz ishtirok etgandi. Ziyodullani shaxsan davlatimiz rahbarining oʻzlari qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida e’tibor bermoqdalar.
Nasib boʻlsa, yosh ixtirochi doʻstimiz Ziyodulla bilan hali katta-katta loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz va albatta, uni qoʻllab-quvvatlaymiz!

2020-yil 25-dekabr kuni Toshkentdagi yoshlar forumida Prezidentimiz oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etilishini aytib o'tgandilar.
Prezidentimiz tomonidan yoshlar forumida aytilgan taklif amalda! Bugun, 6-iyul kuni «Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Bunda davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
Demak, kirish imtihonlarida maksimal ball to'plagan abituriyentlar Prezident grantiga da'vogar hisoblanishadi va davlat granti asosida o'qishga qabul qilinishadi. Oliy ta'lim muassasasida 1-bosqichda a'lo baholarga o'qib, Prezident grantiga sazovor bo'lishadi va 2-bosqichdan ularga oyma-oy Prezident stipendiyasi to'lab boriladi.
O‘quv semestri yakuniga ko‘ra, kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a'lo” baho bo‘lmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Navbatdagi o‘quv semestri yakuniga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a'lo” baho bo‘lganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va to‘lab boriladi.
O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
Demak, abituriyentlikdan tortib magistraturagacha bo'lgan ajoyib tizim yo'lga qo'yildi. Abituriyentlar, gazini bosing! Sizni juda katta imkoniyat kutmoqda!

Taxminan 2-3 oy oldin ko’zlari yonib turgan 4-5 nafar yosh o’qituvchi muhandislar bilan ko’rishgan edim. Ularning g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida chekka hududlardagi yoshlar markazlari negizida ham robototexnika to’garaklarini tashkil qilishni taklif qildim. Mana, bugun shu g’oyaning amalga oshganini ertalabdan jamoam bilan muhokama qilib turibmiz. Keyinroq batafsil bir post ham yozaman bu jarayon haqida.
Sizlarda ham shunday g’oya va takliflar bo’lsa, izohlarda ularni yozib qoldiring.

Avvalroq Toshkent viloyatidagi yoshlar markazida robototexnika to'garagi ochilgani haqida aytgandim. Mana o'sha markaz. G'oya mualliflari endi butun respublikamizda robototextika to'garaklarini tashkil etish harakatida.
Huddi shunga o'xshash loyihani bir necha oy avval Qashqadaryodagi yoshlar markazida do'stimiz Ruslan Rustamov bilan boshlagandik. Bugun Qashqadaryodagi yoshlar markazida dasturlash maktabi o'z faoliyatini yuritmoqda. Bu yerda matematika va ingliz tilidan ham bilimlar beriladi.
Bugunga qadar o'zining g'oyasini bergan va uni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilgan yuqoridagi kabi o'nlab yoshlarning g'oyalarni qo'llab-quvvatladik. Kerakli jihozlar bilan ta'minlashda amaliy ko'mak berdik. Bular haqida ham, albatta, ma'lumot berib boraman.
Yoshlar markazlari hamisha yoshlar uchun ochiq bo'lishi va ularga mana shunday foydasi tegishi kerak! Ayniqsa, ilm o'rganish va o'rgatish uchun yoshlar markazlari yaxshi makon vazifasini o'tayotgani xursand qiladi!