AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
🔁 Bu haftani Rekursiyaga bag'ishlashni niyat qilgan edim ozroq kechikib qoldi.

Agar rekursiyani 5 yoshli bolaga tushuntirish kerak bo’lganda…

Qani endi ustozlar ham darslarni shunday tushuntirishsa. 😁

#recursion

To'liq o'qib chiqish

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VI qism. Rekursiya

Dars №1. Rekursiv
hikoya )

#chapter6 #recursion #normal

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

P.S: IV bo'limdan VI bo'limga o'tib ketganimga hayron bo'lmang. Shunchaki yangi rejada Rekursiya bo'limi shu yerga to'g'ri keldi. Hech narsani o'tkazib yubormadingiz.

Ha yana, bir yangilik darslar endi odatdagidan qisqaroq bo'ladi. Bu sizni zerikib qolishingizni oldini olish va mening vaqtimni hisobga olib qilingan.

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VI qism. Rekursiya

Dars №2. Rekursiya
. Nima uchun u kerak?

#chapter6 #recursion #normal

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
​​Masalalar vaqti!

#practicetime #recursion #chapter6

Rekursiyaning eng muhim jihatlarini tushuntirib o'tdik. Mavzuni qanchalik tushunganingizni sinash uchun quyidagi masalalarni ishlab ko'ring.

Eslatma: Masalaning asosiy yechim funksiyasi rekursiv bo'lishi kerak! No loops!

1. Berilgan N sonining raqamlari yig'indisini toping.
2. Str satr va C simvol berilgan. Shu simvol satrda necha marta uchrashini aniqlang.
3. N sonini M darajaga oshirish funksiyasi (Binar daraja shart emas).
4. Berilgan N sonigacha bo'lgan sonlar yig'indisini toping.
5. N faktorialni hisoblang.

Bonus: N-Fibonachchi sonini toping.

Yana bir bor eslatma bu masalalarni faqat rekursiya yordamida yechishingiz kerak. Agar yechishda qiynalsangiz, oldingi mavzularni yana bir ko'rib chiqing. Rekursiya asosiy shartlarini eslang. Yoki guruhimizda ozroq yordam so'rang.

❗️Agar masalalar siz uchun juda ham oddiy tuyulsa ham hafsalangiz pir bo'lmasin. Rekursiya bo'limi oxirida qiyinroq masalalar ham beriladi.

Masalalar yechimini hozircha hech qayerga yuborish shart emas. Yechimlar kechroq e'lon qilinadi!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Yuqoridagi masalalar yechimi!

#practicetime #recursion #chapter6 #solutions

Barcha masalalarni yecha oldingiz degan umiddamiz. O'z yechimlaringizni quyidagi yechimlar bilan solishtirib ko'rishingiz mumkin.

❗️Yuqoridagi masalalarga bu yechimlar eng optimal emas. Ba'zi masalalar uchun juda yomon ham. Lekin, bundan asosiy maqsad rekursiyani tushunib olish, optimal yechim topish emas.

P.S: Yechimlar Javada yozilgan, agar kimdir C++ da barcha masalalar uchun yechimni guruhga yoki @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natsa, xursand bo'lardim. Bu yechimlar ham avtori bilan e'lon qilinadi.

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan

Kodlarni GitHubdan ham yuklab olishingiz mumkin:
Kanalimiz GitHub repositoriyasi
VI qism. Rekursiya

Dars №5. Rekursiya vs Iteratsiya

#chapter6 #recursion #easy #iteration

To'liq o'qib chiqish

Blogimizning Mediumda o'z sahifasi ochildi. Agar siz ham Mediumda bor bo'lsangiz, unga ham obuna bo'lib qo'yishni unutmang!

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Biz uchun eng yaxshi reklama — bu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Bizlarni kutganlarga Assalomu alaykum!

Bugundan darslarimiz yana davom etadi.

Rekursiya mavzusi oxirida qiyinroq masalalar va'da qilgan edik. Bugun shularni sizga taqdim qilamiz:

Rekursiyaga oid qiyinroq masalalar!

#practicetime #recursion

№1. Satr berilgan uni teskarisiga o'giring (reverse)
№1.2 Satrdagi so'zlar o'rnini teskarisiga o'giring
№2. Satrni palindromlikka tekshiring (isPalindrome)
№3. So'zlardan iborat array berilgan, har bir so'zni bosh harfini katta qilib chiqish kerak (capitalize)
№3.2. Tepadagi masaladagi so'zlarni hamma harflarini kattasi bilan almashtirib chiqing
№4. Faqat qo'shish amalidan foydalanib a×b ni hisoblang
№5. Sonlardan iborat array berilgan shundagi max elementni toping

Albatta, masalalarni faqat rekursiya yordamida ishlashga harakat qiling!

Javoblar biroz vaqtdan keyin e'lon qilinadi. O'ylab ko'rishingiz uchun yetarlicha vaqt bor.

🤝 Biz uchun eng yaxshi reklama — bu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
AlgorithmUz kanali rejasi!

Ko'pchilik uchun darslarimizning to'liq rejasi qanday bo'lishi qiziq bo'lishi aniq. Shuning uchun uni sizlarga taqdim qilmoqchimiz:

Tanishtiruv qismi:
1-bo'lim. Tanishtiruv (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
2-bo'lim. Nima uchun algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish kerak? (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
3-bo'lim. Algoritm murakkabligini baholash. Katta O (Big O) haqida. (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
4-bo'lim. Masala yechishda ko'p uchraydigan usullar (Keyinroq ishlab chiqishga qoldirilgan)

Asos algoritmlari qismi:
5-bo'lim. Sonlar nazariyasi va array (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
6-bo'lim. Rekursiya (#recursion tegi bilan tayyor)
7-bo'lim. Qidirish algoritmlari (#search tegi bilan tayyor bo'lish arafasida) - Biz hozir shu yerdamiz
8-bo'lim. Saralash algoritmlari.

Ma'lumotlar tuzilmalari va murakkab algoritmlar qismi:
9-bo'lim. Ma'lumotlar tuzilmalari bilan tanishuv
10-bo'lim. Chiziqli ma'lumotlar tuzilmalari.
11-bo'lim. Binar qidiruv daraxti
12-bo'lim. Daraxt tuzilmalari bo'ylab yurish. (Tree traversal)
13-bo'lim. Ikkilik heap (Binary heaps)
14-bo'lim. Hash jadvallar (Hash tables)
15-bo'lim. Graflar.
16-bo'lim. Graf bo'ylab yurish. (Graph traversal)
17-bo'lim. Deykstra algoritmi.

Bonus:
18-bo'lim. String algoritmlari.
19-bo'lim. Ochko'z algoritmlar (Greedy algorithms)
20-bo'lim. Dinamik dasturlash (Dynamic programming)

Keyinroq tartiblashga qoldirilgan - deb belgilangan bo'limlarning materiallarini kanaldan topishingiz mumkin. Keyinchalik ular tartiblab chiqiladi.

❗️Ko'rib turganingizdek, bizni hali uzoq va qiziqarli yo'l kutib turibdi. Shuning uchun bizni tark etishga shoshilmang!

Aksincha, do'stlaringizga ham bizning rejamizni ulashib ularni ham taklif qiling!

Dars rejasi bo'yicha taklif va mulohazalaringizni:
@AlgorithmUz_Feedbacks_Bot da kutib qolaman.

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan