AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

1-hafta masalasi:
Tasavvur qiling siz bankka o'g'irlikka tushdingiz (faqat tasavvur qiling). U yerda tangalar bilan to'ldirilgan 100 ta seyf bor. Ularning 99 tasida sohta va 1 tasida haqiqiy oltin tangalar saqlanadi. Tangalar faqatgina vazni bilan bir-biridan farq qiladi. Ya'ni sohta tangalar 1 kg, sof oltin tangalar 1.01 kg.
Siz turgan xonada elektron tarozi bor (zamonaviy, solishtiradigan emas). Unda bir vaqtning o'zida xohlagancha tanga vaznini o'lchashingiz mumkin. Lekin tarozi signalizatsiyaga ulangan va unda narsa o'lchashingiz bilan 5 daqiqadan keyin soqchilar yetib keladi. Shuning uchun sizda sof oltin tangalar saqlanadigan seyfni topish uchun faqatgina 1 ta imkoniyat bor.
Qanday qilib sof oltin tangalar turgan seyfni topish mumkin?

P.S: Seyfdagi tangalar soni bir xilda 1000 ta (yoki shunchaki ko'p) deb olishingiz mumkin.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 18:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

πŸ€” Do'stlaringizdan birortasi bu masalani yecha olarmikun?

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasiga yordam!

Bu yerda sizga ikkita narsa yordam berishi mumkin:
1. Har bir seyfni raqamlab chiqish.
2. Arifmetik progressiya yig'indisi formulasidan foydalanish

#logic #problemOfTheWeek

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasi javobi!

Seyflar 1 dan 100 gacha raqamlab chiqiladi va har bir seyfdan o'z raqamiga mos tanga olamiz (1 dan 1 ta, 2 dan 2 ta ...). Hamma tanga vaznini birdaniga o'lchaymiz.
Agar bizda hamma tanga 1 kg dan bo'lganda umumiy vazn (1+100)Γ·2Γ—50=5050kg chiqishi kerak edi. Lekin, qaysidir tangalar 1.01kg bo'lganligi uchun bu yerda farq bo'ladi. Aynan shu grammdagi farq bizga seyf nomerini beradi.
Ya'ni 1-seyfda sof oltin tangalar bo'lsa, vazn 5050.01 kg, 40-seyfda bo'lsa, 5050.40 kg chiqadi.

Barcha hisob-kitoblar taroziga narsa qo'yguncha bo'ladi, shuning uchun signalizatsiyadan keyin 5 daqiqada qochishga ham ulgurish mumkin 😁

#logic #problemOfTheWeek

Javobni topa oldingizmi, faqat rostini ayting. )

Kanalimizga ulanish:

Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

2-hafta masalasi:
1-hafta masalasidagi o'g'ri tabiiyki qo'lga olinib qamoqqa tushdi (O'g'irlik qilmas kerak edida). Va tabiiyki u qamoqdan qochishga harakat qilib ko'rdi.
U o'zining 3 ta do'sti bilan atrofi daryo bilan o'ralgan qamoqdan qochdi. Daryodan o'tish uchun birgina ikki kishilik qayiq bor. Qayiqni qorovullovchi soqchilar bir kunda bir marta almashadi va buning uchun roppa-rosa 15 daqiqa vaqt ketadi.
Aksiga olib o'g'rimizning sheriklari chaqqon emas. Ular daryodan:
1-o'g'ri 1 daqiqada (bizning o'g'ri)
2-o'g'ri 2 daqiqada
3-o'g'ri 5 daqiqada
4-o'g'ri 8 daqiqada kesib o'ta oladi.
Qayiqqa ikki kishi chiqqan payt, daryodan o'tish uchun sekinroq suzib o'tadigan odam vaqticha vaqt ketadi. Masalan, 1 va 8 daqiqalik o'g'rilar chiqsa, 8 daqiqa. Qayiq o'zi suza olmaydi, ya'ni narigi tomonga o'tgan qayiqni kimdir qaytarib olib kelishi kerak va bunga ham vaqt ketadi.
15 daqiqa ichida ularning hammasi daryoning narigi tarafida bo'lishi kerak.

O'g'rimiz matematikadan yaxshi emas, lekin u sheriklarini tashlab ketmoqchi emas. Unga bu borada yordam bering.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

3-hafta masalasi:

Uchta super josuslar dushman davlatning nozik tomonlarini o'rganayapti. Shunda dushman davlat askarlari ularni qo'lga oldi va kimsasiz o'rmon ichiga olib kirib ketishdi. Josuslarga askarlar: "Bittangiz tirik qolasiz, qolgan ikkitangiz qatl etilasiz." deb aytishdi.

Keyin dushman davlat askarlari kim tirik qolishini aniqlash uchun o'yin o'ylab topishadi. Askarlar 8 ta : 4 ta qizil, 4 ta yashil markani josuslarga ko'rsatishdi va har bir josusnig peshonasiga 2 tadan marka yopishtirib chiqishdi. Ortib qolgan 2 ta markani askarlardan biri cho'ntagiga solib oldi. Har bir josus ikki sherigining boshidagi markalarni ko'ra oladi, ammo o'zining peshonasidagini ko'ra olmaydi.

Askarlaning boshlig'i ularga kim birinchi bo'lib boshidagi 2 ta markaning rangini to'g'ri topsa, o'sha tirik qolishini, bitta xato tahmin qilishsa uchalalari ham shu joyda otib tashlanishlarini aytdi.

Josuslar juda aqlli, ular o'zlaridagi ma'lumotlarni to'g'ri va tez sharhlashni va bir-birlariga tushuntirishni juda yaxshi bilishadi.

Askarlar boshlig'i josuslardan kimda javob borligini so'ray boshladi. Javoblar quyidagicha:

A: "Yo'q."
B: "Yo'q."
C: "Yo'q."
A: "Yo'q."
B: "Bor."


B josus to'g'ri javob berdi.
Savol: B josusning boshidagi markalarning rangi qanaqa va u ranglarni qanday aniqladi?

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin. 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
​​2-hafta masalasining javobi!
B ning peshonasidada 1ta qizil va 1ta yashil markalar bor.

Izoh:
Bu masalani yechishning eng yaxshi yo'li bu barcha bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarni yozib chiqish va to'g'ri bo'lmagan holatlarni o'chirib chiqishdir.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic #problemOfTheWeek

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

4-hafta masalasi:
Bir shohning qizi bor ekan. U qizga uchta shahzoda oshiq bo'lib qolibdi va sovchi qo'yishibdi. Siz uch shahzodadan birisiz. Shoh bo'lsa qizini eng aqlli shahzodaga berishini aytibdi.

Shunda shohning maslahatchilari shahzodalar uchun sinov o'ylab topishibdi. Uchala shahzoda bitta xonaga olib kirilibdi va ularga ikkita qora va uchta oq shlyapa ko'rsatilibdi. Har bir shahzodaning boshiga o'ziga ko'rsatmasdan bittadan shlyapa kiygizishibdi, qolgan shlyapalarni boshqa xonaga olib chiqib qo'yishibdi. Har bir shahzoda qolgan ikkita raqibining boshidagi shlyapani ko'ra oladi. Keyin shoh: "Kim birinchi bo'lib boshidagi shlyapa rangini to'g'ri topsa, o'shangga qizimni beraman, xato tahmin qilsanggiz shu yerda qatl ettiraman." debdi.

Siz ikki raqibinggiz boshida ikkita oq shlyapa ko'ryapsiz. Bir necha daqiqa o'tdi hamki raqiblaringgiz tahmin qilmoqchi emas. Ikki raqibinggiz juda ham aqlli va ular shohning qiziga uylanishni juda istashyapganligini unutmang.

Savol: Boshinggizda qanday rangli shlyapa turibdi?

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

❗️Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin. 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

❗️Botga javob yuborsanggiz javobni qanday aniqlaganinggiz ham yubring.

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
4-hafta masalasining javobi!
Sizning boshinggizda oq shlyapa bor.

Izoh:
Agar sizning boshinggizda qora shlyapa bo'lganida,
qolgan shahzodalar bitta qora, bitta oq shlyapa ko'rishgan bo'lardi. Bu holatda raqiblaringgizdan biri tahmin qilmayapganiga qarab, ikkinchi raqibingiz boshida oq shlyapa borligini sezib qolgan bo'lardi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️
Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.Kanalga muallif ismi bilan qo'yiladi.

#logic #problemOfTheWeek

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan