Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal
4.22K subscribers
2.31K photos
1.43K videos
121 files
255 links
بسم الله الرحمن الرحيم

İlm yurti bo'lmish Misr da taxsil olishni istovchilar uchun Misrdan lavhalar va ba‘zi tavsiyalar.

Murojaat uchun: @umar_misr

( Bildingizmi Amal qiling )
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOʻRT NARSA BORKI ULAR....

Toʻrt narsa borki birodarlarni yoki aka ukalarni orasini ajratib yuboradi ular:

1-Moli dunyo
2-Ayollar
3-Hasad
4-Oʻlim

Toʻrt narsa borki ular bir odamni insonlar orasidagi qadr qiymatini yoʻq qiladi ular:

1-Koʻp gapirish
2-Koʻp kulish
3-Yolgʻonchilik
4-Gʻiybatchilik

Toʻrt narsa borki ular ayol kishiga uyini xoram qiladi yani nikohi buzilishiga sabab boʻladi ular:

1-Qaysarlik
2-Murosasizlik
3-Shak shubha
4-Ovozini koʻtarish

Toʻrt narsa borki ular erkak kishini uyini fasod qiladi ular:

1-Uzoqlashish
2-Etiborsizlik
3-Qattiqqoʻllik
4-Baxillik

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Yahyo ibn Muoz rahimahulloh aytadilar;

"O‘zing Allohdan rozi bo'lmay turib qanday undan rozilik so‘raysan?!"

(Sifatus-sofvah)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
"Ko‘zgu tanlash"

Ko'zgu (oyna)ning xili ko‘p. Ba'zi oynalar uzoqlashtirib ko‘rsatsa, ba'zilari yaqinlashtirib ko‘rsatadi. O‘zining mayda-chuyda nuqsonlarigacha ko‘rishni istagan kishi yaqinlashtirib ko‘rsatuvchi oynaga qaraydi. O‘ziga-o‘zi mahliyo , nuqsonlarini ko‘rishni istamagan kishi esa uzoqlashtiruvchi oynaga qaraydi.

Shunga o‘xshash sening atrofingdagilar ham senga oyna. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar;
"Mo‘min mo‘minga oynadir"
(Abu Dovud)

Ammo, ushbu oynalarni qaysiga qarash sening tanloving.
Ba'zilar o‘zining ayblarini ko‘rishni istamaydi. Bundaylarga "yaqinlashtirib" ko‘rsatuvchi oynalar (uning ayblarini aytuvchi birodarlari) mijg'ov, noshukr, uni qadrlamaydigandek tuyuladi. Shunda ular "uzoqlashtirib ko‘rsatuvchi oyna" istab qoladilar. Ularning ayblarini ko‘rsatmay, faqat uning go‘zalliklarini, fazilatlarini gapiruvchilarni o'zlariga qadrdon do'st hisoblaydilar.
Unga aybini aytgan dushman, uni olqishlagan do‘st..

Bundaylar hayotning hamma sohasida katta xatoga yo'l qo‘yadi:
Ustoz tanlashda unga doim besh baho qo‘yib uni a'lochi deydigan ustoz izlab, bir umr ikkichi bo‘lib o‘tib ketadi..

Da'vat eshitsa ham, hammani Alloh kechirishidan gapiradigan, odamlarga ayblarini aytmaydiganlarni eshitishni istaydi. Aytsa ham faqat birovlarni ayblarini aytsin, uni aybini aytgan kuni u da'vatchi ham uning dushmaniga aylanadi..

Do‘st tanlashda unga doim "yashang" deydiganlarni istab, haqqoniy birodarlaridan mahrum bo'lib atrofidagi laganbardorlar bilan faxrlanib yuraveradi..

Boshliq bo'lsa unga "muhtaram" deydigan munofiqlarni oldiga to‘plab, unga nasihat qilganlarni qamab, ko‘pik kabi qadrsiz jamiyatga boshliq bo'lib yuraveradi..

Er bo'lsa unga hech qanday nasihat qilmay poyabzal bo‘ladigan xotin istab, shu bilan o‘zini "Rijol" man deb yuraveradi..

Xotin bo'lsa unga aybini aytib uni isloh qiladigan erini zolim, noshukrga chiqarib, uning chizig'idan chiqmaydigan bir lattavoshning "malikasi" bo‘lib sevilgisi kelib qoladi..

Hikmatda aytilganidek:
"Menga do‘sting (oynang) kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman !"

Alloh taolo aytadi:
"Va biz ularga "do‘stlar" biriktirib qo‘ydik. Bas! O‘sha (do‘st)lari ularga oldilaridagi va ortlaridagi narsani (o‘tmishi va kelajagidagi amallarini) ziynatlab ko‘rsatdilar.."
(Fussilat.25)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HULOSA O‘ZINGIZDAN...

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
O'zbekistondagi ta'lim tizimida ikkita narsa kam xolos

1- Ta'lim
2- Tizim

Buni shu sohaga ishi tushganlar tushunadi...
Biror kishiga dardingdan shikoyat qilsang, suhbat “Alloh Oʻzi senga yordam beradi”, deyish bilan nihoya topadi.

Kel, yaxshisi, boshidanoq yordam beruvchi Zotning Oʻziga shikoyat qilib qoʻyaqol!

* So’rasang faqat Allohdan so’ra. Suyansang faqat Allohga suyan. Undan o’zgasi senga na foyda na zarar keltira olmaydi…

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Баъзиларга ҳайрон қоламан, ўзи золим бўла туриб, Исроилнинг зулми ҳақида, Фаластинга ёрдам бермоқ ҳақида бонг уради.

Ваҳоланки ислоҳни инсон ўзидан ва аҳлидан бошламоғи шарт.

Фаластин учун нимадир қилмоғим керак деган ғам қалбингизни кемиряптими?
Унда ишни яқинингиздаги зулмга қарши чиқишдан бошланг!

Аллоҳ ҳикматли Зот, Фаластин орқали бизга зулмнинг ёмонлигини, зулмнинг оқибати жаҳаннам эканлигини ҳикматини кўрсатиб қўймоқчидир валлоҳу аълам.

Раҳбармисиз?
Қўл остингиздагиларга қилаётган муомалангизни тафтиш қилиб кўринг, балки ўзингиз билмаган ҳолда зулм қилаётгандирсиз.

Оила бошлиғимисиз?
Аҳлингизга кўрсатаётган ҳулқингизга назар ташланг, балки зулм қилаётгандирсиз.

Онамисиз?
Фарзандларингизга қилаётган фелингизга кўз югуртиринг, балки зулмни энг олийсини сиз қилаётгандирсиз.

Жуфтмисиз?
Жуфтингизга тақдим этаётган хаётингизга эътибор беринг, балки золимлардан бўлиб қолгандирсиз.

Қайнонамисиз?
Фаластин ҳақида бош қотирмангда, келинларингизга гапираётган гап сўзларингизга қараб кўринг, балки сиз ҳам зулм қилаётгандирсиз.

Қўшнимисиз,
Балки қўшнингиз сиздан зулм кўраётгандир.


Балки, Фаластин атрофингизда, Исроил эса ичингиздадир.
Ҳуллас, зулмга қарши курашмоқни ўзингиздан, атрофингиздан бошланг, мана шу сизнинг ҳозирги кундаги Аллоҳни динига берган энг яхши ёрдамингиз бўлади…

Абдулазим абу Осиё

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Siz dunyo ahlidanmisiz yoki oxirat ahlidanmi? Buni bilish juda oson –

• Kun tartibingizga bir qarasangiz kifoya. Unda dunyoga oid amallar koʻpmi yoki oxiratga oidmi? Xulosa oʻzingizdan.

• Yana bir usul – hayotdagi rejalaringiz, kelajakdagi maqsadlaringizni bir sarhisob qilib koʻring. Ularning qanchasi dunyo uchun, qanchasi oxirat uchun? Yana xulosa oʻzingizdan.

Qiyini shundaki, kimligingizni, yaʼni dunyo ahlidan yoki oxirat ahlidan ekaningizni bilmasligingiz uchun, haqiqiy maqsadga erishmasligingiz uchun shayton sizni bunday sarhisob va imtihon qilishdan toʻsadi ham.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Qurʼon - ilm kaliti

Ibrohim ibn Abdulvohid ilm talabi uchun safarga chiqayotgan Ziyo Maqdisiyga shunday nasihat qilgan ekan:

“Qurʼon oʻqishni koʻpaytir, uni tark qilma! Zero, Qurʼonni qancha koʻp oʻqisang, talab qilayotganing - ilmga shuncha koʻp erishasan”.

Ziyo dedi:
“Bu ishga ehtimom qilib, uni koʻp tajriba qilib koʻrdim. Qurʼonni qancha koʻp oʻqisam, hadis tinglash va yozishga shuncha koʻp muvaffaq boʻlar, oʻqimagan paytim esa muvaffaq boʻlolmas edim”.

(Ibn Rajab, “Zaylu tabaqotil hanabila”, 3/205)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Бу инсоннинг ички кўриниши. Аллоҳ таоло неъмати бўлмиш тери билан уни қоплаб, гўзал суратга келтириб қўймаганида, биров унга қарагиси келмас эди. Кўзи тушиб қолса, кўнгли беҳузур бўларди. Худди шу каби Аллоҳ таоло бандасини маънавий сатр қилиб, ботиний нуқсонларини кўрсатмайди. У Зотнинг сатри бўлмаганида, инсоннинг айблари очилиб кетиши аниқ. Одам боласи мана шу ҳақиқатни ҳар дам эсга олса эди кошки, ўзидан кетиб қолмасди, даъволари осмон қадар бўлмасди. Роббим, сатрингдан маҳрум қилмагин!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Bir solih zot qabrlar oldidan oʻtayotib, shunday debdi:
“Ey qabr ahli, sizlar bu dunyoda qolgan mol mulkingiz xususida pushaymon boʻlib yotibsiz, biz esa oʻsha sizlarni pushaymon qilgan narsalarni qoʻlga kiritish uchun kurashib yotibmiz!”.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Xushxabar

Saudiya Arabistonida yangi oy ko’rindi,  ertaga 7 iyun - Zulhijja oyining birinchi kuni InshaAlloh.

15 iyun – Arafa (9 Zulhijja) kuni.
16 iyun – Qurbon hayiti (10 Zulhijja) inshalloh

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Ҳақиқий мустаҳкамлик қалб мустаҳкамлигидир. Қалби мустаҳкам бўлган киши, гарчи ўзи ёлғиз бўлса ҳам, қалблари тарқоқ бўлган заиф гуруҳдан кучлироқдир. Пайғамбарларнинг халқлар устидан ғалаба қозонишлари сон билан эмас, сабот-мустаҳкамлик билан бўлган.

Шайх Абдулазиз Тарифий ҳафизаҳуллоҳ

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Agara ayol kishi ayib qila turib eridan kechirim so'ramasa u jannatiy ayollardan bo'lish uyoqda tursin ularga yaqinlashmapti...

Chunki رسول الله صلى الله عليه وسلم shunday deganlar:

Jannatiy ayol ayib kimdan o'tishidan qat'iy nazar erini qo'lini ushlab men sizni izmingizdaman siz mani kechirmaguningizga qadar uxlamayman deydi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Ibn Taymiya rohimahulloh aytdilar:

“Kim ilmsizlik bilan dindan gapirsa, garchi yolgʻonni qasd qilmagan boʻlsa ham, yolgʻonchi deb hisoblanadi”.

(“Majmuʼul fatavo”, 10/449)

Xozir ko'pchilik bolmasdan turib din borasida mani fikrimcha deb hamma narsani gapirib bolib yana bilmadim deb qo'yadi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Said ibn Jubayr aytadi:

"Kishi talim olar ekan olimdir. Qachonki, inson talimni tark qilsa, o'zini behojat deb o'ylasa, ana shu eng johil insondir".

📚 Adabul a'lim val muta'alim

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
"Qutulmading tutilding"

Kishi biror gunoh yoki xato qilar ekan unga ham shar'iy ham kavniy oyatlar bilan Alloh eslatma yuboradi.
Shar'iy oyatlar unga nasihat qiluvchi birodarlar orqali, kavniy oyatlar esa balolar orqali keladi.
Agar banda shulardan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib o‘zini isloh qilsa yaxshi. Aks holda unga ushbu ikki oyatlar orqali eslatmalar kelishi to‘xtaydi. Shunda u gunoh qilgach sekin poylaydi.. Unga hech kim "Hoy" demaydi. Yana gunoh qilib biror musibat kelishini kutadi. Unga balo ham urmaydi.
Aksincha, u nimani istasa unga erishayotganini ko‘radi.

Keyin unda bir-biridan yomon uch xislatning biri paydo bo‘ladi.
1- Alloh meni bilmayapti deb o‘ylash
(Bu kofirlik)
2-Bilsa-da kechirayapti deb o‘ylash.
(Bu g'ofillik)
3-Men noto'g‘ri ish qilmayapman deb o‘ylash
(Bu fitnalanish)

Aslida esa bu holatda banda "qutuldim" deb o‘ylab "tutilgan" bo'ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Agar banda ma'siyatda bardavomligiga qaramay, Alloh unga dunyoda istaganini berayotganini ko‘rsang, bilginki bu istidroj (tuzoq)dir.
(Ahmad)

Kishi gunoh qilgan zahoti (shar'iy yoki kavniy) eslatma kelishi uchun uning Alloh huzurida yaxshigina martabasi bo‘lishi lozim.
Masalan Odam alayhissalam qaytarilgan mevani yeb qo‘ygan zahoti Alloh nido qildi..
Yunus alayhissalam qavmidan qochib ketgan zahoti baliq yutib yubordi..
Sahobalar uhud jangida itoatsizlik qilib tog‘dan tushgan zahoti jang tugamay musibat keldi...

Demak, gunohga bir teshik ochgan zahoting, eshikdan musibat kelib tursa bu seni hursand qilsin. Agar gunoh eshigini ikki tabaqasi bilan ochib qo‘ysang ham, biror teshikdan musibat kelmay, yaxshilik eshiklari ikki tabaqasiga senga ochib berilgan bo'lsa, bu ahvolingga yig'lashing lozim.

Chunki Alloh taolo aytadi :
"Qachonki ular o‘zlariga berilgan (shar'iy va kavniy) eslatmalarni unutishgach, ularga barcha (yaxshilik) eshiklarni ochib yubordik. Hatto ular o‘zlariga berilgan narsalar bilan hursand bo‘lgach, ularni to‘satdan ushladik, banogoh ular hayratda qoldilar"
(An'om.44)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Imom Shofeʼiy rohimahulloh aytadi:

“Yaxshilik beshtadir: behojat nafs; ozor bermaslik; halol kasb; taqvo va Allohga kuchli ishonch”.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biroz tabassum

Makka aftobuzlaridagi yozuv

Nima deyishga xayron qolasiz...)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Айолларга йок,адиган пост:

➡️ Беш нарсада аёлинггизга кенглик қилинг!

Имом Аҳмад ибн Ҳанбал роҳимаҳуллоҳ ўғилларига шундай насиҳат қилдилар: «Беш нарсада аёлингга кенглик қилмасанг, бахтли бўлолмайсан, болам!

📼 Биринчи ва иккинчиси, аёллар эркаланишни ва муҳаббатнинг юзага чиқишини яхши кўришади. Бу борада аёлингга бахиллик қилма. Агар бу мавзуларда бахиллик қилгудек бўлсанг, аёлинг билан орангда тушунмовчиликлар юзага келади ва бир-бирингизга муҳаббатсиз бўлиб қоласиз.

📼 Учинчиси эса, аёллар бир нарсада қаттиқ туриб оладиган эркакларни ёқтирмайдилар. Юмшоқ феълли эркаклардан эса фойдаланадилар. Бу сифатларнинг ҳар бирини фақатгина ўз ўрнида ишлат. Муҳаббатнинг энг адолатлиси шудир. Ҳузур-ҳаловат кўпинча шу билан бўлади.

📼 Тўртинчиси, аёллар ўзлари нимани ёқтирсалар, эрларида ҳам ўша сифатлар бўлишини хоҳлайдилар. Бу сифатлар: ширин сўз, чиройли сурат, тоза кийим ва хушбўй ҳид. Ҳар қандай ҳолатда ҳам буларга қаттиқ аҳамиятли бўл!

📼 Бешинчиси, уй аёлларнинг қироллигидир. У ерда ўзини тахтда ўтирган қироличадек ҳис қилади. Сен унинг қироллиги йиқилишидан ҳазир бўл! Уни бу тахтидан узоқлаштира кўрма! Агар шундай қилсанг, унинг мулкида у билан мужодала қилган (тортишган) бўласан.

📼 Олтинчиси эса, аёл киши ҳам эрини қўлга киритишни, ҳам ўз оиласини қўлдан бой бермасликни хоҳлайдиган нозик қалб эгаси. Унинг бундай хислатини айб санама! Шунга қаттиқ аҳамият бер, уни ўз оиласи ва сенинг орангда танлов қилишга асло мажбур қилма! Акс ҳолда, у оиласи ўрнига сени танласа ҳам, ўзи ғамга ботиб, маҳзун бўлиб қолади».

кимга жўнатишни яхши биласиз)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123