Misr Al_Azhar Va Madina universitetlari Rasmiy Kanal
3.96K subscribers
2.33K photos
1.47K videos
121 files
257 links
بسم الله الرحمن الرحيم

İlm yurti bo'lmish Misr da taxsil olishni istovchilar uchun Misrdan lavhalar va ba‘zi tavsiyalar.

Murojaat uchun: @umar_misr

( Bildingizmi Amal qiling )
Download Telegram
40-ўгит.pdf
1.3 MB
Siz izlagan kitob

Ислом хонадони учун 40 ўгит.
Муҳаммад Солиҳ ал-Мунажжид
Саҳифаси: 128 бет.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uylanish...)

Uylanish xayolidan chiqmay qolgan tolibi ilmlarga jo'natib qo'ying...)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Олимнинг сукути сабабли ботил ёйилади, худди сўзи билан ёйилганидек. Зеро, сукут иқрор демакдир.

لَوۡلَا يَنۡهَاهُمُ ٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَٱلۡأَحۡبَارُ عَن قَوۡلِهِمُ ٱلۡإِثۡمَ وَأَكۡلِهِمُ ٱلسُّحۡتَۚ لَبِئۡسَ مَا كَانُواْ يَصۡنَعُونَ

«Олим ва донишмандлари уларни гуноҳ сўзлардан, ҳаромхўрликдан қайтармайдиларми?! Қилаётган ҳунарлари нақадар ёмон ҳунар» (Моида, 63).

Шайх Абдулазиз Тарифий ҳафизаҳуллоҳ

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ilm oʻqish mazzada...

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
#Eslatamiz

Duolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang!

Muttafaqun alayh boʻlgan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday deydi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam juma kunini zikr qilib: «U kunda bir soat (vaqt) borki, unga musulmon kishi namoz oʻqigan, Allohdan biron narsani soʻragan holda toʻgʻri kelsa, Alloh uning tilagini albatta beradi», dedilar va qoʻllari bilan u vaqtning juda oz ekaniga ishora qildilar.

-------------------
Jumʼa kunidagi duo ijobat boʻladigan vaqt haqida ulamolar koʻp soʻzlarni aytganlar, ulardan kuchlirogʻi imom xutba uchun minbarga chiqqandan boshlab to jumʼa namozi oʻqib boʻlingunicha, soʻngra asr namozidan keyin to quyosh botguncha. Juma kuni, mazkur ikki vaqtda musulmon kishi duoda astoydil boʻlishi kerak.
-------------------

1) Salaflardan biri: "Kimning jumasi maqbul boʻlsa, xaftasining qolgan kunlari ham maqbul boʻladi", degan ekan.

2) Solihlardan biri dedi: "Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Rabbim duolarimni ijobat qilaverganidan, hatto (Rabbimdan biron narsa soʻrashga) uyaladigan boʻlib qoldim".

3) Tovus ibn Kayson juma kuni asr namozini oʻqigach, qiblaga yuzlanib, to kun botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas edi.
("Tarixu vosit")

4) Fazl ibn Fazola juma kuni asr namozini oʻqigach, masjidning bir chekkasiga borib oʻtirar va to quyosh botgunicha duo qilishdan toʻxtamas edi.
("Axbarul qudot")

5) Said ibn Jubayr asr namozini oʻqigach, to quyosh botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas, yaʼni duo bilan mashgʻul boʻlar edi.
("Zodul maod", 1/382)

6) Salt ibn Bistomning koʻzi ojiz boʻlib, koʻrmay qolganida birodarlari juma kuni asr namozidan keyin oʻtirib uning haqqiga duo qilishdi. Quyosh botishidan oldin u bir aksirgach, koʻzi yana koʻra boshladi.
("Tarixu dimashq")

7) Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar:
"Bu soat asrdan keyingi oxirgi soat boʻlib, uni ummatning barcha toifalari ulugʻlaydilar".
("Zodul maod", 1/384)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Kim oʻlimni koʻp eslasa, uch narsa bilan ikrom qilinadi:

1. Tavbaga shoshilish.
2. Qalb qanoati.
3. Ibodat faolligi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
‼️Misrda yashashga oyiga qancha mablag' ketadi?

🌴Kvartiralar joylarning ahvoliga qarab. Arab mamlakatlarini aksari tozalikka uncha e'tibor bermasliklari ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak. Bu albatta ko'chalarga aloqador.
Uyingizdagi tozalik va sharoit esa o'zingizga bog'liq.
Ko'chalari toza va sharoitlari juda yaxshi joylar oyiga 300-400-500 $
O'rtachalari oyiga 200$ atrofida
O'rtachadan sal pastroqlari 130-160$
Pastroqlari 100$ ga ham topsa bo'ladi in shaa Alloh. Bu agar oilaviy turilsa bitta oila uchun kvartirani harajati. Agar toliblar yoki tolibalar 4-5 kishi bo'lib turishsa, kvartirani narxi shu 4-5 kishiga bo'linadi. Masalan 130$ ni 4 kishiga 32,5$ dan to'g'ri keladi.
Kvartiralar ikki alohida xona va katta taqriban 6 metrga 3.2 metrli zali va oshxona va hammomi (hammom va hojatxona bitta) bo'ladi.
Yeb ichishga qancha ketishi o'zingizga bog'liq. Qancha qimmat va qancha ko'p yesangiz shuncha ko'p ketadi.
Bir insonga agar tejab va uyida ovqat qilib yesa 50-60$ yetadi oyiga in shaa Alloh. Agar kichik oila ham tejab ishlatsa shuncha yoki sal ko'proq ketishi mumkin. Undan tashqariyam o'zini harajatlariga ketishi o'ziga bog'liq.
Bitta kvartirani kerakli jihozlar bilan to'ldirish o'zingizga bog'liq albatta. Eng kamida 700$ lar ketadi. Uyog'i 2-3 ming $ ketaveradi.

Xa shuni aytib oʻtishimiz lozimki eng arzon va ilm olishga qulay fitna kam va markazlarga yaqin joy 10 rayoʻn yoki 9 rayon,
Shu rayoʻnlarda yashashlaringni maslahat beramiz.


🌴 Qiz bolalarga Misrda Madrasalar bor va markazlar bor.
Agar ilmi yaxshi bo'lsa arablarni madrasasi bor oyiga to'lovi o'zbek puliga chaqganda 20-30$.
Agar ilmi boshlang'ich bo'lsa o'zbeklarni madrasasi ham bor. Lekin hozirda odam ko'pligi uchun qabul bo'lyaptimi yo'qmi bilmadim. Buni ham narxi shunaqa.
Va arab tili markazlari ham bor arab ayollar dars beradi boshlang'ichlarga ham. Buni narxlari o'qitish sharoitlariga qarab har hil. Al Ibana o'quv markazi deyarli ikki oyga 200$ bo'lib qolibdi deb eshitdim.
Lisanul arob, Nil, Fajr til markazlarini narxi oyiga 60$ atrofida.

🌴 Qizlar Mahrami bilan kelib oʻqishi eng toʻgʻri va fitnadan xoli yoʻli endi agar ilojisi yoʻq boʻlsa biror mahrami olib kelib bu yerdan kivartira arendaga olib berib va sheriklar bilan bu yerdagi o'zi ishongan qarindoshiga yoki biror tanishini ayoliga topshirib ketadi, albatta bo'ydoq bo'lmasligi kerak
Chunki uylangan erkak qizlarga ayoli orqali muomala qiladi. Yani nima kerak bo'lsa ayoli bilan borib yordam berishadi qarab mas'ul bo'lishadi. Bo'ydoq bo'lsa fitna bo'lishi tabiiy chunki Baniy Isroildagi uch aka-uka qissasini ko'p eshitgan bo'lsak kerak.

🌴 Misrda iqoma masalasi qanday? Yani propiska.

Misrga birinchi kelganingizda visa olib kelasiz. Kelganingizdan keyin 4 kun ichida Iqoma markaziga borib iqomangizni 2 oyga bepul cho'zdirasiz. Bu iqoma tugashidan avvalroq yana iqoma markaziga borib kerakli bayonotlarni to'ldirib 3 haftadan keyin borib yana 100$ atrofida to'lab 3 oyga cho'zdirasiz. Va shu kabi cho'zdirib yuraverasiz. Ayol qizlarga bu narsa deyarli shart emas. Misrdan chiqib ketayotganida shtraf to'lab chiqib ketsa ham bo'ladi.
Al Azhar Universitetiga kirishni hozirda deyarli imkoni yo'q. Yani agar diniy qomitadan ruxsat bolmasa

Alloh barchamizga qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar Manfaatli ilm bersin va sogʻlom qalb bersin Allohumma amiyn.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Al azhar haqida

Xo‘p Azharga kirishni qiyin qilib qo'yishgan diniy qo'mita tomonidan ruxsatnoma olish kerak unga topshirib qo'yib kutish kerak hullas vaqt o'tadi undan ko'ra Misrga shunday kelib markazlarda va boshqa ustozlarda o'qigan yaxshi.
Имом Аҳмад ибн Ҳанбал раҳимаҳуллоҳ айтади:
«Агар Аллоҳ сиз яхши кўрган нарсани бардавом этишини истасангиз, сиз У яхши кўрган нарсада бардавом бўлинг».

("Ал-бидоя ван ниҳоя", 12/392)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OGOHLIK

Hurmatli musulmonlar bizni O'zbekistondayam sekin asta xunaslashtirish ya'ni erkaklarni ayol sifat qilish boshlandi judaayam ehtiyot bo'lamiz farzandlarimizga bu narsa borasida qattiq tanbih va eslatmalar borishimiz kerak aks holda o'g'il kordik deb yursak qiz bola sifat bo'lib qolmasin Alloh saqlasin,

Bu narsani elgbt demaymiz bunda nomini yashirishga kirib qolishidan qo'rqamiz bu xunaslashtirishdir,


Aslida biz erkaklar soqolni ol desa olishimiz bilan bunga oz bolsaham o'zimiz yo'l ochgan bo'ldik,

Qachonki erkaklar haqiqiy o'rnida ya'ni erkakligida tursa bu narsalar umuman bizga kirib kela olmaydi,


Xunasalashtirishidan maqsad nima?

Bunda haqiqiy erkaklar erkalgini yo'qotsa kofirlarga qarshi tura olmaydi natijada kofirlar hamma joyni boshqarmiz deb qasd qiladi va bundan boshqa qancha fasotlar tarqaladi.

Alloh bizni o'z holimizga tashlab qo‘ymasin va isloh qilsin va islomga quvvat kufrga zulmat bersin.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Imom Shofeʼiyning ushbu soʻzlari meni lol qoldirdi:

“Har bir ixtilofda gʻolib boʻlishga intilaverma. Gohida bir narsaga erishgandan koʻra qalblarni ulfat qilgan yaxshiroq. Oʻzing qurgan, oʻzing oʻtib yurgan koʻprikni buzib tashlama. Ehtimol, bir kun kelib qaytish kerak boʻlib qolar.

Xatokorni emas, xatoning oʻzini yomon koʻr. Gunohni bor vujuding bilan yomon koʻr, lekin gunohkorga rahm qil, afv et.

Soʻzni tanqid qil, lekin uni aytgan odamni hurmat qil. Bizning majburiyatimiz bemorga emas, kasallikka barham berishdir”.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Оталарнинг солиҳлиги фарзандлар учун муҳофаза ва барака омилидир.

وَكَانَ أَبُوهُمَا صَالِحًا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَنْ يَبْلُغَا أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنْزَهُمَا رَحْمَةً مِنْ رَبِّكَ

«Уларнинг оталари жуда яхши киши эди. Бас, Парвардигоринг улар вояга етиб, Парвардигорингнинг раҳмат-марҳамати бўлмиш хазиналарини чиқариб олишларини ирода қилди», (Каҳф: 82).

Ибн Аббос разияллоҳу анҳу айтади: «Улар оталарининг солиҳлиги туфайли муҳофаза қилиндилар».

Шайх Абдулазиз Тарифий ҳафизаҳуллоҳ

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Yosh talabalardan ko’p eshitamiz:

- Shu bitta yaxshi ustoz bo’saa zo’r o’qirdim.

Ko’pincha shunday fikr bilan o’zini ovutib yuradiganlar o’ttiz yil umrini yegandan keyin, nihoyat fikrini o’zgartiradi.

- “Mani yoshim o’tib qoldida. Endi bolammi o’qitaman”.

Eng oson ish - yuklamani birovning yelkasiga tashlash.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Imom Shofe’iy rohimahulloh aytganlar:

“16 yildan beri qornim toʻymadi”.

*Qorin toʻymasligi faqirlik, miskinlikdan emas. Bu ochlik vaqtni qadrini bilgandan. Kunni teng yarmini ovqat dardida oʻtkazmaganlikdan. Tolibi ilm birinchi e’tiborini qaratishi kerak boʻlgan oʻrinlardan. Chunki Imom Shofe’iy rohimahulloh ilm olaman deb vaqtim ovqatga zoye boʻlmasin deb tiyilgan. Dars qilish asnosida yoki darsdan avval qornni toʻydirish. Miyyani uhlashiga sabab boʻladi. Chunki bor energiya oshqozonga ketadi!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Juma kunidagi Ahkomlar
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Имом Ахмаддан сўрашди.

Аллоҳ учун севги кандай булади? У зот:

"Бу дунёвий манфаат учун бировни севмаслигиндир "дедилар
Валлоҳи сени хеч кандай мақсадларсиз ва факат Аллоҳ учун севадиган кишини топиш жуда қийин.

📚📚📚📚

Баҳт бу- севги, дўстлик ва вафони ёнингдагидан топишингдир.
📚📚📚📚

Қуруқ ва ҳиссиз қалбларга етти йил давомида муҳаббат уруғини эксангда, севги унга фойда бермайди.
📚📚📚📚

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Qaysi narsadaki muloyimlik bo’lsa, uni faqat bezab ziynatlaydi.

Qaysi narsadan muloyimlik olinadigan bo’lsa u narsa bulg’anadi.

Kim muloyimlikdan bebaxra bo’lsa, barcha yaxshilikdan mahrum qo’libti.

Mo’min kishi asal arıga o’xshaydi. Pokiza narsa yeb, pokiza narsa qoldiradi. Agar bir shoxga qo’nsa uni sindirmaydi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Albatta, Aql qalbni otasidir, qalb esa itoatsizlikni o’g’li, otaga o’g’lini tarbiya qilishiga qo’yib berki, zoe bo’lmasin!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Ilm merosi oltin kumush merosidan yaxshidir.!

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
#Эрнинг_ҳаққи

Оиша розияллоҳу анҳо айтади:

«Эй аёллар жамоаси!
Эрингизнинг сизнинг устингиздаги ҳаққи қай даражада эканин билганингизда эди, сизлар эрингизнинг оёғига ёпишган чангни юзингизнинг яноғи билан артган бўлар эдингиз».

("Ибн Аби Шайба", 4\205)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123
Гоҳида инсон кераксиз ўринда шижоатли бўлади ёки кераксиз ўринда қўрқоқ-юмшоқлик қилади.
Ақилли инсон ўзгалар билан курашишдан олдин ўзи билан курашиши (ва шижоатни ҳам, юмшоқликни ҳам ўз ўрнига қўя оладиган бўлиши) лозим.
Инсонда илм ва холислик (Аллоҳнинг розилигидан бошқа нарсани мақсад қилмаслик) жамланса тўғри қарор қабул қилади (ва ҳар бир ишни ўз ўрнига қўяди).

Шайх Абдулазиз Торифий

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
@al_azhar123