Afg‘onistondagi suv toshqinlarida 110 kishi halok bo‘ldi
Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab 110 kishi halok bo‘lgan, 190 kishi jarohatlangan.
Rasmiylar zarar ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam yuborgan va aholini suv bosishi mumkin bo‘lgan joylar hamda daryo bo‘ylaridan uzoq turishga chaqirgan.
@aksentuz
Site | Instagram

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat oqibatida 5 363 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, qariyb 357 kilometr yo‘l yuvilib ketgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.
Shuningdek, 6 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan, ko‘plab chorva nobud bo‘lgan.
Rasmiylar zarar ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam yuborgan va aholini suv bosishi mumkin bo‘lgan joylar hamda daryo bo‘ylaridan uzoq turishga chaqirgan.
@aksentuz
Site | Instagram
Sindorov Nomzodlar turnirida yetakchilik qilmoqda
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 2026-yilgi FIDE Candidates turnirida kuchli start olib, jahon shaxmatidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan nomlardan biriga aylandi. The Wall Street Journal uni top grossmeysterlarni qiynayotgan yosh iqtidor sifatida ta’rifladi.
Magnus Karlsen ham Sindorovning startini kutilmagan va juda kuchli natija sifatida baholagan. Hozircha u hali jahon tojini qo‘lga kiritgani yo‘q, ammo Nomzodlar turniridagi hozirgi yurishi uni chempionlik bahsiga juda yaqinlashtirdi.

Xususan, Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozongan partiyada amerikalik grossmeyster bir yurish ustida 67 daqiqa o‘ylagan. Bu o‘yin turnirning eng ko‘zga ko‘ringan bahslaridan biri bo‘ldi.
Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 8 turdan keyin Sindorov 6,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchilaridan 2 ochko oldinda bormoqda.
Magnus Karlsen ham Sindorovning startini kutilmagan va juda kuchli natija sifatida baholagan. Hozircha u hali jahon tojini qo‘lga kiritgani yo‘q, ammo Nomzodlar turniridagi hozirgi yurishi uni chempionlik bahsiga juda yaqinlashtirdi.
@aksentuz
Site | Instagram
Toshkentdagi uch bozordagi ayrim bloklar vaqtincha yopildi
8-aprel kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi uchta bozorda rejali tekshiruvlar o‘tkazildi.
Jumladan, Yashnoboddagi “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur dehqon bozori hamda Chilonzor buyum bozori ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruvlar davomida bozorlardagi ayrim hududlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Shu sabab, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar bozorlarning ayrim bloklari vaqtincha yopildi.

Amir Temur xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Mamlakatimizda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbir yakunida Prezident xiyobonda ko‘chat ekdi.

O‘zbekiston ikki oyda 207,3 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston xorijga 207,3 million dollarlik 219,9 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga yoki 14 foizga oshgan.
Eksport tarkibida 87,9 ming tonna sabzavot, 56,5 ming tonna meva va rezavorlar, 11,8 ming tonna mosh, 5 ming tonna yeryong‘oq va yong‘oqlar, 0,2 ming tonna tarvuz va qovun hamda 58,5 ming tonna boshqa mahsulotlar bor.

O‘zbekistonlik hakamlar JCH-2026 da ishtirok etadi
FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston vakillari ham o‘rin oldi: Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi, unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, turnirda jami 52 nafar hakam, 88 nafar yordamchi hakam va 30 nafar VAR rasmiysi ishlaydi.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun xorijga kamroq chiqmoqda
2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistondan ta’lim olish maqsadida xorijga chiqqanlar soni 3 964 nafarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga, ya’ni 23,6 foizga kamaygan.
Raqamlar o‘zbekistonliklarning xorijda o‘qish bo‘yicha tanlovlari va talabalar oqimida muayyan o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.

Nufuzli xorijiy OTMlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga O‘zbekistonda birlamchi uy-joy bozoridan uy sotib olish uchun 10 yil muddatga ipoteka krediti ajratiladi.
Kredit BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda, yillik 14 foiz stavkada tijorat banklari hisobidan beriladi. Bunda kredit uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak.
Mazkur kreditni olish uchun ariza beruvchi:

— O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
— ariza topshirgan kunda 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
— xalqaro reytinglarda top-100 talikka kirgan xorijiy OTMda ilmiy daraja olgan bo‘lishi;
— diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi lozim.
@aksentuz
Site | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mirziyoyev va Toqayev Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Bahouddin Naqshband majmuasiga tashrif buyurdi.
@aksentuz
Site | Instagram
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Bahouddin Naqshband majmuasiga tashrif buyurdi.
Buxoro yaqinida joylashgan ushbu majmua mintaqaning eng muhim ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, bu yerda naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan.
Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab duo o‘qildi.
@aksentuz
Site | Instagram
Hafta davomida kuchli yomg‘irlar kutilmoqda
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
Kunduzi havo harorati +25…+30 darajagacha ko‘tariladi.
14-aprel kuni respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havo oqimi kirib kelishi boshlanadi.
Shu sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va kechga tomon Buxoro viloyatida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda.

Endilikda nogironlik pensiyasi ham proaktiv shaklda tayinlanadi
Qonunchilik palatasida pensiyaga oid xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
@aksentuz
Site | Instagram
Qonunchilik palatasida pensiyaga oid xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, fuqaroga nogironlik belgilanganda pensiya endi murojaatsiz, ya’ni proaktiv shaklda tayinlanadi. Jarayon raqamli tizim orqali amalga oshiriladi.Qonun loyihasida yana har oylik chegirmalar pensiyaning 50 foizidan oshmasligi, chegirmadan keyin to‘lanadigan pensiya esa eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmasligi belgilanyapti.
Shuningdek, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lgan pensionerlarning pensiyasi har ikki yilda bir marta murojaatsiz qayta hisoblab chiqiladi.
@aksentuz
Site | Instagram
Prezident madaniyat va san’at xodimlarini tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-aprel — Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigi yo‘lladi.
@aksentuz
Site | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-aprel — Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigi yo‘lladi.
Tabrikda madaniyat va san’at ahlining jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni asrash va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.Shuningdek, so‘nggi yillarda sohani rivojlantirish, infratuzilmani mustahkamlash va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar qayd etildi. Prezident madaniy diplomatiya, milliy san’at nufuzini oshirish va kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga uch yil raislik qiladi
14-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida “Iqlim o‘zgarishi sharoitida Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini ta’minlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan samarali foydalanish, mintaqaning ekologik barqarorligini mustahkamlash hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga uch yil davomida raislik qilishi qayd etildi.

Prezident bu yil renovatsiya dasturi doirasida 30 mingta xonadon topshirishni buyurdi
14-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda 140 mingta xonadonni foydalanishga topshirish, shuningdek, renovatsiya ishlarini kuchaytirish bo‘yicha vazifa qo‘ydi.
Shuningdek, mutasaddilarga yil yakuniga qadar hududlarda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish topshirildi.
@aksentuz
Site | Instagram
14-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda 140 mingta xonadonni foydalanishga topshirish, shuningdek, renovatsiya ishlarini kuchaytirish bo‘yicha vazifa qo‘ydi.
Davlat rahbari bu yil 30 mingta xonadonni renovatsiya dasturi asosida topshirish rejalashtirilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar va shaharchalarning faqat eniga kengayishi infratuzilma xarajatlarini 4–5 karra oshiradi, shuningdek, maktab, bog‘cha va poliklinikalargacha bo‘lgan masofani uzaytiradi.
Shuningdek, mutasaddilarga yil yakuniga qadar hududlarda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish topshirildi.
@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Meni faqat xursand qilib yuribsan!
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 718 mingdan oshdi
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 718 ming 281 nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich bir yil davomida 4 058 nafarga oshgan.
@aksentuz
Site | Instagram
2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 718 ming 281 nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich bir yil davomida 4 058 nafarga oshgan.
Ularning tarkibi quyidagicha:
nogironlik nafaqasi — 314 030 nafar;
18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasi — 167 472 nafar;
yoshga doir nafaqa — 95 950 kishi;
parvarishlash nafaqasi — 70 913 kishi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi — 58 664 ta oila olmoqda.
@aksentuz
Site | Instagram
Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimizda amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
@aksentuz
Site | Instagram
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatimizda amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilindi. Xususan, savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda Haj mavsumiga tayyorgarlik
O‘zbekistonda 2026-yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Ma’lum qilinishicha, mamlakatimizga ajratilgan 15 minglik Haj kvotasi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni Haj safari bilan bog‘liq firibgarliklardan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Haj va Umraga my.gov.uz hamda haj-umra.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda 2026-yilgi Haj mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlangan. Ma’lum qilinishicha, mamlakatimizga ajratilgan 15 minglik Haj kvotasi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita orqali amalga oshiriladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston musulmonlari idorasida muftiy raisligida yig‘ilish o‘tkazilib, Haj mavsumida hojilarga boshchilik qiluvchi guruh rahbarlari bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Unda 300 nafardan ziyod ellikboshi saralab olingani va ular uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilgani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni Haj safari bilan bog‘liq firibgarliklardan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda. Eslatib o‘tamiz, fuqarolar Haj va Umraga my.gov.uz hamda haj-umra.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
@aksentuz
Site | Instagram
9 hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 18–23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Hududlar:
Mutasaddilar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Shuningdek, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham bor.
@aksentuz
Site | Instagram
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 18–23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Hududlar:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida va Shohimardon hududida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Mutasaddilar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Shuningdek, ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham bor.
@aksentuz
Site | Instagram
Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi
Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida g‘olib bo‘lgan Javohir Sindarov Prezident farmoniga ko‘ra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
Avvalroq Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni ham berilgan edi.
@aksentuz
Site | Instagram
Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida g‘olib bo‘lgan Javohir Sindarov Prezident farmoniga ko‘ra “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
17-aprel kuni imzolangan farmon kutib olish marosimida o‘qib eshittirildi. Sindarov turnirda 14 imkoniyatdan 10 ochko jamg‘arib, musobaqaning yangi rekordini o‘rnatdi.
Endi yosh grossmeyster jahon shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh bilan bahs olib boradi.