Aksent.uz | Расмий канал
2.77K subscribers
2.81K photos
364 videos
2.9K links
Aksent.uz - профессионал журналистика ва тўғри хабарлар!

Расмий сайт: www.aksent.uz

Таклиф ва мурожаат: @aksentuz_bot

Реклама бўйича: +998 95 798 88 22
Download Telegram
Qiziriq tumani va Zarafshon shahri hududini kengaytirish taklif etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari, shuningdek, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini o‘zgartirishga oid palata qarori loyihalari ko‘rib chiqildi.

Taklifga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanidan 4 740 gektar yer maydoni Qiziriq tumani tarkibiga, Tomdi tumanidan esa 2 459 gektar yer maydoni Zarafshon shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, bu o‘zgarishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni iqtisodiy jihatdan samarali boshqarish, bandlikni ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Zarafshon shahri bo‘yicha uzoq muddatli rejalarda 250 dan ortiq sanoat loyihasi, 90 ta ijtimoiy soha obyekti hamda 500 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish ko‘zda tutilgan.


@aksentuz
Site | Instagram
Prezident JSST bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi.

Uchrashuvda milliy sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda JSST bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgan. Shu asosda birlamchi tibbiy yordam, diagnostika, kasalliklar profilaktikasi, davlat tibbiy sug‘urtasi, raqamli tibbiyot va malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida ishlar olib borilmoqda.


Uchrashuv yakunida farmatsevtika tizimini tartibga solish, raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

20-aprel kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar oshirildi, inspektorlar vakolati kengaytirildi.

Endilikda bunday qoidabuzarlik uchun fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi. Shuningdek, yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarga BHMning 25 baravarigacha jarima qo‘llashi mumkin.

Yangi tartibga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga aholi hayoti va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilganda obyektlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish huquqi ham berildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi.

@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro koʻrgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit koʻrgazmasidagi milliy pavilyonlarni borib koʻrdi.

@aksentuz
Site | Instagram
JSST bosh direktori Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi bo‘yicha sa’y-harakatlarini e’tirof etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan muloqotni yuqori baholadi.

Uning ta’kidlashicha, Ziroat Mirziyoyeva bolalar saratoniga qarshi kurashish va ushbu kasallikka chalingan bolalar hayotini yaxshilash yo‘lida faol tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

Qayd etilishicha, Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi Toshkentdagi Respublika bolalar onkologiyasi va gematologiyasi markazi hamda “Mehrli maktab” orqali bolalarga nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va ta’limiy yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutmoqda.

Tedros Adhanom Gebreyesus markazda davolanayotgan bolalar bilan uchrashganini, ular orasida saratonni yenggan Samira va kelajakda tarjimon bo‘lishni orzu qilayotgan iste’dodli rassom Dilnavoz ham bo‘lganini alohida qayd etdi.

Shuningdek, u JSST bundan keyin ham bolalar onkologiyasi yo‘nalishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari oshishi mumkin

O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini navbatdagi marta qayta ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda.

Gazeta.uz yozishicha, hukumatning iqtisodiy bloki tayyorlagan taklifda tariflarni 9–10 foizga oshirish varianti ko‘rib chiqilmoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi mexanizmga ko‘ra, 2026-yildan boshlab energiya tariflarini har yili 1-maydan inflyatsiyani inobatga olgan holda, biroq 10 foizdan oshirmasdan oshirish belgilangan. Mart yakunlariga ko‘ra, yillik inflyatsiya 7,1 foizgacha sekinlashgan.

Agar taklif ma’qullansa, yangi tariflar hujjat imzolanganidan 15 kun o‘tib kuchga kirishi mumkin.

@aksentuz
Site | Instagram
Rasman: Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahri 2027-yilgi para yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbon sifatida rasman tasdiqlandi. Mazkur musobaqa nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham ilk bor o‘tkaziladi.

Nufuzli turnir 2027-yil iyun oyida poytaxtdagi “Olimpiya shaharchasi”dagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, musobaqada 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 1300 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shu tariqa, bu chempionat Markaziy Osiyo tarixidagi eng yirik xalqaro para sport tadbirlaridan biriga aylanadi.


@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligidagi sharoitlar bilan tanishdi.

@aksentuz
Site | Instagram
Dam olish kunlari havo keskin isiydi

Dam olish kunlari respublikaning asosiy qismida quruq va ancha iliq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati sezilarli ko‘tariladi.

Shanba kuni kunduzi harorat 28–31 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarda esa 32–35 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni ham ko‘pchilik viloyatlarda ana shu iliq harorat saqlanib qoladi.

Faqat ayrim hududlarda ob-havo biroz o‘zgaradi: 25-aprel, shanba kuni Qoraqalpog‘istonning shimoli va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida, 26-aprel, yakshanba kuni esa Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkentda ham dam olish kunlari havo 27–30 darajagacha isiydi. Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni esa kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulug‘bek tumani raqamli boshqaruv, xavfsiz muhit va aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida boshqa hududlar uchun ilg‘or tajriba maktabiga aylanmoqda.

@aksentuz
Site | Instagram
Prezident yil yakunigacha 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlashni topshirdi

Prezident raisligidagi videoselektorda yil yakunigacha jami 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Xususan, ikkinchi chorakda 45 ming tonna go‘sht olib kirish topshirildi.

Qayd etilishicha, 2026-yil birinchi choragida logistikadagi uzilishlar sabab qoramol importi 2 baravar kamaygan. Shu bois, naslli qoramolni samolyotda olib kelish uchun 4 million so‘mgacha subsidiya, go‘sht importida esa transport xarajatining yarmini qoplash tizimi joriy etildi.


Mutasaddilarga yuklar harakatida yuzaga kelayotgan muammolarni tadbirkorlar murojaatini kutmasdan, onlayn monitoring orqali tezkor hal qilish topshirildi.

@aksentuz
Site | Instagram
Farg‘ona vodiysida yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Farg‘ona vodiysida Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi ishga tushirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga ilk poyezdda Qo‘qondan Marg‘ilonga keldi.
Mazkur temir yo‘l halqasi 324 kilometr bo‘lib, vodiy viloyatlari o‘rtasida qulay, xavfsiz va arzon qatnovni ta’minlashga xizmat qiladi. Olti vagondan iborat, 586 o‘rinli poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Poyezd kuniga 1,5 ming, yiliga esa qariyb 600 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Vagonlarda konditsioner, bepul Wi-Fi, USB-portlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus sharoitlar va velosiped tashish moslamalari mavjud.

@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Urganch shahridagi eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-son maktab-internatdagi oʻquv novvoyxonasiga tashrif buyurdi.

@aksentuz
Site | Instagram
“Urganch-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilinadi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, milliondan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi zudlik bilan modernizatsiya qilinishi zarur bo‘lgan obyektlardan biri hisoblanadi.

Hududdagi vaziyat viloyat va tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, ko‘tarilgan masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi kerak. Muammolarni ochiq gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimligi qayd etildi.


@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7 mln so‘mga yaqinlashdi

Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6,82 million so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 million so‘mga yoki 17,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik Toshkent shahrida qayd etildi — 11,7 million so‘m. Keyingi o‘rinda Navoiy viloyati — 8,45 million so‘m.
Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan — 4,66 million so‘m.

Sohalar bo‘yicha eng yuqori oylik bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik yo‘nalishlarida to‘langan — 18,6 million so‘m. Eng past o‘rtacha ish haqi esa qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida qayd etilgan — 3,5 million so‘m.


@aksentuz
Site | Instagram
1-maydan O‘zbekistonda bir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi

1-maydan boshlab O‘zbekistonda qonunchilikdagi bir qator yangiliklar amaliyotga joriy etiladi. Xususan, alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi kredit va davlat xizmatlari cheklanadi, “10 ming qadam piyoda” tajribasi hamda 1hls.uz platformasi qayta tiklanadi.

Shuningdek, davlat organlarida qog‘ozdan foydalanish bosqichma-bosqich kamaytiriladi, har oyda bir marta “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi. Umraga borish uchun esa “Haj va Umra yagona portali” orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi.


Bundan tashqari, Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi ishga tushiriladi, ayrim hududlarda “aqlli” migratsiya shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent — Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnovi boshlanishi ham rejalashtirilgan.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga Haj safariga jo‘natish 2-maydan 18-maygacha davom etadi.

Musulmonlar idorasi ma’lumotiga ko‘ra, ziyoratchilar Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch aeroportlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga yuboriladi.

Ayni paytda ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, ularga safar davomida kerak bo‘ladigan maxsus anjomlar to‘plami berilgan.


Saudiya Arabistonidagi ishchi guruh esa Mino va Arofot vodiylari hamda mehmonxonalarda o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun sharoitlarni tayyorlamoqda.

@aksentuz
Site | Instagram
Jarima maydonchasidagi mashinani chiqarish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan avtotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron murojaat qilish tartibi belgilandi.

Endi haydovchilar my.gov.uz portali, YHXX mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborishi mumkin.

Agar qoidabuzarlik bartaraf etilgan bo‘lsa yoki ma’muriy ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingan bo‘lsa, 1 ish kuni ichida avtomobilni olib chiqishga ruxsat beruvchi xabarnoma yuboriladi.


Yangi tartib haydovchilar uchun ortiqcha vaqt va ovoragarchilikni kamaytirishga xizmat qiladi.

@aksentuz
Site | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston-Chexiya sammiti boshlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi. Marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi, yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

@aksentuz
Site | Instagram
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevga ikki modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevga hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Advokat Ikramidin Aytkulovning ma’lum qilishicha, Tashiyevga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 326-moddasi va 337-moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Unga nisbatan “hech qayerga ketmaslik to‘g‘risida tilxat” ehtiyot chorasi tanlangan. Advokatning aytishicha, Tashiyev o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olmagan.


Avvalroq Tashiyev o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan, biroq aynan qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotgani ma’lum emas edi. U tarafdorlarini faqat qonun doirasida harakat qilishga chaqirgandi.

@aksentuz
Site | Instagram